О^МЖЬАКОА М1ЬЫУ AXLOQIY QADRIYATLARIMIZGA XOS SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA OILADAGI MA'NAVIY TARBIYANING АНАМ1УАТ1
Акгат 1кготоу1еЬ 8иИ;опоу
Qarshi davlat universitetiPedagogika kafedrasi dots.v.b.
АННОТАЦИЯ
Maqolada о^тЫаМа ш[Шу axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlami shakllantirish jarayonida oiladagi olib boriladigan ma'naviy tarbiyaning о'т1 va ahamiyati kabi muammolar tahlili bayon etilgan.
АННОТАЦИЯ:
В статье излагается роль и значение духовного воспитания в семье в процессе формирования национальных нравственных ценностей, у падросков..
The article is analyzes the problems such as the role and importance of spiritual education in the family in the process of forming the national idea of students..
Ma'naviyat inson ruhiyatining asosiy mohiyatini ifodalovchi, uning faoliyatiga ijobiy mazmun va yo'nalish beruvchi subyektiv omildir. Fan texnika taraqqiyoti jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan eng asosiy va dolzarb vazifalardan biridir. Inson ma'naviyatini yuksaklikka olib chiqishda oila ilk zamin hisoblanadi. Jamiyat rivojlanib, ma'naviy omillarning ijtimoiy taraqqiyotdagi o'rni va ahamiyati ortgani sari oiladagi tarbiyaga e'tibor ham kuchaya boradi. Bu borada oiladagi ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, ota-onalarda farzandlar oldidagi, farzandlarda ota-ona va jamiyat oldidagi, burch va mas'uliyat tuyg'usini kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Har bir inson uchun Vatan tushunchasi, avvalo, oiladan boshlanadi, shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog'liqdir. Oilaning jamiyatda tutgan o'rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan turib, xalq mafkurasini yaratib bo'lmaydi.
Oila insoniyat tomonidan yaratilgan muhim va muqaddas ijtimoiy institutdir. Darhaqiqat oila, ayniqsa o'zbek oilasi asrlar
ABSTRACT
osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga
June 3
yetkazishda muqaddas maskan bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Har bir insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo'lib o'sib kelayotgan yosh go'dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri, hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqallanib, mazmunan mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog'lom muhitda, bobolar o'giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillarning mehr-oqibati orqali amalga oshib boradi. Shaxs ma'naviyati, dunyoqarashi, tafakkuri, e'tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi. Xitoylik mutafakkir Konfutsiy oilani kichik bir davlatga taqqoslagani bejiz emas. Qadimgi yunon faylasuflari ham oilaning jamiyat birligi va osoyishtaligini saqlashda va yetuk avlodni tarbiyalashdagi o'rnini yuqori baholagan. Buyuk ensiklopedist olim Aristotel oilani baxt-saodat uyi sifatida ta'riflaydi. Jismoniy sog'lom va ma'naviy boy yosh avlodni kamol toptirish eng avvalo oila zamirida amalga oshiriladi. Yuksak axloqiylik, insoniy fazilatlar, vatanparvarlik, Vatan bilan g'ururlanish va unga muhabbat, uning baxt-saodati, ravnaqi uchun mas'uliyatni tarbiyalash, buzg'unchi g'oyalarga, yomon odob-axloqqa qarshi nafrat ruhi dastavval oilada kurtak otadi.
Oilada shakllangan odob-axloq, xulq-atvor keyinchalik mahallada, mehnat jamoalarida, o'quv muassasalarida rivojlanib shaxsning ongi va qalbiga singib boradi. Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya ishlari o'sib kelayotgan yosh avlod ma'naviyatini rivojlantirishga qaratilmog'i lozim.
O'zbek oilalarida barkamol avlodni tarbiyalashga benihoya katta e'tibor qaratilgan. Unda asrlar davomida shakllanib kelgan milliy an'analar, ota-onalar va bolalarning o'zaro hamkorligi va hurmati, qarindoshlarning bir-biriga yordam qo'lini cho'zishi, oilaviy pokizalik talablarini saqlanishi kabi urf-odatlar o'sib kelayotgan yosh avlod ma'naviyati va axloqi negizga aylanadi, maishiy-madaniy turmushning asosiy tushunchalari va qoidalari xalqimizning urf-odatlari, marosimlari va rasm-rusumlari mustahkam qo'rg'ondagidek saqlanib qoladi va avloddan avlodga yetkazib beriladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini singdirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar va mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha
bo'lgan yigit-qizlar tashkil etishi, ularning ta'lim olishi, kasb-
June 3
hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilganligi,shu bilan birga, yoshlaming bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanishi, yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi". degan fikrlari yoshlarimizni ma'naviyatini rivojlanishiga ulkan shart-sharoitlarni yaratdi. Bugungi kunda ushbu yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib sog'lom, aqlli, bilimli, tashabbuskor, fidoiy yoshlarni oila muhitida tarbiyalash ham dolzarb vazifaga aylandi.
Fikrimizcha barcha amalga oshiriladigan ishlarni maqsad va vazifalari avvaldan aniqlanib, bajariladigan ishlar belgilab olinadi. Ana shu maqsadga ko'ra oilada ma'naviy tarbiyaning yoritilishi, tahlili shuni ko'rsatadiki, bugungi kunimiz yangicha tafakkur, ma'naviyat mezoni bilan yuz ochayotgan bir davrda yosh avlodning tarbiyasini, ma'naviy barkamolligini, tushunchasini bosh masala deb qabul qilish vazifasini qo'yadi. Shuning uchun "Xalqimizning kelajagi,-deb yozadi Islom Karimov - eng avvalo, uning o'ziga, ma'naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog'liqdir. Moddiy farovonlikka intilish millatning ma'naviy va aqliy o'sishi ehtiyojiga g'ov bo'lmasligi lozim. Ma'naviyatlilik va ma'rifatlilik xalqimizning ko'p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o'ziga xos xususiyati bo'lib keldi". Ushbu fikrlaridan kelib chiqib, ma'naviy tarbiya ishni aniq maqsadga yo'naltirish, uning vazifalarini aniq belgilab olish zarurati bosh maqsad va vazifa qilib qo'yiladi. Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun oiladagi ma'naviy tarbiyani shakllantirishning omillarini nazariy va amaliy tomonlarini fikrlashni taqozo etadi. Oilada sog'lom muhitni barpo qilishda ma'naviy tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlash zarur bo'ladi. Bunda oiladagi ota-ona o'rni beqiyosdir. Oilada ota-onalarga milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarning shakllanganligi, usmirlarda milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarning shakllanishidadir. Barkamol avlodning dunyoqarashi, milliy mafkurasi va tafakkuri ham oila sharoitida shakllana boradi. Vatan, millat tuyg'usi, milliy g'urur bolaning oilaga, eng yaqin kishilari - ota-ona, bobo-buvi, aka-uka, opa-singillariga bo'lgan munosabatidan, tug'ilib o'sgan qadrdon uyi va yaqin kishilari bilan muloqoti davomida qaror topadi. Shuning uchun ham milliy g'oyalarimiz va mafkuramizni yoshlar ongi va qalbiga singdirib borishda oiladagi sog'lom ma'naviy-tarbiyaviy muhitni ahamiyati kattadir.
Ko'plab oilalarning bola tarbiyasidagi erishgan tajribalari tahsinga sazovor. Shunga doir misollarni ko'plab keltirish mumkin. Gap shundaki, o'sib kelayotgan o'g'il-qizlar o'z ota-onalaridan o'zlashtirgan dunyoqarashni o'z zamonasiniki bilan uyg'unlashtirib, o'z dunyoqarashiga
aylantiradilar va hayotiy faoliyatni belgilab oladilar. Bugungi
June 3
kunda o'zbek oilasidagi ma'naviy muhit farzand tarbiyasidagi bosh bo'g'inga aylanib bormoqda. Ana shu muhitda tarbiyalanayotgan yosh avlodni kelajagimiz uchun eng ustuvor vazifa deb tushunishlikni taqazo etadi. Har tomonlama yetuk avlodni ana shu ruhda tarbiyalash maqsad va vazifa qilib belgilanmog'i zarurdir.
Ushbu ma'naviy tarbiyaviy ishlar mazmun mohiyatini ochib berishda, uni to'laqonli yoritishda, tahlil qilishda quyidagi tamoyillarga tayanish maqsadga muvofiqdir:
1. Oilada sog'lom muhitni tarkib toptirish.
2. Oilada milliy qadriyatlarga va uning axloqiy ko'rinishlariga tayanish.
3. Oilaning tarkibiy tuzilishida uning to'liqligi va munosabatlarning axloqiy asoslariga e'tibor berish,
4. Oilada ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yilganligi va uning omillarini, farzandlar ma'naviy dunyosini shakllantirishda ota-onaning mas'uliyatini oshirish.
5. Oilada ma'naviy muhitni shakllantirishda san'at va madaniyatning o'rniga e'tibor berish.
6. Har bir oilaning o'ziga xos qadriyatlar tizimini tarkib toptirishga va ularning farzandlar tarbiyasiga ta'sirini oshirish.
Yuqoridagi tamoyillarga amal qilish oiladagi ma'naviy tarbiyani shakllantirishda, oila a'zolari ma'naviy dunyosini boyitishda, farzandlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Oiladagi ma'naviy muhit barkamol avlod tarbiyasida o'z o'rnini topadi va farzandlar tarbiyasida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga o'tatamiz ". Toshkent - "O'zbekiston", 2017
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik, har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: O'zbekiston, 2017
3. SH.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent -"O'zbekiston" -2016.488 B.
4. Fitrat A. "Oila yoki oila boshqarish tartiblari" T.: "Ma'naviyat" 1998
5. Musurmonova O. O'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish. -T.: Fan,
6. Musurmonova O. Oila ma'naviyati - milliy g'urur. O'quv qo'llanma. -T.: O'qituvchi, 1999
1993
June 3