Научная статья на тему 'BANKLARDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI'

BANKLARDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
70
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Iqtisodiyotning raqamli modernizatsiyasi hozirgi kunda juda ham ommaviy masalalardan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va toʻlov tizimlarining rivojlanishi / xususan / naqdsiz toʻlov shakllari / banklarning raqamli zamonaviy xizmatlari turlarini rivojlantirish yoʻnalishi kuzatilmoqda.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shamsiyeva Yulduz Olimovna

Iqtisodiyotning raqamli modernizatsiyasi hozirgi kunda juda ham ommaviy masalalardan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va toʻlov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz toʻlov shakllari, banklarning raqamli zamonaviy xizmatlari turlarini rivojlantirish yoʻnalishi kuzatilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BANKLARDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI»

NOVEMBER 17 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

BANKLARDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI Shamsiyeva Yulduz Olimovna

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10143507

Iqtisodiyotning raqamli modernizatsiyasi hozirgi kunda juda ham ommaviy masalalardan bin hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va to'lov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz to'lov shakllari, banklarning raqamli zamonaviy xizmatlari turlarini rivojlantirish yo'nalishi kuzatilmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini globallashtirish hamda ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi sharoitida bank va moliya tizimini tubdan isloh qilish, bank tizimiga xorijiy investorlarning ishonchini yanada oshirish hamda ularning e'tiborini jalb qilish shuningdek, soha barqarorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng qo'llagan holda, ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko'lamini kengaytirib borish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko'ra, moliyaviy sektorning global innovatsion transformatsiyasiga yo'naltirilgan, zamonaviy xizmatlar rivojlangan yangi iqtisodiy davridamiz va bu an'anaviy moliya institutlari uchun ulkan raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning tijorat banklari faoliyatiga integratsiyalashuv darajasi ularning raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini belgilaydi.

Raqamli tarmoq raqamli bankning tayanchi bo'lib, call-markaz, internet-banking, mobil banking va filiallar qo'yilgan poydevorga qo'shimchalar hisoblanadi. 1989-yil oktabr oyida ish boshlagan First Direct (Buyuk Britaniya) filialsiz bank yaratishda birinchilardan bo'lgan. Mijozlarga xizmat ko'rsatish bank tomonidan telefon orqali amalga oshirilgan. Birinchi kun davomida bank 1000 ta qo'ng'iroqlarni qabul qilgan va 1995 -yilga kelib First Direct portfelida 500 000 dan ortiq mijozlar bor edi. Birinchi marta "raqamli bank" yoki neobank atamasi 2014-yilda AQShda nashr etilgan Kris Skinnerning 'Digital bank" kitobida batafsil tavsiflangan va keyinchalik 2015-2020 yillar davomida Yevropada rivojlangan. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'pchilik neobanklar bank litsenziyalarini cheklovchi to'siqlar tufayli texnik jihatdan to'liq "banklar" hisoblanmaydi.

O'zbekiston Respublikasida bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan "raqamli" banklar va bank bo'linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yanada kengaytirish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Raqamlashtirish iqtisodiyotning barcha sohalarini, shu jumladan bank faoliyatini rivojlantirishning muhim yo'nalishi hisoblanadi. Bank xizmatlarini raqamlashtirish bu bank faoliyatining istalgan sohasidagi zamonaviy iqtisodiy, tashkiliy va boshqaruv, institutsional innovatsiyalar majmuasidir. Bank faoliyatini raqamlashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad mijozlarni ko'paytirish va faoliyatni kengaytirish uchun innovatsion ish usullari, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish bilan bog'liq uzoq muddatli rivojlanish maqsadlariga erishish uchun moliyaviy "start up"lari bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini mustahkamlashdir. Shu jumladan, transformatsiya ajarayonlari va bank tizimiga yangi "start up'larni joriy etish masalari asosan yoshlarni sohaga jalb etishni talab etadi chunki bizga ma'lumki, yoshlar yangi texnologiyalar va raqamlashtirish jarayonlariga ancha moslashuvchan hamda yangi tizimni tez o'rgana oladi. Bu esa iqtisodiyotda yoshlarni ish bilan ta'minlash masalasining bir yechimi desak ham also mubolag'a bo'lmaydi.

NOVEMBER 17 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'zbekistonda davlat ishtirokidagi kompaniyalar iqtisodiyotning anchagina ulushini egallaydi. Shuning uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM o'sishiga bevosita ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat sektorining raqamli transformatsiyasi O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning muhim drayverlaridan biri bo'la oladi. Jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Raqamli Qozog'iston" davlat dasturini ko'rishimiz mumkin. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, uni amalga oshirishdan jami iqtisodiy samaradorlik 2018-2019-yillarda 2 mlrd. AQSH dollaridan ko'proqni tashkil etgan. Birgina shuning o'zi ham axborot texnologiyalarini iqtisodiyotga joriy etish foydasiga salmoqli dalil bo'la oladi.

An'anaviy bank faoliyatining eng katta kamchiliklaridan biri hujjatlarning qog'oz shaklda aylanishidir. Raqamli banklarda xizmat tezligiga va ortiqcha hujjat aylanishiga yo'l qo'ymaslik alohida ahamiyatlidir. Bundan tashqari, raqamli banklar foydalanuvchiga kommunal to'lovlar, telefon uchun va kredit qarzdorliklarni so'ndirish kabi muntazam to'lovlar uchun avtomatik to'lovlarni o'rnatish imkonini beradi. Mijoz endi to'lov sanalarini eslab qolish uchun harakat qilishi shart emas. Mijoz kelgusi va to'lanmagan to'lovlar haqida ogohlantirishlarni tanlashi mumkin.

Raqamli banking xizmatlarini chekka hududlarga kengaytirish har tomonlama rivojlanish sari qadam hisoblanadi. Qishloqning chekka hududlarida bank ofislarini ochish ko'p xarajatlarni talab qiladi va bunda ham raqamli banklar faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir. Raqamli bank orqali pul o'tkazmalari qalbaki valyuta xavfini kamaytiradi.Raqamli banklar yordamida foydalanuvchi bir tugmani bosish orqali noto'g'ri joylashtirilgan yoki yechib olingan mablag'lar haqida xabar berishi va bloklashi mumkin. Ushbu imtiyoz bank mijozi uchun mavjud bo'lgan maxfiylik va xavfsizlikni sezilarli darajada mustahkamlaydi. Naqd pulsiz jamiyatni targ'ib qilish orqali raqamli bank qora pullarning aylanishini cheklaydi, bu orqali Hukumat fondlar harakatini kuzatib borishi mumkin. Uzoq muddatda raqamli banklar faoliyati esa valyutaga bo'lgan talabni kamaytirishi iqtisodchilar tomonidan tasdiqlangan.

Banklar kelajakda raqamli bank xizmatlarini yaratishda mobil ilovalar hamda smart bankinga ko'proq e'tibor berishlari kerak. Mijozlar filial an'anaviy bank xizmatlaridan foydalanishda bugungi kunda noqulaylik his qilishni boshladi, sababi insonlar uchun hammasidan ham vaqt masalasi muhimligini hisobga olsak, bank xizmatlaridan foydalanishda vaqt sarfi yuqori. Raqamli bank strategiyasini muhim omillaridan biri bu bank xizmatlari turini ko'paytirgan holda mobil ilovalarga joylashtirishdir. Bunda bankning operatsion xarajatlari kamayadi hamda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati ijobiyga o'zgaradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992 "2020 — 2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gi farmoni. https://www. lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasi

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi qarori loyihasi. https://regulation. gov. uz/uz/document/9413.

4. Vahobov A.V., Malikov T.S. "Moliya" Darslik.-T.:"Sharq" nashriyoti, 2010.

5. Abdullayev O.M., Fattaxov A.A., K. Axmedov "Raqamli iqtisodiyot", Toshkent, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.