Научная статья на тему 'BARKAMOL AVLOD TARBIYASI — MILLIY YUKSALISH GAROVI'

BARKAMOL AVLOD TARBIYASI — MILLIY YUKSALISH GAROVI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
barkamol avlod / komil inson / mutafakkirlar / madaniyat / ma’naviy meros / tarbiya / ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedjanova G.

Ma’naviyat masalalariga oqilona yondashish barkamol avlod tarbiyasining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Barkamol avlodni shakllantirish uchun milliy tarixiy asoslarimiz bor. Ushbu maqolada, buyuk mutafakkirlarimizning tarbiyaviy, ta’limiy, axloqiy asarlarida insonning komillikka intilish masalalariga aloxida o‘rin berilgani haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARKAMOL AVLOD TARBIYASI — MILLIY YUKSALISH GAROVI»

BARKAMOL AVLOD TARBIYASI — MILLIY YUKSALISH

GAROVI

Axmedjanova G.

"TIQXMMI" MTU tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.11215778

Аннатоция. Ma'naviyat masalalariga oqilona yondashish barkamol avlod tarbiyasining muhim yo'nalishlaridan biridir. Barkamol avlodni shakllantirish uchun milliy tarixiy asoslarimiz bor. Ushbu maqolada, buyuk mutafakkirlarimizning tarbiyaviy, ta'limiy, axloqiy asarlarida insonning komillikka intilish masalalariga aloxida o'rin berilgani haqida fikr yuritilgan.

Kalit so^zlar: barkamol avlod, komil inson, mutafakkirlar, madaniyat, ma'naviy meros, tarbiya, ta'lim.

Аннатоция. Рациональный подход к духовным вопросам - одно из важных направлений воспитания зрелого поколения. У нас есть национальные исторические основы формирования идеального поколения. В данной статье в просветительских, воспитательных и нравственных произведениях наших великих мыслителей особое место отведено вопросам стремления человека к совершенству.

Ключевые слова: совершенное поколение, совершенный человек, мыслители, культура, духовное наследие, воспитание, образование.

Resume. Rational approach to spiritual issues is one of the important directions of raising a mature generation. We have national historical foundations for the formation of a perfect generation. In this article, the educational, educational and moral works of our great thinkers have given a special place to the issues of human striving for perfection.

Key words: perfect generation, perfect person, thinkers, culture, spiritual heritage, upbringing, education.

O'zbekiston mustaqilligini mustaxkamlash va kelajak istiqbolini rivojlantirish ham barkamol insonlarga bog'liq ekanligi hammaga ayon. Iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kunning muhim shartidir. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo'ladi"[1]. Barkamol avlodni shakllantirish uchun milliy tarixiy asoslarimiz bor. Bu o'tmish mutafakkirlarimizning "Komil inson"ni shakllantirishga qaratilgan g'oya va qarashlarida o'z aksini topgan. Ijtimoiy hayot tajribalaridan ma'lumki, agar inson o'z ustida tinmay shug'ullansa, u oliy ma'lumot olishi, hatto olimlikka da'vogarlik qilishi mumkin. Lekin, haqiqiy kamolot egasi bo'lish uchun u ta'lim va ma'lumotdan tashqari, yuksak insoniy fazilatlar asosida tarbiyalangan bo'lmog'i lozim. Biror-bir mutafakkir olim yo'qki, tarbiyaga bee'tibor qaragan bo'lsa «Bir raqami barcha raqamlarning boshi bulganidek, insoni komili barcha mavjudotlarning boshidir ", deydi buyuk mutafakkir Fariddidin Attor. Komil inson tushunchasi birinchi marta Shayxi Kabir nomi bilan mashhur bo'lgan inson tomonidan qayd etilgan. A. Navoiy o'z davrida komil insonlarni «Axli ma'niy» kishilar deb atagan. Axli ma'niy bu fikrli odamdir. Fikrlash esa haqiqatni anglashdir.

Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, A.Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Abu Mansur Moturudiylarning tarbiyaviy, ta'limiy, axloqiy

asarlarida insonning komillikka intilish masalalariga aloxida o'rin berilgani bejiz emas. O'rta Osiyo xalqlarining milliy tarbiya borasidagi tajribalari milliy pedagogikamizning aloxida fan sifatida shakllanishiga ham asos bo'ldi. Milliy tarbiyaning o'ziga xos, sharqona, islomiy jixatlarini yoritib beruvchi ko'plab asarlar borki, ularda oldinga surilgan Foyalar xanuz to'liq o'rganilib, amaliyotda qo'llanilayotgani yo'q. Bularni chuqur o'rganish ta'lim-tarbiya ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

O'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa oilada va o'quv dargohlarida ta'lim hamda tarbiyaga e'tiborni kuchaytirishni taqozo etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma'nan etuk, dunyoqa-rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e'tiqodi mustahkam, siyosiy-ma'naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to'la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda. Inson mohiyati moddiyat va ma'naviyatning tutashuvida namoyon bo'ladi. Har bir shahs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlari o'z tabiati bilan yaratilgan. Zero, ma'naviyat va uni anglash masalalariga oqilona, konkret sharoitni hisobga olib yondashish - komil insonni tarbiyalashning yangi yo'llarini ochishda muhim ahamiyatga ega. Bedil aytganidek, me'mor dastlabki g'ishtni to'g'ri qo'ymasa, binoning boshi yulduzlarga etsa ham, u qiyshiq bo'lib qolaveradi. Shunday ekan, jamiyatda inson o'rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma'naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Binobarin, ma'naviyat - ajdodlarni avlodlarga, tarihni bugunga, bugunni kelajakka bog'lovchi ko'prik. U ota-bobolarimizdan meros jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an'analarning majmui, qolaversa, ular to'plagan tarihiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o'zida mujassam etadi. "Kamolot" YOIH IV qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo'lish tuyg'usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o'rganish va keng targ'ib etishga qaratilgan mazmundor, ta'sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko'rsatishi nur ustiga nur bo'lur edi". Darhaqiqat, jahonga mashhur ajdodlarimiz - buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug'bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o'rnak bo'lganlar, balki o'z askarlari, bo'lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e'tibor qaratganlar. Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizasiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo'shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buhoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma'naviy va jismoniy kamolot bo'yicha saboq berganlar.Yaqin o'tmishimizda yashab o'tgan mutafakkir ma'rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho'lpon, Mahmud Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko'pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Ammo, sobiq sho'rolar davrida ulug' ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma'naviy merosi halqimiz, yoshlarimiz ongiga o'zgacha talqin bilan taqdim etildi. Mustaqillik tufayli va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning odilona siyosati asosida millatimiz genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo'lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining "Strategik quroli"ga aylanib bormoqda. Ma'lumki, ma'naviy-madaniy, ruhiy-ahloqiy hislatlar va insoniy qadriyatlar avvalambor, bolalikdan shakllana boshlaydi. Bolalar erta go'daklikdan boshlab ota-onalari, bobo-buvilari va boshqa oila a'zolarining yurish-turishlari, odob-ahloqlari, muomala munosabatlari, oilaviy urf-odatlari, rasm-

rusumlar, udum va an'analariga qarab, ibrat olishga harakat qiladilar. Barkamol avlod ma'naviyatini shakllantiruvchi yagona manba esa tarbiyadir. Ma'rifat va bilimni shakllantiruvchi manba - ta'lim, saboqdir. Binobarin "ta'lim va tarbiya" emas, aksincha, "tarbiya va ta'lim" deb aytish maqsadga muvofiqdir.Insonni barkamol etib tarbiyalashda badiiy asarlarning o'rni katta. Shuning uchun ham Prezidentimiz, ta'kidlaganidek, ahborot-kommunikasiya sohasidagi ohirgi yutuqlarni o'zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do'st bo'lishga, aholining kitobhonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ'ib qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tar-qatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobhonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoyishi kitobhonlik madaniyatining jamiyat ma'naviy hayotidagi o'rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko'tardi.Bugun ba'zi yoshlarimizning "ommaviy madaniyat" ta'sirida ma'naviy dunyoqarashi tobora tubanlashib borayotir. Ho'sh, unga qarshi kurashda qanday chora-tadbirlarni ko'rish lozim, degan savol tug'iladi. Buning echimini topish uchun, fikrimizcha, ta'lim-tarbiya tizimiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni hisobga olish kerak. Ular orasida bizningcha eng muhim ahamiyat kasb etadiganlari qatoriga quyidagilar kiradi:—mafkuraviy ishlarni mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug' va erkin hayot sari olg'a yurishga yo'naltirish;—yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va halq farovonligi kabi yuksak tushunchalar bilan birga milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo'yish, ularni yangi bosqichga ko'tarish;—yoshlarni ona -Vatanga muhabbat, boy tarihimizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish;—ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligiga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish;— yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o'yinlari to'g'risida har taraflama va haqiqiy tasavvurlarni shakllantirish kabilardir.

"Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi" [2], degan g'oya asosida so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi ikki barobarga ortdi, xalq ta'limi tizimida Prezident va ijod maktablari, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha maxsus maktablar tashkil etildi, zamonaviy professional ta'lim tizimi shakllantirildi hamda yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 25 foizga yetdi. Kelgusi yilda esa mazkur yo'nalishlarda islohotlarni izchil davom ettirish orqali yoshlarni zamonaviy bilimlar, ilg'or xorijiy tajribalar asosida o'qitish va shu orqali raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi ham Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalardan kelib chiqib, "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da boshqa barcha ustuvor yo'nalishlar qatori, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ta'lim sifatini oshirish, yoshlar bandligini ta'minlash, turmush sharoitlarini yaxshilash va boshqa dolzarb

masalalarda izlanishlar olib borib, tegishli idoralarga taklif-tavsiyalar ishlab chiqishni hamda mutaxassislar va faol yoshlar ishtirokida turli xalqaro anjumanlar tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Yoshlarni ta'lim-tarbiya jarayonlari jismoniy tarbiya va sport bilan chambarchas bog'liqligini hech kim inkor eta olmaydi. Shu tufayli mamlakatda jismoniy barkamollik masalasiga jiddiy etibor qaratiladi. Yurtimizda ma'nan etuk, dunyoqarashi teran, mustaqil fikrlovchi, e'tiqodi mustahkam, siyosiyma'naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to'la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda. Inson mohiyati moddiyat va ma'naviyatning tutashuvida namoyon bo'ladi. Har bir shahs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa halqlari o'z tabiati bilan yaratilgan. Zero, ma'naviyat va uni anglash masalalariga oqilona, konkret sharoitni hisobga olib yondashish- komil insonni tarbiyalashning yangi yo'llarini ochishda muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN DABIYOTLAR

1. Prezident yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha muhim vazifalarni belgilab berdi. Videoselektor yig'ilishidagi ma'ruzasi. 19.03.2019.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29.12.2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.