Научная статья на тему 'BARKAMOL AVLOD TARBIYASIGA YANGICHA YONDASHUV'

BARKAMOL AVLOD TARBIYASIGA YANGICHA YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
muloqot / komil inson / muomala / mavzular / internet / didaktik o‘yinlar / o‘zlashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ro’Zibayev Ortiq Ro’Zibayevich, Masharipova Lobar Botirboyevna

Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni bolaligidan ma’naviyatli qilib tarbiyalash dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu maqolada o‘qituvchi shaxsining qanday ilg‘or texnologiyalardan foydalanishi, didaktik o‘yinlar ahamiyati, o‘quvchilarni kitobga oshno qilishi haqida keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARKAMOL AVLOD TARBIYASIGA YANGICHA YONDASHUV»

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

BARKAMOL AVLOD TARBIYASIGA YANGICHA

YONDASHUV

1Ro'zibayev Ortiq Ro'zibayevich, 2Masharipova Lobar Botirboyevna

^'TIQXMMI" МТУ dekan o'rinbosari 2M.Ulug'bek tuman 142-sonli IDUM o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214275

Annotatsiya. Hozirgi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodni bolaligidan ma'naviyatli qilib tarbiyalash dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu maqolada o'qituvchi shaxsining qanday ilg'or texnologiyalardan foydalanishi, didaktik o'yinlar ahamiyati, o'quvchilarni kitobga oshno qilishi haqida keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: muloqot, komil inson, muomala, mavzular, internet, didaktik o'yinlar, o'zlashtirish.

Аннотация. В настоящее время одним из актуальных вопросов является духовное воспитание молодого поколения с детства. В данной статье подробно описано, как учитель использует передовые технологии, значение дидактических игр, знакомство учащихся с книгами.

Ключевые слова: общение, совершенный человек, поведение, темы, интернет, дидактические игры, освоение.

Annotation. Nowadays, it is one of the urgent issues to raise the young generation spiritually from childhood. This article describes in detail how the teacher uses advanced technologies, the importance of didactic games, and introducing students to books.

Keywords: communication, perfect person, behavior, topics, internet, didactic games, mastering.

Hozirgi globallashuv davrida o'quvchi ma'naviyatini yuksaltirish, bilimini oshirish, tarbiyalashda boshlang'ich ta'limning ahamiyati katta. Bugungi kunda boshlang'ich ta'limning asosiy maqsadi bolaning o'qishga bo'lgan ijobiy munosabati, o'qish savodxonligi, turli ma'lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilishi va ularni kundalik hayotda qo'llay olishi, mantiqiy va ijodiy fikrlashi, o'z-o'zini boshqarishi, jamoada o'zini tuta bilish, yozma va og'zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, chet tillarini o'rganishni boshlash, ta'limiy faoliyatini tashkil etish kabi ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Har tomonlama yetuk insonni tarbiyalash bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang'ich ta'lim, shubhasiz, mustahkam poydevor rolini o'taydi. Boshlang'ich sinflarda olib boriladigan ta'limiy ishlarning asosiy yo'nalishlaridan biri o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish, muomala odobini shakllantirish hisoblanadi. Bizning oldimizda turgan eng katta muammolarimizdan biri ham shu. O'quvchi yuqori sinfga chiqqanda birinchi galdagi muammo, o'quvchilarning nutqidagi kamchiliklar ekanligi aytiladi. Bu o'quvchining kitobni kam o'qishidan, o'qigan asar yuzasidan og'zaki hikoyalash malakasi rivojlanmaganidan dalolat beradi.

Shularni nazarda tutgan holda «Sinfdan tashqari o'qish», tarbiyaviy soat va to'garak mashg'ulotlarida o'quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish uchun ota-onalarni taklif qilgan holda noan'ananaviy darslar tashkil etilmoqda. Bunda dars yana ham qiziqarli bo'lishi uchun vaqtdan unumli foydalanish maqsadida o'quvchilarga topshiriqlar oldindan beriladi. Jumladan, «Kitob haqida qiziqarli ma'lumotlar», «Bolalar shoiri va yozuvchilaridan kimlarni bilasiz?», «O'qigan kitobingiz haqida ma'lumot bering. Uning muallifi va nomini bilasizmi?» kabi mavzular ilgari suriladi. O'quvchi rag'bat olish maqsadida biror bir kitob sotib olishga, kutubxonaga a'zo bo'lishga yoki aka-opalari o'qib bo'lib, unga tavsiya qilgan kitobni qo'lga olishga harakat qiladi.

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

"O'zbekiston yoshlar ittifoqi,—deb ta'kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy harakati qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo'lish tuyg'usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o'rganish va keng targ'ib etishga qaratilgan mazmundor, ta'sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko'rsatishi nur ustiga nur bo'lur edi".Darhaqiqat, jahonga mashhur ajdodlarimiz — buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug'bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o'rnak bo'lganlar, balki o'z askarlari, bo'lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e'tibor qaratganlar. Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizasiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo'shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buhoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma'naviy va jismoniy kamolot bo'yicha saboq berganlar.Yaqin o'tmishimizda yashab o'tgan mutafakkir ma'rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho'lpon, Mahmudxo'ja Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko'pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Ammo, sobiq sho'rolar davrida ulug' ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma'naviy merosi halqimiz, yoshlarimiz ongiga o'zgacha talqin bilan taqdim etildi.Mustaqillik tufayli va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning odilona siyosati asosida millatimiz genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo'lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining "strategik quroli"ga aylanib bormoqda. Yaqinda, 2017 yil 10 avgustda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Nufuzli halqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida"gi qarori yurtimizda barkamol avlodning ma'nan va jismonan kamol topishiga hizmat qilmoqda.

Bugun ba'zi yoshlarimizning "ommaviy madaniyat" ta'sirida ma'naviy dunyoqarashi tobora tubanlashib borayotir. Xo'sh, unga qarshi kurashda qanday chora-tadbirlarni ko'rish lozim, degan savol tug'iladi. Buning yechimini topish uchun, fikrimizcha, ta'lim-tarbiya tizimiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni hisobga olish kerak. Ular orasida bizningcha eng muhim ahamiyat kasb etadiganlari qatoriga quyidagilar kiradi: mafkuraviy ishlarni mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug' va erkin hayot sari olg'a yurishga yo'naltirish; yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va halq farovonligi kabi yuksak tushunchalar bilan birga milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo'yish, ularni yangi bosqichga ko'tarish; yoshlarni ona -Vatanga muhabbat, boy tarihimizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish;ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligiga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish; yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o'yinlari to'g'risida har taraflama va haqiqiy tasavvurlarni shakllantirish kabilardir.

Xulosa qilib aytganda, oliy ta'lim tizimida talaba - bo'lg'usi o'qituvchilarni qadimiy va boy meroslarimiz, ma'naviy-madaniy qadriyatlar, mutafakkir olimlarimizning pedagogik qarashlari, ilm olish yo'llari va sirlari haqidagi ta'limotlari bilan qurollantirish o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, manaviy merosga muhabbat, sadoqat, milliy o'zlik va g'ururni anglash ruhida kamol topishga o'zining munosib hissasini qo'shadi. Haqiqatdan ham bugungi kunda ma'naviyat, ilm-fan va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda yuksak marralarga erishimizning

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

asosi sifatida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev so'zlari bilan aytganda "... aziz do'stlar, birodarlar, agar intilsak, astoydil harakat qilsak, har qanday baland marram egallash qo'limizdan keladi. Biz ma'rifat borasida, ta'bir joiz bo'lsa, "iligi to'q" xalqmiz. Ilm-fanga intilish bizning qonimizda, bugungi til bilan aytganda, genimizda bor"

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi // https://president.uz/oz/lists/view/3864

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108- son Farmoni // https://lex.uz/docs/-5085999

3. Abu Rayhon Beruniy. Tanl. Asarlar. I t. T., 1968 y, 151 bet.

4. Irisov A. Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiy merosi, T., «Fan», 1990, 160-bet

5. Yo'ldoshev J.G', Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. T.,"Fan va texnologiya", 2008,132 bet.

6. Гулбоев А. Т. Аспекты и особенности целостного педагогического процесса //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 10 (135). - С. 29-32.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.