Научная статья на тему 'ERSHI (MINGTEPA) HUDUDIDAGI TARIXIY-ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI XUSUSIDA'

ERSHI (MINGTEPA) HUDUDIDAGI TARIXIY-ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
429
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Qadimgi Farg‘ona / B.X.Matboboyev / Davon / Andijon / Mingtepa / Shukurmergan / Yuqori Rovot / Rovot / Sopol ko‘za / Xum / Arpa donlari / “Samoviy tulporlari”. / ancient Fergana / B.X.Matboboev / Davan / Andijan / Mingtepa / Shukurmergan / upper Rovat / Rovat / ceramic jug / Hum / barley grains / “heavenly tulpars”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismoil Xoshimjon O‘g‘li Rayimjonov

Muallif mazkur maqolasida Qadimgi Farg‘ona hududida vujudga kelgan Davon davlati (miloddan avvalgi IV-milodiy IV asrlar) poytaxti Mingtepa (Ershi) arxeologik yodgorligini arxeolgik tadqiqotlar va yozma manbalar asosida tahlil qilib, bugungi kunda ham ushbu hududlarda arxeologik izlanish olib borilayotganligi, tadqiqot joyidan topilgan yangi topilmalar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON HISTORICAL AND ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS IN ERSHI (MINGTEPA)

In this article, the author analyzed the archaeological monument of Mingtepa (Ershi), the capital of the state of Davan (IV-IV centuries BC), which arose in the territory of ancient Fergana, on the basis of archaeological research and written sources, and gave information about its results. today he spoke about the archaeological research carried out in these regions.

Текст научной работы на тему «ERSHI (MINGTEPA) HUDUDIDAGI TARIXIY-ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI XUSUSIDA»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ERSHI (MINGTEPA) HUDUDIDAGI TARIXIY-ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI XUSUSIDA

Ismoil Xoshimjon o'g'li Rayimjonov

Guliston davlat universiteti 1-bosqich magistranti irayimj [email protected]

ANNOTATSIYA

Muallif mazkur maqolasida Qadimgi Farg'ona hududida vujudga kelgan Davon davlati (miloddan avvalgi IV-milodiy IV asrlar) poytaxti Mingtepa (Ershi) arxeologik yodgorligini arxeolgik tadqiqotlar va yozma manbalar asosida tahlil qilib, bugungi kunda ham ushbu hududlarda arxeologik izlanish olib borilayotganligi, tadqiqot joyidan topilgan yangi topilmalar to'g'risida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Qadimgi Farg'ona, B.X.Matboboyev, Davon, Andijon, Mingtepa, Shukurmergan, Yuqori Rovot, Rovot, Sopol ko'za, Xum, Arpa donlari, "Samoviy tulporlari"

ON HISTORICAL AND ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS IN ERSHI

(MINGTEPA)

ABSTRACT

In this article, the author analyzed the archaeological monument of Mingtepa (Ershi), the capital of the state of Davan (IV-IV centuries BC), which arose in the territory of ancient Fergana, on the basis of archaeological research and written sources, and gave information about its results. today he spoke about the archaeological research carried out in these regions.

Keywords: ancient Fergana, B.X.Matboboev, Davan, Andijan, Mingtepa, Shukurmergan, upper Rovat, Rovat, ceramic jug, Hum, barley grains, "heavenly tulpars"

Mingtepadek buyuk tariximizni yorituvchi, isbotlovchi maskanlarimiz bor ekan, biz nima uchun boshqalar oldida boshimizni ko'tarib yurmasligimiz kerak. Albatta, bunday buyuk o'tmishimiz haqida, avvalo, o'zimiz yoshlarimiz ichida keng targ'ib qilishimiz kerak.

SH. M. Mirziyoyev.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

KIRISH

Yurtimiz mustaqillikga erishgandan so'ng, juda ko'plab qadryatlarimiz qayta tiklandi, shu qatori muqaddas qadamjolar, masjid, madrassalarga bo'lgan etibor yuksak ko'rinishga yetdi. Yurtimiz boy madaniy merosi, va uning tarixiga, qadimgi yodgorliklarni o'rganishga bo'lgan qiziqish, milliy faxr hissi insonga juda katta kuch bag'ishlaydi. Yurtimiz kabi qadim tarixi bilan faxrlana oladigan xalqlar, davlatlar jahonda ozchilikni tashkil etadi. Bugungi kunda yurtimizni shunday qadimiylikda dunyoning eng mashhur shaharlari bilan tenglasha oladigan yodgorliklardan Farg'ona vodiysida ham mavjud bo'lib, ular olimlar, mutaxasislar tomonidan o'rganilyabdi. Qadimdan Farg'ona vodiysi o'zing tabiiy qulay iqlimi, unumdor tuproqli serhosil yerlari, tabiiy mudofaa devorlari xisoblangan tog'lar bilan o'ralganiligi uchun ham ajdodlarimiz yashab makon tutgan va o'troq hayot tarziga o'tgan hududlardan xisoblanadi.

Ajdodlarimiz bu vodiyda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanib asta sekinlik bilan o'troq hayotga tarziga o'tib, vaqt o'tishi bilan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlanishi natijasida o'ziga xos shaharsozlik madaniyatlariga asos solganlar. Vodiy yodgorliklari o'tgan asrdan boshlab ko'plab olimlar tomonidan o'rganilgan va ular tomonidan so'nggi bronza davridan o'rta asrlargacha bo'lgan davrga oid ko'plab shaharlar o'rganilgan ko'plab materiallar to'plangan.

Mavzuga oid afabiyotlar sharhi

Tarixiy arxeologik yodgorlik o'rganilishiga ahamiyat qaratadigan bo'lsak bu ko'hna zaminga qadimdan olimlarning qiziqishlari juda yuqori bo'lgan. Bugungi kunda ham ushu hududda ko'plab arxeologik izlanishlar olib borilmoqda.

Bu tarixiy obidada arxeolglar, professorlar M.E.Masson 1939-yilda, A.N. Bernshtam[1:4] 1946-1948-yillar va 1950-1952-yillarda, Yu.A.Zadneprovskiy 1974-yil va 1987-yillarda, tarix fanlari doktori Boqijon Matboboyev rahbarligida 1986-1987-yillarda va 2002-yillarda qazishma ishlari olib borilgan[2:69]. Arxeolog olim A.N.Bernshtam o'zining xulosalarida: "Ershining Xitoy transkriptsiyasi shubhasiz Urashtning nomlaridan biri xisoblanadi. Bizning fikrimizcha, u aniq bir joyga joylashgan bo'ilishi mumkin, ya'ni Arovon soyi oldidagi Marhamat xarobalariga mos keladi, chunki uning ustida rasm (samoviy otlar tasvirlangan) solingan qoya mavjud. Bunday mahobatli shahar (Xitoy manbalarida tasvirlangani kabi) Quva va O'sh oralig'ida boshqa uchramaydi. Marhamat xarobalari mahobatlidir... Shunday qilib, biz quyidagi hulosaga keldik: Aravon soyi qirg'og'iga joylashgan marhamat qishlog'idagi xarobalar qadimiy Ershi shahrining xaroblaridir... " deb ta'kidlagan[3:8].

Tadqiqot metodologiyasi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Mavzuni tadqiq etish jarayonida qiyoslash, tavsifiylik, tizimli tahlil, arxeologik topilmalarni xronologik xronikasini o'rganish, tarixiy-qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.

Tadqiqotni izlanish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda tarixchi olimlarning fikrlari, xulosalari, ular tomonidan chop ettirilgan ilmiy maqolalar, arxeologik izlanishlar davomida topilgan materiallarning tasnifi, ular tomonidan yozilgan monografiyalar asos bo'lib xizmat qiladi.

Tahlil va natijalar

Mustaqillikga erishganimizdan keyin Mingtepa hududida o'tgan yillar mobaynida arxeolog olimlar va mutaxasislarimiz tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mingtepaning tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bu hududda tarixiy manbalarda Qadimgi Farg'ona vodiysida vujudga kelgan Davon davlatini markazi, eng yirik bosh shahri Ershi shaharni bo'lganligini bilamiz. Vodiydagi bu yirik davlat haqidagi ko'plab ma'lumotlar Xitoy tilidagi manbalarda uchratishimiz mumkin. Xitoyning qadimgi yozma manbalarida "Buyuk ipak yo'li"da joylashgan bu qadimgi shahar o'zining rivojlangan dehqonchiligi, hunamandchilik sohalari, shu bilan birga qadimgi sharq dunyosiga mashhur "Samoviy tulporlari" haqida ma'lumotlar keltiradi. Mingtepa shahar xarobasi o'rganilish davri davomida ikki qismdan, ichki va tashqi shaharlardan iborat ekanligi oydinlashdi. Shunda ichki qism, taxminan, 41,2 gektar, tashqi shahar qismi 320 gektardan ortiq maydonni egallagan antik davr yodgorliklaridan biri bo'lgan [3:8]. Mingtepa arxeologik yodgorligi xygygnga arxeolog olimlar tomonidan o'tgan asrning 30-yillaridan boshlab qazishma ishlari olib borilmoqda. Mingtepa shahar xarobasi, mashhur arxeolog olimlar A.N. Bernshtam, Y.A Zadnepprovskiy, B.X.Matboboyevlarning izlanishlari natijasida kelgan xulosalariga binoan, Qadimgi Davon davlatining potaxti Ershi shahri ekanligi aniqlandi. Ayniqsa, 2012-yildan buyon tarix fanlari doktori Boqijon Matboboyev raxbarligida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar akademiyasi Arxeologik instituti arxeolog olimlari bilan hamkorlikda Mingtepa hududida arxeologik dala tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O'tan yillar davomida yodgorlikning 20 ortiq nuqtasida arxeologik qazishma ishlari amalga oshirildi1. Mingtepa hududi bu arxeologik yodgorlik topilgan joylar mahalliy aholi uylari va ularni qaramog'ida bo'lgan ekin yerlari, mevali bog'lar ostida joylashgan.

Hozirda madaniy qatlamga zarar yetkazib qo'ymaslik uchun bu hududlar aholi va tegishli mutahasislar tomonidan nazoratga olingan. Mingtepada har yil bahordan kuzgacha bo'lgan davr davomida arxeologik ishlar amalga oshirilmoqda, bu ilmiy tadqiqotlarga olimlarimiz tarix fanlari doktori Boqijon Matboboyev, tarixchi mustaqil

1 Mingtepa.uz/MHHrTena-ap.\eojorHK-KammMajap-Ba-v-i/14.()5.2()22.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

tadqiqotchi Musojon Bobojonov va ko'plab mutaxasislarimiz bilan birga yosh tarixchilar Andijon davlat universiteti tarix yo'nalishi talabalari ham ishtrok etib o'z bilim ko'nikmalrini mustahkamlamoqda. Sovuq tushib yomg'irli kunlar boshlangandan keyin arxeologik ishlar vaqtincha to'xtatilib, ochilgan yodgorlik hududlari suvdan saqlanishi uchun, maxsus jihozlar va materiallar bilan yopilib ustidan tuproq tortilib qo'yildi. Sababi Yana keyingi arxeologik ishlar boshlanguncha uni moddiy ashyolar va madniy qatlamiga ziyon yetmasligi uchun.

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o'z sherlarida yurtimizdagi bu tarixiy maskanni dunyodagi hech qaysi joyga almashtirib bo'lamydigon joyligini o'z misralarida keltiradi.

O, ota makonim, Onajon o'lkam, O'zbekiston, jonim to'shay soyangga. Senday mehribon yo'q, Seningdek ko'rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga... 2

O'zbekiston xalaq shoiri Muhammad Yusuf bu she'rni bejiz yozilmaganiga etibor berish naqadar muhim, ajdodlarimiz bizga qoldirgan yodgorliklarni asrab-avaylab, ularni o'rganib, qayta rekansturksiya ishlarini olib borib kelajak avlodga yaxshi holatda yetgazish bugungi avlodlarni burchidir. Shoir aytganidek "Rimni alishmasman bedapoyangga" degan misrasida juda katta ma'no va haqiqat mavjud. Chunki qadimiylikda Rim bilan teglasha oladigon yodgorliklar mavjudligi Mingtepada joylashgan Ershi shaxar xarobasi bedapoyalar ostida joylashganligi arxeologik tadqiqotlar natijasida o'z isbotini topmoqda.

Keyingi yillarda arxeolog olimlarimiz tomonidan oilib borilgan qazishmalar, izlanishlar natijasida Mingtepaning tarkibiy tuzilishi (ark, ichki shahar va tashqi shahar), moddiy madaniy qatlamlari stratigrafiyasi, mudofaa tizimi va bu yerda yashagan aholining hunarmandchiligi, san'ati, urf-odatlari, diniy tassavurlari to'g'risida yangi

"5

ma'lumotlar olindi3 .

Bundan tashqari Mintepa hududida Ershi shahar xarobasidan tashqari yana bir nechta tarixiy yodgorliklar mavjudligi haqida mahalliy aholi tomonidan ma'lumotlar kelgan. Aholi tomonidan o'sha hududlardan sopol buyumlar, katta xum va boshqa tarixiy topilmalar topilganligi aytilgan. Jumladan, Shahar markazidan (Mingtepadan) 14 km janubiy-g'arbida joylashgan Shukurmergan qishlog'i hududida joylashgan Yuqori Rovot, Rovot, Durafshon mahallalari chegarsida joylashgan hududda ham ajdodlarimiz yashagan manzilgohdan dalolat beruvchi asoru-atiqalar topilgan madaniy qatlamlap mavjud. Masalan, bu yerdan topilgan katta xum (ichida arpa donlari chiqgan) va sopol

2 Tafakkur. net/iqror/muhammad-yusuf.uz 14.05.2022.

3 Mingtepa.uz/MHHrrena-apxeoflorHK-Ka3HmMaflap-Ba-vfl/ 26.01.2022.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ko'zani (misol sifatida) topilishi keltirishimiz mumkin. Bu kabi Mingtepadagi tarixiy yodgorliklar haqida keyingi ilmiy izlanishlarimizda kengroq ma'lumotlar keltirib o'tamiz.

Xulosa qilib shuni aytish mumkin, bizning yurtimiz o'tmishi qadimiy va juda boy tarixga ega xisoblanadi. Farg'ona vodiysida ham tarixiy yodgorliklar ko'plab topilib, olimlarimiz va mutaxasislarimiz tomonidan vatanimiz tarixi xolisona o'rganilmoqda, vanatimiz hududidagi tarixiy yodgorliklar jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilgan. Biz bu tarixiy yodgorliklarni asrab avaylashimiz, uni kelajak avlodga tarixiy holatini yo'qatmagan holda yetkazishimiz bugungi avlodni vazifasi xisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Бернштам А.Н. Араванские наскальные изображения и Даванская (Ферганская) столица Эрши. Советская этнография, 1948, №4.

2. Матбобоев Б.Х., Абдуллаев Б.М., "Оборонительные сооружения древней Ферганы". -Тошкент. "EXTREMUM PRESS", 2011.

3. Ша^ло Хусанова., Мингтепа.- Наманган:. Наманган наширёти, 2019. - б. 288.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.