UZLUKSIZ TA'LIMDA ARXEOLOGIYA FANIDAGI INNOVATSIYALAR
Zulxumar Raxmonberganova Kuchkarova
Andijon davlat Universiteti Tarix fakulteti, o'qituvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda Arxeologiya yo'nalishining tarixi hamda arxeologiya fanining integratsiyalashuvi natijada fandagi innovatsion yangiliklar yoritilgan.
Kalit so'zlar: sistema,integratsiya,innovatsiya,ekofakt, artefakt, antiquitates, momumental, platform
ИННОВАЦИИ В АРХЕОЛОГИИ В НЕПРЕРЫВНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Aннотация: Это статья освящена история направления археологии в Узбекистане и инновационные инновации в науке в результате интеграции археологической науки.
Ключевые слова: сисмем,интегратсия,инноватсия,экофакт артефакт монументаль, платформ
INNOVATION IN ARCHEOLOGY IN CONTINUOUS EDUCATION
Abstract: This article covers the historiy of archeology in Uzbekistan as well innovative innovations in science as a result of integration of archeologiya.
Keywords: system, integration, innovation, ecofact, artefact, antiquitates, monumental, platform
O'tmish kelajakni belgilaydi - deydi dono xalqimiz. Haqiqatdan ham o'tmishda yuz bergan har bir voqea, hodisa bugungi kun uchun poydevor vazifasini o'taydi, Ayniqsa. Xalqlarning ma'naviyatini boyitishda o'tmish voqealarining o'rni beqiyosdir. Arxeologlar tomonidan topilgan moddiy ashyolar va tadqiqotlar natijasi eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar O'zbekiston tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to'laroq tassavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Arxeologiya - tarix fanining mustaqil yo'nalishi bo4ib, o'zining tadqiqot obyekti, shuningdek, ularni ochib o'rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi. Yani zamonaviy tushunchada arxeologiya ibtidoiy, antik, o'rta asrlarga oid
yodgorlíklarní o'rganish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi. Arxeologiyada qadimgi davr tarixi tabiiy-geografik sharoit bilan bog'iq holda tadqiq qilinadi. Arxeologiyada bu "ekofakt" va "artefakt" tushunchalari bilan ishlatiladi.
"Ekofakt"- insonlarni qurshab turgan tabiiy-geografik muhit omilllaridir. Inson hayot uchun zarur narsalarni tabiatdan oladi va yashash tarziga xos madaniy iz qoldiradi. Arxeologlar huddi shu madaniy izlar orqali insoniyatning izlarini tiklaydi. "Artefakt"- insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat obyektlari sanaladi, ularni izlab topish, yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida tarixning umumiy tiklash arxeologlarning vazifasi hisoblanadi.[1,4-5b]. Sistemalashtirish orqali arxeologiyani o'rganish ta'limni sifatini oshiradi hamda talaba-yoshlarning tushinishi ancha osonlashadi. Xorazm antik davr yodgorliklarining kanallar bo'yicha sistemalashuvi qal'alar ketma-ketlikda o'rganishni osonlashtirdi.[2,-72-75b]. Ta'limda bilimlar cheksizdir, shu tufayli o'qitish jarayonida yangi innovatson texnikalar bilan etapma-etap ta'lim berilsa efekt shuncha kuchli bo'ladi.
Arxeologiya fani-fanlar aro integratsiyalashuvi natijasida qayta tiklanib, to'ldirilib boyitiladi.
Arxeologiya fanining integratsiylshuvi fanlar orasida
Etnografiya antropologiya numizmatika linvistika arxbotanika biologiya
Fanning integratsiyalashuvi natijasida fani o'qitishda yangi innovatsion texnikalar ishlab chiqiladi. Arxologiya bizda XIX asrdan asta-sekin rivojlangan fan sohasi hisoblanadi. Turkiston olkasi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, rus arxeologlari tomonidan tadqiqotlar boshlandi, natijada bu yerda ham arxeologiya fanga qiziqish ortdi. 1895 yil 11- dekabrda Turkiston arxeologiya havaskorlar to'garagi tashkil etildi, u 1917yilgacha faoliyat ko'rsatdi. To'garak dastlab Ashxabotda tashkil qilinib, keyinchalik Samarqandga ko'chirilgan. XIX asrning 80-90-yillarida mahalliy aholi orasidan ham qadimiyatga qiziquvchilar ko'payadi. Bu davrda Afrosiyob, Ulug'bek rasadxonasi va Poykand xarobalarida dastlabki qazuv ishlari olib borilgan. Keyinchalik V.L. Vyatkin Afrosiyob xarobasini, M.Ye. Masson Ohangaron vodiysini, A.Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysini, V.A. Shishkin Tali Barzu Varaxshani, A.P. Okladnikov Teshiktosh va Machay g'orlarini, S.P. Tolstov va Ya.G\ Gulomov qadimgi Xorazm vohasidagi sug'orilish kanallarini [3,108b], qazib o'rgandilar.
1940 yilda Orta Osiyo Davlat universitetining Tarix fakulteti bazasida M.Ye. Massonning tashabbusi bilan Orta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi tashkil etiladi. Kafedra azolari tomonidan Orta Osiyoning turli respublikalarida, ayniqsa Turkmaniston va Ozbekistonda keng kolamli qazuv ishlari olib borildi. 1970 yilda OzR FA Arxeologiya institutining tashkil etilishi arxeologik tadqiqotlarning kolamini yanada kengaytirdi.[4,7-10b]
XX-asr davomida butun O'zbekiston hududida barcha davrlarga taalluqli arxeologik yodgorliklar, qadimgi kanallar, suv ozanlari o'rganildi va bugungi kunga qadar Respublikamizning barcha viloyatlarida o'rganish davom etmoqda, chunki olis o'tmishning ochilmagan qirralari bisyordir. Respublikamizda arxeologlarning faoliyati 2009 yil 29-avgustda Senat tomonidan ta'sdiqlangan "Arxeologiya meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydananish to'g'risidagi" qonun hujjat bilan yanada mustahkamlanib keng imkoniyatlar yaratildi. Bugungi kunda jamiyatimiz tomonidan ta'limga katta e'tibor qaratilmoqda, fanlarni chuqur o'rganish ham innovatsin texnikalar bilan amalga oshirilmoqda O'zbekiston Arxeologiya markazi tomonidan Jizzax viloyatining tog'li hududlarini o'rganishda yangi innovatsion texnika ya'ni georadar-magnitometrik asbobidan foydalanish orqali yer ostidagi qatlam aniq ochib berildi, bir necha yilar davom etadigan arxeologik qazishmalar jarayonini osonlashtirib berdi.
Shular jumlasidan Andijon viloyati Mingtepa shahar xarobalari o'rnida, ko'plab mahalliy va chet ellik arxeologlar qazishma ishlarini olib bordi. Ayniqasa, 2012 yildan buyon tarix fanlari doktori, professor Boqijon Matboboev rahbarligida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti olimlari hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy izlanishlari natijasida qadimgi poytaxt shahardan qimmatli topilmalar, moddiy ashyolar topildi, bu noyob
topilmalar tarixga o'zgartirishlar kiritdi. Manbalarga ko'ra, 2000 yildan ziyod vaqt avval Mingtepa Farg'ona vodiysidagi eng yirik to'laqonli qasr-shahar bo'lgan.
Qasr - shahar deb atashimiz uchun jahon ilmiy ishlanmasiga ko'ra, dastlab hududi 5-6 ga kam bo'lmagan va unda aholisi zich joylashgan bo'lishi, chor atrofi mudofaa devor bilan o'ralgan bo'lishi, shaharning yuqori tabaqa hokimlarining turar joyi oddiy fuqorolarinikidan ajralib turishi, shahar hokimining baland poydevori (platform) ustiga qurilgan monumental qasri, shahar ramzi va belgisi hisoblamish shahar muhrining mavjud bo'lishi lozim. [5,6b]. Demak, yuqorida keltirilgan belgilar tadqiqotlar natijasida aniqlanib, Davon davlatining poytaxti Ershi, keyinchalik Mingtepa deb qayta nomlanganligi aniqlandi va bu joydagi tadqiqot ishlari yakunida ya'ni, 2017 yil dekabrdan Mengtepa turizm shaharga aylandi, 2018 yil fevral oyida "Mingtepa - madaniy merosi" jamoat fondi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu markaz tomonidan Mingtepa yodgorligi va tumanda mavjud bo'lgan tarixiy ziyoratgohlarning ahamiyatini keng ommoga tushuntirish borasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu harakatlar zamini shuki, yosh avlodni yurtga sadoqat, bebaho merosni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga ham bus-butunligicha yetkazish imkonini beradi. Yana bir noyob yodgorliklardan bir, bugungi kunda ilmiy va amaliy jihatdan o'rganilmoqda ya'ni, 2018- yildan boshlab O'zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand arxeologik tadqiqotlar instituti olimlari hamda Yaponiyaning Tokio san'at universiteti bilan hamkorlikda Andijon viloyati Jalaquduq tumani Oyim qishlog'i yaqinida joylashgan Dalvarzin yodgorligida professor arxeolog Boqijon Matboboev, B.M.Abdullaev va yaponiyalik arxeologlar Shogo Kume, Yuki Tatsumilar innovatsion texlogogiyalar bilan tadqiqot ishlari olib bormoqda. Yodgorlik miloddan avvalgi XII-VII asrlarga oid bo'lishi mumkin, ikkita madaniy qatlam aniqlangan bo'lib sopol siniqlari, urchuqlar hamda butun holatidagi sopol idishlar ya'ni qozonchalar topilgan tadqiqotlar ishlari bugungi kungacha davom etmoqda, yakuniy xulosa arxeologlar tomomnidan tadqiqotlar yakunida bayon etiladi.
Xulosa qilib ta'kidlash mumkinki, yuqoridagi kabi tarixiy manzilgohlar o'lkamizda ko'p topilmoqda bularni yangi innovatsion texnikalar orqali o'rganish davlatning qadimgi tarixi yanada boyitiladi. Zero O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 49-moddasida "Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir" deb ta'kidlangan. Shu kabi manzilgohlarda talabalar bilan jonli misollar orqali darslar tashkil etish natijasida, yoshlarning tarixiy qadamjoylarga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalanishga hamda ilmiy-amalliy bilimlarini rivojlantirishi orqali ta'lim sifati oshadi.
REFERENCES
1. Egamberdieva N.A. "Arxeologiya". - Т., 2011.
2. Zulhumor Kuchkarova Rahmonberganova "Analysis of the Location of ancient Khorezm monuments in the channel system'UJARSTInternational Journal for Advanced Research in Science & Technology.ISSN:2457-0362,Volume 10,Issue 07,Jul 2020.
3. G'ulomov Ya. G'. "Xorazmning sug'orilish tarixi" Fan,1959.
4. Авдусин Д.А. "Основы археологии". - М., 1989.
5. Asqarov A. "Eng qadimgi shaharlar". T,2001.