Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY DASTURLARNI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH YONDASHUVLARIDAN FOYDALANISH'

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY DASTURLARNI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH YONDASHUVLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / makroiqtisodiyot / xorij tajribasi / bozor munosabatlari. / economy / macroeconomics / foreign experience / market relations.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmonov Aziz Iskandarovich

Ushbu maqolada O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the author describes the use of approaches to the development and implementation of macroeconomic programs in the sustainable development of the economy of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY DASTURLARNI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH YONDASHUVLARIDAN FOYDALANISH»

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY DASTURLARNI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA OSHIRISH YONDASHUVLARIDAN FOYDALANISH

Raxmonov Aziz Iskandarovich

SamISI, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, xorij tajribasi, bozor munosabatlari.

Abstract. In this article, the author describes the use of approaches to the development and implementation of macroeconomic programs in the sustainable development of the economy of Uzbekistan.

Key words: economy, macroeconomics, foreign experience, market relations.

Mamlakatimizda iqtisodiy o'sishni ta'minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash bo'yicha tanlangan strategiya va inqirozga qarshi choralar dasturni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur'atlarini ta'minlashga, aholining turmush farovonligini yanada oshirishga erishmoqda.

Yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalar, shuningdek iqtisodiyotni modernizasiyalash asosida zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish samaradirligini yo'lga qo'yilishi, shuningdek mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada o'sib borayotgani, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmat turlarining ko'payib, mahsulot sifatining tubdan yaxshilanib borishi, milliy iqtisodiyotning yangicha mazmun va mohiyat kasb etayotganligining dalili hisoblanadi.

1.3.-rasm. Iqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari1

1 G.X. Nazarova. "Makroiqtisodiyot" fanidan maruzalar matni. T.:Toshkent Moliya instituti, 2017-yil, 140 bet.

So'ngi yillarda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida respublika iqtisodiyoti yiliga 7-9 foiz darajasida yuqori va barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini namoyish etmoqda. 2021-yilda Respublika yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 738 425,2 mlrd. so'mni tashkil etdi va 2020- yilga nisbatan 7,4 % ga o'sdi. Inflyatsiya, YAIM deflyatori 2023- yilda 12.2 % ni tashkil etdi.

1-jadval

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O'zbekiston Respublikasining yalpi ichki

mahsuloti hajmi (joriy narxlarda, mlrd.so^m)

Ko'rsatkichlar 2021 2022 2023 2021-2023 yillarda o'zgarish, (+, -)

I. YAIM, jami 738 425,2 896 617,9 1 066 569,0 328 143,8

Tarmoqlarning yalpi qo' shilgan qiymati 686 432,4 836 839,7 1 008 423,1 321 990,7

Mahsulotlarga sof soliqlar 51 992,8 59 778,2 58 145,9 6 153,1

II. Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati 686 432,4 836 839,7 1 008 423,1 321 990,7

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'ialigi 181 787,7 208 809,2 245 222,5 63 434,9

Sanoat (qurilishni qo'shgan holda) 232 535,7 280 057,7 325 378,4 92 842,7

sanoat 186 978,2 225 771,2 262 824,2 75 845,9

qurilish 45 557,4 54 286,4 62 554,2 16 996,8

Xizmatlar 272 109,1 347 972,9 437 822,2 165 713,1

savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 46 750,0 58 020,3 72 382,4 25 632,4

tashish va saqlash, axborot va aloqa 47 934,3 60 027,1 77 833,1 29 898,7

boshqa xizmat tarmoqlari 177 424,8 229 925,5 287 606,7 110 181,9

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni2da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi PF-60-son Farmoni. //"Xalq so'zi" 28.01.2022 y.

ta'minlash, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rívojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish ustuvor yo'nalishlari alohida muhim o'rin egallaydi.

1-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki

mahsulotining o'sish sur'atlari, foizda3

Mamlakatimizda so'ngi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda YaIM 2000-2023 yillar oralig'ida barqaror o'sish sur'atlariga ega bo'ldi. So'ngi 23 yil oralig'ida o'rtacha iqtisodiy o'sish sur'atlari 6,4 % ni tashkil etgan, eng yuqori iqtisodiy o'sish sur'ati 2007 yilga to'g'ri kelib 9,5 % ni tashkil qildi va eng past iqtisodiy o'sish sur'ati 2020 yilda koronavirus pandemiyasi natijasida yuzaga kelib o'sish sur'atlari keskin pasaygani holda 2023 yilda mamlakatimizda iqtisodiy o'sish 2,0 % ni qayd etilgan.

2-jadval.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki

Ko'rsatkichlar 2000 2005 2010 2021 2022 2023

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'ialigi 34,4 29,5 30,6 26,5 24,9 24,3

Sanoat (qurilishni qo'shgan holda) 23,1 29,1 24,1 33,9 33,5 32,3

Xizmatlar 42,5 41,4 45,3 39,6 41,6 43,4

; O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzildi

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti tarkibida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi 2000 yilda 34,4% ni, 2023 yilda 24,3%ni tahkil etayotgani ushbu sohani ulushi kamayotganini ko'rsatadi.

Sanoat (qurilishni qo'shgan holda) sohasi 2000 yilda 23,1%, 2023 yilda 32,3%dan iborat bo'lib yalpi ichki mahsuloti tarkibida soha ulushi oshganligidan dalolat beradi.

Xizmatlar sohasi 2023 yilda yalpi ichki mahsuloti tarkibida 43,4%ni, 2000 yilda 42,5 %ni tashkil etayotganini ko'rishimiz mumkin

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti tarkibi, (jamiga nisbatan foizda)

1.5. rasm

50,0 40,0 30,0 20,0 10,0 0,0

liim mili

Qishloq, o'rmon va baliqchilik Sanoat (qurilishni qo'shgan holda) xo'jaligi

Xizmatlar

12000 «2005 «2010 « 2021 «2022 «2023

3-jadval

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining o'sish sur'atlari (o'tgan yilga nisbatan foizda)_

Ko'rsatkichlar 2000 2005 2010 2015 2021 2022 2023

I. YAIM, jami 103,8 107,0 107,1 107,2 107,4 105,7 106,0

Tarmoqlarning yalpi qo' shilgan qiymati 103,8 106,5 107,5 107,3 107,6 106,3 105,9

Mahsulotlarga sof soliqlar 104,2 110,0 104,1 106,5 104,6 97,7 107,4

II. Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati 103,8 106,5 107,5 107,3 107,6 106,3 105,9

Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi 103,2 105,9 106,1 106,1 104,0 103,6 104,1

Sanoat (qurilishni qo' shgan holda) 101,8 105,3 105,5 108,3 108,4 105,6 106,1

sanoat 101,3 103,8 105,9 105,3 108,8 105,3 106,0

qurilish 102,9 110,7 104,2 118,8 106,8 106,6 106,4

Xizmatlar 105,4 107,6 109,6 107,6 109,5 108,7 106,8

savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 106,0 108,0 116,5 111,3 113,6 109,5 110,2

tashish va saqlash, axborot va aloqa 109,6 113,1 112,6 106,1 117,8 114,0 112,3

boshqa xizmat tarmoqlari 103,6 104,1 106,0 107,0 106,3 107,0 104,5

Respublikamizda qishloq xo'jaligi tarmog'ida 2000-2023 yillar oralig'ida o'rtacha o'sish sur'atlari 5.1 % ni tashkil etgan. Eng yuqori o'sish sur'atlari 2007 yilda qayd etilib 6,5 % ni tashkil qildi.

Sanoat tarmog'ini modernizatsiyalash natijasida sanoat tarmog'ida ishlab chiqarilgan maxsulotlarning 2000-2023 yillar oralig'ida o'rtacha o'sish sur'atlari 6,4 % ni tashkil qildi. Mazkur davr oralig'ida eng yuqori o'sish sur'atlari 2009 yilda qayd etilib 9.9 % ni tashkil qildi. Shu o'rinda, qurilish sohasida mazkur davr oralig'idagi o'rtacha o'sish sur'atlari 11,2 % ni tashkil qilib eng yuqori o'sish sur'ati 2009 yilga to'g'ri kelib 34,2 % ni tashkil qildi.

Hizmatlar sohasida 2000-2023 yillar oralig'ida o'rtacha o'sish sur'ati 7,2 % ni tashkil etdi. O'z navbatida xizmatlar sohasida eng yuqori o'sish sur'ati 2007 yilda 12,5% ni tashkil qildi, eng past o'sish sur'ati esa 2020 yilda 1.1% ni tashkil qildi, mazkur davr oralig'ida hizmat sohasining hajmi 4 barobarga ko'paydi.

1.4-jadval

O'zbekiston Respublikasi sanoatining tarmoq tarkibini o'zgarishi, %

№ Ko'rsatkichlar 2010 2015 2020 2021

1. Tog'-kon sanoati 26,2 20,1 19,4 17,0

2. Ishlab chiqarilgan sanoat 73,8 79,9 80,6 83,0

Jumladan:

1. Oziq-ovqat sanoati 18,0 21,4 15,7 13,5

2. To'qimachilik sanoati 14,4 15,1 14,5 14,4

3. Kimyo sanoati 6,6 7,9 8,7 6,9

4. Farmetseptika sanoati 0,5 0,6 0,7 0,8

5. Metallurgiya sanoati 8,1 9,6 13,5 22,9

Mashina va uskunalarni

6. ishlab chiqarish hamda ta'mirlash 15,1 18,1 20,2 13,0

7. Elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash 10,7 8,5 7,5 11,5

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, tahlil etilgan davrda O'zbekiston Respublikasi sanoatining tarmoq tarkibida tog'-kon sanoatini ulushi 26,2%dan 17,0%ga pasaygan. Shunga mos ravishda ishlab chiqarish sanoatini ulushi 73,8%dan 83,0%ga o'sgan.

1.5-jadval

O'zbekiston Respublikasining yalpi hududiy mahsuloti hajmi4 _____(joriy narxlarda, mlrd.)

Hududlar 2000 2005 2010 2015 2020 2021 2022 2023

O'zbekiston Respublikasi 3 255,6 15 923,4 78 936,6 221 350,9 605 514,9 738 425,2 896 617,9 1 066 569,0

Qoraqalpog'iston Respublikasi 109,3 523,5 2 181,7 6 703,8 21 661,9 25 681,8 30 117,6 32 916,1

Andijon 242,3 1 121,1 4 497,3 13 914,0 38 008,5 43 332,5 56 488,3 68 223,4

Buxoro 207,6 1 014,8 4 651,6 12 368,6 31 334,2 38 350,1 46 126,2 53 232,3

Jizzax 83,3 504,7 2 215,3 6 730,8 18 441,7 23 274,3 27 545,4 33 323,3

Qashqadaryo 235,9 1 326,4 6 944,1 17 247,7 35 351,5 42 560,2 49 692,3 58 404,5

Navoiy 146,8 1 099,4 4 325,6 10 545,2 49 780,4 58 730,3 68 799,4 81 943,2

Namangan 171,6 715,5 3 364,4 10 826,9 27 863,0 34 194,1 40 565,1 47 112,6

Samarqand 263,8 1 156,9 6 585,8 18 513,7 43 023,2 52 893,6 61 627,7 74 115,3

Surxondaryo 165,8 724,4 3 394,7 11 114,4 24 625,6 29 693,2 34 385,3 40 909,8

Sirdaryo 85,2 390,6 1 688,1 5 076,9 12 803,8 15 071,5 18 210,8 21 549,9

Toshkent 351,5 1 820,5 7 631,1 22 089,0 64 407,6 82 221,8 94 789,9 107 918,1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Farg' ona 374,2 1 419,0 5 417,5 16 342,4 37 216,2 47 760,5 56 315,9 65 781,0

Xorazm 143,1 595,2 2 888,6 8 940,4 21 315,4 26 464,3 32 541,0 36 916,5

Toshkent sh. 398,0 1 892,0 10412,0 29 847,4 95 247,8 121779,8 149646,2 181 859,6

Respublikamizning 2023-yilida Toshkent shahrida (109,3%), Sirdaryo (105,9 %), Navoi (105,8%) va Samarqand (105,6 %) viloyatlarida yuqori o'sish sur'atlari qayd etildi._

YALPI ICHKI (HUDUDIY) MAHSULOT HAJMI (JORIY NARXLARDA, MLRD.) 2023 Y

4 www.stat.uz O'zbekiston Respublikasining Davlat statistika qo'mitasining rasmiy ma'lumoti

2023- yilda Respublika bo'yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 20 % ulush bilan eng katta hissa qo'shdi. Toshkent viloyati 12 % va Navoiy viloyati 9 % ko'rsatkichlari bilan keyingi o'rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2%), Jizzax viloyati (4%) va Qoraqalpog'iston Respublikasi (4%) ga to'g'ri kelgan.

O'zbekistonda hukumatimiz tomonidan ko'rilgan islohotlar orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash, qabul qilingan o'rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlashga erishildi.

Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni yanada samaraliroq bo'lishi uchun quyidagi sharoitlar yaratilishi lozim:

- davlatning tarkibiy o'zgarishlar borasidagi faol investitsion siyosatini amalga oshirish;

- xususiy investitsiyalarni rag'batlantirish va ular uchun mamlakatda munosib qulay sharoitlar yaratish;

- xususiy investitsiyalar yo'nalishini savdo-vositachilik sohalaridan sanoatni rivojlantirishga erishish;

- xorijiy investorlar uchun mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish;

- bozor munosabatlarining asosi bo'lgan kichik va o'rta korxonalar rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

- zarar bilan ishlovchi korxona va tashkilotlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni asta-sekin to'xtatish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Y36eKHCTOH PecnyönHKacH npe3HgeHTHHHHr 2023 hhh 11 cenraöpgarH "Y3ÔeKHCTOH-2030" CTpareraflCH TyrpHCHga"rH nO-158-coHnn OapMOHH

2. https://stat.uz.

3. http s : //www. worldbank. org

4. G.X.Nazarova. "Makroiqtisodiyot" fanidan maruzalar matni. T.:Toshkent Moliya instituti, 2017-yil, 140 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.