Научная статья на тему 'TARIXIY MANBALAR VA ARXEOLOGIK MATERIALLARDA FARG‘ONA VODIYSI TARIXI'

TARIXIY MANBALAR VA ARXEOLOGIK MATERIALLARDA FARG‘ONA VODIYSI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
378
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boburnoma / arxeologiya / Quva arxeologiyasi / tarixshunoslik / V.A.Bulatova / I.A.Axrorov va Yu.A.Zadneprovkiy / Qubo / Kaykubod / Ishtaxriy / “Ajoyib ul-buldon” / Tabariy / “Tarixi Farg‘ona” / “Ravzat us-safo” zilzila / kuygan sopollar / yong‘in / Бабурнома / археология / археология Кувы / историография / В. А. Булатова / И. А. Ахроров / Ю. А. Заднепровский / Кубо / Кайкубод / Иштахрий / “Аджаиб улбульдон” / Табарий / “История Ферган” / “Равзат уссафо” землетрясение / обожженная керамика / пожар

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Махлиё М. Турдиходжаева

Maqolada Farg‘ona vodiysida tarixini ifodlalovchi manbalardagi ma’lumotlar arxeologik tadqiqotlar materiallari bilan solishtirilgan holda qiyosiy tahlil etilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysining yirik arxeologik yodgorliklari hisoblanmish Axsikent, Quva kabi shaharlar tarixining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining arxeologik jihatdan o‘rganganilishi natijada erishilgan materiallar manbalarda kelgan ma’lumotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilgan. Axsi va Axsikentlarning aynan bir shahar yoki alohida hudud ekanligi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosalar ham manbalar va arxeologik topilmalar asosida o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСТОРИЯ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В ИСТОРИЧЕСКИХ ИСТОЧНИКАХ И АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ МАТЕРИАЛАХ

В статье проведен сравнительный анализ данных из источников, представляющих историю Ферганской долины, в сравнении с материалами археологических исследований. А также археологическое изучение социально-политической, экономической и культурной жизни таких городов, как Аксыкент, Кува, которые считаются крупными археологическими памятниками Ферганской долины. Научные выводы о том, являются ли Ахси и Ахсикент является одним и тем же городом или отдельной территорией, также были изучены на основе источников и археологических находок

Текст научной работы на тему «TARIXIY MANBALAR VA ARXEOLOGIK MATERIALLARDA FARG‘ONA VODIYSI TARIXI»

Oriental Journal of History, Politics and Law SJIF: 2022-5.777, SJIF: 2023-6.676

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND

LAW

journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oihpl

HISTORY OF FERGANA VALLEY IN HISTORICAL SOURCES AND ARCHAEOLOGICAL MATERIALS

Mahliyo M. Turdikhojayeva

PhD student

Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan

ABOUT ARTICLE

Key words: Baburnoma, archeology, Kuva, V.A. Bulatova, I.A. Akhrorov and Yu.A. Zadneprovkiy, Qubo, Kaykubod, Ishtakhriy, "Ajaib ul-buldon", Tabariy, "History of Fergana", "Ravzat us-safo" earthquake, burnt ceramics, fire.

Received: 21.02.23 Accepted: 23.02.23 Published: 25.02.23

Abstract: In the article, the information from the sources representing the history of the Fergana Valley is compared with the materials of archaeological research. Also, the materials obtained as a result of the archaeological study of the history of socio-political, economic and cultural life of cities such as Akhsikent and Kuva, which are considered to be major archaeological monuments of the Fergana Valley, were considered together with the information from the sources. The scientific conclusions about whether Akhsi and Akhsikent are one city or a separate region are also studied on the basis of sources and archaeological finds._

TARIXIY MANBALAR VA ARXEOLOGIK MATERIALLARDA FARG'ONA VODIYSI

TARIXI

Mahliyo M. Turdixo jayeva

Tayanch doktorant

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Toshkent, Uzbekiston

MAQOLA HAQIDA

Kalit so'zlar: Boburnoma, arxeologiya, Quva arxeologiyasi, tarixshunoslik, V.A.Bulatova, I.A.Axrorov va

Yu.A.Zadneprovkiy, Qubo, Kaykubod, Ishtaxriy, "Ajoyib ul-buldon", Tabariy, "Tarixi Farg'ona", "Ravzat us-safo" zilzila, kuygan sopollar, yong'in.

Annotatsiya: Maqolada Farg'ona vodiysida tarixini ifodlalovchi manbalardagi ma'lumotlar arxeologik tadqiqotlar materiallari bilan solishtirilgan holda qiyosiy tahlil etilgan. Shuningdek, Farg'ona vodiysining yirik arxeologik yodgorliklari hisoblanmish Axsikent, Quva kabi shaharlar tarixining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining arxeologik jihatdan

o'rganganilishi natijada erishilgan materiallar manbalarda kelgan ma'lumotlar bilan birgalikda ko'rib chiqilgan. Axsi va Axsikentlarning aynan bir shahar yoki alohida hudud ekanligi bo'yicha berilgan ilmiy xulosalar ham manbalar va arxeologik topilmalar asosida o'rganilgan._

ИСТОРИЯ ферганской долины в исторических источниках и

АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ МАТЕРИАЛАХ

Махлиё М. Турдиходжаева

Аспирант

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Бабурнома, Аннотация: В статье проведен археология, археология Кувы, сравнительный анализ данных из

историография, В. А. Булатова, И. А. источников, представляющих историю Ахроров, Ю. А. Заднепровский, Кубо, Ферганской долины, в сравнении с Кайкубод, Иштахрий, "Аджаиб ул- материалами археологических

бульдон", Табарий, "История Ферган", исследований. А также археологическое "Равзат ус- сафо" землетрясение, изучение социально-политической,

обожженная керамика, пожар. экономической и культурной жизни таких

городов, как Аксыкент, Кува, которые считаются крупными археологическими памятниками Ферганской долины. Научные выводы о том, являются ли Ахси и Ахсикент является одним и тем же городом или отдельной территорией, также были изучены на основе источников и _археологических находок._

KIRISH

Farg'ona vodiysi tarixida muammoli masalalar talaygina bo'lib, tarixchi oldida turgan asosiy vazifalardan biri ushbu ma'lumotlarni ob'ektiv tarzda o'rganishdir. Bizga ma'lumki, arxeologik tadqiqotlar bergan ilmiy xulosalar doim tarixiy manbalar ma'lumotlari bilan solishtiriladi. Va bu orqali ba'zi muammoli jihatlar aniqlanadi. Masalan, asosiy muammoli tadqiqotlar mavzusi Axsi va Axsikentlarning bir ekanligi yoki Eski va Yangi Axsi tushunchalariga qaratilgan. Tarixshunoslik xulosasi sifatida quyidagilarni aytishimiz mumkin: I.Ahrorovning 1960-yilgi ekspeditsiya natijalariga ko'ra Axsi qal'asi bugungi kundagi Eski Axsi arxeologik yodgorligi ekanligi aniqlandi. Ushbu arxeologik natijani manbalar bilan qiyoslasak, Is'hoqxon To'ra Ibratning 1913-yil Turkiston viloyati gazetasining 48-sonidaga maqolasida Axsi, Axsikent bir shahar ekanligi hamda Yangi Axsi tushunchasi mavjud emasligini yozadi. Z.M.Bobur "Boburnoma"sida ham huddi shu jumlalarni uchratdik. Bundan ko'rinaiki, arxeologik tadqiqotlar hamda manbalar bu masalada bir xulosaga ega. Toxirjon Qozoqov ham bu boradi shu fikrga ega.

1957-59-yillarda ushbu hududda arxeologik kuzatish va qazish ishlarini olib borgan Namangan o'lkashunoslik muzeyi hodimi T.Chulanov fikricha Axsini Eski va Yangiga ajratadi. Kastane, Matboboyev fikrlari ham ayanan manbalarga mos. I.Ahrorov o'zining 1960-yilgi ekspedisiya faoliyatining natijalari to'g'risidagi xulosalarini "O'zbekistonda ijtimoiy fanlar" jurnalidagi maqolasida Eski Axsi yodgorligi XVII asrdagi zilzila oqibatida vayronaga aylanganini bayon etdi. Shuningdek, muallif Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma" asarida ko'rsatib o'tgan Axsi qal'asi aynan bugungi kundagi Eski Axsi arxeologik yodgorligi ekanligini ham yozgan edi[1.B.3-

4].

ASOSIY QISM

Yana bir baxsli masalalardan biri, 1620 yillarda yirik shaharni vayron qilgan Axsikent zilzilasi masalasi bo'lib, bu borada ilk bora Vasilovskiy tadqiqotlarida Axsikentdan topilgan qabrda inson bosh suyaklarining tartibsiz yotgan bosh chanog'ining tepa tomonga qarab yotqizilganligi hamda tartibsizholatdagi sopol buyumlar bilan izohlaydi. Manbalar ham buni tasdiqlaydi ya'ni Sayyid Muhammad Tohirning geo-kosmografik "Ajoyib at Taboqot" asarida, hamda Z.M.Boburning "Boburnoma" sida [5.Б.18], Ibratning "Tarixi Farg'ona" manbalarida ham ushbu zilzila daxshati xususida ma'lumotlar keltirilgan. Quva shahri haqida ko'plab manbalarda ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, ularda aynan mana shu masalaga ham to'xtalgan. Ya'niki, Ishoqxon To'ra Ibrat o'zining "Tarixi Farg'ona" manbasida bir qancha manbalardan lavhalar keltirib o'tadi. Mirxondning "Ravzat us-safo" asarida No'shiravon otasi Qubod podshox vaqti vafodiga yaqin Turkiston mamlakatining No'shiravon o'g'liga ta'yin qilib, farg'onani aksar joylarini ul obod qilgan ekan. Quboni Qubod o'zi bino qilgan ekon. Farg'ona poytaxti ul vaqtda Kubo ekon. Toxir Muhammad Sabzavoriyning "Tarixi taboqot ut-toxiriy" da masturdurki: "Hijriy 1035-yil Farg'onada kuchli zilzila sodir bo'lgan. U vaqtda Farg'onaning poytaxti Axsi edi. Natijada u yerlar vayronaga aylanib, bir necha ming kishilar imoratlar ostida qolib ketganlar. Dastlabki kun yer silkinishi 70 martagacha yetgan va olti oygacha davom etgan. Bu vaqtda Farg'onaning shaharlaridan ko'hnalari Qubo va Axsi bo'lib, har bir podshoxlar duxuli ilan bir-bir poytaxt bo'lib, avvalo poytaxt Qubo ekon [2.B.3-5] Shu bilan birgalikda arxeologik qazilmalarda topilgan Axsikent hammomlari masalasiga to'xtalsak, Anorboyevning 1991-yil IMKO' nashrining 25-qismida Axsikent hammomi nomli maqolasi arxeologik qidiruv natijalari bo'lib, ushbu ma'lumotlar Boburnoma hamda Ibratning maqolalaridagi ma'lumotlarni isbotlaydi.[8. C. 60]

Yana bir arxeologik yodgorlik Quva bo'yicha ham bir talay manbalar ma'lumotlari mavjud bo'lib, ulardagi asosiy ziddiyatli mavzu bu Quva atamasi hisoblanadi. Bir guruh tadqiqotchilar "kuchli", "keng shahar" deb qarasa, boshqalari o'zbek urug'laridan biri "quba", arabchadagi "qubba" yoki Alon Quva afsonasi bilan bog'lashadi. Ularning har qaysisida ma'lum

haqiqat bor. Turkiy elatlardan hisoblanmish sag'aylarda Quba xudosi bo'lgan. Unga ko'ra bir vaqtlarda samoviy otlarni qurbonlik qilganlar. Ushbu etnografik ma'lumotlarning Quva uchun, oz miqdorda bo'lsada, tegishli tomoni bor. Sababi, birinchidan nomiga o'xshashlik mavjud, ikkinchidan yuqorida keltirilganidek, sag'aylarda Quba xudosiga otlarni qurbonlik qilishgan.

Ushbu ma'lumotlardan kelib chiqib, biz Quva nomi ana shu "Quba" ilohi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, deb hisoblaymiz. "Tarixi shoxi Jarir'' da yozubdur:"Islomdan qadim Qubod podshox zamonida markazi hukumat kubo shahri erur. Yana "Ajoyib ul-buldon" da masturdurki, Farg'onani ikkinchi dafada Eron podshoxlaridan No'shiravon 531-milodiyda qilgon binosi debdur. Bu qavlga dalil bo'lurki, Farg'onada bo'lmish Qubo shahrining avvali binosi No'shiravon otasi Qubod bino qilgan deb avvalda yozilib o'tdi. Kubodni o'z ismiga Qubod qo'yib, holo dolni tarhim qilib, Qubo yozarlar, og'izda Qubo derlar. Quvoni hech ma'nisi yo'q.[2. B.7]

Ushbu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Quva nomi Kay Qubod nomi bilan ham bog'lanadi. Tarixchi A.Muhammadjonovning fikricha, shahar nomi "Qaviybod" , "Qavobod", "Qaybod" shakllarida talaffuz etilgan va qaviylarning qarorgohi, tojdor hukmdorning kayoniy taxti o'rnatilgan qasr va mamlakatning bosh shahri-poytaxt ma'nosini anglatgan. Keyinchalik o'zgarib Quva shaklini olgan. Aslida Quva(Qubo) nomi birinchi marta VIII asrning birinchi yarmidagi yozma manbada siyosiy voqealarning tafsiloti bayoni munosabati bilan tilga olinadi. Ivanov G.P. o'zining "Excavations at Kuva"[7.P.205] nomli Londonda 2003-yilda chop etilgan maqolasida Farg'ona vodiysining janubiy qismidagi qadimgi Quva obidasi dastlab XX asr boshlarida arxeologik e'tiborni jalb qilganligi va olimlarga mahalliy Kay Kubod Tepa nomi bilan ma'lum bo'lganligi, ushbu shahar haqiqatan ham X asr arab manbalarida juda oz tafsilotlar bilan bo'lsada eslatib o'tilgan Quba shahri ekanligini yozadi. Quvaning o'n joyida salkam 2500 kv. m. ga teng maydonda madaniy qatlamlar ochib o'rganilganligi va uning yangiliklarini muallif batafsil yoritib o'tadi.

Quvaning atrofida yaxshi qurollangan qishloqlar ko'p bo'lganligini Ibn Havqal quydagicha ifodalaydi: Qubo atrofida yaxshi qurollangan qishloqlar ko'p. Qubo hududida undan boshqa shahar yo'q. uning atrofida o'zinikidan boshqa shahar yo'q. bundan anglash mumkinki, Quva hududida shahar bo'lmagan lekin, qishloqlar ko'p bo'lgan. Quva shahri haqida Z.M.Boburning "Boburnoma" kitobida ham ma'lumotlar uchraydi. Quva XV asr oxirgi choragida Farg'ona atrofidagi yirik keng(qishloq)lardan biri, "Boburnoma" da Quboga oqib keladigan suv "Qubo suvi" (hozirgi Quvasoy, unga Karkidon suv ombori qurilgan) ham eslatilgan. Mazkur soy tekislikdan o'tgan qismida o't-o'lanlar orasidan oqqan va botqoqlik hosil qilgan: "Quboning botqoqlik qora suyi bor, ko'prugidin o'zga yerdin kechib bo'lmas,qalin cherik kelib ko'prukda tiqilib, qalin ot va teva bu qora suvga yiqilib zoyin bo'ldi. "Boburnoma" da

yozilishicha, Boburning Farg'ona viloyatida Sulton Ahmad Tanbal isyonlarini bostirish uchun olib borgan jang-jadallarida uning yo'li Qubo orqali o'tgan va shu yerda to'xtagan.[7.B.148]. Quva shahrida Qubo daryosi bo'lganligi haqida ham manbalar guvohlik beradi.Qubo daryosi Xallux tog'I yon bag'ridan boshlanadi va Qubo yaqinida O'zgand daryosiga quyiladi.[6. B.9] O'sha vaqtlarda Quva shahri Farg'ona nohiyatidagi eng obod shaharlardan biri bo'lgan. Hozirgi Quva shahri markazida mahalliy aholi "Shahriston" deb ataydigan va bir necha gektar maydonni egallagan tepaliklar yastanib yotadi. Olamga tanilgan mazkur shahar Yoshi ko'pchilikni o'ylantiradi. Odatda shaharlarda eng qadimgi hududi ko'proq ark qismida uchraydi. Arxeologlar arklarda nisbatan qadimgi qatlamlarni aniqlaganlar. Quva arkida ham shunday. Ark qurilgan vaqt yaqingacha miloddan avvalgi II-I asrlar deb hisoblanardi, lekin keyingi izlanishlar shahar yoshi bundan qadimiyroq ekanini ko'rsatmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Farg'ona vodiysi tarixini o'rganishda tarixiy manbalar bilan bir qatorda arxeologik tadqiqotlar materiallari bergan ilmiy xulosalarni ham o'rganish juda muhim hisoblanadi. Arxeologik qazuv ishlari natijalarini manbalardagi bir qator ma'lumotlar tasdiqlagan holda, ba'zi holatlarda manbalardagi ma'lumotlar arxeologik tadqiqotlar xulosalari bilan mos tushavermaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. A.Anorboyev, U.Islomov, B.Matboboyev "O'zbekiston tarixida qadimgi Farg'ona" T.:

2001

2. Ishoqxon To'ra Ibrat "Tarixi Farg'ona" "Ma'naviyat" T.:2005

3. ^осимов Й.Кадимги Фаргона сирлари. T.:1992

4. Зах,ириддин Мухдммад Бобур. Бобурнома. - Т.:1989.

5. "Hudud ul-olam" muallifi noma'lum O.Bo'riyev tarjimasi T.:2008

6. Omonullo Bo'riyev "Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasidan lavhalar" T.:2014

7. Ivanov G.P. Excavations at Kuva (Ferghana valley/ Uzbekistan) // Iran. XLI, pp. 205-216. L.: 2003 P.205.

8. Заднепровский Ю. А., Матбабаев Б. Х. Городище Мархамат (некоторые итоги изучения) // История материальной культуры Узбекистана. Т.:1991. Вып. 25.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.