Научная статья на тему 'BADIIY AN’ANALARGA YO‘G‘IRILGAN QUROQCHILIK SAN’ATI NAMUNALARINING TASVIRIY SAN’ATDAGI O‘RNI'

BADIIY AN’ANALARGA YO‘G‘IRILGAN QUROQCHILIK SAN’ATI NAMUNALARINING TASVIRIY SAN’ATDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Quroq / quroqchilik san’ati / mahorat / bo‘lakli mozaika / applikatsiya / bo‘lak / kvilt. / Patchwork / patchwork art / craft / piece mosaic / appliqué / piece / quilt

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sulaymanova, Sevaraxon Bahodirjon Qizi

Ushbu maqolada uzoq tarixga ega va tejamkorlikning yorqin ifodasi bo‘lgan xalq amaliy san’ati turlaridan birini quroqchilikning yaratilish tarixi yoritilgan, chunki mato qoldiqlaridan foydalanish nafaqat uyda tartibni, balki yangi buyumlar ham yaraladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF PATCHWORK ART EXAMPLES IN THE FINE ARTS

In this article, the history of the creation of one of the types of applied folk art, which has a long history and is a bright expression of thrift, is highlighted, because the use of fabric scraps not only creates order in the house, but also creates new items.

Текст научной работы на тему «BADIIY AN’ANALARGA YO‘G‘IRILGAN QUROQCHILIK SAN’ATI NAMUNALARINING TASVIRIY SAN’ATDAGI O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

BADIIY AN'ANALARGA YO'G'IRILGAN QUROQCHILIK SAN'ATI NAMUNALARINING TASVIRIY SAN'ATDAGI O'RNI

Sulaymanova Sevaraxon Bahodirjon qizi

FarDU Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada uzoq tarixga ega va tejamkorlikning yorqin ifodasi bo 'lgan xalq amaliy san 'ati turlaridan birini quroqchilikning yaratilish tarixi yoritilgan, chunki mato qoldiqlaridan foydalanish nafaqat uyda tartibni, balki yangi buyumlar ham yaraladi.

Kalit so'zlar: Quroq, quroqchilik san'ati, mahorat, bo'lakli mozaika, applikatsiya, bo 'lak, kvilt.

ABSTRACT

In this article, the history of the creation of one of the types of applied folk art, which has a long history and is a bright expression of thrift, is highlighted, because the use of fabric scraps not only creates order in the house, but also creates new items.

Key words: patchwork, patchwork art, craft, piece mosaic, appliqué, piece, quilt.

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещена история создания одного из видов прикладного народного творчества, имеющего многовековую историю и являющегося ярким выражением бережливости, ведь использование обрезков ткани не только создает порядок в доме, но и создает новые элементы.

Ключевые слова: лоскут, лоскутное шитье, мастерство, штучная мозаика, аппликация, обрезок, квилт.

KIRISH

Quroqchilik shunday san'atki, u buyuk va ko'p asrlik tarixga ega. Mato qoldiqlaridan ishlangan qo'l mehnatining barchasi tejamkorning yorqin ifodasidir, turli matolardan foydalanish esa uyimizdagi tartiblilikni saqlaydi. Inson hamisha mehnat va go'zallikni qadrlaydi. Aynan bu qo'l mehnati asosida yaratilgan san'at turi dastlab kambag'allar orasida paydo bo'ldi, mato bo'laklari orqali ular uy ro'zg'ori uchun kerakli yangi buyumlarni yarata boshladilar, chunki u paytlarda chiroyli va sifatli matolar juda qimmat va kamyob bo'lgan. Turli rang va shakldagi mato parchalaridan bezakli buyum hosil qilinadi. Masalan, ko'rpa, ko'rpacha, yostiq, gilamchalar va boshqalardir. Davrlar mobaynida mato bo'laklarini birlashtirib tikish xalq orasida ommalashdi, keyin esa qo'l mehnati sifatida hunarmandchilikning bir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

turi darajasiga ko'tarildi. Ba'zi manbalarda aytilishicha, quroqchilik hunari ilk bor Angliyada vujudga kelgan. yengil sanoatning rivojlanishi, matolarning ko'plab ishlab chiqarilishi natijasida quroqchilik hunariga bo'lgan e'tibor bir oz pasaygan edi. Bugunga kelib bunday buyumlarga yana qiziqish ortib bormoqda. Bu buyumlar endilikda nafaqat matolarni iqtisod qilish maqsadida, balki san'at darajasida qayta tiklandi. Quroqchilik hunari bo'yicha har yil ko'rgazmalar tashkil qilinadi. Unda turli xil sumkalar, choyshablar, yostiq jildlari, hatto oyoq kiyimlar ham namoyish qilinadi. X asrda yashab ijod etgan Sharq olimi Abu Nasr Forobiyning kasb-hunar egallashga bag'ishlagan quyidagi fikrini eslab o'tish o'rinlidir: " Kimki eng go'zal va foydali narsani kashf etish fazilatiga ega bo'lsa, kashf etgan narsaning chindan ham o'zining istagi va boshqa birovning istagiga muvofiq bo'lsa yoki uni boshqalarning xohishiga muvofiq deb gumon qilinsa, kashf qilgan yoki ijod etilgan narsa haqiqatdan xayrli va foydalidir" Mazkur fikr har bir manba hunarmand yuragidan joy olgan. Albatta hunarmandlar yig'ilishib bir shaharni tashkil qilishgan va shaharlarda hunarmandlar uyushmasi, katta ustaxonalarning mavjudligi, ularning o'ziga xos qonun-qoida risolalariga ega bo'lishi hunarmandlar mahsulotining san'at darajasiga yetkazilishiga sabab bo'lgan. O'quvchilarga san'at turlarini, xususan xalq amaliy sanati turlarini o'rgatish masalalari bilan O'zbekistonda S.Abdullaev, S.Bulatov, A.Vasiqov, prof. R.Hasanov, Q.Qosimov, B.Q.Xolmatov, B.Q.Xolmatov, K.M.G'ulomov, M.B.Ahmedov, M.K.Mirzahmedov, H.Egamov, M.Nabiyev va ko'plab boshqa olimlarning izlanishlarini misol qilib olishimiz mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XX asr boshlarida O'zbekiston amaliy bezak san'ati qadimgi an'analarga asoslangan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy hunarmandlik sohalari tiklandi. Farg'ona an'anaviy to'qimachilik san'ati o'rganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A.Axmedov), Buxoro yirik gulli matolaridan bino ichini bezaydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ishlab chiqarildi. An'anaviy chitgarlik (A.Abdug'afurov, K.Qo'ziyev, G'.Qo'ziyev), gilamchilik va palos to'qish (G.Abdullayev)da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Toshkent to'qimachilik kombinati satin, chit, urushdan keyingi yillarda Marg'ilon shoyi to'qish kombinati sun'iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. XX asr 60-70-yillarda Marg'ilon "Atlas" birlashmasi, Namangan shoyi to'qish fabrikasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli kilib ishlangan "arabi" xilidagi, sidirg'a va mayda gulli "terma" paloslar (T.Jo'rayev, B.Mirzayeva, O.Xolmatova), zardo'zi do'ppi, nimcha, yirik namoyonlar (A.Aminov, M.Ahmedova, V.P.Stolyarov), so'zana, palak, gulko'rpa va turli qiyiqlar yaratildi. Xalq an'anaviy amaliy san'atning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

yangidan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navro'zda o'tkaziladigan amaliy san'at asarían ko'rgazmasida namoyon bo'lmoqda. Amaliy san'atning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar o'rtasida hamkorlik mavjud. Amaliy san'atning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy uslublar almashinuvi san'atning boshqa turlari bilan bog'liq ravishda davom etadi.

Mato qoldiqlaridan san'at ustalari kerakli andazalar yordamida turli xildagi mozaika naqshlari bilan yangicha kompozitsiya yaratishadi. Qadimda quroqlarning bir tomoni, ya'ni orqa tomoni chit matosidan, old tomoni esa mato bo'laklaridan yaratilgan kompozitsiyadan tashkil topgan. Ayrim xalqlar orasida mato bo'laklaridan foydalanib kompozoitsiyalar yaratish bo'lakli mozaika deb ham yuritiladi. Bo'lakli mozaika bo'lak texnikasining bir yo'nalishi hisoblanib, u applikatsiya deb ham ataladi. Applikarsiya - (lot. applicatio - yopishtirish) gazlama, qog'oz va boshqa materiallarga rang-barang gazlama, qog'oz bo'laklarini tikish yoki yopishtirish yo'li bilan naqsh ishlash, bezash. Shu usulda yasalgan gul, tasvir ham applikatsiya deb ataladi.1 Quroqda ham tasvir hosil qilish uchun yaxlit fonga mato bo'laklari tikib birlashtiriladi, bu esa o'ziga xos matolar orasigagi bir butun go'zallikni hosil qiladi.

Quroq - mayda bo'laklardan ulab, to'plab bezak yaratish; shu usulda yasalgan bezak, buyum ham quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum, bezak hosil qilinadi. Amaliy san'atda keng tarqalgan; mas, ko'rpa, ko'rpacha, choyshab, so'zana, dasturxon, gilam va boshqa jihozlar qadimdan shu usulda tayyorlanib ajoyib san'at namunalari yaratiladi.

Rossiyada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib dengiz orti mamlakatlariga sotish uchun paxta matolariga qoldiqlardan bezak berish asosida keyinchalik quroq tikish an'ana darajasiga ko'tarildi, XVII ga qadar mamlakatda asosan uy polotnosi sifatida foydalanilgan. Polotnoning to'liq ko'rsatmasi kiyimning mato qoldiqlaridan saralangan va saralangan bo'laklar saqlab qolingan va undan yana tayyor kiyimlar yaratishgan. Qizig'i shundaki, XVII asrning o'rtalarida Tikuv mashinalari ishlab chiqariligandan so'ng esa Rossiyada mato qoldiqlaridan chit matosining ustiga turli va oddiy bezakli gullar tikish taraqqiy etdi. Erkaklar ko'ylagi va ayollar sarafanlariga mato qoldiqlari yordamida bezaklar berilgan. Kiyimlarni pichish jarayonida turli qoldilar paydo bo'lgan va tejamkor uy bekalari bu qoldiqlarda ko'rpa, parda, gilamchalar, yostiqlar va boshqa buyumlar yaratishgan. Qishloqlarda to'rtburchali va uchburchakli yorqin rangli qoldiq matolar yordamida mozaikalar yaratilgan. Rus milliy liboslarining to'g'ri bichimlaridan qolgan qoldiqlar shaklidan to'rtburchak, uchburchak va to'g'riburchak qoldiqlar qolganligi sababli quroq bo'laklarining shakli ham shunga bog'liq bo'lgan. Uchburchaklik va to'rtburchaklikni bir-biri bilan

1 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi . I jild. Toshkent 2000 yil.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

dumaloq shaklida birlashtirib tikiladi va uzun arqonsimon marolarga birlashtirib tikiladi , asosiga esa qalin va mustahkam matodan foydalaniladi.

XVI asrda Angliyada hind paxtasidan tayyorlangan rangli, turli bezakli matolar yaratila boshladi. Dekorativ naqshli tikilgan ko'rpalar uy interyeri uchun zamonaviy dizaynni tashkil etgan. 1712 yili Angliyada hind matolaridan tayyorlangan quroqlarni sotuvi cgheklangan va bu san'at namunalari kamayib keta boshlagan. Ishlab chiqarishda quroq tish uchun shoyi va qichitma matolardan foydalanilgan. Qalin surp matosi kontrabandlar qo'liga tushdi va Angliyada matolar narxi juda tez suratda oshdi. Tikish jarayonidan oshib qolgan qiytiq matolar tashlab yuborilmadi va undan boshqa narsalar yaratildi. Applikatsiya texnikasi asosida qichitma mato va kanop matolari qoldiqlaridan turli xildagi fragmentlar birlashtirilgan. Eng oddiy qoldiq matolarni bir biriga yagona polotno bo'lib tikilgan.

Uyg'onish davrining XVII asr 20-yillarida Shimoliy Amerika mamlakatlarida quroq san'ati namunalari migrantlar qo'liga tushdi. Ko'rpalar ishlab chiqarishda matolar yetishmasligi sababli eski kiyimlar qoldiqlaridan yaratilgan. Matolar yetishmasligi sababli mato qoldiqlaridan yaratilgan san'at namunalari - kvilt an'ana tusiga kirdi. Ular vaqtlar o'tgan sari o'zining ranglar uyg'unligi va naqshlari bilan takomillashib bordi, oddiy amerikalik uy bekalari kviltni asosan qishda uylarida tikishgan. Bahorda esa ular qo'shilari bilan ishdan so'ng uchrashib kvilt namunalarini yaratishgan.Barcha Amerika amaliy san'at namunalari quroq texnikasi asosida 1750 yilgacha yaratilgan. Shu asosida quroq san'atining an'anaviy bezaklari paydo bo'ldi. Ko'p san'at namunalarining nomlanishi hayotda uchratadigan so'zlar bilan nomlangan. Masalan, "Arra tishi", "Ayiq kafti", "To'rlar uchun savatcha" va xakazo.

Keyinchalik 1850 yilgacha applikatsiya san'ati keng quloch ochdi. San'at namunalari, jumladan, quroq san'ati texnikasida yaratilgan ko'rpalar juda kam saqlanib qolgan.

1876 yildagi Amerika Qo'shma Shtatining Filodelfiya shtatidab o'lib o'tgan Butundunyo mamlakatlari ko'rgazmasida yangicha texnikaga asoslangan Angliya san'ati namunasi - kreyzi ("Spiral", "Charxpalak", "Atirgul" nomlari bilan nomlangan noyob, taniqli asarlar) tajribadan o'tkaziladi. Kreyzi shoyi matosidan yaratildan va qo'shimcha gulli bezaklar bilan bezatilgan. Kreyzi texnikasi noyob matolardan - parcha, baxmal, duhoba, shoyidan foydalaniladi va ixtiyoriy shakda va naqshinkor tarzda yaratiladi, Quroq namunalarining yangicha namunalari 1879 yili "Peterson" illustrativ jurnalida chop etildi. Quroq namunasining bu yo'nalishi "bezakli kvilt" yoki "yapon shoyisi" nomi bilan ataldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi . I jild. Toshkent 2000 yil.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

2. A.B.Qosimov, N.M.Mirfayazeva (2019) Bazalar badiiy bezak to'qimachilik mahsuloti. Toshkent. (O'quv uslubiy qo'llanma)

3. Farxodjonova N. Milliy madaniyatni zamanlashtirish va integratsiya xususiyatlari // Namangan davlat universiteti ilmiy xabarnomasi. - 2019. - T. 1. - №. 2. - B. 167-172.

4. Ergashev I., Farxodjonova N. Globallashish jarayonida milliy madaniyat integrasyoni // Tanqidiy sharhlar jurnali. - 2020. - T. 7. - №. 2. - B. 477-479.

5. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). Fundamentals Of Professionalism Development On The Example Of Practical Exercises On Forming The Skills And Skills Of Future Teachers. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.

6. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

7. CynaftMaHOBa, C., OMOHOB, & At3aM:«:0H0B, A. (2022). Annmep HaBOHH acapnapngaH 6agHHH ohhh TatnHM Myaccacanapnga TacBHpHH caHtaTHH y^HTHm ^apaeHHga ^oftganaHHmHHHr 3apypnaTH. Research Focus, 1(2), 272-277.

8. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

9. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). Effective methods of teaching fine arts and drawing at school. European Scholar Journal, 2(9),

10. Sulaymanova, S. (2022). PEDAGOGICAL REQUIREMENTS FOR IMPROVING THE METHOD OF OBSERVING PERSPECTIVES WHEN STUDENTS INDEPENDENTLY COMPLETE TASKS IN THE AREAS OF PAINTING AND PENCIL DRAWING. Science and Innovation, 7(8), 1559-1564.

11. Sulaymanova, S. (2023). IMPORTANCE OF THE PATCHWORK NEEDLEWORK IN STUDY WHICH HAS GIVEN A BIRTH TO APPLIED ARTS, BASED MUCH ON ANCIENT OLD-TIME TRADITION. Science and innovation, 2(C4), 9-12.

12. Sulaymanova, S. (2023). ЗНАЧЕНИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ И ОСОБЕННОСТИ ЕЕ ПРИМЕНЕНИЯ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 75-79.

9-11.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

13. Sulaymanova, S. (2023). TASVIRIY SAN'AT FANLARIDA PERSPEKTIVANING MUHIM AHAMIYATI VA UNING QO 'LLANILISH XUSUSIYATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 16-16.

14. Sulaymanova, S. (2022). TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR. Science and innovation, 1(B8), 1559-1564.

15. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymonova, S. B. (2022). AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG'LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 850-857.

16. Ozodbek, S., Muhammadjon, O. R., & Sevaraxon, S. (2022). MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN'AT TARIXINING FANDAGI O 'RNI. Research Focus, 1(2), 259-263.

17. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymanova, S. B. (2022). THE IMPORTANCE OF CONTRAST AND NUANCE IN RANGNASVIR. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(6).

18. Qurbonova, B., Sulaymanova, S., Akhmedova, N., & Yunusaliyev, M. (2023). Big Data, Artificial Intelligence and Smart Cities. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 03013). EDP Sciences.

19. Yuldashev, I. T., & Axmedova, N. E. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARNI BAJARISHDA RANG MUNOSABATLARIDAGI O'ZARO UYG'UNLIK. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 989-995.

20. Soxibov, R. (2023). COMPOSITION AND ITS APPLICATION IN PAINTING. Science and innovation, 2(C5), 108-113.

21. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.

22. Nazokat, A., & Abdusalom, M. (2022). THE NATIONAL HANDICRAFTS OF BUKHARA. Research Focus, 1(2), 307-312.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.