Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
EA^HHH MATKHAP^A HHTEPTEKCTYA.MHK KATETOPHflCHHHHr
hamoeh By^HmnrA OH^
Садокат Тошпулатовна ^учкорова
Самарканд давлат чет тиллар институти докторанти E-mail: sadokatkuchkorova@gmail. com
ANNOTATSIYA
Ушбу маколада бадиий матн таърифи, бадиий матнга хос категориялар, бадиий матнларда интертекстуаллик ва интертекстуал воситаларнинг бадиий матнлардаги вазифалари хусусида суз боради.
Kalit so'zlar: badiiy matn, badiiy matn kategoriyalari, yaxlitlik, bog'langanlik, intertekstuallik, intertextual vositalar
ABSTRACT
This article is about the definition of literary text, categories specific to literary text, intertextuality in literary texts and the functions of intertextual means in literary texts.
Keywords: literary text, categories of literary text, integrity, coherence, intertextuality, intertextual means
Badiiy matn hissiy-badiiy ekspressivligi, adabiy uslub va stilistik figuralardan foydalanish, otoaz va muhit yaratish, o'quvchida estetik zavq uyg'otish maqsadi bilan boshqa matnlardan faгq qiladi. Badiiy matnlaráa ko'pincha voqelikning metaforik tasviгi va qahгamonlaгning ichki dunyosiga еЧЛог qaгatiladi. Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funktsional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlaгi asosida shakllangan, o'zida tuгli uslub ko'rinishlarini muallifning badiiy niyatiga ko'гa e^in jamlay oladigan, tinglovchi yoki o'quvchiga estetik zavq beгish, ta'siг etish xususiyatiga ega bo'lgan g'oyat murakkab butunlik hisoblanadi [1; 88]. Badiiy matnga muallif obrazi, badiiy xronotop, informativlik, podtekst, modallik va boshqalar xosdir. Muallif obrazi badiiy asarlarda yetakchi kategoriya sanaladi. Badiiy asar kontinuumi odatda hodisalarga oid voqeiy izchillikning buzilishiga asoslanadi [2; 760].
Badiiy matnlarga matnni shakllantiruvchi birlamchi kategoriyalar bilan bir qatoráa uning o'zigagina xos bo'lgan kategoгiyalaг mavjud, chunonchi badiiy matnda til estetik vazifasining salmog'i katta bo'ladi, u oliy darajadagi estetiklik sifatida birinchi planda turadi, estetik ta'sir quroliga aylanadi [1].
April 23-24, 2024
1044
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
Tadqiqotlarda badiiy matnlarga xos 14 ta kategoriya sanab o'tiladi: yaxlitlik, bog'liqlik, tugallanganlik, mutlaq antropotsentrizm, ijtimoiylik, dialogizm, mufassallik va izchillik, statiklik va dinamizm, keskinlik (napryajennostt), estetiklik, obrazlilik, bir necha talqinga ega bo'lishlik (interpretiruyemostb). Shu bilan birga, yaxlitlik va bog'liqlik kategoriyalari tegishli kategoriyalarni o'ziga ergashtiruvchi hamda o'z atrofiga guruhlovchi fundamental kategoriyalar qatoriga kiradi [3; 42].
A.F. Papina badiiy matnning beshta global kategoriyasini ajratib ko'rsatadi: 1. Kommunikativ akt ishtirokchilari. 2. Hodisalar, jarayonlar, faktlar. 3. Vaqt (ob'ektiv, siklik, sub'ektiv, psixologik xususiyatli badiiy real vaqt; astral, infernal, fantastik, ertaklar olamiga xos vaqtni ichiga oluvchi badiiy noreal vaqt - va b.). 4. Ob'ektlar makoni va joylashuvi. 5. Baholash kategoriyasi (aksiologik: sifat va miqdoriy; ratsional, utilitar, normativ, teologik; mantiqiy; epistemik, deontik [4]. Badiiy diskursda interekstuallikning uchta funktsiyasi namoyon bo'ladi: mazmunni kodlashning noan'anaviy vositalaridan foydalanish orqali ma'no hosil qilish funktsiyasi, matnni tarkibiy-semantik tashkil etish funktsiyasi, shuningdek, personajni tavsiflash funktsiyasi [5].
O'zbek badiiy matni lingvopoetikasini o'rgangan M.Yo'ldoshev badiiy matnda intertekstuallikning namoyon bo'lish holatlarini mufassal yoritishga harakat qilgan. Uning fikricha, asosiy matnga olib kiriladigan o'zga matn yoki uning muayyan unsuri yozuvchi niyatiga ko'ra asosiy matn strukturasining turli qismlaridan joy olishi mumkin [1]. M.Yo'ldoshev intertekstuallik badiiy matnning muhim uzvi hisoblangan sarlavha pozitsiyasida xam o'zga matn unsuri qo'llanishi mumkinligi haqida gapiradi, masalan, O.Yoqubov "Er boshiga ish tushsa" asari sarlavhasida o'zbek xalq maqoli (Ot boshiga ish tushsa, suvliq bilan suv ichar, er boshiga ish tushsa, etikbilan suv kechar)ning bir qismi intertekstual unsur sifatida qo'llanilgan. Bundan tashqari, o'zbek badiiy matnida allyuziya, ya'ni tarixiy voqealar, mashhur asarlar, diniy, mifologik rivoyatlar va shu kabilarga ishora kiladigan matnlar, xilma-xil matnlardan olingan parcha shaklidagi epigraflar, afsona, maqol, ertak va uning qismlari, hadislar, qo'shiq va she'r parchalari (o'zgartirilgan va o'zgartirilmagan shaklda) va adabiy.
Rus tilshunosi Fateyeva badiiy matnga xos eng ko'p uchraydigan intertekstual vositalarni quyidagicha tasniflaydi: 1. Allyuziya; 2. Reminissensiya; 3. Epigraf; 4. Sarlavha ; 5. Havola(sitata) ; 6. Aforizmlar va 7. Maqol, matallar [6]
Shu bilan birga, badiiy matndagi intertekstual birliklar turli funktsiyalarni bajarishi mumkin [5]:
1. Ekspressiv funktsiya: matnlararo havolalar yordamida muallif o'zining madaniy va semiotik yo'nalishi va maqsadini ifodalaydi.
April 23-24, 2024
1045
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
2. Apellyativ funktsiya: muallif va adresat o'rtasida muallifning niyatiga ishora qiluvchi "o'ziniki /o'zga" munosabati o'rnatiladi.
3. Intertekstual aloqalar matn muallifi iqtiboslarni fahmlash, o'zi kutmagan matnlararo munosabatlarni aniqlash zarurati tug'ilganda poetik funktsiyani bajaradi, bu "nazorat qilinmagan subtekst", "ongsizlik darajasidagi intertekstuallik" deb baholanadi.
4. Yo 'naltiruvchi funktsiya manba matn mazmuniga oid ma'lumotni boshqa muallifga xos stilistik xususiyatlarni saqlagan holda uning nima haqida gapirganini eslatib o'tish orqali amalga oshiriladi.
5. Metamatn funktsiyasi havola orqali amalga oshiriladi, u o'quvchiga matnni chuqurroq tushunish uchun matn mutolaasini davom ettirish yoki manba matnga murojaat qilish uchun signal bo'lib xizmat qiladi.
Yuqorilarga qo'shimcha ravishda intertekstual vositalarga berilgan ta'rif va xususiyatlarga tayanib quyida biz ularning badiiy matnda bajaruvchi asosiy funktsiyalarni tasniflashga harakat qildik:
Kommunikativ-informativ funktsiya: intertekstual vositalar orqali adresant o'zi foydalangan matn va uning muallifi, boshqa madaniy kontekstlar bilan chuqurroq muloqotni amalga oshiradi, bir vaqtning o'zida adresatga o'z asari mazmunini boyitgan holda taqdim etadi.
Identifikatsiya funktsiyasi: intertekstual unsurlardan foydalanish adresatda "o'zga matn" rolini o'ynayotgan asarning janri, uslubi va davrini aniqlashga yordam beradi, shuningdek, ma'lum davrda mavjud bo'lgan madaniy va adabiy an'analar haqida ma'lumot beradi.
Estetik funktsiya: intertekstual vositalardan o'z o'rnida foydalanish asar mazmuni boyitilishini ta'minlaydi, asar tilini jozibali qiladi, natijada adresat qiziqishining, asardan olinadigan estetik zavqning ortishiga olib keladi.
Kognitiv-pragmatik funktsiya: intertekstual elementlardan foydalanish adresatda boshqa matnlardan anglashilgan avvalgi bilim va tasavvurlari asosida matndan yangi ma'no olinishiga, turlicha talqin qilinishiga olib keladi.
Refleksiv (reflexion) funktsiya: intertekstual vositalar adresantga o'z asari orqali adabiyot, madaniyat yoki boshqa matnlar haqidagi fikrlarini ifoda etishga yordam beradi.
Emotsional-ekspressiv funktsiya: intertekstual elementlar adresantning asarlar yoki madaniy hodisalarga munosabatini ifodalaydi, shuningdek, adresatda ma'lum hissiy reaktsiyalar va assotsiatsiyalarni uyg'otadi.
Badiiy matn til vositalari va adabiy uslublardan foydalangan holda o'quvchida estetik idrokni uyg'otish maqsadida yaratilgan asardir. Badiiy matn o'quvchiga
April 23-24, 2024
1046
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Я
emotsional-ekspressiv ta'sir ko'rsatishi bilan boshqa tur matnlaridan ajralib turadi. Matndagi intertekstual vositalar turli funktsiyalarga ega bo'ladi va emotsionallikni oirishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: "Fan" nashriyoti, 2008. -160 Ь.Жаббарова Ф.У. Категории текста// Вестник Башкирского университета. 2011. Т. 16. №3. С. 759-762.
2. Бабенко Л. Г., Казарин Ю. В. Лингвистический анализ художественного текста. М.: Флинта; Наука, 2008. - 496 с.
3. Папина, A^. Текст: его единицы и глобальные категории/ A^. Папина. -М.: Едиториал УРСС, 2002.
4. Кремнева A.B. О функциях интертекстуальных включений в художественном тексте // Язык - Текст - Литература: коммуникативная парадигма: сб. ст. к 70-летию A.A. Чувакина / под ред. И.Ю. Качесовой, Н.В. Панченко. Барнаул: Изд-во Aлтайского ун-та, 2011. С. 375-382.
5. Фатеева, H.A. Интертекстуалыюсть и её функции в художественном дискурсе Текст. / H.A. Фатеева // Известия AH. Сер. литературы и языка, 1997. С. 159-178.
1047
April 23-24, 2024