Научная статья на тему 'BALIQCHILIK XO`JALIGINI KLASTER USULIDA RIVOJLANTIRISH'

BALIQCHILIK XO`JALIGINI KLASTER USULIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kambag‘allik / baliqchilik xo‘jaligi / qishloq xo‘jaligi / o‘rmon xo‘jaligi / baliqchilik xo‘jaligi mahsulot va xizmatlar lari / baliqchilik klasteri / ovlangan baliq

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Djumayeva Ozoda Ergashevna

Maqolada aholining turmush darajasini oshirish maqsadida, qishloq xo‘jaligi tarmogida baliqchilik klasterlarining roli ko‘rib chiqilgan. Buxoro viloyatida oxirgi yillarda baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari (xizmatlar) ning hajmi va o‘sish sur’atlari tahlil qilinib, ishlab chiqarilgan asosiy turdagi baliqchilik mahsulotlarini hududlar kesimida taqsimlanishi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BALIQCHILIK XO`JALIGINI KLASTER USULIDA RIVOJLANTIRISH»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

BALIQCHILIK XOJALIGINI KLASTER USULIDA

RIVOJLANTIRISH

Djumayeva Ozoda Ergashevna

Buxoro davlat universiteti, Bioiqtisodiyot yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11421425

Annotatsiya. Maqolada aholining turmush darajasini oshirish maqsadida, qishloq xo'jaligi tarmogida baliqchilik klasterlarining roli ko'rib chiqilgan. Buxoro viloyatida oxirgi yillarda baliqchilik xo'jaligi mahsulotlari (xizmatlar) ning hajmi va o'sish sur'atlari tahlil qilinib, ishlab chiqarilgan asosiy turdagi baliqchilik mahsulotlarini hududlar kesimida taqsimlanishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kambag'allik, baliqchilik xo'jaligi, qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi, baliqchilik xo'jaligi mahsulot va xizmatlar lari, baliqchilik klasteri, ovlangan baliq.

Аннотация. В статье рассмотрена роль рыболовных кластеров в агропромышленном комплексе в целях повышения уровня жизни населения. За последние годы проанализированы объемы и темпы роста производства рыбной продукции (услуг) в Бухарской области, а также представлена информация о региональном распределении основных видов производимой рыбной продукции.

Ключевые слова: бедность, рыболовство, сельское хозяйство, лесное хозяйство, продукты и услуги рыболовства, рыбный кластер, выловленная рыба.

Abstract. The article provides information about the role of fishing clusters in the agricultural sector in order to improve the standard of living of the population. Nowadays, the volume and growth rates of fishery products (services) in Bukhara region have been analyzed, and information on the regional distribution of the main types of fishery products produced has been presented.

Keywords: poverty, fisheries, agriculture, forestry, fisheries products and services, fisheries cluster, caught fish.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "O'zbekiston — 2030" strategiyasining ikkinchi ustuvor yo'nalishida YaIM, byudjet, sanoat, investitsiya, bank, "yashil iqtisodiyot", energetika, transport, qishloq xo'jaligi, eksport, monopoliyalar, IT, turizm, xizmatlar, infratuzilma, uy-joy masalalariga oid 75 ta maqsadli ko'rsatkichni ishlab chiqish va 29 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash belgilangan edi.

Davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi, aholining yuqori turmush darajasini ta'minlash va oshirishdan iborat. Aholini kambag'allikdan chiqarish yo'llaridan biri ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, kasb-hunarga o'rgatishdan iborat. Bugungi kunda mamlakat aholisini baliqchilik xo'jaligini rivojlantirishga jalb qilish, aholini yuqori sifatli, arzon baliq mahsulotlari bilan ta'minlash, ularni q'oshimcha daromad topishga yo'naltirish kabi masalalarga yechim topadi.

Baliqchilikning hozirgi rivojlanish darajasi ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o'rganishni taqozo etadi. Buxoro viloyatida 2023 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmatlar) larining umumiy hajmi 26 568,5 mlrd.so'mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,7 foizni, shu jumladan baliqchilik xo'jaliklarida 144,7 mlrd. so'mni (106,4 foiz) tashkil qildi. 2023 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

xo'jaligi mahsulotlari (xizmatlar) ning hajmi va o'sish sur'atlari tumanlar kesimida va Buxoro shahrida 1-rasmda ko'rsatilgan natijalar ko'rinishida o'zgardi.

Rasmdagi natijalar, yuqori o'sish sur'atlarini Qorovulbozor (108,3 foiz), Jondor (106,0 foiz), Olot (105,3 foiz) va Vobkent (105,1 foiz) tumanlarida kuzatilganini ko'rsatib turibdi. Shofirkon tumanida (100,9 foiz) va Buxoro shahrida (100,5 foiz) esa aksincha past sur'atlar kuzatildi.

1-rasm. 2023 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulotlari (xizmatlar) ning hajmi va o'sish sur'atlari

Ishlab chiqarilgan asosiy turdagi baliqchilik mahsulotlarini hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha o'zgardi(2-rasm).

2-rasm. Ishlab chiqarilgan asosiy turdagi baliqchilik mahsulotlarini hududlar kesimida taqsimlanishi

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Ishlab chiqarilgan asosiy turdagi baliqchilik mahsulotlarini hududlar kesimida taqsimlanishi tahlili shuni ko'rsatadiki, 2023 yil yanvar-sentabr oylarida ovlangan baliq soni eng baland ko'rsatkich Shofirkon tumanida 2251,2 tonnani va Buxoro shahrida 1004,8 tonnani tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlar tahlili viloyatda baliq ishlab chiqarish hududlar kesimida oshganini ko'rsatdi, lekin bu kam natija hisoblanadi.

Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish uchun bugungi kunda baliq klasterlari yaratish va rivojlantirish asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Klasterning asosiy maqsadi ilg'or innovatsion texnologiyalardan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh bo'lgan, yuqori sifatli baliq ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.

Davlat iqtisodiyoti klasterning kuchli tomonlariga tayanadi, chunki ularsiz eng rivojlangan iqtisodiyot ham faqat o'rtacha natijalarga erisha oladi. Yuqori sifatli mahsulot olish bilan birga baliq klasterlarida innovatsion tizim yaratish boshqaruvni to'g'ri yo'lga qo'yish imkonini beradi.

Mamlakatimizda baliq klasterlarini tashkil etish va ta'minlashga doir qator qonun va me'yoriy hujjatlar qabul qilingani ularga berilgan imtiyozlar sanoatda tub o'zgarishlar kiritish va zamonaviy texnologiyalar qo'llash zarurligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Вайсорот А. А. Эффективность современных форм организации сельскохозяйственного производства / А. А. Вайсброт // Материалы Междунар. заоч. науч. конф. (15 октября 2008 г.) / URL: http://www.kgau.ru/new/all/konferenc/01/ (дата обращения: 03.01.2015).

2. Макарова С. А. Курс лекций по дисциплине «Экономика фирмы» / С. А.Макарова//URL:http://www.wecon.ru/files/Makarova_EconomFirm/contents/index.html (дата обращения: 03.01.2015).

3. Циацан П. Организация сельскохозяйственного производства в переходных странах / П. Цианан, Я. Покровичак, Д. Драбик // Beyond Transition. 2007. N° 15. C. 12-13.

4. FAO - Fisheries and Aquaculture Information and Statistics Service - 28/01/2014 # URL: http://www.fao.org/figis/servlet/TabSelector (дата обращения: 03.01.2015).

5. Хусенов С. Х. , Ниёзов Д. С. , Сайфуллаев Г. М. Баликчилик асослари. Бухоро 2010.

6. https://buxstat.uz/files/324/2023-axborotnoma-sentabr/3969/QISHLOQ-ORMON-VA BALIQCHILIK-XOJALIGI.pdf

7. http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m11427

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.