Научная статья на тему 'PREZIDENT ASARLARI MAKTABGACHA TA’LIMDA MILLIY TARBIYANI YO‘LGA QO‘YISHNING METODOLOGIK ASOSLARIDAN BIRI SIFATIDA'

PREZIDENT ASARLARI MAKTABGACHA TA’LIMDA MILLIY TARBIYANI YO‘LGA QO‘YISHNING METODOLOGIK ASOSLARIDAN BIRI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Umuminsoniy qadriyatlar / jamiyat / ma’naviy-ma’rifiy / iste’foda etish / barkamol.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdullajonova Dildoraxon Rustamjonovna

Ushbu maqolada “Prezident asarlari maktabgacha ta’limda milliy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning metodologik asoslaridan biri sifatida”, bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat, xususan, ta’limdagi ilmiy-amaliy izlanishlar kelajagimiz ertasi bo‘lmish yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, barkamol insonni voyaga yetkazish, ularning qalbida Vatanga, xalqiga sadoqat ruhini shakllantirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PREZIDENT ASARLARI MAKTABGACHA TA’LIMDA MILLIY TARBIYANI YO‘LGA QO‘YISHNING METODOLOGIK ASOSLARIDAN BIRI SIFATIDA»

PREZIDENT ASARLARI MAKTABGACHA TA'LIMDA MILLIY TARBIYANI YO'LGA QO'YISHNING METODOLOGIK ASOSLARIDAN BIRI SIFATIDA Abdullajonova Dildoraxon Rustamjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

a.r.dildora@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10680119

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Prezident asarlari maktabgacha ta'limda milliy tarbiyani yo'lga qo'yishning metodologik asoslaridan biri sifatida", bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat, xususan, ta'limdagi ilmiy-amaliy izlanishlar kelajagimiz ertasi bo'lmish yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, barkamol insonni voyaga yetkazish, ularning qalbida Vatanga, xalqiga sadoqat ruhini shakllantirishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Umuminsoniy qadriyatlar, jamiyat, ma'naviy-ma'rifiy, iste'foda etish, barkamol.

Аннотация: В данной статье рассматриваются Постановлении Президента как одна из методических основ становления отечественного образования в области дошкольного образования, проводимой сегодня в стране социальной политики, в частности, научно-практических исследований в сфере образования, образования. молодого поколения, которое является будущим нашего будущего, в национальном духе, всесторонне направлено на взросление людей, формирование в их сердцах духа верности Родине и народу.

Ключевые слова: Общечеловеческие ценности, общество, духовно-просветительские, фактор,идеальный.

Abstract. In this article, the works of the President as one of the methodological foundations of establishing national education in pre-school education, the social policy carried out in the country today, in particular, the scientific and practical research in education, the education of the young generation, who are the future of our future, in the national spirit , aimed at bringing up a mature person, forming a spirit of loyalty to the Motherland and people in their hearts.

Keywords: Universal values, society, spiritual and educational, retirement, good.

Asrlar davomida yosh avlodni tarixiy xotira, milliy ong, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, jamiyatda sog'lom muhitni shakllantirish, o'tmishdan saboq, ilmiy, ma'rifiy va ma'naviy oziq olib bugunini obod, kelajagini buyuk qilish davr kishilari, ayniqsa, millat ziyolilari oldidagi muhim, dolzarb vazifa bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat, xususan, ta'limdagi ilmiy-amaliy izlanishlar kelajagimiz ertasi bo'lmish yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, barkamol insonni voyaga yetkazish, ularning qalbida Vatanga, xalqiga sadoqat ruhini shakllantirishga qaratilgan. Sharq donishmandlaridan iqtibos olib Prezidentimiz tomonidan keltirilgan "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros -bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!" hikmati kunimizning shioriga aylanib bormoqda. Pedagogika, psixologiya va metodika ilmlarida milliy-ma'naviy, umuminsoniy qadriyatlarning o'rni va ahamiyatiga alohida e'tibor qaratilib, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashning o'quv-uslubiy tizimini takomillashtirish ko'zda tutilgan.

Yurtboshimiz urg'u berib ta'kidlaganidek: "Hammangiz yaxshi tushunasiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya'ni bozor tamoyillariga asoslangan kuchli

iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyatga tayanamiz".

Ma'lumki, bashariyat tarixida turfa shakldagi, mazmun-mohiyati o'zgacha fikrlar, g'oyalar yuzaga kelgan, ko'plab ijtimoiy-siyosiy kuchlar o'z maqsad, manfaatlarini ifoda etuvchi ta'limotlari bilan jamiyatga, insoniyatga xitob qilganlar. Ular ichida milliy negizga asoslanib, o'zgalar manfaati, qadriyatlarini ham hurmat qilishga da'vat etgan, ma'naviy-ma'rifiy yuksalishni o'z g'oyalari, mafkuralari markaziga qo'ygan ta'limotlargina asrlar osha nafaqat shu millatning, balki insoniyatning davrlar o'tsa ham kundalik hayotda amal qiladigan etalonga aylanadi. Bu borada o'zbek zaminida asrlar osha shakllanib, taraqqiy etgan, millatimizning tom ma'nodagi mafkurasiga aylangan, iste'foda etish orqali boshqa xalqlarning ham yuksalishiga omil bo'ladigan ta'limotlar borki, ular ta'lim-tarbiyada to'g'ri yo'nalish olish uchun mayoq vazifasini o'taydi.

Biz mazkur mafkurani yosh avlod ongiga singdirish orqali ularni barkamol etib tarbiyalash maqsadini ko'zlar ekanmiz, shuni yodda tutishimiz lozimki, qaysidir bir mafkura mazmunini to'la idrok etish uchun uning tarkibidagi g'oyalarnigina tahlil qilish kifoya qilmaydi. Buning uchun mafkura mohiyatini chuqur o'rganish lozim bo'ladi. Asrlar davomida umume'tirof etgan qonunning hammadan ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil qiladi. Bu kabi tamoyillar yetakchi bo'lgan jamiyatda har bir inson huquqlari, erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olinadi va bunga rioya qilinadi. Ba'zi mamlakatlarda jamiyatda hech qanday mafkura, yetakchi g'oya bo'lmasligi kerak degan aqidani ilgari surishadi. Holbuki, ular xohlaydimi yoki yo'q, ajdodlaridan o'tib kelgan an'ana, qadriyat, milliy urf-odat, o'zaro munosabat shakllariga rioya qiladilar va ularni keyingi avlod tomonidan o'zlashtirilishiga e'tibor qiladilar. Ajdodlardan o'tib kelayotgan fikrlar, g'oyalar ta'sirida yashaydilar, avlodlarini tarbiyalaydilar. Aslida aynan shularining yig'indisi mafkura bo'lib, dunyodagi biror bir xalq mafkurasiz yashay olmasligini ko'rsatadi. Odamlarning bir jamiyat bo'lib shakllanishi, davlatning, xalqning to'laqonli taraqqiy qilishi uchun ham milliy g'oya, ma'naviyatga yo'g'rilgan mafkuraga ehtiyoj tug'iladi. Bu borada millat ma'naviyati, yurt ravnaqiga o'zini mas'ul bilgan hamyurtlarimiz uchun, shuningdek, ijtimoiy fanlar, xususan, pedagogikadan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga davlatimiz rahbarining quyidagi fikrlari dasturulamal bo'lib xizmat qiladi: "Afsuski, hali oramizda milliy g'oya va ma'naviyatning mohiyatini to'liq anglab yetmagan, "ma'naviyat o'zi kerakmi -yo'qmi?", deb yurganlar ham bor. Milliy g'oya deganda, eski sovet mafkurasini xayoliga keltirib, "labiga uchuq toshadiganlar" ham yo'q emas. Agar mafkura ezgulik va insonparvarlik g'oyalariga, shaxsning huquq va erkinliklari, tinch va osoyishta hayotini ta'minlashga, odamning qadr-qimmatini ulug'lashga xizmat qilsa, nima uchun undan qo'rqishimiz kerak? ? Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Shu munosabat bilan ta'kidlab aytmoqchiman: biz barpo etayotgan yangi O'zbekistonning milliy g'oyasi insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik g'oyasi bo'ladi". Ayniqsa, hozirgi globallashuv sharoitida xalqlar o'zligini, milliy mentalitetini saqlab qolishlari uchun ham g'oya va mafkuraga muhtojliklari sezilmoqda. "Bu jarayonda ma'naviy o'zlikni anglash, lozim topilsa, himoya qilish talab etiladi. Aslida milliy g'oyaning bilish, tarbiyaviy, regulyativ, kommunikativ, normativ, qadriyatli, safarbar etish, yo'naltirish, himoya, g'oyaviy bandlik kabi funksiyalarini bajarish uchun yoshlar va aholi ongida faqat bilim va tasavvur sifatida emas, ishonch va e'tiqod sifatida shakllanishi lozim".

Yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashda milliy o'zlikni shakllantirish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Milliy o'zlikni bilishni targ'ib qilishda, ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishda

ma'rifiy yondashuv yetakchilik qilsa, bu jarayonlar kutilgan samarani beradi. Milliylikka intilish g'oyasi faqat so'zda, odamlar xotirasidagina qolmay, kundalik hayot tarziga aylangan taqdirda uni targ'ib qilishga ham zarurat qolmaydigan darajada ijtimoiy voqelikka aylanadi. Hozirgi inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan bir davrda mafkura maydonida xilma-xil qarashlarning yetakchilik qilishga intilishi tabiiy hol. Milliy mahdudlik bor joyda ular o'zlariga faoliyat uchun oson yo'l topadilar, xalqni, eng avvalo, yoshlarni dini, tilidan begonalashtirib, manqurtlik qiyofasiga soladilar so'ng xohlagan yo'llarga boshlay oladilar. Yurtboshimiz bu boradagi oqsashlarga ham e'tibor qaratib, tegishli ko'rsatmalar bergan edi: "...aytish lozimki, biz ulug' bobolarimizning munosib davomchilari bo'ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalalariga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo'q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani - bu ham haqiqat". Shu bois, milliy-ma'naviy tarbiyani kuchaytirish zarurati har doim dolzarb bo'lib kelgan va bo'lib qoladi ham. O'tgan asrda ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir", - deya bong urishi bejiz emas edi. Milliy ruhda tarbiyalashni esa bola tug'ilganidan oilada, ta'lim muassasalarida uzluksiz olib borish lozim. Hozirgi kungacha suratga olingan, namoyishga tayyorlangan "Kachal polvon", "Alpomish", "Zumrad va Qimmat", "Kenja botir" kabi badiiy va multiplikatsion filmlar orqali bolalarga tanish milliy qahramonlar obrazi yaratilgan. Bolalar ularni bilishadi, tanishadi va sevib tomosha qiladilar. Ular orqali millatimizga xos fazilat, muayyan jihatlarni singdirish mumkin. Lekin xalqimiz ertasi bo'lmish yosh avlodga milliy ruhni singdirishga bularning o'zi kifoya qilmaydi.Prezidentimizning quyidagi fikrlari maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklaydi: "Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasini hal qiluvchi bo'g'in hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimining zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas... Bog'cha tarbiyasini ko'rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo'lishini bugungi kunda kimgadir isbotlab o'tirishning, o'ylaymanki, hech qanday hojati yo'q.... ta'lim sohasida ana shunday islohotlarni joriy etish biz uchun ham qarz, ham farzdir".

Prezidentimiz asarlari, turli munosabatlarga ko'ra so'zlagan nutqlarida millatimiz ertasi bo'lgan farzandlarimizni jismonan baquvvat, ma'naviyati yuksak, aqli barkamol, ruhi uyg'oq, o'zligini tanigan avlod qilib tarbiyalash bugungi kunda millat g'oyasi o'laroq qabul qilindi. Bu ajdodlarimiz asrlar mobaynida tayanib kelgan diniy-ilohiy manbalar, buyuk mutafakkir bobolarimizning o'lmas asarlari bilan uyg'unlik kasb etib, amaliy pedagogik faoliyat uchun tayanch asos vazifasini o'taydi. Milliy asosga tayangan faoliyat tarbiyalanuvchilarda "...o'z harakatlarini rejalashtirish qobiliyatini rivojlantiradi; bolalarning atrof-olam obyektlari haqidagi g'oyalarini aniqlashtiradi va mustahkamlaydi".

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: Tasvir, 2020. 12-b. (72)

2. Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamiz poydevoridir. T.: Tasvir, 2021. 7-b. (36)

3. Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamiz poydevoridir. T.: Tasvir, 2021. 8-b. (36)

4. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T.: O'zbekiston, 2018. 25-26-140-b. (508)

5. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T.: O'zbekiston, 2018. 25-26-140-b. (508)

6. Ibragimov, S. I. Komil insonni tarbiyalashni faollashtiruvchi axborot ta'minotini shakllantirish. Elektron manba: https://moluch.ru/th/8/archive/62/2619/

7. Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. T.: O'qituvchi, 1992. - 165-b.

8. Abdullajonova Dildora Rustamjonovna "Sand in the image of relatives to establish education in the national spirit through races". In Volume 3, Issuue 2 of International scientific journal of "Science and Innovation" ISSN:2181-337.UIF-2022 8.2,SJIF-2023:5.608, DATE: 08.02.2024

9. ^одиров В., Махмудова О. Пластик материаллар ёрдамида дидактик ашёлар тайёрлаш методикасига оид тажрибалар. Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture. Volume 2 Issue, March 2022. P 116-123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.