Scientific Journal Impact Factor
B.X. KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG'LARINING ETNIK TAVSIFI
Sherzod Gulboy o'g'li To'rayev Maxammad Xabibullo o'g'li Raxmonov
Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti etnologiya, etnografiya va antropologiya mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari
Ushbu maqolada Surxon vohasida yuz urug'ining etnik shakllanishi, bo'linishi, joylashuv o 'rni va etnik tarixi haqida etnograf, turkolog B.X.Karmisheva tadqiqotlari misolida ko'rsatib berildi. O'zbek xalqi etnik turfa xillik orqali tashkil topgan hisoblanib, etnografik makon deya atalgan Surxon vohasida yuz qabilasi katta nufuzga ega bo 'lgan. Jumladan, yuz urug 'i XIX-XX asr boshlarida Surxon vohasida ijtimoiy hayotida katta o'rin tutgani, tarqalish hududlari, yuz urug'ining tarkibi, ularningSurxon elatlari bilan chambarchas bog'liqligi ochib berilgan.
Tayanch so'z va iboralar: yuzlar, Karmisheva, markalar, Surxon vohasi, qorapchi, turkman-yuz, Shayboniyxon.
В статье приводится пример исследования этнографа, тюрколога Б.Х. Кармишевой по этническому образованию, делению, местонахождению и этнической истории лица в Сурхандарьинском оазисе. Узбекский народ считается этнически разнообразным, и в Сурхандарьинском оазисе, известном как этнографический район, племя юз имело большое влияние. В частности, было выявлено, что сотня семян играла важную роль в общественной жизни Сурхандарьинского оазиса в начале Х1Х-ХХ веков, ареалах распространения, составе сотен семян, их тесной связи с сурхандарьинцами.
Ключевые слова и фразы: юзи, Кармышева, марки, Сурханский оазис, карапчи, туркмен-юз, Шайбанихан.
The article provides an example of a study by the ethnographer, Turkologist B.Kh. Karmisheva on ethnic education, division, location and ethnic history of the person in the Surkhandarya oasis. The Uzbek people are considered ethnically diverse, and in the Surkhandarya oasis, known as an ethnographic region, the Yuz tribe had a great influence. In particular, it was revealed that a hundred seeds played an important role in the social life of the Surkhandarya oasis at the beginning of the
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
19th-20th centuries, distribution areas, the composition of hundreds of seeds, and their close connection with the Surkhandarya people.
Keywords and phrases: yuzi, Karmysheva, stamps, Surkhan oasis, karapcha, Turkmen-yuz, Shaybanikhan.
KIRISH
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Sharqiy Buxoro hududida 92 urug' mavjud bo'lib, ular turli asrlarda turli hududlardan kirib kelgan va mahalliy tubjoy aholi etnogenezi hamda etnik tarkibiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatgan. Movarounnahr hududiga asosan XVI asr boshlarida Shayboniyxon bilan birga -qo'ng'irotlar, yuzlar, laqaylar, semiziylar, kesamirlar, qatag'onlar, durmenlar va boshqalar kirib kelgan edilar. Ular kirib kelgach mahalliy aholi tarkibiga singib ketishgan va ular umumiy nom bilan o'zbeklar deb atalgan. Ushbu etnoslar shakllangan o'zbek xalqi tarkibiga qo'shilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisi turmush tarziga, an'analariga, madaniyatiga, xo'jalik faoliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan yangi madaniy qatlam hosil qilganlar. Ayniqsa, Zarafshon va O'zbekistoning janubiy mintaqalari aholisi orasida bu nisbat kuchliroq seziladi. [1,-B.160]
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi, xususan Sharqiy Buxorodagi aholining ijtimoiy holatiga nazar tashlar ekanmiz, ijtimoiy nufuzi jihatdan qo'ng'irotlar, yuzlar, loqaylar, semiziylar, kesamirlar, qatag'onlar, durmenlar mutlaq yetakchilik qilganligini kuzatishimiz mumkin. Yuzlar bu davrda yirik o'zbek qavmlaridan biri bo'lgan. Bu davrda ular ikki joyda bir qadar tig'iz tarqalgan. Ularning bir qismi Surxon va Hisor vodiysida joylashgan bo'lib, manbalarda biri Hisor yuzlari deb ataladi, boshqasi esa O'ratepa yuzlari deb atalib, g'arbda Zarafshondan boshlanib Sirdaryo qirg'oqlarigacha bo'lgan keng dashtlarda joylashganlar[2,-B.212]. Bu holatni birgina 1928-yilda Samarqand ilmiy tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan Sherobod va Boysun ekspeditsiyalari natijasida Potapov tomonidan Surxon vohasi etnik tarkibi hamda oila turmush tarzini ko'rsatib beruvchi maqolasidan ham anglashimiz mumkin.
Shundan so'ng etnologiya fani darg'alaridan biri B.X.Karmisheva 1945-yildan boshlab Surxon vohasi etnogenezi, etnik tarkibi va tarixi bo'yicha tadqiqotlarini boshladi. U butun Surxon vohasini piyoda kezib chiqqan holda o'z tadqiqotlarini amalga oshirgan va bu tadiqoqlar natijasida Surxon vohasining o'ziga xos etnik hamda ijtimoiy holati yoritilgan ko'plab monografiya, maqolalarni yaratdi. Olima o'zbeklarning ko'pgina urug'lari haqida ham muhim ma'lumotlarni keltirib o'tadi.
Muallif 32 ta o'zbek urug'i ro'yxatini keltiradi va ularning joylashuv xususiyatlari
44
Scientific Journal Impact Factor
borasida o'zining fikr-mulohazalarini bildiradi. Masalan, mang'it, yuz, qo'ng'irot, laqay, qipchoq, ming kabi o'zbek urug'lari va ularning tarqalishi haqida muhim ma'lumotlarni bayon qilgan. Bu urug'larning yigirma sakkiztasini bevosita uchratib tadqiq etgan hamda ular joylashgan hududlarni ko'rsatib bergan[3,-B.32]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu ishni yotirishda qiyosiy-tavsifiy metodlardan foydalanildi. Mavzuni yoritishda asosiy adabiyot sifatida Karmisheva asarlari manba sifatida olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Movarounnahr hududiga asosan XVI asr boshlarida Shayboniyxon bilan birga -qo'ng'irotlar, yuzlar, lokaylar, semiziylar, kesamirlar, kataganlar, durmenlar va boshqalar kirib kelgan.
Yuzlar Surxon vohasida eng yirik qabilalardan biri bo'lgan. Ularning bu hududga ko'chib kelishi haqida etnograf tadqiqotchilarning asalarida turlicha ma'lumot berilgan. Yuzlarning O'rta Osiyo hududiga kirib kelishi, ijtimoiy hayoti, xo'jalik faoliyati haqida N.A.Aristov, V.V.Bartold, X.Doniyorov, V.I.Lipskiy, N.A.Maev, L.P.Potapov, I.P.Magidovich, B.X.Karmishevalar o'z asarlarida to'xtalib o'tilgan bo'lsa, yana bir tadqiqotchi Q.Najimov XX asr 50-yillarda yuz qabilasini antropologik jihatdan o'rgangan.
Yuzlar Surxon vohasining o'rta va yuqori qismlarida qo'ng'irotlarning bevosita qo'shnilari sifatida yashaganlar. Ularning yashash joyi hududi Hisor vodiysining sharqiy chekkasigacha cho'zilgan. B.X.Karmisheva yuz urug'larini tadqiq etar ekan o'z navbatida ularning ichki tarmoqlanishi borasida ham fikr bildirib yuzlar marqa, ktay yuz, qorapchi urug'lariga bo'linishini ko'rsatib o'tgan. Shu tadqiqqa asosan ularning joylashuv o'rinlari haqida to'xtalib o'tamiz. Marqa va ktay yuzlar asosan Tojikiston hududida keng tarqalgan bo'lsa, qorapchilar Surxondaryoning yuqori oqimlarida keng tarqalgan. Manbalarda 2715 kishi yashaganligi qayd etilgan. Biroq, Karmisheva tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, Surxon vohasida yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari yana bir yirik yuzlar bo'linmasi-turkman-juz urug'i mavjud. B.X.Karmisheva, I.P.Magidovich tomonidan noma'lum deb tasniflangan Mirshod volostidagi 23 580 kishidan mutlaq ko'pchiligi turkman yuzlari deb o'z taxminini bildirib o'tgan.
X.Doniyorov ma'lumotiga ko'ra yuzlar uch guruhga bo'lingan: marqa bolasi, qorapchi va rajab bolasi. Ammo bu bo'linish asosan Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi yuzlarga nisbatan olingan[4,-B.85]. Yuzning rajab bolasi tarmog'iga asosan Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida yashovchi tuyoqli, chol, begijuz,
Scientific Journal Impact Factor
choljuvut, beshkal singari bir qancha urug'lar kiradi[5,-B.93]. Surxon vohasidagi yuz urug'lari esa boshqa tuzilishga ega.
Qadim zamonlardan sug'orma dehqonchilik uchun qulay joylarni egallagan yuzlar, o'troq turmush tarziga o'ta boshlagan. Yuzning keksa avlodi orasida qabila tuzilishini ozmi-ko'pmi aniq biladigan odam kamdan-kam uchraydi. Bu, ayniqsa, ajdodlari turkman juzlari va qorapchi bo'linmalariga mansub bo'lganlar orasida ko'proq to'g'ri keladi. Ma'lumot beruvchilarning fikriga ko'ra, marqa, qorapcha va qoratamg'ali (marqa urug'laridan biri) mustaqil etnik guruhlari bo'lib, yuz nomi ularga qo'shilmagan, yuz deganda esa faqat turkman-juzlar tushunilgan. Marqa urug'ining asosiy manzilgohi Hisor vodiysining sharqiy qismi, ya'ni sharqdagi Kofirnihon qishlog'idan boshlanib, Dushanbe daryoning quyi oqimigacha bo'lgan Kofirnihon Ilyak vodiysi bo'lgan. G'arbda marqa qishloqlari kam uchraydi. Qoratamg'ali aholi punktlari mavjud bo'lib, ularning asosiy joylashuvi Qoratog'daryo vodiysining quyi qismi, ya'ni Regar va Sariosiyo viloyati bo'lgan. Surxonning o'ng qirg'og'ida qoratamg'alilar nisbatan kamchilikni tashkil etadi.
B.X.Karmisheva ma'lumotlariga ko'ra, marqalar 16 avlodni o'z ichiga olgan. Ularning nomlari quyidagicha qorapichak, saripichak, uyas, salin, ochamayli, ko'psori, qipchoq, qo'ysopi, nayman, qo'shtamg'ali, chal, eshbachcha, elik va qoratamg'ali. Shuningdek, Uyas, Qo'ysopi, Nayman urug'lari bo'linmalarining nomlari ham qayd etilgan; birinchisida bozbit, ikkinchisida kasib, uchinchisida beshbola, to'rtinchisida esamat, boqibachcha, kunduzbachcha, boriemas, bashishik, uyg'ur, xojibachcha va dobay kabi.
Ktay-yuzi Sangzor va Sirdaryo vodiysida yashagan yuzlarning yirik bo'linmalaridan biri bo'lgan. Ktay-yuiz 12 avlodga bo'linadi: quriqozon, tig'iriq, beshkubi, bog'machchoyi, hojibolasi, uvol, mug'ol, hojibachcha, xonxo'ja, qoraqursak, sortjuzi. Bular asosan Sirdaryoda, Jizzax va Samarqand viloyatining G'allaorol hamda Bulung'ur tumanlarida, qisman Surxondaryo viloiyatida yashaydi.[5,-B.39]
Qorapchi bo'limi Surxon vohasining shimoli-g'arbiy qismida, To'palangdan Xalkayor daryosigacha bo'lgan o'ng qirg'oq hududda yashagan. Bu yerda ularning qishloqlari tog'li tekislikda va qisman tog' etaklarida joylashgan edi. Qorapchalar 12 avlodga bo'lingan deb hisoblangan. Karmisheva ulardan faqat ikkitasining ismini bilishga muvaffaq bo'lganini keltirib o'tgan. Ular - Baganalar va Zardako'l.
Turkman juzlari Surxonning o'ng qirg'og'ining markaziy qismini, shimolda Denovdan bir oz yuqorida Ambarsoy qishlog'idan boshlanib, Sho'rchining janubida tugaydigan Turkman cho'li-Turkmandashtni egallagan, sharqda Surxon
Scientific Journal Impact Factor
bilan, g'arbda Oqqapchig'ay bilan chegaralangan. Halkayar daryosi bilan sug'oriladigan Turkmandashtga tutashgan tog' etaklarida hamda bir qancha mayda tog' tizmalarida turkman-Juz qishloqlari ham bo'lgan. Surxon daryosining chap sohilida faqat Xo'shchekka qishlog'ida qayd etilgan. Ular Denov bekligidan tashqarida kam uchraydi, Hisor bekligining Hisor tizmasida bittagina Batash qishlog'i, Sherobod bekligining Axtash qishlog'ida ham uchraydi.
Turkman-juzlarning 16 urug'i ikki guruhga - vaxtamg'ali va jilantamg'aliga bo'lingan - har birida 8 tadan urug' birlashgan. Vaxtamg'ali guruhiga: kazayakli, kuztamg'ali, kazak, joriqbosh, kesauli, bolg'ali, alpli va batash urug'lari kirgan. Jilantamg'ali guruhi quyidagi urug'lardan iborat bo'lgan: bolaxur, qusa, patas, qarg 'a, yurga, yas, taroqli va egarchi.[6,-B.112]
Kazayakli urug'ining ikki bo'limi bor— bolak-kazayakli va bogajeli ; Batash urug'ining to'rtta bo'linmasi - Nauruzboy, Qurbonboy, Xayitbay va Tuyjah; Kusa urug'ining bir bo'limi bo'yra- kusa va Jilantamg'ali urug'ining Ezma bo'limi bor.
Marqa va qorapchi tarkibida nayman va bag 'anali etnonimlarining mavjudligi ularga nayman millatiga mansub guruhlar qo'shilganligini ko'rsatadi. Bu qo'shiluv Jizzax viloyatida ham (bu yerda yuzlar orasida ko'rsatilgan nomlarning guruhlari ham qayd etilgan), XVII asrdan boshlab naymanlar yashagan Hisorda ham sodir bo'lgan bo'lishi mumkin. Naymanlar va uyg'urlar guruhi bilan bir qatorda marqalarning mavjudligi, xivalik nayman va uyg'urlarning ba'zi bo'laklari qirg'indan qochib Amudaryoga qarab yurgan va turli yo'llar bilan qochib ketishgan, deb taxmin qilish uchun asos bo'ladi. Ularning yo'nalishlari bir nechta - bir qismi no'g'aylarga, bir qismi qozoqlarga, bir qismi Buxoro xonligi chegaralariga borgan.
Qorapchilar XX asr boshlarida asosan Surxon vohasiga joylashgan edilar. Shaharlar va yirik qishloqlarda ular asosan chag'atoylar va qarshiliklar bilan aralashib ketgan. Ularning madaniyati va turmush tarzi shahar madaniyatiga yaqin edi Bu ularning uzoq vaqtdan beri vohalarning o'troq aholisi hayotiga aralashganligi bilan bog'liqmi yoki marka, qorapcha va turkman juzlari jung'orlarning aslzodalari ekanligi tushuntirilganmi, aytish qiyin. Qorapchilar shahar madaniyatiga yaqinligi bilan ajralib turadi: nutqi, muomalasi, xulq-atvori esa o'zbek tilida mavjud bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarga ega edi. Qorapcha avlodlari orasida ajdodlarining bundan 200-300 yil avval Jizzax va O'ratepadan ko'chirilishi haqidagi rivoyatlar ham keng tarqalgan[6,-B.224].
Yuz qavmi bo'linmasi bo'lgan turkman-juzlar Hisorga bir qadar ilgariroq ko'chib kelgan. Mahalliy aholi esa ularni aborigen aholi deb biladi, chunki ularga bu hudud ulus, yurt sifatida amirlik tomondan berilgan bo'lib, Turkmandasht deb atalgan.
Scientific Journal Impact Factor
Ular Denovda kuchli himoyalangan qal'aga ega bo'lib , uzoq vaqt mobaynida mahalliy hokimiyatni boshqarganlar. Turkman-juzlar qorapchilar kabi o'troq turmush tarziga ega bo'lgan. Ma'lum qismi chig'atoylar bilan aralashgan bo'lib, qo'ng'irotlarga nisbatan mo'g'uliy belgilari kamroq bo'lgan[7,-B.83].
Turkman juzlarining ajdodlarining asl yashash joyi va Surxon vodiysiga joylashgan vaqti haqida yozilgan rivoyatlar bir-biriga ziddir. B.X.Karmishevaning ta'kidlashicha turkman yuzlarining Surxon-Hisor vohasiga kelishi xaqida uchta fikr mavjuddir: birinchisiga ko'ra yuzlar-qo'ng'irotlar kabi orqa yurtdan; ikkinchisiga ko'ra ular-ajdodlari yurti O'ratepadan va Nurotadan ko'chib kelganlar. Sohibqiron Amir Temur davrida Surxon vohasida Turkman dashti mavjud bo'lib, rivoyatlarga qaraganda Turkman dasht Amir Temur otasining qo'rg'oni bo'lgan. Amir Temurning beshinchi bobosi Qorachar No'yonga Kesh viloyati suyurg'ol qilinganligi asosida uchinchi fikr ilgari surilgan, ya'ni Sulton Sanjar moziy tomonidan yuzta turkman ko'chirib keltirilgan. Shuning uchun yuz (juz), ya'ni Turkman-yuz deb ataladi. Surxon vohasidagi yuzlar o'larini Jizzax va Samarqanddan ko'chib kelganlar avlodi deb ta'kidlashadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, bu gapni Denov shahri yaqinida Sulton Sanjarga tegishli mozor (qadamjoy) bo'lganligi tasdiqlaydi. Uchala afsonaning ham tarixiy asoslari bor. Turkman juzlari o'-o'ini anglash jihatidan ham, o'z nomi jihatidan ham, shevasi, jismoniy tuzilishi va turmush tarzi jihatidan ham Dashti qipchoqlik o'zbeklarga o'xshash bo'lgan. Denov bekligi aholisi 32 urug' - 16 urug' qorapchi va 16 turkman-yuz iborat bo'lgan.
O'zbek qabilalari orasida bir biriga o'xshash bir qancha genonimlar mavjud. Bunday tasodiflar asosan Qo'ng'irotlar, (Vaxtamg'alilar, Jilantamg'alilar, Balgallar, Kesauli, Tarakli, Kazayakli, Bogajeli, Kazak, Kusa), naymanlar (Vaxtamg'alilar, Kazayaqli, Jilonli, Kazaklar), Samarqand va Jizzaxdagi yuzlar (vaxtamg'alilar, balgali, ko 'sa) bilan kuzatilgan. Ularning qozoqlar, asosan, O'rta juz xalqlari bilan ham o'xshash etnonimlari bo'lgan - tarakli, balgali, yas (jas-taban- qozoqlar orasida "tekis oyoqli") . Bunga Kuztamg'ali etnonimini ham qo'shish lozim. Demak, turkman juzlari ko'p jihatdan boshqa o'zbek qabilalari kabi bir xil qabila va urug'larning bo'laklaridan tashkil topgan.
Nurota turkman-juzlari haqidagi rivoyatlarda bu hudud turkman juzlarining ajdodlari maskani sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Ma'lumki, Nurota tog'lari va unga tutash hududlar XX asr boshlarida o'zbek qabilasi turkmanlarining eng ixcham manzilgohi hududi bo'lib, ular uchun adabiyotda "nurota-turkmanlar" nomi saqlanib qolgan. Nurota viloyatida X.Doniyarov tomonidan yozib olingan o'zbek -
Scientific Journal Impact Factor
turkmanlarning yuz qabilasiga mansubligi va ularning ota-bobolarining Nurotaga "Hisor-Ko'lob tomondan kelgani" haqidagi afsona mavjud[4,-B.71].
Yuqoridagi ma'lumotlar turkman-juzlar va Nurota mintaqasidagi o'zbek-turkmanlar o'rtasidagi genetik bog'liqlik va ularning tarkibiga kirgan guruhlarning Nurotadan Surxon vodiysiga va yana Nurotaga takroriy ko'chishi mumkinligidan dalolat beradi. Ko'rib chiqilayotgan ikkala guruhda ham bir qator boshqa o'zbek qabilalari, jumladan, qo'ng'ratlar va naymanlar uchun umumiy bo'lgan bir xil genonimlar o'xshash, shuning uchun ular Surxondaryo vodiysi etnik guruhlariga kirishi mumkin va Nurotadan kelganlar muhojirlar hisoblanmaydi. Avvalgi barcha tadqiqotchilar mahalliy aholi qarashlariga asoslanib, Nurota turkmanlarini o'zbeklar tarkibidagi mustaqil etnik birlik, ya'ni o'zbek qabilalaridan biri deb hiso blaganlar. 92 o'zbek qabilasining ro'yxatiga turkman nomining kiritilishi ham buni tasdiqlaydi. Shuni ham ta'kidlash joizki, X. Doniyorov bu guruhning o'zbek-yuzlarga mansubligi haqida gapirar ekan, ularning O'rta juzga mansubligini aniqlab bergan[4,-B.25]. O'rta Juzga mansubligini ularda Qozoyakli, Jilantamg'ali, Balgali genonimlarining barchasi borligi orqali bilishimiz mumkin.
Surxon vodiysida turkman yuz guruhining shakllanishi masalasiga qaytsak, shuni eslatib o'tish joizki, O'zbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlari hududida qadimdan turkmanlar yashab kelgan. O'g'uzlar va Ilekxon Ali-Teginning Xurosonga qarshi yurishida qatnashgan turkmanlar Termiz va Qo'bodiyon chegaralariga yetib borib qolib ketganlar, so'ngra oradan bir asrdan sal ko'proq o'tgan.
Bobur o'z xotiralarida Hisor va Sharqiy Xurosonda, to Badaxshongacha yashagan turkmanlarni doimo tilga oladi. Ularning bir qismi Bobur asarlarida mahalliy ko'chmanchilar, boshqalari esa begona guruhlar sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, Bobur aytishicha, XV asrning 60-yillari oxirlarida Iroq va Ozarbayjonda hokimiyatni Oqqo'yunli guruhi qo'lga kiritgach, tark etgan Qoraqo'yunli turkmanlarining 4-5 ming oilasi Hisorga joylashdi. Turkmanlar, jumladan, Turkistondan (O'rta Sirdaryo viloyatlaridan kelganlar) doimo temuriylar xizmatida bo'lganlar. Temuriylar ko'pincha turkman zodagonlari bilan nikoh orqali qarindosh bo'lganlar. Bobur amirlari va amaldorlari orasida turkmanlar ko'p bo'lib, ularning bir qismi u bilan birga Hindistonga ketgan. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, Amudaryoning yuqori oqimi bo'ylab joylashgan hududlarning etnik tarixida o'g'uzlar va turkmanlar ma'lum rol o'ynagan, degan xulosaga kelish mumkin. O'zbek-turkmanlarning shakllanish jarayoni nafaqat Buxoro, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarining Nurota tog'lararo va tutash hududlarida, balki Surxondaryo vodiysida ham sodir bo'lganligini tan olsak, xato bo'lmaydi. Yuqorida aytilgan so'lar o'zbek -
Scientific Journal Impact Factor
turkmanlarning alohida guruhlarini (Yuz tarkibida ham, ular bu ittifoqqa kirgunga qadar ham) o'z manzilgohlarining ba'zi hududlaridan boshqasiga qayta-qayta ko'chishi ehtimoli borligini istisno etmaydi.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Sharqiy Buxorodagi o'zbeklar aholisining mutlaq ko'pchiligini dashti qipchoq qabilalari qo'ng'irotlar, yuzlar, loqaylar, semiziylar, kesamirlar, kataganlar, durmenlar va boshqalar tashkil etgan. Yuqoridagi ma'lumotlarga asosan fikrimizni xulosalaydigan bo'lsak, yuz urug'lari Surxon vohasi hududida muqim o'rnashgan urug'lardan hisoblanib, hudud ijtimoiy iqtisodiy hayotida muhim o'ringa ega bo'lgan. Hisor va Surxon vodiylarining o'rta qismlarini yuz qabilasi egallagan. Qoratog' yaqinida 1924 yilda 476 nayman qayd etilgan. Ehtimol, ular yuqorida qayd etilganidek, Yuz qabilasining Marqa bo'linmasi tarkibiga kirgan bo'lishi mumkin. Yuzlar o'zbek, qozoq va turkman xalqlari tarkibidagi ko'plab etnik guruhlarning ta'sirida bo'lganligi sababli ularning lahjalari ham turlichadir. O'zbek tilining tadqiqotchilar fikricha qipchoq, o'g'uz va qarluq-chig'il dialektlarining aralashgan shakli yuzlar lahjasiga xosdir[8,-B.58].
Yuzlar Surxon vohasida qo'ng'irotlardan keyin soni jihatidan ikkinchi o'rinda turgan bo'lsa-da, nufuzi jihatidan yuqori o'rinlarni egallagan. Denov bekligida yuzlar 26173 kishi bo'lib, umumiy aholining 97.4% tashkil etgan. Denov bekligini uzoq yillar mobaynida yuz qabilasidan bo'lgan shaxslar boshqarib kelishgan. O'zbek qabilalari orasida yuzlar 33 300 kishini tashkil etib, son jihatidan 20.1% bilan 2 o'rinda turgan. Ular Surxondaryo hududida Sho'rchi, Denov, Sariosiyo tumanlarida istiqomat qilishgan. Yuzlar asosan dehqonchilik, shuningdek, chorvachilik bilan shug'ullanib kelishgan. Hozirgi kunda ham yuzlar Surxon vohasida o'z ahamiyati jihatidan katta o'ringa ega hisoblanadi. Bu boradagi ilmiy ishlarimizni kelgusida yanada kengaytiramiz.
REFERENCES
1. Ashirov A. Atajanov Sh. Etnologiya.-Toshkent:«Milliy kutubxona»2007.160 b
2. Qayumov A. XX asr boshlarida O'zbekiston hududida etnik holat.- Toshkent: «Adabiyot uchqunlari» 2015. 112 b
3. Turaev Sh. Surxondaryo etnografik tadqiqotlari B.X.Karmisheva misolida-Termiz:2021.31 b
4. Дониёров Х. Узбек халкининг шажара ва шевалари. - Тошкент: 1968.
XULOSA
25,71,85-88 б,
Scientific Journal Impact Factor
5. Гребенкин А.Д. Узбеки ..- С. 93. Записи Русского Географического общества. Отд. статис. Т. II. 1871. - С. 39; Материалы по районированию... - С.
6. Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных райо- нов Таджикистана и Узбекистана. - М.: 1976. - 112, 224 с
7. Наджимов К. Антропологический состав населения Сурхандарьинской области...- С. 83
8. Боровков А.К. Вопросы класификации узбекских народных говоров // Известия АН ССР, Ташкент, 1953.
17..