Научная статья на тему 'LUG’ATLARNING YARATILISHIDA KORPUS TURLARINING O’RNI'

LUG’ATLARNING YARATILISHIDA KORPUS TURLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korpus / parallel korpus / qiyosiy korpus / tarjima matni / asliyat matni.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dildor Baxtiyarovna Otajonova

Ushbu maqola korpusning tilshunoslik sohasidagi ahamiyati, uning yaratilish sabablari hamda turlari xususidagi masalalarga bag'ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LUG’ATLARNING YARATILISHIDA KORPUS TURLARINING O’RNI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

LUG'ATLARNING YARATILISHIDA KORPUS TURLARINING O'RNI

Dildor Baxtiyarovna Otajonova

filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dots. v/b, Chirchiq davlat pedagogika universiteti dildorotaionova201@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola korpusning tilshunoslik sohasidagi ahamiyati, uning yaratilish sabablari hamda turlari xususidagi masalalarga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: korpus, parallel korpus, qiyosiy korpus, tarjima matni, asliyat

matni.

ABSTRACT

This article is devoted to the study the value of corpus in linguistics, reasons of originating corpus and its types.

Keywords: corpus, parallel corpus, comparative corpus, translated text, source

text.

Xorijiy tillarga bo'lgan qiziqish, yuqori darajada bilishga bo'lgan talab tarjima sohasining birmunchayin ilgarilashiga turtki bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Kundan kunga taraqqiy etayotgan tarjimaning turli jabhalari, nafaqat tilga xos bilimlar, balki, IT sohasiga oid ko'nikmalarni ham chuqur o'zlashtirish kabi masalalarning dolzarbligidan dalolat beradi. So'nggi yillarda, tilshunoslik jabhalarida, jumladan, leksikografiya, terminologiya, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi sohalarida bir qator tadqiqotlar olib borilayotganligiga qaramasdan, nutqiy faoliyat va unda ifodalangan so'z ma'nolari bilan bog'liq masalalar to'laligicha o'z yechimini topgani yo'q. Korpus leksik ma'lumotlar massivi sifatida muayyan davrda tilning leksik tarkibining o'zgarish jarayonlari dinamikasini o'rganishga, turli janrlarda va mualliflarda leksik hamda grammatik xususiyatlarning qo'llanilishini tahlil qilishga imkon beradi [5]. Shuningdek, korpuslar, turli xil tarixiy va zamonaviy lug'atlarni tayyorlashda ko'p qirrali leksikografik tadqiqotlarning manbai va vositasi bo'lib xizmat qiladi. Zero, ushbu korpuslardan ta'lim jarayonida tilni o'rgatish uchun grammatikani qurish va takomillashtirishda foydalanish ham mumkin. Korpus matnlarni statistik tahlil qilish va qoidalarni asoslash, lingvistik gipotezalarni va muqim me'yorni yuzaga kelish holatlarini tekshirish uchun foydalaniladigan tizim hisoblanishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi [4].

810

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Korpusning keng ko'lamli bo'lishi ma'lumotning o'ziga xosligini ta'minlab, til hodisalarining barcha qirrasini to'liq namoyon etishga xizmat qiladi. Shu ma'noda ko'plab korpuslarni maxsus sohalarga yo'naltirilganligini, shuningdek, til doirasida milliy va tabiiy til hodisalarini tadqiq etilishini kuzatish mumkin. Ta'kidlash joizki, leksemalar va matnlar korpuslarini yaratish hamda ulardan foydalanishning o'ziga xos jihatlarini o'z ob'ekti sifatida belgilab olgan soha - korpus lingvistikasi bugungi kunda ko'plab lingvistik tadqiqotlarga mo'ljallangan til ma'lumotlarining yirik majmualarini, ulardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlarining shakllanishi uchun zamin yaratadi.

Ma'lumki, korpus yaratilishi aniq maqsadga muvofiq bo'lib, aynan shu jihati tufayli uning har xil turlari yuzaga kelgan. Korpus lingvistikasi tilshunoslarning ta'riflariga binoan, "muvofiqlik asosida hosil qilingan satrlar va so'z ro'yxatini ekrandan qidirish bilan kom'yuter dasturlari orqali katta matnlar yoki kichik matnlarning katta to'plamdagi hodisalarni tushunishga urunish"ning eng oson usuli sifatida ularning ongida shakllangandir. U maqsadi, tili, janri, adabiy til shakli, korpusdagi tillar soni, hajmi va boshqa xususiyatlariga ko'ra bir -biridan farqlanadi. Tarjima sohasida ahamiyatga ega bo'lgan va alohida qiziqish uyg'otuvchi turli xil elektron korpuslar xususida Mona Beyker ma'lumot keltirib o'tadi [3]. Uning fikriga ko'ra, ikkita turli xil korpus, jumladan, parallel va qiyosiy korporaning tarjimada muhim o'rin tutadi. Tarjimaga oid tadqiqotlarda nomi tilga olingan "tarjima korpusi" Olohan tomonidan parallel korpusi sifatida keltirilib, u bir tildagi matnlar va ularning boshqa tilga tarjimalarining to'plami sifatida ta'riflanadi. Demak, matnlar va ularning tarjimalari turli usulda ifodalanishi mumkin, masalan:

- Parallel korpusning bir yo'nalishga (unidirectional) oid bo'lishi, ya'ni, matnlar tizimi A tilda, tarjimalari B tilda ifodalanishi bilan izohlansa, keyingi turi;

- Ikki yo'nalishli (bidirectional), ya'ni, matnlar tizimi A tilda, tarjimalari B tilda yoki aksincha, matnlar B tilda tarjimalari A tilda bo'ladi.

Shuningdek, boshqa usullari ham mavjud bo'lib, bilingual - matnlar A tilda, tarjimalari B tilda, yoki multilingual, asliyat matnlari A va ularning tarjimalari B, C, D kabi bir nechta tillarda berilishi bilan izohlanadi. Tarjimashunoslikda parallel korpusdan foydalanish tillararo terminlarni qidirish va o'rganish, ularning tarjimasidagi o'zgarishlarni tahlil qilish, tarjima vositalaridagi o'ziga xos bo'lgan jihatlarni aniqlashda qo'l keladi. Tarjima borasida olib borilayotgan tadqiqotlarda bir tildan ikkinchi tilga o'girish jarayonlarida tilga xos yoki bir nechta tillarda keng tarqalgan tushunchalar xususida biror bir tushunchaga ega bo'lish maqsadida ko'p tilli korpuslardan foydalanish mumkin. Yana shuni inobatga olish kerakki, ushbu

811

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

turdagi korpusni yaratish qiyin, chunki materiallar kamdan-kam hollarda bir nechta tillar o'rtasida teng miqdorda tarjima qilinadi. Parallel korpuslardan foydalangan holda o'tkaziladigan tadqiqotlar asosan kontrastiv linvistik tahlillarga qaratiladi. Biroq, bu kabi ilmiy ishlarning aksariyati til tizimidagi me'yordan tashqari vositalar ham mavjudligi va ular tarjimonning tanloviga bog'liqligini qo'llab quvvatlamaydi. Garchi, tarjima jarayonidagi turli vositalardan o'rinli foydalanish til birliklarining o'zgarishiga olib kelsa-da, tilga oid tadqiqotlarda tarjimaning ta'siri hisobga olinmaydi. Demak, parallel korpusning afzalliklari bilan bir qatorda uning kamchiliklari mavjudligini ham kuzatish mumkin.

Keyingi turdagi korpus Mona Baker tomonidan o'rganilgan bo'lib, u qiyosiy usuldan foydalangan holda yaratiladi [1]. Ushbu turdagi korpuslarning ilk namunalari Mona tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u korporani qiyoslashda bir tilda be rilgan ikkita alohida matnlar majmuasi, ya'ni, birinchi korpus asliyat matnlaridan tashkil topib, ikkinchisi asliyatdan o'girilgan muqobil bir yoki bir necha tillardagi matnlarni qiyosiy to'plamini tashkil etadi. Binobarin, qiyosiy korpus erkin o'girilgan tarjima matnlar va ma'lum qoidalarga binoan yaratilgan tarjimalardagi o'ziga xos jihatlarni tahliliga xizmat qilishini nazarda tutadi. O'z navbatida, tarjimasi amalga oshirilgan yoki asliyat matnining ifodalanishida uning g'oyasi, janri, foydalanilgan manba, muallif va tarjimonning yoshi, stili hamda boshqa xususiyatlarini qiyoslash mumkinligi ma'lum asoslarga ega bo'lishi zarur. Bundan tashqari, taqqoslanayotgan korpusni tashkil etuvchi matnlar sohasi, variantdorligi, zamoni va hajmi jihatdan deyarli o'xshash bo'lishi talab etiladi. Ushbu turdagi korpus tadqiqida ma'lum bir tilga xos bo'lgan lingvistik xususiyat yoki tarjima matnlarining umumiy jihati hamda bir tildan ikkinchi tilga o'girish jarayonidagi o'ziga xosliklarni namoyon etuvchi model inobatga olinadi. Qiyosiy korpusda xususan tarjimaning batafsil tushuntirish usulidan foydalanish, soddalashtirish yoki leksik birlikni umuman o'girmagan holda ifodalashdan ko'ra afzalroqdir, ayniqsa, tarjimasiz keltirilgan so'z shakli yoki matn soddalashtirib, qolipga solinadi. Ya'ni, matn tarjimalari ushbu usullardan tashqari, mazmunan yanada soddalashtirib, aniqlashtiriladi.

Papaining ta'kidlashicha, o'girish jarayonida tarjima matnini soddalashtirish va aniqlashtirish usullarini qo'llash tarjimonning foydalanuvchiga kontekst mazmunini to'laligicha yetkazishga urinishidan kelib chiqadi [2]. Shunga qaramasdan, qiyosiy korpuslar til sathlarini o'rganishda keng qo'llaniladi.

V.P.Zaxarov esa ikkita asosiy usuldan foydalangan holda korpuslarni sinflarga bo'lish kerakligini ta'kidlaydi [6]. Unga muvofiq, birinchi usuli ma'lum bir tilga tegishli korpuslarning muayyan ichki korpusga nisbat berilishi bilan izohlansa, ikkinchisi, korpusga berilgan lisoniy tavsif turiga qarab ajratishdan iboratdir.

812

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Izohlashning morfologik, sintaktik, semantik, prosodik, uslubiy kabi ko'p turlari mavjudligiga qaramay, mavjud korpuslarning aksariyati morfologik yoki sintaktik (treebanks) turdagi izohlarga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, sintaktik izohlangan korpus leksik birliklarning morfologik xususiyatlarini ham o'z ichiga oladi. Tadqiqiy va amaliy vazifalari, mavjud muammolarni hal etishiga mo'ljallanishi bo'yicha korpuslarning ko'plab turlarini ajratib ko'rsatish mumkin.

Zamonaviy korpus til resursini qay darajada ifodalashiga, sifati, miqdoriga muvofiq matnlarning oddiy elektron kolleksiyasi yoki chuqur annotatsiyalangan korpus kabi turlarga bo'linadi. Korpusning keng ko'lamli bo'lishi ma'lumotning o'ziga xosligini kafolatlab, til hodisalarining barcha qirrasini to'liq namoyish etilishini ta'minlaydi. Axborot texnologiyalari tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya imkoniyatlar eshigini ochdi. Mashina tarjimasi, avtomatik tahrir va tahlil, yozma matnni ovozlashtiruvchi nutq sintezatorlari, og'z aki nutqni yozma matnga aylantiruvchi nutqni tanish dasturlari, elektron lug'atlar, lingvistik mobil ilovalar, tezauruslar va til ontologiyasi fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug'atlar tuzish va undan foydalanish madaniyatini shakllantirish til imkoniyatini egallashda samarador ekanligi o'z isbotini topgan. Aynan til ta'limi va elektron lug'atlarni yaratishda dunyo miqiyosida yaratilishiga ehtiyoj nihoyatda yuqori bo'lgan til korpuslarining o'rni beqiyos.

REFERENCES

1. Baker, M. (1995) "Corpora in Translation Studies: An Overview and some Suggestions for Future Research." Target 7.2: 223 - 43. Print.

2. Papai, V. (2004) "A Universal of Translated Text" Translation universals: do they exist? 48: q143. Print.

3. Olohan, M. (2004) Introducing Corpora in Translation Studies. Routledge, Print.

4. Otajonova D.B. (2023) Korpus Lingvistikasi tarixiga nazar // Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi. Volume 4. CSPU Conference 1: pp. 191 - 192.

5. Otajonova D.B. (2023) Korpus lingvistikasining shakllanish va rivojlanish tarixidan lavhalar // Academic Research in Educational Sciences. Volume 4, Issue 12.: pp. 379 - 383.

6. Захаров В., Богданова С. (2011) Корпусная лингвистика: учебник. 2-е изд., перераб. - СПб.: Изд-во С.-Петерб. ун-та. 215 c.

813

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.