Научная статья на тему 'AXBOROTLASHGAN MUHITDA O‘QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA QADRIYATLI YONDASHUV'

AXBOROTLASHGAN MUHITDA O‘QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA QADRIYATLI YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
37
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qadriyatlar / qadriyatlar falsafasi / aksiologiya / aksiologik yondashuv / o‘quvchilar / umumiy o‘rta ta’lim maktablari / ta’lim tizimi / uzluksizlik tamoyili / qadriyatli yondashuv / ob’ektiv dunyoqarash / o‘quvchining ob’ektiv dunyoqarashini rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — J.K.Fozilov

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga ta’lim berishda qadriyatli yondashuv ham asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Mazkur maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ma’naviyati va ob’ektiv dunyoqarashini shakllantirishda qadriyatli yondashuvlardan foydalanish mexanizmlarini yoritishga xizmat qilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHGAN MUHITDA O‘QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA QADRIYATLI YONDASHUV»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yll

AXBOROTLASHGAN MUHITDA O'QUVCHILARGA TA'LIM-TARBIYA BERISHDA

QADRIYATLI YONDASHUV J.K.FOZILOV

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tadqiqotchisi

(DSc)

https://doi.org/10.5281/zenodo. 10036977

Annotatsiya. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarga ta'lim berishda qadriyatli yondashuv ham asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Mazkur maqola umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarini ma'naviyati va ob'ektiv dunyoqarashini shakllantirishda qadriyatli yondashuvlardan foydalanish mexanizmlarini yoritishga xizmat qilgan.

Kalit so'zlar: qadriyatlar, qadriyatlar falsafasi, aksiologiya, aksiologik yondashuv, o'quvchilar, umumiy o'rta ta'lim maktablari, ta'lim tizimi, uzluksizlik tamoyili, qadriyatli yondashuv, ob'ektiv dunyoqarash, o'quvchining ob'ektiv dunyoqarashini rivojlantirish.

Yoshlar, xususan talabalar va o'quvchilarni ma'naviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg'usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namoyon bo'lish shakllari to'g'risidagi bilimlarning majmuasi bo'lgan zamonaviy aksiologiya, ya'ni qadriyatshunoslikning asoslarini o'rgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash me'yorlari borasida to'plagan yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta'lim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.

Qadriyatlar to'g'risidagi g'arbda keng tarqalgan aksiologiya fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko'pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo'lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi[2].

Ta'lim tizimida aksiologik yondashuv o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, bu jarayonda o'quvchi-yoshlarning pedagogik va psixologik jihatdan ular faoliyatining xarakteri, tafakkuri xususiyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini, yoshiga xos rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirishni talab etadi. Shu bilan birga ta'lim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirib borish uchun bilim, ko'nikma, malakalarga ega bo'lish, dunyoqarashning kengligi, o'quv muhitida murakkab vaziyatdan chiqib keta olish, g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy sifatlarni egallashvatanparvarlik, axloq-odob harakatlarida onglilik, to'g'rilik, aniqlik, zukkolik, zehnlilik, ijodkorlik xislatlarini tarkib toptirishda ularning qobiliyati, temperamenti, xarakterli xususiyatlarini hisobga olish, shuningdek, hissiy-irodaviy sobitligini mustahkamlashga, o'zaro birgalikda jamoaviy harakat qilishga undash kabilarda pedagogik-psixologik jihatdan to'g'ri yondashishda qadriyatlar katta imkoniyatlar yaratadi. Lekin har bir yosh bosqichida shaxsni rivojlanish imkoniyatlari mavjud bo'lib, ularga jismoniy, aqliy, axloqiy ta'sir etishda ana shu imkoniyatlarni hisobga olish zarur bo'ladi. Zero, shaxs rivojlanishining yosh va individual xususiyatlari ta'lim-tarbiyada alohida talablar qo'yadi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarga ta'lim berishda individual yondashuv ham asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'limning yuqori sinflarida o'qish jarayonida mavjud asosiy xususiyatlardan biri o'quvchi shaxsining kamolga yetishining jadal shakllanishidir. Mazkur davrda o'quvchini ijtimoiy kamolotga yetishi uchun zarur aqliy qobiliyatga ega bo'lishi, ijtimoiy hayotga tayyorlab borish muhim hisoblanadi. Bu davrda o'quvchilar xarakterida yetuklikka intilish rivojlana borsa ham, lekin bu borada ichki qarama-

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

qarshiliklar ham paydo bo'lib turadi. O'quvchilarning ba'zilarida loqaydlik, befarqlik xususiyatlari ham paydo bo'ladi. Ana shunday vaziyatda o'quvchilarda bilim olishga qiziqish uyg'otish, o'z-o'zini anglash, faollashish kabi xislatlarni paydo qilish muhim. Lekin bu jarayon juda murakkabligi bilan ajralib tursa-da, eng muhim xislatlar: tashabbuskorlik, mustaqillik, zukkolik, tirishqoqlik, bilim olishga chanqoqlik kabi sifatlarni tarkib toptirish o'ta zarur.

Psixologik-pedagogik o'ziga xosliklar bilan birga ta'limiy-pedagogik jarayon ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, unda o'quvchilarning bilim-ko'nikmasini shakllantirish bilan birga, o'zida ma'naviy-axloqiy xislatlarni ifodalagan aqliy va jismoniy yetuk, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalaydi. Pedagogik jarayonning asosini odob, ezgulik, rostgo'ylik, ishonch, hurmat ko'rsatish ma'naviy-axloqiy tarbiya tashkil etadi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pedagogik jarayon ko'p qirrali bo'lib, ta'lim-tarbiyani o'zaro mutanosib tashkil etishni muvaffaqiyatli olib borishga tayyorlash samaradorligini oshirishga e'tiborni qat'iy talab etadi. Umumiy holatda, pedagogik jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri o'quvchilar egallaydigan bilim, ko'nikma va malakalar, nazariy bilim va tushunchalar, qoidalar tizimi o'quv jarayoni faoliyatining asosini tashkil etadi. Bu borada maktabdagi o'quv predmetlari doirasidagi bilimlar, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi; psixologik-pedagogik keng ma'lumotga ega bo'lish, qobiliyat; pedagogik tafakkur va pedagogik odob, pedagogik texnika; g'oyaviy e'tiqod, axloqiy qiyofa, ma'naviy yuksaklik, ichki madaniyat, tashkilotchilik, sabr-toqat, matonat, pedagogik layoqatga ega bo'lish; talabchanlik, qat'iy intizom kabi xislatlarni tarkib toptirish asosiy xususiyatlardan hisoblanadi.

O'quv jarayonini tashkil etishda o'quvchilarni majbur qilish tarzida emas, balki har bir o'quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishga ijodiy yondashish, ijtimoiy -siyosiy, tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etish, ularga har bir ishda namuna bo'lish, talab va ehtiyojlarni tushunish, maktab ichki intizomga qat'iy rioya etishiga, darsda nazariy bilimlarini to'liq egallashga, kerak bo'lgan paytda g'amxo'rlik qilish, tajriba va an'analar, qadriyatlarni o'rganish hamda ulardan ijodiy foydalangan holda amalga oshirish muhimdir. Dastlab o'quvchilarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda avvalo o'quv predmetlari doirasidagi bilimlar bilan ob'ektiv dunyoqarashni shakllantirishga nisbatan munosabatni tarbiyalash lozim. Ta'limda talabchanlik o'quvchilarning saviyasini hisobga olgan holda pedagogik odobga mos holda olib borilishi kerak. Bu esa o'z navbatida o'qitishning pedagogik -psixologik tamoyillari, o'qituvchilarning pedagogik mahoratiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.

Umuman olganda, mavzu doirasidagi pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlilini o'rganish jarayonida jarayonida birinchidan, o'quvchilarni bo'lajak kasblarni tanlash va yo'naltirish bo'yicha bilim bilan qurollantiriladi, ikkinchidan, o'quvchi shaxsi psixikasi bilan bog'liq uning ongi, faoliyatining tarkibiy qismlari bilan tanishtiradi, uchinchidan esa, o'quvchilarga inson psixologiyasining o'zgaruvchanligi, uning qonuniyatlari, mexanizmlarini aniqlashga yordam beradi. Chunki aynan o'spirinlik davrida o'quvchi shaxsida bo'ladigan o'zgarishlar bevosita ob'ektiv dunyoqarashni shakllantirishga aksiologik yondashuv asosida e'tibor qaratitilib, ularni ta'lim-tarbiya jarayonida o'quv faoliyatiga ham ruhan, ham jismonan tayyorlash qonuniyatlarini bilishga yo'naltiriladi. Bu esa quyidagilarni hisobga olishni taqozo etadi:

- ta'lim jarayonidagi har bir o'quvchi shaxsiga ta'siri;

- ta'lim muhitida o'quvchilar faoliyatining holatini hisobga olish;

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

- o'quvchilarni aksiologik yondashuv asosida ob'ektiv dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik va psixologik qonuniyatlarini aniqlash;

- o'quvchilarga ob'ektiv olamdagi mavjud qadriyatli munosabatning mohiyatini tushuntirish;

- o'quvchilarning psixologik-pedagogik tavsifnomasini tayyorlash va boshqalar.

Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun o'quvchilarda birinchidan, bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishi, ikkinchidan, nazariy va amaliy tayyorgarlik natijasida intellektual salohiyatni rivojlantirishga psixologik tayyorlash zarur. Psixologik tayyorgarlikda o'quvchilarni psixologik-pedagogik sifatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan xarakterlanadi.

Qadriyatlarga yondashishda uzviylik va uzluksizlik ularning yutuqlari, ta'sir doirasi kengayadi. Bu esa voqea-hodisalarga qadr va qadrsizlanish darajasida qarashga yo'llaydi. Bunday yondashishda qadrning ahamiyati yuzaga chiqadi. Bu borada faylasuf olim Q.Nazarov ta'kidlaganidek, aksiologik yondashuvda kompleks munosabat ham muhim: "Koinotdagi hodisalarning sayyoramiz hayotiga, yer yuzida ro'y berayotgan jarayonlarning odamlar umri va turmush tarziga ta'siri, ekologik halokat va urush xavfi natijasida insoniyatni saqlab qolish ehtiyojlari, odam zoti va tiriklikning eng qadrli ma'volar sifatidagi ahamiyatini to'g'ri anglash uchun aksiologik yondashishga tayangan ma'qul."

Hozirgi globallashuv jarayonida vujudga kelgan muammolar ijtimoiy voqea va hodisalarga aksiologik yondashuv asosida baholashni talab etmoqda. Bu borada ajdodlar qadri, insoniyat uchun ijtimoiy ahamiyati, ularning qadr-qimmati jihatidan ajralib turishi, o'ziga xosligiga e'tibor zarur hisoblanadi. Fan asoslarini o'rganishda har bir davrning asosiy yutuqlari, jamiyat taraqqiyoti, madaniyatining rivojlanishi, ma'naviy merosda qay darajada ahamiyatliligiga e'tibor beriladi. Shuning uchun ham harbiy ta'limda qadriyatlar urushlar, harbiy xizmat inson umriga zavol toptirish uchun emas, balki ekologik halokat, qirg'in qurollarining oldini olishga xizmat qilish lozimligi har bir o'quvchi ongiga yetkaziladi.

O'quvchilarni ob'ektiv dunyoqarashini shakllantirishda aksiologik yondashuv o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, bilim, malaka, va ko'nikmalarga ega bo'lishi, dunyoqarashining kengligi, murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish, g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy sifatlarni egallash, onglilik, to'g'rilik, aniqlik, bilimni egallashdagi zukkolik, zehnlilik, ijodkorlik xislatlarini tarkib toptirishda xarakterli xususiyatlarni hisobga olish, hissiy-irodaviy sobitligi, jipslashib harakat qilishga o'rganish kabilarda pedagogik-psixologik jihatdan tayyorlashda aksiologik (qadriyatli) yondashuv katta imkoniyatlar yaratadi.

REFERENCES

1. Еозиев Э. Психология/ Ёш психологияси: - Т.: У^итувчи, 1994. -Б.178.

2. Назаров ^адриятлар фалсафаси (Аксиология). -Т.: Узбекистон файласуфлар Миллий жамияти, 2004. -Б.53.

3. .https://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14345-2021-07-28-05-57-45

4. Ibragimovich X. I. O'zbekiston oliy ta'lim tizimida kredit-modul texnologiyalarini qo 'llashning o 'ziga xos xususiyatlari // INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - S. 209-214.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP' MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

5. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.