Научная статья на тему 'MA`NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH MASALALARI'

MA`NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
renessans / Yangi O‘zbekiston / o‘rta asr Sharq mutafakkirlari / ma’naviyat / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umarova Feruza Nigmatovna, Boqiyeva Muqaddas Obidjon Qizi

Ushbu tezisda yangi O‘zbekiston sharoitida ma’naviy tarbiyaning dolzarbligi tahlil qilingan. O‘rta asr Sharq mutafakkirlari Beruniy va Ibn Sino qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni ochib berilgan. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g‘oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida e’tibor qaratilgan. Mutafakkirlar ijodiy merosidagi komil inson g‘oyasining yangi O‘zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA`NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH MASALALARI»

MANAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH

MASALALARI

1Umarova Feruza Nigmatovna, 2Boqiyeva Muqaddas Obidjon qizi

1Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti

Milliy tadqiqot universiteti Ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi 2Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215589

Annotatsiya. Ushbu tezisda yangi O'zbekiston sharoitida ma'naviy tarbiya- ning dolzarbligi tahlil qilingan. O'rta asr Sharq mutafakkirlari Beruniy va Ibn Sino qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi o'rni ochib berilgan. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g'oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida e 'tibor qaratilgan. Mutafakkirlar ijodiy merosidagi komil inson g'oyasining yangi O'zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: renessans, Yangi O'zbekiston, o'rta asr Sharq mutafakkirlari, ma'naviyat, tarbiya.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilliktantana-larida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining: "Xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda" [1], -degan so'zi yangradi. Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda hayotimizning barcha sohalarida ro'y berayotgan yuksalishjarayonlario'zininechog'likahamiyatliekanligininamoyonetmoqda.

Binobarin, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida biz milliy o'zlikni anglash, boy tarixiy-ma'naviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyatini tushunish va uni ro'yobga chiqarishga intilgan bo'lsak, endilikda xalqimiz jipslashib "milliy tiklanishdan - milliy yuksalish" g'oyasini sobit-qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Bu davrda jamiyatimizda ijtimoiy tafakkurning yuksalish tendensiyasi qaror topib, unga xos ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar mujassamligi e'tirof etilmoqda.

Davlatimiz rahbari "O'qituvchi va murabbiylar kuni"da so'zlagan nutqlarida shunday ta'kidladilar: "Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo'lg'usi Renessansning to'rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o'qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman - hurmatli ota- onalar bu tashabbusni albatta qo'llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo'ladilar".

O'zbekiston Prezidenti tomonidan Murojaatnomada keltirilgan quyidagi vazifalar professor-o'qituvchilar jamoasi uchun ta'lim-tarbiya sohasida tub o'zgarishlarni amalga oshirishdek ulkan mas'uliyat yuklaydi: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Buning uchun eng avvalo yosh avlodga bog'cha, maktab va oliygohda sifatli ta'lim-tarbiya berishni yo'lga qo'yamiz" [3].

Murojaatnomada bola tug'ilganidan to 30 yoshgacha bo'lgan davrda uni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o'rin topishi uchun ko'mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi zarurligi ta'kidlanadi. Chunki dunyo tajribasidan ma'lumki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o'n, yuz barobar ko'p foyda keltiradi[3].

Adabiyotlar sharhi

O'rta asr Sharq mutafakkirlarining asarlari tadqiqot uchun nazariy-metodologik manba, ko'rsatma bo'lib xizmat qiladi. Tadqiqotda ilmiy bilishning dialektik, tarixiylik, mantiqiylik, analiz va sintez, kompleks yondashuv kabi usullariga tayanildi.

Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil

Butun dunyo hamjamiyati e'tirof etganidek, O'zbekiston qadimdan madaniyat va sivilizatsiya barpo etuvchi zamindir. Darhaqiqat, o'rta asrlarda O'zbekiston hududida vujudga kelgan ilmiy-ma'naviy yutuqlar Yevropadagi ilmu fanga asos bo'ldi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy kabi ulug' mutafakkirlarimizning beqiyos ilmiy-falsafiy risolalari dunyoviy bilimlarni rivojlantirish va tizimlashtirish bilan bir qatorda, nafaqat o'z zamonasi, balki keyingi yuz yilliklarga tegishli umumjahon tamaddunining yuksalishiga asos soldi.

"Ajdodlaring shuhratiga suyanma, o'zingga o'zing shuhrat top. Kimda kim obro'li qarindoshlariga nisbat berib, ularni vosita qilsa va hech narsa qilmay, faqat o'lgan ajdodlari bilan faxrlanib yursa, o'sha kishining o'zi o'lik va ajdodlari esa, tirik sanaladi", deb aytgan edi mutafakkir Abu Rayhon Beruniy. Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarador-ligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustah-kamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2021 yilning "Yoshlarni har tomonlama qo'llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilinishi respublikamizda yoshlarga bo'lgan e'tiborning yaqqol dalilidir.

Ma'lumki, ma'naviyat va tibbiyot qondosh tushunchalar bo'lib, ajdodlarimiz dahosi tufayli bir-biri bilan uyg'unlashib ketgan ajralmas bir butunlikni tashkil qiladi. Ma'naviyat-jamiyatning, millatning ichki hayoti, ruhiy kechin-malari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Tibbiyot esa, shunday bir ilmki, u bilan odam gavdasining ahvoli sog'liq va kasallik jihatidan o'rganilib, uning mavjud sog'lig'i saqlanadi va yo'qotgani qaytariladi.

Ma'naviyat, madaniyat, ilm-fan durdonalari sanalgan bebaho meroslari- asarlarida mutafakkirlarning tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy qarashlari aks etgan bo'lib, ular asosida inson masalasi turibdi.

Abu Rayhon Beruniy barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlari kim bo'lganligi bilan emas, balki uning mehnati bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. Beruniyning ijtimoiylik, axloq va odobning asosiy masalalari bo'yicha qarashlari insoniy-lik tuyg'ulari bilan yo'g'rilgan. Uning ijtimoiy qarashlari markazida inson, insoniy jamiyat turadi.

Mutafakkir insonning barcha mavjudotdan ustunligi uning tafakkuri orqali ekanini izohlaydi. Shuning uchun ham yerdagi barcha hayvonlar unga bo'ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bo'lar edi. U inson tashqi olamini bilishda asosan aqlga tayanishi va shuning uchun ham u barcha jonzotdan ustun turishini ta'kidlaydi. Inson aqlga muvofiq bilish

orqali olamning mohiyati haqidagi bilimlarni o'zlashtiradi. Lekin bilimning cheki yo'q va hamma bilimlarni tez egallash mumkin emas. Shuning uchun inson o'zi bilib olgan narsalar bilan kifoyalanib qolmaydi, balki doimiy ravishda yangi bilimlarni o'rganishga intilishi kerak. Uning fikricha, inson bilish, tushunish, fikrlash, muhokama qilish, o'ylab topish kabi iste'dodga ega [3].

Beruniy kishilarning aqliy qarashlarida, axloqiy sifatlarida, inson ruhiyatini o'zgartirishida ta'lim-tarbiyaning ahamiyati katta ekanligini ko'rsatgan. Inson so'zlash, his etish qobiliyati bilangina bilim va hunarni egallaydi, bajarilishi lozim bo'lgan ishlarni amalga oshiradi. Inson tafakkuri vaqelikni bilishga qaratilgandir. "Ammo inson narsa va hodisalarning faqat sifat hamda xususiyatlari haqida bilim beruvchi hissiy bilish darajasida to'xtab qolmaydi, balki narsalarni atroflicha bilish, shu narsalar haqida fikr yuritishni talab qiladi" [4], - deydi Beruniy. "Har bir insonning qadr-qimmati o'z ishini qanday bajarayotgani bilan o'lchanadi. Insonning tilak va xoxishlari mehnat tufayligina amalga oshirilishi mumkin" [5], degan xulosaga keladi. Ma'lumki, kishi kamolotida uch narsa, ya'ni irsiyat, muhit, tarbiya asosiy rol o'ynaydi. Bularni faylasuf olimlar va pedagoglar turlicha izohlab kelganlar. Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino insonni kamolotga yetish bosqichida muhim, ijtimoiy hayot, kamolot sari yo'naltiradigan tarbiyani asosiy va muhim ekanligini isbotlaganlar.

Buyuk vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino faoliyatida bu ikki yo'nalish: ma'naviyat va tibbiyot uyg'unlashib ketadi. Buyuk qomusiy olimdan juda katta meros qolgan bo'lib, turli manbalarda uning falsafa va ilohiyotga oid 80 ta, tabobatga oid 43 ta, ruhshunoslikka oid 26 ta, tibbiyotga oid 23 ta, odob ilmiga oid 9ta, mantiqqa oid 19 ta va bir qancha asarlari qayd etiladi. Uning "Kitob-ash-shifo", "Al-ishorat va tanbihot", "Donishnoma", "Kitob al- Qonun fi-t-tib", "Kitob an-Najot" kabi asarlarida falsafiy, tibbiy, badiiy-estetik, axloqiy g'oyalari o'z aksini topgan.

Ibn Sino merosida tibbiyot ilmi va inson salomatligi ko'p hollarda she'riy asarlarda targ'ib qilingan. U shunday yozadi:

Shoir tilning amiridir, tabib tana podshohi, Biri bilan badan tirik, biridir so'z hamrohi [6]. Yoki yana bir misol:

O'z sog'lig'in saqlamoq har kishining o'z ishi.

Alloma insondagi yaxshi fazilatlar va illatlar haqida fikr yuritadi. U mayxo'rlik, kashandalik, ortiqcha ovqatlanish, og'ir ruhiy hissiyotlarning inson salomatligiga salbiy ta'sirini qayd etadi. Salomatlikning asosiy belgisi poklik va ozodalik ekanligini ta'kidlaydi. Har qanday sharoitda ham me'yor va tartibga rioya qilish lozimligini uqtiradi. Mutafakkir asarlarida "miqdor", "sifat", "me'yor" tushunchalarining mohiyat va mazmunini ochib beradi.

Ibn Sinoasarlaridaasosan bola tarbiyasi, uningxulqi, sog'lominsonnitarbiyalab, voyaga yetkazishmasalalari alohidao'rin tutadi. Mutafakkir bolada axloqiyxislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy holda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil, deb biladi. Inson o'z sog'lig'i, o'z hatti-harakatlariga mas'ul, shuning uchun ham doimiy ravishda aqliy tarbiya bilan jismoniy tarbiyani hamohang olib borish lozim.

"Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo'ladi, zero harakatsiz qolgan a'zolarning quvvati zaiflashadi" [7]. "Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodon-likka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug'ilishiga ham sabab bo'ladi".

Ibn Sino yosh bolalarni tug'ilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor beradi. Xususan bolalarning o'spirinlikka o'tish davri tarbiyasi o'ziga xos xususiyatga ega. Bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulq-atvorining bir tekis, vazmin bo'lishi uchun uni keskin

g'azablanishdan, qattiq qo'rquvdan va uyqusizlikdan saqlash zarur. Bu tadbir uni yoqimli xulq-atvorli qilib tarbiyalash imkonini beradi.

Mutafakkirning fikricha, bola xulqining mo'tadillikda saqlanishiga alohida e'tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat bor: biri-bolaning ruhi uchun bo'lib, u yoshlikdanboshlab yaxshi xulqlibo'libo'sadi va keyinchalik bu unga ajralmasmalakabo'lib qoladi. Ikkinchisi-uningbadaniuchundir, chunkiyomonxulqturlimijozbuzilishlaridan bo'ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g'azab kuchli qizdiradi, qayg'u kuchli quritadi, hafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo'shashtirib, mijozni buzadi [8].

Ibn Sinoning bu fikrlari yana bir bor ma'naviyat va tibbiyotning chambarchas aloqasini namoyon qiladi.

Ibn Sino o'z asarlarida insonni ikki tomonlama o'rganadi. Bir tomondan - jismonan baquvvat, sog'lom kishi va yana ikkinchi tomondan - uning qalbi, ruhiyatining pokligi, o'zida asl insoniy fazilatlarni mujassam etganligini tahlil etadi. U "komil inson", "sog'lom avlod" masalalariga alohida e'tibor qaratadi. Mavjudotlar ichida eng ulug'i, aql kuchiga ega bo'lgan insonning komil inson sifatida shakllanishida ta'lim- tarbiya, oila, atrof-muhitning hal etuvchi rolini ta'kidlaydi.

Ibn Sinoning fikricha, ma'rifatli, o'qimishli insonda kasbiy mahorat, chuqur ma'naviyat, muomala madaniyati, yuksak axloq bo'lishi, xususan shifokorlik kasbini tanlagan kishi aql, tajriba, bilim va insonparvarlik tamoyiliga suyanishi lozim.

"Bolako'proqyulduzlargaboqsin, gullardan bahraolsin, go'zalliknitushunishni va sezishni o'rgansin, shundagina haqiqiy inson bo'lib yetishadi", - deydi mutafakkir.

Garchi oradan ming yildan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa-da, mutafakkirning ilg'or fikrlari, betakror mushohadalari, ilmiy merosi nihoyatda qimmatli bo'lib, ulardan tibbiy va falsafiy fanlar tizimida asosiy manba sifatida foyda-lanilmoqda.

Ibn Sino inson ilohiy karamdan bahramand bo'lgan, olamda tartib o'rnatish va uni obod qilishga tegishli vakolatlarni olgan zotdir, degan edi. Ibn Sinoning fikricha, Tangri insonga shunday kuch-quvvatni in'om etdi-ki, u orqali yaxshi-likni yomonlikdan, aqliy kamolotni yolg'ondan farq eta olish imkoniyati paydo bo'ldi. Inson aql-zakovat sohibi ekanligi, tabiatda o'ziga xos o'rin egallashi tufayli barcha tirik mavjudotlar saltanatiga hukmronlik qilish huquqini qo'lga kiritgan.

Axloqiy kamolot inson zotiga xos jarayondir, chunki u aql, tafakkurning buyuk qudratiga tayangan holda haqiqat bilan yolg'onning chegarasini aniqlabgina qolmasdan, balkido'stnidushmandanajrataoladi. Ilm bilanxulq-atvor, sa'y-harakatlarning o'zaro birligi insonni donishmandlik, komil inson darajasiga yetkazadi. Bunga hech qanday shubha bo'lmasligi kerak, chunki "go'zallikka va axloqiy kamolotga intilish-bu inson zotiga xos xususiyatdir", deydi mutafakkir [9].

Ibn Sinoning asarlarida inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bo'lmaydi, degan muhim g'oya ilgari suriladi. Aslida odamlar tayyor fazilat, odat va hayotiy ko'nikmalar bilan tug'ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida sekin-asta ajdodlar an'analari, ta'lim-tarbiyaning ta'siri ostida shakllana boradi.

So'nggi yillarda milliy ta'lim tizimida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o'zgarishlarni quyidagilarda ko'rish mumkin.

> Maktabgacha ta'lim tizimi tubdan o'zgarmoqda. Aloxida vazirlik tashkil qilindi.

Ilgari maktabgacha ta'lim muassasalari Xalq ta'limi vazirligi tasavvurida edi. Ushbu vazirlik respublikamizdagi eng katta vazirlik hisoblanardi. Bolalar bog'chalari, 10 mingga yaqin maktab, pedinstitutlar, pedkollejlar va x.z. Maktabgacha ta'lim qamrovi taxminan 17-18 foizni tashkil qilardi. 2023 yil yakuni bilan maktabgacha ta'lim qamrovi 65 foizga, 2025 yil oxirida esa 75 foizga yetkazilishi, qo'shimcha 2 mingta nodavlat bog'cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

> Maktab ta'limini tubdan yaxshilash uchun 2024-2025 yillarda 30 ta yangi maktab qurilishi, 320 ta maktabni ta'mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida budjetdan 2 trillion so'm ajratilishi reja qilingan. Ta'lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o'quv dasturlari, o'qituvchi va domlalar uchun uslubiy qo'llanmalarni ilg'or xalqaro mezonlarga moslashtirish ishlari bajariladi. Xulosa va munozara

Insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishida ta'lim-tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Ibn Sino uni Qur'onni o'rganishdan boshlashni ma'qul, deb biladi. Undan keyin ona tili, xorijiy tillar, tibbiyot va geometriyaning asoslari o'rganilib boriladi. O'rganilayotgan sohalarni yod olish, tez-tez takror-lab turish xotirani mustahkamlaydi, tarbiyalanuvchida bahs-munozara yuritish madaniyatini yuksaltiradi.

O'rta asr Sharq mutafakkirlari inson masalasini o'ziga xos tahlil etib, uning kamolotga erishishida asosiy o'rin tutadigan omillarni o'z asarlarida ko'rsatib berganlar.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston" gazetasiga bergan intervyusida Uchinchi Renessans va Yangi O'zbekiston konsepsiyalari nimani anglatishi haqida so'zlab bergan edi. "Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan "Yangi O'zbekiston" g'oyasi zamirida ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adash-magan bo'lamiz... Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg'onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun "Yangi O'zbekiston" va "Uchinchi Renessans" so'zlari hayotimizda o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib yangramoqda, xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmoqda" [2], - deb ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ma'ruzasi http://www.uzdaily.uz/uz/post/6557.

2. Turakulov E, Raximov S. Abu Rayxon Beruniy ruxiyat va ta'lim-tarbiya xakida. T:1992. 21.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.2020 yil 29 dekabr https://www.youtube.com

4. Beruniy. Mineralogiya. M.: 1963. - B. 11.

5. Beruniy. Tanlangan asarlar, 3-tom, T.: 1965. - B. 88.

6. Kamolov N. Tibbiy odobnoma. T.: 1993. - B. 63.

7. Tafakkur gulshani. T.: 1989. - B. 415.

8. Irisov A. Abu Ali ibn Sino. T.: 1980. - B. 100.

9. Nosirov R.N. Ibn Sinoning "Amaliy falsafa" sida inson tarbiya muammosi. "Mustaqil Uzbekiston: falsafa fanlarining dolzarb muammolari" tuplamida. T.: 2002. - B. 126.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.