Научная статья на тему 'BAHRAYN YOZUVCHILARI FAVZIYA RASHID VA AMIN SOLIH HIKOYALARI USLUBI'

BAHRAYN YOZUVCHILARI FAVZIYA RASHID VA AMIN SOLIH HIKOYALARI USLUBI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
160
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fantastik unsurlar / qadimgi asotir / afsona / Favziya Rashid / Amin Solih / “Mas’ala” / “Qizcha” / “Sindbad” / ramziy obrazlar / sehrli rivoyatlar. / fantastic elements / ancient myths / legends / Fawzia Rashid / Amin Salih / "Masala" / "Girl" / "Sinbad" / symbolic images / magical legends.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ahmedova, Shahlo Irgashbaevna

Mazkur maqolada Ko‘rfaz arab mamlakatlaridan biri bo‘lgan Bahrayn adabiyotining yorqin namoyandalari Favziya Rashid va Amin Solihlar oz ijodida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita tavsirlardan voz kechib, turli yangi badiiy usullarga o‘tishgani yoritilgan. Shuningdek, ushbu yozuvchilar o‘z asarlarida afsonalashtirish yoki qadimgi asotirlarga murojaat qilishgani “Mas’ala”, “Qizcha”, “Sindbad ” hikoyalarida o‘z badiiy ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BAHRAIN WRITERS FAVZIYA RASHID AND AMIN SALIH STORIES

This article reveals the peculiarities of the work of prominent representatives of the literature of Bahrain, one of the Arab countries of the Persian Gulf, Fevzi Rashid and Amin Salih, who refused direct descriptions, applied various new artistic methods, turning in their works to legends or ancient myths, which finds its artistic expression in such short stories as “The Task”, “Girly”, “Sinbad”.

Текст научной работы на тему «BAHRAYN YOZUVCHILARI FAVZIYA RASHID VA AMIN SOLIH HIKOYALARI USLUBI»

Scientific Journal Impact Factor

BAHRAYN YOZUVCHILARI FAVZIYA RASHID VA AMIN SOLIH

HIKOYALARI USLUBI

Ahmedova Shahlo Irgashbaevna

filologiya fanlari nomzodi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (O'zbekiston)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Ko'rfaz arab mamlakatlaridan biri bo 'lgan Bahrayn adabiyotining yorqin namoyandalari Favziya Rashid va Amin Solihlar oz ijodida to'g'ridan-to'g'ri bevosita tavsirlardan voz kechib, turli yangi badiiy usullarga o 'tishgani yoritilgan. Shuningdek, ushbu yozuvchilar o 'z asarlarida afsonalashtirish yoki qadimgi asotirlarga murojaat qilishgani "Mas'ala", "Qizcha", "Sindbad " hikoyalarida o'z badiiy ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: fantastik unsurlar, qadimgi asotir, afsona, Favziya Rashid, Amin Solih, "Mas'ala", "Qizcha", "Sindbad", ramziy obrazlar, sehrli rivoyatlar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье раскрываются особенности творчества видных представителей литературы арабской страны Персидского залива Бахрейна Февзия Рашида и Амина Салиха, которые отказались от прямых описаний, применили различные новые художественные методы, обратившись в своих произведениях к легендам или древним мифам, что находит свое художественное выражение в таких рассказах, как "Задача", "Девчушка", "Синдбад".

Ключевые слова: фантастические элементы, древние мифы, легенды, Фавзия Рашид, Амин Салих, «Масъала», «Девушка», «Синдбад», символические образы, магические легенды.

ABSTRACT

This article reveals the peculiarities of the work of prominent representatives of the literature of Bahrain, one of the Arab countries of the Persian Gulf, Fevzi Rashid and Amin Salih, who refused direct descriptions, applied various new artistic methods, turning in their works to legends or ancient myths, which finds its artistic expression in such short stories as "The Task", "Girly", "Sinbad".

Keywords: fantastic elements, ancient myths, legends, Fawzia Rashid, Amin Salih, "Masala", "Girl", "Sinbad", symbolic images, magical legends.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Fors Ko'rfazi arab mamlakatlarida madaniy adabiy rivojlanish bir-biriga o'xshab ketishiga qaramay, Bahraynda yangi tipdagi hikoyaning shakllanish jarayoni bir necha o'n yillar avval boshlandi. Bahrayn hikoyasidagi ijtimoiy-tanqidiy ruh 8090 yillarda ham so'nmadi, lekin boshqa badiiy tavsir shaklini oldi. Adiblar to'g'ridan-to'g'ri bevosita tavsirlardan voz kechib, turli yangi badiiy usullarga o'tishdi.

ADABIYOTLAR VA METODLAR

Favziya Rashid, Amin Solih hikoyalari orqali biz afsonalashtirish yoki qadimgi asotirlarga murojaat qilish, shartli vaziyatlar yaratib, hayotiy muammolariga falsafiy qarash, nohaqlikka qarshi, adolat uchun kurash yo'lida inson jonini doimo fido qilish mumkinligini ko'rsatib o'tadi. Ijodiy niyatini tahqiq qilish yo'lida Favziya Rashid, Amin Solih va boshqa adiblar fantastik unsurlarga, assotsiativ fikr yuritishga, fragmentarlik uzuq-yuluq tasvirga va boshqa ifodaviy tasviriy-vositalarga murojaat qilishgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Masalan, adiba Favziya Rashid "Masa'ala" (4-Ul^) [18]hikoyasida kundalik maishiy hayotda uchraydigan, ammo yopiq hisoblangan mavzuga qo'l urgan.

O'spirin sodda qiz qo'shni bola bilan kattalarga taqlid qilib, bir-birlariga teginib o'ynaganlarini bilib qolgan kattalar qizni gumdon qilishadi. Begunoh qizcha iffatini saqlaganini qarindoshlari bilishsa ham, lekin "oila sharafi", deb odatlarga muvofiq qizning jonini olishadi. Opasini qaerdaligini so'ragan ukaga- "U xatarli bezgak kasalidan vafot etdi", deb javob berishadi. Hikoya shu uka nomidan yozilgan, lekin adiba o'ziga xos uslubni ishlatgan: bola xotiralarga berilib o'z-o'ziga murojaat orqali bo'lgan hodisalarni bayon qiladi. Bir yomg'irli tunda u ovozlarni eshitib, opasini baqir chaqir bilan uyg'otib, sudrab ketishayotgani va so'roqqa tutganlarini eshitib qoladi.

Bolaning ko'z oldida opasini tunda qo'pol ravishda shirin uyqudan uyg'otib, sudrab tashqariga olib chiqqanlari va itarib uloqtirishgani, nozik badanining kattalar oyog'i ostida chilparchin bo'lib yotgani, bo'g'iq ovoz bilan

"Men hech narsa qilganim yo'q, faqat u bilan o'ynadim" [18:12 ] - degan so'zlari umrbod qulog'idan ketmaydi. Unga javoban:

U o'g'il bola, sen esa qiz bolasan[18:12 ] -deyishdi.

Scientific Journal Impact Factor

Uning ustiga engashgan qoramtir, ajin bosgan yuzlar, ayollarning samovar atrofida o'tirib, bir nimalarni shivirlashlari, hatto ota-ona tomonidan himoyasiz qolgan qizning ahvoli o'quvchida og'ir taassurot qoldirdi.

Hikoya nihoyasida hikoyachi bolani o'ziga qilgan murojaat orqali voqea -hodisa va his-tuyg'ular bayonining shoirona uslubga aylanib, xotimada afsonalashtirish usuli ro'y beradi. Biz uni o'limidan keyin osmonda yulduzlar bilan o'ynagani va baxtli kulganini ko'ramiz. Bu hikoyada qizni kattalar urib o'ldirgani ma'lum va bu narsa islomgacha johiliya davrida tug'ilgan qizlarni tiriklayin ko'mish odatini eslatadi. Islom bu vahshiy odatni butunlay man qildi.

Qizlarga bo'lgan salbiy munosabat qoldiqlarining jamiyatda hali hanuz borligi sezildi va adiba shu mudhish voqea orqali buni ochiq oshkora bayon qiladi. Albatta, qizda ayb bor, birinchidan, unga ehtiyot bo'lishni hech kim o'rgatmagan, tarbiya bermagan. Ikkinchidan esa, yomon ish ham ro'y bermagan, kattalar kechirimli bo'lishlari lozim edi. Ammo ular oila sha'ni uchun qizni qurbon qilishdi.

Hikoyada yozuvchi qo'llagan usullardan biri tinish belgilari vergul, nuqtalarni qo'ymaslikda ko'rinadi:

jj Jâ Ujljj ^ic ^JáL ^j J ÁMH j £JjJl l^Áa.V- ^l

jl Wí ^ijji^H ^IJÜJI ^^IJJJ ^j^j t «ljUl J^ AJ*JJJJI ÙIJ^XVII ^i '^J'T-JI

^Jlc. ^Jlc. ^i ^A A^AjÁ^jl pl^Jl ^jlj^j J Sjlj^îl üj*^ ^lÎA l^jj Jâ pl^Jl JS ^i

Shu yomg'irli tunda uning ruhi qaysi zaminga oshiq va g'oyib bo'ldi. Uning qoldiqlariga yetkazilgan jarohat bitmadi. Aytishadiki pari qizlarning taxtiravonlari bahor kechalari yulduzchalar shaklini olar ekan. Kichkina qizlar yerni tashlab, osmonga ko 'tarilganlarida ular bilan o 'ynar ekan. Aytishadiki, u ham u yerda ular bilan, aylanayotgan sayyoralar va ulardan tarqalgan zarrachalar bilan o 'ynamoqda. U boshqa olamda, u yerda quvonch o'sib boradi, g'am- g'ussa mutlaqo yo'q bo'lib ketadi [18:15 ].

Iqtibosdan ko'rinib turibdiki, real hodisa-voqealar asarga g'ayrioddiy voqealar bo'lib kirib keladi: qizcha yulduzlar, sayyoralar bilan o'ynab, atrofda aylanadi. Adiba bor afsonaga tayanadi yoki fikrimizcha, o'zi voqeani afsonalashtiradi: ya'ni, hayotdan u yoki bu uqubat tufayli jon bergan begunoh yosh qizlar, pariqizlar taxti ravonda o'tirib yulduzchalar bilan o'ynashadi va yerda ko'rmagan quvonchni samodan topadi. Bu ularni yaratgan mag'firat qilib o'z panohiga olganidan dalolat beradi. Bu hikoya o'quvchida mana shunday fikrlar uyg'otadi. Bu kichkina hikoya o'quvchida mana shunday fikrlar uyg'otadi.

Scientific Journal Impact Factor

XX asr 80-yillar Bahrayn adabiyoti maydoniga yana bir adib- Amin Solih kirib keldi va hikoyanavislikda yangi tajribalar boshladi. Bu tajribalar 80-yillarga borib realizmni tasviriy imkoniyatlari yana kengaygani, yozuvchilar ifodaviy zahirasidan ong oqimi, ramzlar, ichki monolog, ekspressiv ta'bir kabi vositalardan keng iste'foda qilganlari bilan bog'liq edi. Amin Solih hikoyani shakl tomoniga ham katta e'tibor berdi, bu borada ijodiy erkinlikka da'vat etdi. O'zining asarlarida badiiy izlanishlarga o'tar ekan, realistik tasvirga badiiy shartliklarni yetarlicha kiritdi. Ammo bu bilan u realizm ijodiy prinsiplaridan chekinish qilmagan. Ramziy obrazlar, fantastika unsurlarini, jumladan sehrli rivoyatlarni kiritish yozuvchiga hayotni chuqurroq idrok qilishga, o'zining badiiy imkoniyatlarini namoyon etishga imkoniyat yaratdi. Masalani ikkinchi tomoni adabiy jarayonlar bilan bog'liq bo'lib, XX asr 80-yillarga borib Bahrayn adabiyotida turli badiiy-estetik hodisalar ro'y berganligi bilan izohlanadi. Ilg'or texnika imkoniyatlari ochilishi bilan madaniy aloqalar kuchayishi natijasida adabiyotga turli oqimlar va yo'nalishlar kirib keldi, tasvir prinsiplari o'zgardi, turli g'ayrioddiy uslublar va usullardan foydalanish jarayoni boshlanib ketdi. Realizm metodi o'zini asosiy prinsiplariga tayangan holda ana shu yangiliklarni iste'foda qildi.

Amin Solih hikoyalarining tahlili va ularga kiritgan yangiliklarni kuzatishimizdan shu narsa ma'lum bo'ladiki, bu birinchidan voqeani miflashtirish yoki asotirlashtirish hodisasi. Masalan, yozuvchining "Ovlanadigan yovvoyi qushlar" (-HjU) [20] to'plamidagi "Qizcha" [20:27] hikoyasida shaharga hamma yoqni qoplab qalin tuman tushadi. Hamma uy- uyiga kirib ketadi, faqat boshpanasiz tilanchi qiz ko'chada qoladi. U bostirib kelayotgan tuman tomon chopadi va ichiga singib ketadi. Shu bilan ko'zdan g'oyib bo'ladi. Real hodisaga fantastik unsur kiradi:

"Sehrli havo toshqini uni o'z og'ushiga oldi va zarrachasiga aylantirdi . U barcha iqlimda dengizlar ustida kezib yuradi: ko 'tariladi, uchadi, aylanadi, pastga tushadi. Endi hech kim uni turtkilamaydi. Hohlasa, hatto kapalak bo 'lib uchishga ha m qodir" [20:28].

Tuman tarqagandan so'ng odamlar qizni izlashadi, bir necha kun u haqida gapirishadi, keyin esa uni yoddan chiqarishadi. Bir kuni shaharga yengilroq tuman tushadi, shunda shahar aholisi eshiklarini kimdur sekin-asta taqillatadi. Eshikni ochib qarashsa hech kim yo'q. Faqat eshik oldidan sochlari yoyilgan qizning sharpasidagi tuman uchib o'tadi.

Scientific Journal Impact Factor

"Shu kecha ko'pchilik eshik taqillaganini eshitishdi va qizning sharpasiga o 'xshash tumanni ko 'rishdi. Ba 'zi insonlar uni o 'sha tilamchi qizning o 'zginasi, deya iqror bo 'lisMf [20:29].

Bu hikoyada shu uslub bilan tilamchi qiz taqdiri asotirga aylandi. Hech kim boshpana bermagan qizchani tuman go'yo o'z onasidek bag'riga oldi.

Adibning yana bir hikoyasi - "Sindbad" (^^l) [20:85] hikoyasi mashhur "Ming bir kecha" arab ertaklari qahramoni obrazi bilan bog'liq. Sindbad Bahriy (Sindbad-dengizchi) arab ertaklarida o'zining g'aroyib sarguzashtlari bilan tanilgan afsonaviy dengizchi va savdogar. U ayni Fors ko'rfazini o'z kemalarida kezib yurib, Afrika qit'asining uzoq sohillariga savdo uchun borib, turli sehrli vaziyatlarga tushganligi bilan shuhrat qozongan. Ammo Amin Solihning Sindbadi: hayotdan charchagan, yashashga, sarguzashtlarga qiziqishini yo'qotgan keksa dengizchi, uning yonida hech kim yo'q, hattoki sodiq do'stlari ham tashlab ketishgan. Sindbad hikoyada oxirgi qimmatli- narsasi-kemasini yoqib yuboradi va bu bilan yangi afsonani ochadi. Lekin kitobxon bu afsonani o'zi tuzishi mumkin, yozuvchi uni hukmiga havola qiladi...

"Kema yonardi, suv ham yonardi, u sohilda turib, undan ko 'zini uzmas edi "

Bu qisqa hikoya juda mahzun ohangda yozilgan. Retrospektivada bir nechta jumla orqali Sinbdabning butun hayoti namoyon bo'ladi:

"U yillar davomida yulduzlarni kuzatdi va kompaslar tilini o 'rgandi. To 'lqinlar avomlari bo'lib, uni hohlagan tomonga olib borishlariga ishonardi. Arxipelaglarga qo 'nar, ko 'llarni kezar, noma 'lum bokira orollarni ochardi. Akulaga yem bo 'lmadi. Jazoirning sadaflari va qumlari uni hidini bilishar, uni g'oziy bosqinchi sifatida emas, balki sarguzasht sifatida tanishardi. Zamon o'z ishini qildi-shilimshiqlar do'stiga aylandi, tuzga belandi. Okeanlarni kezib, yovvoyilashdi, sog'indi... va rulni qaytishga burdi.

Mana u qaytdi va kemasiniyoqib yubordi... " [20:85-86 ].

[20:86 ].

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Shunday qilib, Favziya Rashid, Amin Solih Bahrayn hikoyanavisligining yangi obrazlar, yangi usullar, o'ziga xos kompozision qurishlar bilan boyitib, uning tasvir vositalarini o'zgartirdilar. Lekin ularda ijtimoy ruh so'nmadi. U dahshatli tuman tushganda boshpanasiz qolgan tilamchi qiz, halqning ijtimoiy farovonligi uchun jonini fido qilgan vatanparvar, uyga qaytganida odamlar pul topishga mukkasidan ketganini, sarguzashtli romantik ruhini yo'qotganini ko'rib, o'z kemasini yoqib yuborgan afsonaviy Sindbad obrazlarida mujassamlangan va o'z ifodasini topgan.

Shuning bilan birga, yozuvchilar asarlari negizida qanday ijodiy niyat yotishidan qat'iy nazar, insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib insonni ulug'lash, uni sevish va hurmat qilish sari yo'naltirilib, insonparvarlik prinsiplariga xizmat qiladi.

5. Ahmedova Sh. Fors ko'rfazi arab mamlakatlari zamonaviy hikonavisligming taraqqiyot tamoyillari. Monografiya.T.,ToshDShU, 2020.-300 b

6. Akhmedova, S. I. (2021). SYMBIOSIS OF ARTISTIC TRENDS IN CONTEMPORARY LITERATURE OF THE ARAB COUNTRIES OF THE PERSIAN GULF. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(09), 105-109.

7. Ahmedova, S. I. (2021). XITOY VA KO 'RFAZ ARAB MAMLAKATLARI YOZUVCHILARI ASARLARIDA MAGIK REALIZMNING XUSUSIYATLARI VA USLUBLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 369-375.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.