Научная статья на тему 'AXSIKENT – FARG‘ONA VODIYSIDAGI YANGI TURIZM MARKAZI'

AXSIKENT – FARG‘ONA VODIYSIDAGI YANGI TURIZM MARKAZI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axsikent / Mirzo Ulug‘bek / Bobur / “Boburnoma” / Ibrat / “Sayhun” / “Tarixi Farg‘ona”.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xaytmirzayev Faxriddin Furqatjon O‘g‘li

Maqolada Farg‘ona vodiysida joylashgan qadimiy Axsikent shahrining tarixi bayon etilgan. Xususan, shaharning vujudga kelishi, yirik markazga aylanishidan hozirgi davrgacha bo‘lgan holati yoritib berilgan. Shu bilan birga yodgorlikning turizm sohasidagi o‘rni batafsil o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXSIKENT – FARG‘ONA VODIYSIDAGI YANGI TURIZM MARKAZI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

AXSIKENT - FARG'ONA VODIYSIDAGI YANGI TURIZM

MARKAZI

Xaytmirzayev Faxriddin Furqatjon o'g'li

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik ORCID: https://orcid.org/0009-0008-7148-6497 https://doi.org/10.5281/zenodo.13902773

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona vodiysida joylashgan qadimiy Axsikent shahrining tarixi bayon etilgan. Xususan, shaharning vujudga kelishi, yirik markazga aylanishidan hozirgi davrgacha bo'lgan holati yoritib berilgan. Shu bilan birga yodgorlikning turizm sohasidagi o 'rni batafsil o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Axsikent, Mirzo Ulug'bek, Bobur, "Boburnoma", Ibrat, "Sayhun", "Tarixi Farg'ona".

Abstract. The article presents the history of the ancient city of Axsikent, located in the Fergana Valley. In particular, it covers the city's origin, its transformation into a major center, and its current state. Additionally, the role of the monument in the tourism sector has been thoroughly studied.

Keywords: Axsikent, Mirzo Ulugbek, Babur, "Baburnama", Ibrat, "Syr Darya", "History of Fergana".

Аннотация. В статье изложена история древнего города Аксикент, расположенного в Ферганской долине. В частности, освещены возникновение города, его превращение в крупный центр и его состояние на сегодняшний день. Также подробно изучена роль памятника в туристической сфере.

Ключевые слова: Ахсикент, Мирзо Улугбек, Бабур, «Бабурнама», Ибрат, «Сырдарья», «История Ферганы».

Sirdaryoning shimolida joylashgan, Axsi va Axsikent nomlari bilan atalgan shahar Farg'ona vodiysi tarixida alohida o'ringa ega bo'lib, shaharning vujudga kelish davri mil.avv III asrga to'g'ri keladi. Shahar haqidagi qadimgi ma'lumotlar, asosan, Xitoy manbalaridan, undan tashqari arab, fors va turkiy manbalaridan to'plangan. Islom dini tarqalgandan so'ng, Balazuriy, Tabariy, Yoqut al-Hamaviy, Abdurazzoq Samarqandiy, Hofiz Tanish Buxoriy va Bobur asarlarida uchraydi. Yodgorlikning tadqiqot qilish ishlari 1885-yil professor N.I.Veselovskiy tomonidan boshlangan. Professor N.I.Veselovskiy Eski Axsining 5 ta hududini tanlab olib, hududlarlarning 10 ta punktida qazishma ishlarini olib borgan. Arxeologik qazishma punktlaridan bosh suyaklar, ularning ustida esa teskari holatda to'nkarilgan sopol buyumlari topilgan[2:31]. Keyingi vaqtlarda yodgorligini o'rgangan I.A.Kastane quyidagicha keltirgan: "..."Ajoyib at-taboqot" asarida muallif Muhammad Tohir ibn Abulqosim quyidagilarni yozib qoldirgan: "...1030-hijriy yilda Axsi viloyatida shunday bir ofat yuz berdi. Shunday yer qimirlashi sodir bo'ldiki, Sirdaryodan chayqalib chiqqan suv daryo chetidagi dalalarni bosib ketdi, suv bilan chiqarib tashlangan baliqlar tipirchiladi va o'ldi. Shunisi qiziqki, eng qattiq zilzila Axsi qo'rg'onining ichida bo'lib, atrof qishloqlarda uncha qattiq sezilmadi. Shahardan bir farsax masofada esa hatto, hech qanday tovush ham eshitilmadi"[3:48-49]. Qolaversa, I.Kastane bu yerda daryodan odamlarni o'tkazib turuvchi maxsus kemachilar bo'lganligini yozgan[4:19]. Xo'ja Axror Valiy 1485-yil Sulton Ahmad, Sulton Mahmud va Umarshayx Mirzo o'rtalaridagi ziddiyatlarni hal qilganlari ma'lum. 2007-yil nashr etilgan "Ko'hna Marg'ilon ziyoratgohlari" kitobida mudarris Mavlono Shoh Husayn Chorkuhiydan keltiriladi: "...Ushbu muloqot vaqtida Hazrati Nosiriddin Ubaydulloh Xoja Ahror

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

yaqinda Axsikentga Mirzo Umarshayx huzuriga borish niyatida ekanliklarini bildirdilar". Bundan Axsikent Umarshayx Mirzo boshqaruv markazi ekanligi aniqlashgan[2:32].

Abdurazzoq Samarqandiy asarida 1414-yilda Mirzo Ulug'bek tomonidan Axsi shaxrini qamal qilinishi yozilgan. "...Mirzo Ulug'bek Andijonga qarab yurdi. Mirzo Amirak Ahmad u yerning qal'alarini mustahkamlab, toqqa chiqib ketdi. Ulug'bek u yerning eng katta qal'asi bo'lgan Axsi qal'asini muhosara qildi. U shunday qal'aki, uning mezanalaridan falak yulduzlarini terib olish va baland xonalaridan farishtalar g'ulg'ulasini eshitish mumkin edi"[2:28]. "Boburnoma"da Axsikent haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, asarda quyidagicha keltirilgan: "...Sayhun suyining shimoli tarafidag'i qasabalar: bir Axsidur. Kitoblarda Axsikat bitarlar. Farg'onada, Andijondin so'ngra mundin ulug'roq qasaba yo'qtur. Andijondin g'arb sori to'qquz yig'och yo'ldur. Umarshayx mirzokim, muni poytaxt qildi, bir-ikki martaba tashqarroqdin yana jarlar soldi. Farg'onada muncha berk qo'rg'on yo'qtur. Mahalloti qo'rg'ondin bir shar'iy yiroqroq tushubtur..."[4:8]. Bu o'rinda shaharning vodiydagi yirik qo'rg'onlardan biri ekanligi ta'kidlangan. Bobur yana qo'shimcha tarzda: "...Andijon suyi O'shdin kelur, Axsi suyi Kosondin kelur...." deb yozgan. Bobur hijriy 900-yil Isfaraga yurish qilgan va qirq kunlik qamaldan so'ng Isfara qo'rg'oni taslim etilgan. So'ng Shohruhiya qal'asidagi Sulton Mahmud ziyoratiga borgan. Shundan so'ng: "...Bir-ikki kundin so'ng Kandirlik doboni bila Axsi va Andijon sari azimat qildim. Axsig'a yetib otamning mazorini tavof qildim, Axsidin namozi jum'a vaqtida chiqib, Bandisolor yo'li bila namozi shom bila namozi xuftan orasida Andijong'a keldim. Bu yo'lkim, Bandisolor yo'li bo'lg'ay, to'qqiz yig'och yo'ldur..."[4:32]

Is'hoqxon Ibrat 1913-yilda "Turkiston viloyatining gazetasiga bergan risolasida shaharning geografik holatini batafsil bayon etgan: "Axsikat Movarounnahrda Farg'ona viloyatida bir shaharning nomidur. Shosh daryosining labida tekis yerda va daryoning shimol tarafinda bo'lib, shahar ila tog'ning miyonasi bir toshlik yo'ldur. Mazkur shaharning atrofida qo'rg'on va bog'otlar bo'lib, kattaligi uch tosh masofasida ekan. Ark qo'rg'onidin boshqa imorat va bog'otlar atrofini ham qo'rg'on devor ila ihota qilingan ekan. Ichkari qo'rg'onda to'rt darvoza bor ekan. Shahar bog'larida arig'lar, oqar suvlar, hovuzlar va bog'-bo'stonlar bir toshlik masofag'acha daraxt va oqar suvlari muttasil bo'lub, Farg'onaning eng yaxshi va xush meva va obod viloyatlaridan ekan"[3:29]. Hozirda arxeologik yodgorlikda qazishma ishlari davom etishi bilan birga turizm faoliyati ham yo'lga qo'yilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 831-sonli qaroriga asosan Axsikent direksiyasi tashkil etilgan[5]. Direksiya tarkibida "Turizm bo'limi" tashkil etilgan va "Gid ekskursovodlar kursi" va turizm salohiyatini oshirish maqsadida yangi muzey tashkil etilgan.

REFERENCES

1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.-Toshkent: Yulduzcha, 1989.

2. Qozoqov T. Axsi - Farg'ona shaharlarining onasi.- Toshkent: Navro'z, 2018.

3. Qozoqov T., Vohidov A., Ro'zinov B. Ibrat nigohidagi Axsikent.-Toshkent: Navro'z, 2018.

4. Qozoqov T., Axsikentning muxtasar tarixi - Toshkent: Fan ziyosi, 2024. b.108

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktyabrdagi "Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida "Axsikent" arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish to'g'risida" 831-son Qarori. https://lex.uz/docs/-3382160

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.