Научная статья на тему 'BADIIY TARJIMADA JINSNI TAVSIFLASHDA O‘XSHATISH SO‘ZLARINING O‘RNI VA KO‘RINISHI'

BADIIY TARJIMADA JINSNI TAVSIFLASHDA O‘XSHATISH SO‘ZLARINING O‘RNI VA KO‘RINISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
39
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘xshatish / badiiy tasvir / obraz / grammatik belgi / logik o‘xshatish / o‘xshatish strukturasi / o‘xshatish oboroti. / simile / artistic image / image / grammatical sign / logical simile / simile structure / simile turnover.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ko‘chimova, Parizod To‘lqin qizi

Ushbu maqolada o‘xshatishlar belgisiga ko‘ra hamda strukturasiga ko‘ra tasniflangani hindiy tili orqali qiyoslanib misollar orqali ifodanalangan. O‘xshatishni chegaralashda asosiy uch ko‘rsatkich, ular grammatik tomondan tasnif etish, o‘xshatishning badiiy asarlardagi roli va yozuvchining uslubiga bog‘liq holda o‘rganish masalasi muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND APPEARANCE OF SIMILES IN DESCRIBING GENDER IN LITERARY TRANSLATION

In this article, similes are classified by sign and structure, compared and illustrated with examples from the Hindi language. It is important to study three main indicators of delimitation of similes: grammatical classification, the role of simile in a work of fiction, and the style of the writer.

Текст научной работы на тему «BADIIY TARJIMADA JINSNI TAVSIFLASHDA O‘XSHATISH SO‘ZLARINING O‘RNI VA KO‘RINISHI»

International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz

technology in teaching foreign languages" 3(22) Nov 2023

BADIIY TARJIMADA JINSNI TAVSIFLASHDA O'XSHATISH SO'ZLARINING O'RNI VA KO'RINISHI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10199211

Ko'chimova Parizod To'lqin qizi

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada o 'xshatishlar belgisiga ko'ra hamda strukturasiga ko'ra tasniflangani hindiy tili orqali qiyoslanib misollar orqali ifodanalangan. O 'xshatishni chegaralashda asosiy uch ko 'rsatkich, ular grammatik tomondan tasnif etish, o'xshatishning badiiy asarlardagi roli va yozuvchining uslubiga bog'liq holda o 'rganish masalasi muhimdir.

Kalit so'zlar: o'xshatish, badiiy tasvir, obraz, grammatik belgi, logik o 'xshatish, o 'xshatish strukturasi, o 'xshatish oboroti.

THE ROLE AND APPEARANCE OF SIMILES IN DESCRIBING GENDER IN LITERARY TRANSLATION

Abstract. In this article, similes are classified by sign and structure, compared and illustrated with examples from the Hindi language. It is important to study three main indicators of delimitation of similes: grammatical classification, the role of simile in a work offiction, and the style of the writer.

Keywords: simile, artistic image, image, grammatical sign, logical simile, simile structure, simile turnover.

O'xshatish - badiiy tasvir vosifalaridan biri bo'lib, obyektni orazli, ta'sirchan, konkret va ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Sana'tkor qahramonlarni tasvirlashda ularning o'ziga xos individual xususiyatlarini ochishda, ruhiy holatlarni aks ettirishda, tabiat manzaralarini tasvirlashda o'xshatishlardan foydalanadi. Ularni konkretlashtiradi, bo'rttiradi. Kitobxonning diqqatini obrazning ko'rinmas tomonlariga jalb qiladi, asarning g'oyasini ochishga yo'naltiradi.

O'xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yok i hodisa bilan taqqoslanganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli o'xshashligiga aytiladi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

O'xshatish obyekti tasvirlamoqchi bo'lgan predmet, hodisa; o'xshatish obrazi- taqqqoslangan predmet, hodisalaming tasviriy vositasi, ikki predmet va hodisaning bir-biriga mos kelishidir.

O'xshatishning belgisiga qarab, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.

1. Grammatik belgili o'xshatishlar. Bunda obyekt, obraz va belgilar grammatik-ko'rsatkichi bilan mavjud bo'ladi. Uch belgidan birortasi ham tushib qolmaydi.

2. Logik o'xshatishlar. Bunda grammatik belgi ko'rsatkich bo'lmaydi. Lekin mazmunan "obyekt" va "obraz"lar bir-biriga mos keladi, ya'ni "obyekt" va "obraz"larning shaklan va mazmunan moslik belgisi obrazning o'zida bo'ladi.

O'xshatish strukturasiga ko'ra oddiy va tizmali bo'lishi mumkin. Oddiy o'xshatish terminida bir "obyekt" va "obrazli" o'xshatishlar ko'zda tutiladi. Tizmali o'xshatish deb, biz ikki va undan ortiq "obrazli" o'xshatishning mos kelishini aytamiz.

O'xshatishlarni tarkibiga ko'ra yana to'liq va to'liqsiz o'xshatishlarga ajratish mumkin.

To'liq o'xshatishlarda qancha "ob'ekt" bo'lsa, shuncha "obraz" bo'ladi. Ya'ni "obyekt" bilan 'obraz" teng bo'ladi.

To'liqsiz o'xshatishlarda esa bir "obyekt"ga "obraz" yoki undan ortiq "obraz"larning taqqoslanishiga, yoki bir "obraz", ikki "obyekt" o'rtasida bo'lib, har ikkala obyektga tegishli bo'ladi.

O'xshatishni chegaralashda asosiy uch ko'rsatkich, ular grammatik tomondan tasnif etish, o'xshatishning badiiy asarlardagi roli va yozuvchining uslubiga bog'liq holda o'rganish masalasi muhimdir.

O'xshatish strukturasi (material tarkibi) haqida gapirganda yana quyidagi struktural tiplar haqida ham gapirish mumkin.

O'xshatish oborotlari. Bu o'xshatishning ko'p tarqalgan formasidan biri hisoblanadi. Bu forma b a'zan o'xshatish ergash gaplarga o'xshab ketadi. Ammo ularni aralashtirmaslik kerak: "o'xshatish oborotlari, sostavlari qancha keng bo'lsa ham, tarkiblarida ega va kesimlari bo'lmagani uchun ergash gap bo'la olmaydilar" [ AögypaxMOHOB F, 1958:204].

O'xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o'rinda ma'lum predmet bir predmetga o'xshatilsa, xuddi shu predmet biror predmetga o'xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o'rinda ikkinchi narsaga o'xshatilishi mumkin. Prof. R.Qo'ng'urov o'xshatish haqida o'zining "O'zbek tilining tasviriy vositalari" kitobida shunday degan: Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o'xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham baholash

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

qimmatini yo'qotgandir. Bu tipdagi o'xshatishlami lingvistik hodisa sifatida qarash kerak [ KyHrypoB P, 1977:42].

Tadqiqotimizda Krishan Chandarning "Bir qizga ming oshiq" romanida keltirilgan o'xshatishlarni ayollarga va erkaklarga nisbatan ishlatilganligi bo'yicha ajratib tahlil qilib chiqildi hamda ularning qay usulda tarjima q ilingani, hindiy tilidagi o'xshatish bilan o'zbek tilidagi tarjimasi muvofiq kelganligi o'rganib chiqildi.

Erkaklarga nisbatan ishlatilgan o'xshatishlar:

^RT^ mè ^i^^r f^ ^T rçi Otâ m ^HM

^teïïT-i^^ldl f^ JT^t ^ |RJT 1 f^ f1 JTÎÏ ^ fT ^T Mdl^l 3tl ^Jl 2013:90].

Tajimasi:

Dumaru ustini qoqib o'rnidan turdi va quturgan maymunday chiyillab, qichqirgancha Laychiyga hamla qilmoqqa shaylandi, biroq Laychiy uni yana yelkasidan oshirib otdi [ KpnrnaH ^aHgap, 2011:92].

Tahlil:

Jumlada berilgan quturgan maymunday o'xshatishiga e'tiborimizni qarataylik. WJcT, tfHT'i so'zma-so'z tarjima qilinganda, axmoq, hansiragan maymundek deb tarjima qilinadi. Lekin tarjimon gap Dumaru haqida ketayotgani sababli kitobxonga bu tushunarli bo'lishi uchun hamda asarda yuz berayotgan jarayonga nisbatan aynan quturgan so'zini ishlatgan. Chunki maymundek o'xshatishini ayollarga nisbatan ham ishlatsa bo'ladi. Ushbu jumlada esa tarjimon aynan quturgan maymundek deya aniqlashtirib, ushbu oxshatish Dumaruga tegishliligini taakidlab o'tgan.

feu ^ tft ^rêt ^t, JHÏ w ^^fri feiji ^T

HÊW^ ^Jl 2013:23].

Tarjimasi:

Hozir ham rasm chizib turardi, lekin u zamonaviy musavvirlardan qattiq hafa edi, ular ayol kishini qamishpoyadek ingichka, erkakni esa qopday semiz qilib chizar edilar[ KpnrnaH ^aHgap, 2011:20].

Tahlil:

Jumlada berilgan 3^1-Hïè o'zbek tiliga qopday semiz deb tarjima qilingan. 3^1-Hfè so'zma-so'z shunchaki erkaklar- semiz deb tarjima qilinadi. Lekin tarjimon yozuvchining ayollarga nisbatan bergan o'xshatishini hisobga olgan holda (qamishpoyadek ingichka) qopday so'zini qo'shib qo'ygan. Qop bu bir

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

tomoni ochiq ikkinchi tomoni yopiq, ichi bo'sh, toladan tayyorlangan, ichi ga narsa solinadigan buyum. Ichiga narsa solingandan so'ng qop shishib turadi. Shuning uchun erkaklarga nisbatn qopday semiz o'xshatishini ishlatish mos keladi.

Ayollarga nisbatan ishlatilgan o'xshatishlar:

^RT^ Cfr f^ ^ ^T ^TOT ^TR^f ^ ft^M Cfr ^

Ci Cta, "g^VqM ^ 2013:41].

Tarjimasi:

Dumaruning oldida og 'ir masala ko'ndalang turardi. Udumga ko 'ra endi u chodirga kirishi, Laychiyning qo 'lida ko'tarib, o'zining chodiriga olib ketishi kerak edi. Biroq Laychiy deganlari gulgiunchaday latif, salga egilib ketadigan nozik nihol emasdi [ KpnrnaH ^aHgap, 2011:45].

Tahlil:

Ushbu jumlada berilgan

gdcfRlJl so'zi hindiy tilida gul degani, cRt so'zi esa qiz, malika, turmushga chiqmagan, bokira, 12 yoshgacha bo'lgan qiz deya tarjima qilinadi. Hindiy tilida bu so'z yasama hisoblanadi, hamda metafora tarzida berilgan. Tarjimon ushbu so'zni birlashtirib gulg'unchaday o'xshatishidan foydalanib tarjima qilgan. Chunki gulg'uncha ham hali ochilishga ulgurmagan bo'ladi, shuning uchun ushbu so'z bokira yosh qiz ma'nosiga to'g'ri keladi. Shuningdek,

so'ziga ham e'tiborimizni

qarataylik. Ushbu so'z o'zbek tiliga ingichka deya tarjima qilinadi. Lekin ko'rib turganimizdek tarjimada latif deya tarjima qilingan.

^RT^ 3^ ^ % ^mre ^T^ R 3^T f^^T ^

C\ ^ 2013:36].

Tarjimasi:

Dumaru uni bir gul kabi qo'llariga ko'tarib oldi va o'z chodiri tomon olib ketdi [ KpnrnaH ^aHgap, 2011:32].

Tahlil:

Yuqorida keltirilgan jumlada yozuvchi yana ayollarni gulga o'xshatgan. Tarjimon ham ushbu o'xshatishni so'zma-so'z tarjima qilgan. Hindiy tilida o'xshatishlarni ifodalash uchun Cft HRT3, so'zlaridan foydalaniladi. Bu

yerda ham gul so'ziga Cft ni qo'shish orqali o'xshatish hosil bo'lgan.

O'zbek tilida ham shu yo'l orqali o'xshatishlar hosil qilinadi. Shuning uchun ham tarjimon tomonidan ushbu o'xshatish so'zma-so'z tarjima qilingan.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

RTRR OT^Ï R^Ï ^ ^tà ¿Ti ^ ^T^t ^t Cl ÏÏ^ R

^Ïi w Ci ïï^; ^Ï ^T^Ï ^t C^ïïï ?fïi Ci ÏÏ^ ot^T

WCR ÎMÏ C^-^M ffrRT^ % ^RH it^ïïT ^Ti

Tarjimasi: Maman bilan xotini chodirdan tashqarida uxlashgan edi. Laychiyning allamahalgacha uyqisi kelmadi. Chodirning chiy pardasini ko'tarib qo'yib, u osmonni uzoq tomosha qildi, yuragi olisdagi yulduz misoli titrab, orziqib yotdi.

Tahlil: O'zbek tilida o'xshatishlarni ho sil qilish uchun -day, -dek, qo'shimchalari, kabi, singari, misoli so'zlaridan foydalaniladi. Ayollarni ko'pincha nozik narsalarga o'xshatish odat tusiga kirgan. Yuqorida berilgan jumladan ko'rishimiz mumkin, yozuvchi asardagi Laychiyni yurak titrashini ha m yulduzga o'xshatgan. Hindiy tilidagi fàïïMso'zi yulduz deb tarjima qilinadi. VHT^ esa kabi deb tarjima qilinadi. Tarjimon ushbu o'xshatishni o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qilgan.

^ R^ÏÏ-R^ÏÏ RT^t ^Ï C^TR ^ ^R^R OTT fôRT ^R^í R^R CR 3RR R^T ÍC^ ïïddfl fr ^RTR ^TR RRÏI W ^TÏÏÏ

^TÏÏt m RRR ^ RT^t ^Ï Csfl^TÏÏt m 2013:20].

Tarjimasi:

Laychiy o'rnidan turib, sekin bordi-da, Madxo'ning do'konidan shartta bir olmurutni oldi, uni oppoq sadafdek tishlari bilan qarsillatib tishladi va olmaxonday tez-tez kavshay ketdi. Tahlil:

Jumlada berilgan ^RH o'xshatishiga nazar solaylik.

o'zbek tiliga olmaxon deya tarjima qilinadi. Yozuvchi gap ayol kishi haqida ketayotgani sababli uni olmaxonga o'xshatgan. O'zbek tiliga ham so'zma so'z tarjima qilingan.

ÍCR^R ^T RTÎÏ ^ tfÏ R^T mi ^T 1R RÍM ^Ï ïïl^ ^^RTi RTRÎ R RRTR ^ fâRÏÏ m R WRÏÏ Mft^dl

2013:45].

Tarjimasi:

Diloroning bo'yi Laychiydan ham balandroq edi. Rangining tozaligiga gap yo'q - Yaman duri deysiz. Yuzlarida atirgul ochilib turganday, ko'zlari bir juft nilufar - odamni sehrlab oladi. Tahlil:

International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz

technology in teaching foreign languages" 3(22) Nov 2023

Yuqorida keltirilgan jumlada ФЧ^ Ф^"-"^ o'xshatishi nilufar kabi deya tarjima qilinadi. Nilufar bu - suvda o'sadigan ko'p yillik o'simliklar turkumi. Uning ikki turi - guli pushti va sariq mavjud. Bargi yirik, qalqonsimon, bandi uzun, suv betide qalqib turadi yoki suvdan yuqori ko'tarilib o'sadi. Guli yakka, yirik, ikki jinsli, oq yoki pushti, xushbo'y bargi ustida ochiladi. Hindistonda nilufar lotus deb ham ataladi va qadimdan muqaddas o'simlik hisoblanadi. Ayollarga nisbatan ushbu o'xshatishni ishlatish o'rinli. Ushbu jumladagi o'xshatish ko'zlarga nisbatan ishlatilmagan. Hindiy tilidagi jumlada yozuvchi ko'zlarni shunchaki nilufarga o 'xshatmagan. So'zma so'z tarjimasi - ko'zlarda nilufar kabi ilohiylik bor edi. Nilufar guli Hindistonda muqaddas hisoblangani uchun yozuvchi ko 'zlaridagi nurni nilufardek ilohiylikka o 'xshatgan. Tarjimon bo'lsa ko'zlarini shunchaki nilufar guliga o 'xshatib tarjima qilgan.

Xulosa qilganda, ayollarni ko'rinishi, xatti-harakatlari asosan gulga o'xshatilgan. Shuningdek, ayollar nozikroq, kichikroq hayvonlarga o'xshatilgan. Erkaklarga nisbatan esa kattaroq, ko'rinishi ham yomonroq hayvon yoki narsalardan foydalanilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Абдурахмонов F. Кушма гап синтаксиси асослари. - Тошкент: Уз ФА нашриёти, 1958.

2. Кунгуров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент: Фан , 1977.

3. Ч^ ^ f^"2013 - .

4. Кришан Чандар. Бир кизга минг оши;. (Амир Файзуллаев таржимаси) // Жахон адабиёти (3-сон). - Тошкент: Узбекистон, 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.