Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
FARG'ONA TARIXI XORIJIY SAYYOHLAR ASARLARIDA
Sattarov Kamoliddin Fazliddin o'g'li
Namangan shahar 88-maktab tarix fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqlada Farg'ona vodiysining ta'rixi va uning boshqa olimlar, xususan sayohlar asarlarida bayon etilishi borasida ilmiy ma'lumotlar va tahliliy xulosalar bildirilgan. Ushbu hududning qadim va hozirgi tarixi taqqoslangan.
Kalit so'zlar: farg'ona vodiysi, o'rta asrlar ta'rixi, madaniyat, turizm, Xitoy, sayyohlar
АННОТАЦИЯ
Статья содержит научную информацию и аналитические выводы об истории Ферганской долины и ее описание в трудах других ученых, особенно берегов. Сопоставляется древняя и современная история этой местности.
Ключевые слова: Ферганская долина, средневековая история, культура, туризм, Китай, туристы.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida»gi qarorida 2021 yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so'ngida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan tom ma'nodagi buyuk, olamshumul voqea O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi e'lon qilinganiga 30 yil to'lganligi qayd etildi. Unda mustaqillik yillarida ko'p millatli O'zbekiston xalqi o'zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etgani, og'ir sinov va mashaqqatlarni mardonavor yengib, katta taraqqiyot yo'lini bosib o'tgani qayd etildi. Yurtimiz avvalgi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanayotgan maskanga aylandi, xalqimizning turmush darajasi, ijtimoiy-siyosiy faolligi, ongu tafakkuri rivoj topa boshladi. Mustaqillik ne'mati ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalari, sohalari qatori oliy ta'lim, ilm-fanni ham qamrab oldi.1
Farg'ona vodiysining tarixi va arxeologiyasini o'rganishda arxeologik ekspeditsiyalarning o'rni beqiyos. Ushbu ekspeditsiyalarning natijalari bugungi kunda vodiy tarixi va arxeologiyasini o'rganishda muhim hisoblanadi. Shunday
1 Sultonov Xayritdin Madriddinovich "O'zbekiston tarixi xorijiy manbalarda" Toshkent «Akademnashr» 2021 3-b
455
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
ekspeditsiyalardan biri 1885-yil fevral oyida rus arxeologi, sharqshunos Nikolay Ivanovich Veselovskiy tomonidan amalga oshirildi. U qabr toshlardan yasalgan Mukxona (Mukovlar uyi) ni birinchi bo'lib qadimiy qabrlar sifatida aniqladi va tavsiflab berdi. Ivanovich o'rgangan kurumlarning umumiy sonidan faqat beshtasi saqlanib qolgan. Bulardan tashqari ekspeditsiya loy idishlar, tosh eshaklar va temir pichoqlar; ko'pburchak qabrlar, va dumaloq metall oyna kabi bronza asboblarni topgan. Shuningdek, Veselovskiy uchta qadimiy poytaxt - Axsi, Koson va O'zgan xarobalarida qazish ishlari olib borgan. O'shda Sulaymon tog'ida arab yozuvini topdi va uni tarjima qilgan2
ADABIYOTLAR SHARHI
O'zbekistonning eng go'zal va betakror makonlaridan biri bu Farg'ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatkariga ko'ra Farg'ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan. Farg'ona viloyatining davlatchiligimiz tarixida tutgan o'z o'rni ham bor. Miloddan avvalgi II- I asrlarda bu yerda mintaqadagi ilk davlatchilik tizimlaridan biri mavjud bo'lgan. Albatta, uning asoslari ancha ilgariroq, kam deganda miloddan avvalgi 1-ming yillik o'rtalarida shakllana boshlanganiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Farg'ona vodiysining o'rganilishi xususan o'rta asrlar tarixi davlatchiligimiz tarixida muhim o'rin tutadi. Bu davrda vodiyda Eftaliylar, Turk xoqonligi va arablar ketma-ketlikda hukm surganlar. Farg'ona vodiysining ilk o'rta asrlar tarixi hali alohida tadqiqot mavzusi sifatida olinmagan va ilk o'rta asrlar tarixi bo'yicha fundamental asar yaratilmagan. O'tgan asrda A.N Bernshtam tomonidan Qadimgi Farg'onall nomli risolasida turklar va arablarning vodiydagi faoliyati haqida to'xtalib o'tilgan. 2013-yili esa A. Xo'jayev tomonidan Farg'ona tarixiga oid ma'lumotlarl kitobi nashr etildi. Unda Farg'ona vodiysi tarixiga oid xitoy manbalari tarjimalari va sharhlari keltirilgan. Shuningdek, A. Otaxo'jayev va M.M Xatamovalar ushbu davr bo'yicha jiddiy ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.
TADQIQOT METODOLOGIYASI TAVSIFI
Mavzuni o'rganishda o'rta asrlarda musulmon Sharqida yaratilgan asarlar manba bo'lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Bakr Narshaxiyning Buxoro tarixi, Al-Balazuriyning Kitob futuh al-buldon, Ibn Xurdodbehning Kitob masolik al-mamolik, Tabariyning Tarix ar-rusul va-l-muluk, Is'hoqxon Junaydullohxo'ja o'g'li Ibratning Farg'ona tarixi, Ibn Xavqalning. Kitab surat ularz asarining o'zbek va rus tillaridagi
2 HMneparopcKaa apxeororanecKaa komhcchh (1859-1917). SAN-PETERBURG 2009.C.792
456
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
nashridan, Ibn al-Asirning Al-kamil fi-tTa'rix, Abu-l-Fadl ibn Muxammad Djamal ad-Din Qarshiyning. Mulkahat assurox asarlaridan foydalanildi. Shu bilan birga mazkur asarlarlar bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar ham mavzuni o'rganishga jalb etildi.
Mavzu tarixiylik, obyektivlik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy tamoyillar asosida o'rganildi.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
Farg'onaning V - X asrlar tarixi to'g'risida ma'lumot beruvchi manbalarning asosiy qismini arab tilida yozilgan asarlar tashkil etadi. Ular qatoriga Balazuriy (820 - 892)ning "Futuh al-buldon", Dinovariyning (828 - 896) "Kitob al-axbor at-tivol", Ya'kubiy (IX asr)ning "Ta'rix" va "Kitob albuldon", Tabariy (839 - 923) qalamiga mansub "Tarixi ar-rusul va-l-muluk", Xurdodbeh (820 - 913)ning "Masolik al-mamolik", Al-Istaxriy (850 - 934)ning "Kitob masolik va-l-mamolik", Ma'sudiy (896 - 956)ning "Muruj az-zahab", Ibn al-Faqih (IX - X asrlar)ning "Kitob axbor albuldon", Ibn Havqal (X asr) tomonidan yozilgan "Kitob surat ul-arz", Ibn an-Nadim (X asr)ning "Kitob al-fihrist", Muqaddasiy (947 - 1000)ning "Ahsan al-taqosim fi ma'rifat al-aqolim", Miskavayh (X - XI asrlar) tomonidan bitilgan "Tajarib al-umam", Utbiy (961 - 1037) tomonidan yozilgan "Tarixi Yaminiy", Najmuddin an-Nasafiy (1067 - 1142)ning "Al-Kand fi zikri ulamoi Samarqand", As-Sam'oniy (1113 - 1167)ning "Kitob al-ansob", Ibn al-Asir (1160 - 1234)ning "Al-komil fi-t-tarix", Ibn al-Qiftiy (1172 - 1248) tomonidan bitilgan "Tarix al-hukamo", Yaqut Hamaviy (1179 - 1229) qalamiga mansub "Mu'jam al-buldon", Ibn Xalliqon (1211 -1282)ning "Vafoyot al-a'yon va anbau al-zamon" asarlarini3 kiritishimiz mumkin.
Ushbu masalada Xitoylik sayyohning ham fikr mulohzalari alohida ahamiyatga ega. 726-yili Xitoy sayohatchisi Farg'onaga kelmagan bo'lsada, unga ma'lumot beruvchilar bu davrda vodiyda budda dini ta'limoti yo'q deb xabar berganlarida qisman bo'lsada xaqiqatni aytgan edilar4.
Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova tarixiy-madaniy turizmni "mamlakatning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga olgan an'ana va urf-odatlari, uy xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'langan ijtimoiy-madaniy muhit salohiyati" deya ta'riflaydi5.
3 Ibnu'l Esir. Islam tarihi. El Kamil Fi't Tarih Tercumesi. / Ceviren Yunus Apaydin. - Cilt 6. - Istambul: Turkiyat matbaacilik ve nesriyat, 1986. - 492 s;
4 Бернштам А.Н. Тюрки и Средняя Азия в описаниях Хой Чао (726) // ВДИ. №1. Москва, 1952. С. 187-195
5 . Колотова Е. В. Рекреационное ресурсоведение: Учеб. пособие. - М.: РМАТС. [1, с. 92-93]
457
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi o'zaro bog'liq bo'lgan va bir-birini to'ldiruvchi uchta:
1) madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish,
2) madaniyatni muhofaza qilish va qayta tiklash,
3) madaniyatlar muloqoti kabi yo'nalishlardan iborat deya hisoblaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy turizmning asosiy gumanitar funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi: - madaniy-ma'rifiy va ta'limiy; -madaniy muhofaza va saqlash; - aloqalar o'rnatish va tinchlikparvarlik.
G.Karpov va L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni "kishilaming yangi axborot, tajriba va taassurotlarga ega bo'lish uchun madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va tarixiy joylar, san'at galereyalari, musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik san'ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy aholining an'anaviy dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot uylariga tashrif buyurishi" deb hisoblaydilar va farg'onada aynan ushbu muhitning mavjudligi borasida fikr bildirganlar.6.
Bir so'z bilan aytganda O'zbekistonda xususan Fargo'na vodiysida o'zining ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur'atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o'ziga tortmoqda. Asrlar mobaynida O'zbekiston Buyuk ipak yo'lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo'g'rofiyashunoslar va missionerlar, isti'lochilar va zabt etuvchilarning yo'lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O'zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an'ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo'nalishlaridan biriga aylanmoqda7.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Farg'ona haqida fikr mulohzalar turli davrlarda ko'plab tarixshunos olimlar va sayyohlar tomonidan bayon qilingan. Jumladan Ya'kubiyning "Ta'rix" asari Farg'onaning arablar davri tarixini yoritishda birlamchi manbalar sirasiga kiradi. Garchi muallif bir necha voqealarni Ma'sudiy va Tabariyga suyangan holda yoritgan bo'lsa-da, u keltirgan Farg'onaning Qutayba tomonidan to'liq egallanmaganligi, Farg'ona hukmdorlarining Qoshg'ardagi hayoti, ularning Farg'onaga qaytishi, farg'onaliklarning Rofe' ibn Lays isyonida ishtiroki to'g'risidagi ma'lumotlari boshqa manbalarda uchramaydi. Yoki biz yuqorida aytgan Xitoy,
6 Карпов Г.А., Хорева Л.В.Экономика и управление туристской деятельностью. СПб., 2011. 268 с. [2.С.135]
7 Faryozbek Paxlavon o'g'li Mamatazizov "O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI FARG„ONA VODIYSI MISOLIDA (1991-2021-YILLAR)" Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 Issue 5 May, 2022 www.carjis.org 269-b
458
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Rossiya, Angliya va boshqa davlat sayyoh va olimlarining ushbu o'lka haqidagi manbalari ham masalaga yanada obyektiv yondashish imkonini beradi. Ammo manbalar cheklanganligi va umumiy xarakterga egaligi nuqtai nazaridan alohida tadqiq qilish zarurati tug'iladi.
REFERENCES
1. Abdullaev U.S. Antik va ilk o'rta asrlarda Farg'ona vodiysida etno-siyosiy ahvol Farg'ona vodiysi tarixi muommoalarill mavzuidagi respublika ilmiy anjumani materiallari. Namangan. 2012. b. 22-26.
2. Matboboev B.X. Ilk o'rta asrlar jamiyatida madaniy jarayonlar: Mahobatli san'atning shakllanishi (Farg'ona vodiysi misolida) // —Farg'ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda mavzuidagi III respublika ilmiy anjumani materiallari. Farg'ona, 2014.
3. Boboyorov G'. Turk xoqonligining Movarounnahrdagi boshqaruv tizimi haqida // O'zbekiston tarixi, 2000, №4. b. 14-19.
4. Sultonov Xayritdin Madriddinovich "O'zbekiston tarixi xorijiy manbalarda" Toshkent «Akademnashr» 2021 3-b
5. Ibnu'l Esir. Islam tarihi. El Kamil Fi't Tarih Tercumesi. / Ceviren Yunus Apaydin. - Cilt 6. - Istambul: Turkiyat matbaacilik ve nesriyat, 1986. - 492 s;
6. Бернштам А.Н. Тюрки и Средняя Азия в описаниях Хой Чао (726) // ВДИ. №1. Москва, 1952. С. 187-195
7. Колотова Е. В. Рекреационное ресурсоведение: Учеб. пособие. - М.: РМАТС. [1, с. 92-93]
8. Карпов Г.А., Хорева Л.В.Экономика и управление туристской деятельностью. СПб., 2011. 268 с. [2.С.135]
9. Faryozbek Paxlavon o'g'li Mamatazizov "O'zbekistonda turizm sohasining shakllanishi va rivojlanishi farg'ona vodiysi misolida (1991 -2021 -yillar)" Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 21812454 Volume 2 Issue 5 May, 2022 www.carjis.org 269-b
b. 39-42.