Научная статья на тему 'BANKLARDA AXBORT TIZIMLARINING DASTURIY TAMINLANISHI'

BANKLARDA AXBORT TIZIMLARINING DASTURIY TAMINLANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1199
122
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
«On-Line» rejimi / «Uzkart-EMV» milliy banklararo plastik kartochkalar to‘lov tizimi / dasturiy ta’minot / plastik karta tizimi. / ”On-Line” mode / national interbank payment system with plastic cards “Uzkart-EMV” / software / plastic card system.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Ishonqulova

Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo‘luvchi yangiliklarga boy bo‘lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog‘idan biri hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga yanada ko‘proq ehtiyoj sezilmoqda. Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir. Endilikda an’anaviy bank xizmatlari o‘rnini to‘la egallayotgan zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko‘rinishlari aynan shu tezlik, sifat va ishonchni ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari oshirilishiga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOFTWARE FOR INFORMATION SYSTEMS IN BANKS

Today, every day is filled with news that is an important factor in the development of the economy of our country, including new modern information and communication technologies in the banking sector, which is considered one of the important sectors of the economy as a result of the rapid development of the global banking and financial system (An even greater need for the use of ICT . In fact, the speed, quality and transparency of all services provided by commercial banks using information technology are the requirements of today. It's no secret that such speed, quality and reliability are provided by various forms of modern remote banking services, which are now completely replacing traditional banking services. Modern banking services serve to empower customers by creating greater convenience.

Текст научной работы на тему «BANKLARDA AXBORT TIZIMLARINING DASTURIY TAMINLANISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BANKLARDA AXBORT TIZIMLARINING DASTURIY

TAMINLANISHI Ishonqulova Nargiza Mamajonovna

"Sambhram" universiteti MBA magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7446587 Annotatsiya. Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo'luvchi yangiliklarga boy bo'lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal sur'atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog'idan biri hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga yanada ko'proq ehtiyoj sezilmoqda.

Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo'llagan holda ko'rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir. Endilikda an'anaviy bank xizmatlari o'rnini to'la egallayotgan zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko'rinishlari aynan shu tezlik, sifat va ishonchni ta'minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari oshirilishiga xizmat qiladi.

Tayanch so'zlar: «On-Line» rejimi, «Uzkart-EMV» milliy banklararo plastik kartochkalar to'lov tizimi, dasturiy ta'minot, plastik karta tizimi.

ПРОГРАММНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХ СИСТЕМ В БАНКАХ Аннотация. Сегодня каждый день наполнен новостями, являющимися важным фактором развития экономики нашей страны, в том числе новыми современными информационно-коммуникационными технологиями в банковской сфере, которая считается одной из важных отраслей экономики в результате бурного развитие мировой банковской и финансовой системы (Еще большая потребность в использовании ИКТ.

По сути, скорость, качество и прозрачность всех услуг, предоставляемых коммерческими банками с использованием информационных технологий, являются требованиями сегодняшнего дня. Ни для кого не секрет, что именно такую скорость, качество и надежность обеспечивают различные формы современного дистанционного банковского обслуживания, которые сейчас полностью вытесняют традиционные банковские услуги. Современные банковские услуги служат расширению возможностей клиентов за счет создания большего удобства.

Ключевые слова: режим «On-Line», национальная межбанковская платежная система пластиковыми картами «Узкарт-ЭМВ», программное обеспечение, система пластиковых карт.

SOFTWARE FOR INFORMATION SYSTEMS IN BANKS Abstract. Today, every day is filled with news that is an important factor in the development of the economy of our country, including new modern information and communication technologies in the banking sector, which is considered one of the important sectors of the economy as a result of the rapid development of the global banking and financial system (An even greater need for the use of ICT.

In fact, the speed, quality and transparency of all services provided by commercial banks using information technology are the requirements of today. It's no secret that such speed, quality and reliability are provided by various forms of modern remote banking services, which

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

are now completely replacing traditional banking services. Modern banking services serve to empower customers by creating greater convenience.

Keywords: "On-Line" mode, national interbank payment system with plastic cards "Uzkart-EMV", software, plastic card system.

Davlatimiz birinchi rahbari Islom Karimov Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzada ta'kidlaganlaridek, — «Bugungi sharoitda, internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommuni-katsiya texnologiyalari, dasturiy ta'minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko'rsatishni o'z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda». O'zbekiston bank tizimida izchil va aniq maqsadli islohotlar olib borilmoqda, chora-tadbirlar, bank-moliya xizmatlarini ko'rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir bir qator qarorlar qabul qilindi.

Shu munosabat bilan respublikamizda naqd pulsiz chakana to'lovlarning amalga oshi -rilishida jismoniy shaxslar va ulardan to'lovlarni qabul qilib oluvchi tomonlar o'rtasida hisob -kitoblarning zamonaviy samarali tizimini tashkil etish maqsadida, «O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to'g'risida»gi Nizom ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2014 -yil 21-fevraldagi 4/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan holda Adliya vazirligida 2014-yilning 4-aprelida 2570-son bilan davlat ro'yxatiga olindi.

Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish.

Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu tizimni takomillashtirish doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli «Bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida»gi Qarori ijrosi yuzasidan Markaziy bank, O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) tomonidan «Uzkart» banklararo to'lov tizimi ishtirokchilari bo'lgan tijorat banklari bilan birgalikda «on-line» rejimida ishlaydigan «Smart-Vista» EMV texnologik platformasi to'liq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori ijrosini ta'minlash borasida YaUPM tomonidan server va kommunikatsiya jihozlari, tizimli dasturiy ta'minotlar xarid qilinib, o'rnatildi va ishga tushirildi, server va terminallar uchun amaliy dasturlar yaratildi. Natijada tijorat banklarining bo'limlari va filiallaridan Bosh bank ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga yetkaziladigan ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha oraliq bo'g'inlarni chiqarib tashlash hisobiga to'lovlarning o'tkazilishini tezlashtirishga erishildi.

Shu bilan birga, «On-Line» rejimida ishlovchi «Uzkart-EMV» milliy banklararo plastik kartochkalar to'lov tizimini joriy etishni jadallashtirish maqsadida tijorat banklarida tegishli dasturiy-apparat majmualari ishga tushirildi hamda EMV texnologiyasiga moslashgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

terminallar joriy qilindi. Bu ishlar natijasida, 2016-yil 1-yanvar holatiga respublika bo'yicha barcha tijorat banklari tomonidan onlayn rejimida ishlaydigan 8 426 280ta bank plastik kartalari muomalaga chiqarilishiga erishildi. Bu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagilar amalga oshirish mo'ljallangan:

• muomaladagi onlayn bank plastik kartalari, to'lov terminallari, infokiosklar sonini oshirgan holda respublika moliya infrastrukturasini kengaytirish;

• Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha, dasturiy ta'minot, bankomat va plastik kartochkalar orqali to'lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar import bo'yicha olib kirilganida tijorat banklari boj to'lovlarini to'lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) 2020-yil 1-yanvarga qadar ozod qilish;

• plastik karta tizimi uchun import shartnomalari bo'yicha xarid qilingan texnik va dasturiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish va zarur choralarni ko'rish.

Banklarda to'lovlarni elektron qabul qilish dasturlari

«Smart-Vista»EMV tizimida «on-line» rejimida ishlashga mo'ljallangan terminallarning sifatli ishlashini ta'minlash maqsadida YaUPMning server tizimi va aloqa kanallari sifatli va uzluksiz ishlashini monitoring qilish.

Respublika bank tizimida yuqorida qayd etilganlarning joriy qilinishi tizim a'zolari hisoblangan banklar, shuningdek, tizim foydalanuvchilari bo'lgan, mablag'larni to'lovchilar va mablag'larni oluvchilar uchun quyidagi afzalliklarni yuzaga keltiradi:

• zamonaviy bank axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini to'laqonli shakllanishiga imkon yaratadi;

• to'lovlarni amalga oshirishning uzluksizligini va shaffofligini ta'minlaydi;

• tijorat banklari o'rtasidagi vakillik hisobvaraqlari doirasidagi hisob -kitoblarni optimallashtirilishi va jadallashtirilishiga imkon yaratadi;

• mablag'larni to'lovchi va mablag'larni oluvchilar o'rtasidagi hisob -kitoblarning real vaqt rejimida amalga oshirilishi orqali to'lovlarning aniqlik va ishonchlilik darajasi oshirilishini ta'minlaydi;

• tijorat banklari uchun tizim xarajatlarining kamayishiga olib keladi hamda vakillik hisobvaraqlaridagi bo'sh pul mablag'laridan oqilona va samarali foydalanishlariga imkon yaratadi;

• har bir bosqichda ma'lumotlarning ishonchliligini nazorat va monitoring qilinishini ta'minlaydi;

• bank xizmatlarining likvidligi oshirilishiga erishiladi;

• jismoniy shaxslar uchun masofadan turib, o'z hisobvaraqlarini boshqarish tizimlari orq ali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa real vaqt rejimida pul mablag'larini ko'chirish imkoniyatini beradi;

• real vaqt rejimida jismoniy shaxslar o'rtasidagi pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati;

• jismoniy shaxslar bank plastik kartalari va boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablag'larni kredit hisobvaraqlari foizi hamda kredit summasini so'ndirilishiga uzatish imkoniyati;

• internet tarmog'i orqali elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni bank plastik kartalari yordamida bajarish imkonini beruvchi dasturiy ta'minotni joriy etish imkoniyati;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• elektron tijorat doirasida tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni boshqa depozit hisobvaraqlari orqali real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati tashkil etildi.

Eng muhimi, hozirgi kunda respublikamizda dolzarb masala hisoblangan kommunal xizmat ko'rsatuvchilar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, maxsustrans xizmati, issiqlik manbai, suvsoz xizmati va boshqalar) ning kommunikatsiya tarmoqlari infratuzilmasi shakllantirilib, ushbu xizmatlar bo'yicha aholi tomonidan amalga oshirilgan to'lovlar real vaqt rejimida mablag'lar oluvchining hisobvaraqlariga o'tkazilishi bilan birga, elektron jurnallarda har bir mablag' to'lovchilarning kommunal xizmatlar uchun to'langan mablag'larining summasi, muddati (yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya ko'rinishida) va to'liq rekvizitlari bo'yicha qayd etib boriladi. Mablag'larni to'lovchilar internet tarmog'i yoki mobil telefonlariga SMS-xabarnoma kelishi orqali o'z shaxsiy kabinetlaridan har bir kommunal xizmatlar bo'yicha to'lovlar tarixini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu esa to'lovlarning ishonchliligini hamda shaffofligini ta'minlaydi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Axborotlashtirish to'g'risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to'g'risida»gi, «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi, «Elektron to'lovlar to'g'risida»gi, «Elektron tijorat to'g'risida»gi, «Elektron hukumat to'g'risida»gi, «Garov reyestri to'g'risida»gi va «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'-risida»gi, 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli «O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va resurs bazasini shakllantirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlari ijrosini mamlakat bank tizimida samarali ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 2016-2018 yillar davomida joriy etish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Mazkur Konsepsiyada zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llagan holda 2016-2018 yillar davomida banklar tomonidan mijozlarga ko'rsatiladigan xizmatlar turini kengaytirish, takomillashtirish va joriy etish istiqbollari belgilab olingan bo'lib quyidagi masalalarni:

• bank axborot tizimlarida zamonaviy texnik yechim va texnologiyalarni keng qo'llagan holda bank faoliyatini avtomatlashtirish darajasini yuqori saviyaga ko'tarish;

• O'zbekiston Respublikasi «Elektron hukumat» tizimi tarkibiga kiritilgan chakana to'lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish Kliring tizimining xizmat doirasini kengaytirish;

• davlat buyurtmasi ro'yxatiga kiritilgan (2015-2016 yillar uchun) «Tashqi savdo operatsiyalarining Yagona elektron axborot tizimini (TSO YAEAT) takomillashtirish» loyihasini elektron tijoratdagi bitimlarni hisobga olgan holda ishga tushirish;

• bank axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarining uzluksiz faoliyatini ta'minlash;

• bank axborot resurslarini doimiy ravishda zaruriyat bo'yicha yangilab borish va ulardan keng foydalanishni ta'minlash;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• bank tizimida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirish orqali bank xizmatlari turlarini amaliyotga keng tatbiq qilish va kengaytirish, aholi va tadbirkorlarga qo'shimcha qulayliklar yaratish;

• aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan axborotlarni erkin va moneliksiz olishni ta'minlash, shuningdek, interaktiv xizmat turlarini kengaytirish, xizmatlarni «bir darcha» orqali ko'rsatishni joriy qilish;

• xavfsizlik va axborotlar muhofazasining tashkiliy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

• bank plastik kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimidan foydalanish bo'yicha orttirilgan tajribaga asosan onlayn plastik karta xizmatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

• Markaziy bank va tijorat banklarining Internet tarmog'idagi ra smiy veb-saytlari faoliyatini doimiy monitoring qilish va sifatini oshirish. Jumladan, ma'lumotlarni muntazam yangilab borish, veb-saytlar orqali ko'rsatila-digan interaktiv xizmatlar turlarini kengaytirish;

• respublikada elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi va davlat dasturlarini amalga oshirish va joriy etishda faol qatnashish;

• Garov reyestri tizimini xalqaro talablar darajasiga mos kelishini ta'minlash;

• Kredit axboroti milliy instituti axborot tizimlarini takomillashtirish;

• Bank sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha mutaxassislar malakasini muntazam ravishda oshirish, kadrlar tayyorlashni yangi sifat bosqichiga ko'tarish.

Banklarda axborot tizmini rivojlantirish bo'yicha prezident qarorlari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko'rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaymoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.

Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni engillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga, bank xizmatlari iste'molchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko'rsatish madaniyati va bank tizimiga bo'lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:

1. O'zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etilsin:

• O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish Kontseptsiyasini tasdiqlash;

• bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg'or xalqaro tajribadan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo'lga qo'yish;

• mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani o'rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo'llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish;

• masofaviy bank xizmatlari ko'rsatishni rivojlantirish bo'yicha zamonaviy va ilg'or bank xizmatlarini amaliyotda ro'yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;

• bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg'or chet el banklarining faoliyatini o'rganish.

2. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda:

• jamg'arib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan mablag'lar;

• O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga fuqarolarning hisoblangan sug'urta badallari;

• soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisoblangan qarzdorliklari;

• identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub'ektlari;

• jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;

• yuridik shaxslarning moliyaviy holati to'g'risidagi axborotlarni olish imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byuro o'rtasida ma'lumotlarni qayta ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining qon-tomiri hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'na-lishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati, to'lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko'tarilishini ta'minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Bank tizimi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari o'quv qo'llanma

2. www.aim.uz

3. www.arxiv.uz

4. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.