Научная статья на тему 'AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARI ASOSIDA SAVOD O‘RGATISHGA OID KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH'

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARI ASOSIDA SAVOD O‘RGATISHGA OID KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / multimedia / savod o‘rgatish / kompetentlik / bilim / ko‘nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Akbarova Maftunaxon Dilmurodjon Qizi

Axborot texnologiyalarining eng jadal rivojlanayotgan va istiqbolli yo‘nalishlardan biri – multimedia texnologiyalari va ulardan maktab ta’limi tizimida foydalanish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARI ASOSIDA SAVOD O‘RGATISHGA OID KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VOSITALARI ASOSIDA SAVOD O'RGATISHGA OID KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING KOMPETENTLIGINI

SHAKLLANTIRISH Akbarova Maftunaxon Dilmurodjon qizi

FarDU Boshlang'ich ta'lim uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11060038

Annotatsiya. Axborot texnologiyalarining eng jadal rivojlanayotgan va istiqbolli yo 'nalishlardan biri - multimedia texnologiyalari va ulardan maktab ta'limi tizimida foydalanish.

Kalit so 'zlar: axborot texnologiyalari, multimedia, savod o 'rgatish, kompetentlik, bilim, ko 'nikma, malaka.

Ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvli tub islohotlar joriy etilayotgan ayni paytda har bir o'quv predmetining o'quvchi tomonidan samarali o'zlashtirilishi uchun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan zamonaviy innovatsiyalar, interfaol o'qitish vositalar hamda kompetentsiyaviy yondashuv asosida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish, o'qituvchining kasbiy kompetentligi va albatta, o'quvchilarning intellektual salohiyat darajasiga chambarchas bog'liq masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarorida o'qitishning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, ta'limning davlat ta'lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan. Bunda, umumta'lim maktablaridagi fanlarni kompetentsiyaviy yondashuv asosida axborot texnologiyalari vositalarini qo'llash ustuvor vazifa qilib belgilab qo'yilgan. Kompetentsiya, kompetentlik, kompetentsiyaviy yondashuv tushunchalariga oid mamlakatimiz va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida, jumladan, A.A.Abduqodirov, N.N.Narzieva, N.SH.Turdiev, Yu.M.Asadov, S.N.Akbarova, SH.Temirov, T.T.SHoymardonov, N.Muslimov, I.A.Zimnya, A.V.Xutorskiy kabi olimlar o'z fikrlarini bildirgan.

"Kompetentsiya" termini Merriam - Webster lug'atiga ko'ra 1596-yilda paydo bo'lgan. I.A.Zimnya ushbu so'zni Aristotelning nomi bilan bog'laydi, u buni yunoncha «atere» - «kuch» so'zi bilan bog'liqligi haqida fikrini bildirgan. SHu tariqa 1980-yillarning oxirlarida mahalliy adabiyotda kompetent termini ta'limda vujudga keladi. I.A.Zimnyaning fikriga ko'ra, zamonaviy hayotimizda qiyinchiliklarning o'sib borishi tufayli insonlar turli vaziyatlarga tayyor bo'lishi lozim. Biroq kompetentli ta'lim insonlarga notanish vaziyatlarda muammolarni hal qilishga mo'ljallangan. Ilmiy-uslubiy manbalarda berilishicha, kompetentsiya, kompetentlilik juda murakkab, ko'p qismli, fanlar uchun mushtarak bo'lgan tushunchalardir. SHu sababli, uning talqinlari tarkibi va ma'nosi hamda mantiqi turlichadir. Bu borada, N.Muslimovning fikriga ko'ra, kompetentlik o'quvchi tomonidan alohida bilim, ko'nikma va malakalarni egallash emas, balki mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar hamda amaliy harakatlarning o'zlashtirilishidir. N.SH.Turdiev, Yu.M.Asadov, S.N.Akbarova, D.SH.Temirovlarning fikriga ko'ra, kompetentsiya, kompetentlilik-samaradorlik, moslashuvchanlik, yutuqlilik, muvaffaqiyatlilik, tushunuvchanlik, natijalilik va o'quvlilik kabi tushunchalar bilan ham tavsiflanadi. Zamonaviy hayotning murakkablashib, dinamik oshib borishi bilan ajralib turadi va insonlar eng murakkab dinamik muhitga ham moslashishi lozim. SHu bilan birga, malakaga asoslangan ta'lim o'quvchilarning o'zlari uchun yangi holatlarda o'z muammolarini hal qilishga yordam berishiga mo'ljallangan, ya'ni, turli vaziyatlarda qo'llanilgan bilim, ko'nikma va malakalarni uzoq muddatda saqlashdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Bu usulda eng muhimi, hozirda o'rganilgan muammo, ko'nikmalarni kelajakda vujudga keladigan o'xshash muammolarda qo'llashdir. SHuning uchun umumta'lim maktablarida asosiy va tayanch kompetentsiya termini vujudga keldi. A.V.Xutorskiy asosiy kompetentlikni quyidagi qismlarga ajratadi: mustaqil ta'lim jarayoni; asosiy umummadaniy; ta'limiy-amaliy; axborot-kommunikativ; sotsial-ijtimoiy. Xorijiy olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, maktab ta'limi, ularning rivojlanishiga qanday tartibda ta'sir qilishini, qobiliyatlarining shakllanishiga qanday omillar ta'sir ko'rsatishini aniqladi. Yuqori yetuklikka yo'naltirilgan ta'lim - bugungi kungacha munozarali masaladir. Yetuklikni aniqlashning ikkita asosiy yondashuvi mavjud, ya'ni, shaxs va faoliyat. Amerika ta'lim tizimi yondashuvi (birinchi yondashuv) - aniqlashga qaratilgan xulq-atvorning xususiyatlari va bu yerda asosiy vazifa qaysi shaxsiyat xususiyatlarining muvaffaqiyatli harakatlarni aniqlashini aniqlashtiradi. Bu holatda, vakolat samarali yoki muvaffaqiyatli harakatda o'zini namoyon qilishi mumkin bo'lgan tashkilotning atrof-muhitga oid faktlarga hamda kasbiy faoliyatning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq bo'lgan asosiy xatti-harakati yoki xususiyatlari. Yevropa ta'lim tizimi yondashuvi (ikkinchi yondashuv) - ular shaxsiy xususiyatlariga emas, balki faoliyatning xususiyatlariga qaratiladi. Tadqiqotchilarni qiziqtiradigan asosiy muammo, o'quvchilarni bilim olishini qondirishda erishilgan natijalarni ko'rib chiqish uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan asosiy komponentalar hisoblanadi. Bugungi kunda ta'lim jarayonini kompetentsiyaviy yondashuvsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ayni paytda, ta'limda bilim, ko'nikma va malakalar paradigmalaridan, kompetentsiyaviy paradigmasiga o'tish belgilab qo'yilmoqda. Demak, bilim, ko'nikma va malaka kompetentsiyaviy yondashuvda uning yasamalari sifatida qaraladi, ya'ni, ulardan geografiya ta'lim jarayonida foydalaniladi. Kompetentsiyaviy yondashuv shaxsni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, asosiy qadriyatlar yo'nalishiga aniqlik kiritishga yordam beradi. Kompetentsiyaviy yondashuvning asosiy komponentasi maktab o'quvchilarining mustaqil o'quv faoliyatini tashkillashtirishdir. Uning asosida "ong va faoliyat tamoyili, ya'ni, ta'limda kompetentsiyaviy yondashuv" amalga oshiriladi. Asosiy vazifasi o'quvchilarda mustaqil ravishda bilimlarni olishga o'rganishni, tashabbus ko'rsatishni, qarorlar qabul qilishni, o'z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his etishi kabi malakalarni shakllantirishdan iborat bo'lishi lozim. Bu borada, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, savod o'rgatish jarayonida kompetentlikka yo'naltirilgan topshiriqlarni o'quvchilar tomonidan bajarish orqali ularda tayanch kompetentsiyalarini shakllantirish mumkin. Bunday topshiriqlarni bajarishda o'quvchilar jamoa bo'lib ishlaydilar va o'zaro kommunikatsiyaga kirishadilar, zaruriy axborotlarni qidiradilar, ulardan zarurlarini ajratib oladilar. Mazkur jarayon o'quvchilarning o'zini-o'zi rivojlantirish, ijtimoiy faol bo'lishni hamda savodxonliklarini namoyon qiladilar. Bugungi kunda savod o'rgatishga o'qitish uchun o'quvchilarga tayyor o'quv materiallarini taqdim etish yo'naltirilgan yondashishdan ma'lum darajada voz kechib, o'quvchining kundalik hayotida bilimlarni qo'llay olishiga erishish hamda mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratish lozim. Maktabgacha ta'limda savod o'rgatishga tayyorlash jarayonidan asosiy maqsad bolalarning fanlarga oid bilim, ko'nikma va malakalarini tizimini shakllantirish, tez taraqqiy etayotgan jamiyatda ijobiy faoliyat yurita oladigan, tanqidiy va mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Savod o'rgatishga tayyorlashning fan sifatida o'qitishning asosiy vazifasi esa bolalar fanga oid bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi uchun sharoit yaratish, jamiyat taraqqiyotida ilmning ahamiyatini tushunish, kundalik hayotda bilimlarni muvaffaqiyatli qo'llashga o'rgatish, individual xususiyatlarini rivojlantirishdan iborat. Bularni amalga oshirishda axborot texnologiyalari vositalari muhim pedagogik vosita bo'lib xizmat qiladi. SHu bois, mamlakatimizda ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, bola shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning psixofiziologik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetentsiyalar tarkibiga kiruvchi "Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi" mavjud axborot manbalaridan (internet texnologiyalari, audio va video vositalar, telefonlar, kompbyuterning amaliy dasturlari va boshq.) foydalana olish belgilab qo'yilgan.

Bu borada, N.N.Narzievaning tadqiqot ishlarida axborot texnologiyalari tizimi o'quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi asosida ta'lim olishni ta'minlashi haqida fikr bildirgan. Buning uchun esa geografiya ta'limi jarayoniga kompyuter texnologiyalarini, uning pedagogik dasturiy vositalarini qo'llash orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish taqozo etadi. Aynan savod o'rgatish jarayonida kompyuterning amaliy dasturlari va ular asosida yaratilgan pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish keyinroq fanlarni o'rgatishda samarali ta'sir ko'rsatadi. CHunki namoyish qilish orqali o'quvchiga yuqori darajada sifatli ma'lumotlarni taqdim etish mumkin. Bugungi kunda axborotlarning hajmi oshishi hamda globallashuv jarayonlari kuchaygan bir davrda o'qituvchi o'quvchilarda fanga oid tayanch kompetentsiyalarida belgilab qo'yilgan vazifalarni bajarishda axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish zarur hisoblanadi. Bunda, beriladigan axborotlarni tizimlashtirish, masalaga majmuali yondashgan holda inson va tabiat o'rtasidagi aloqalarni ochib berishni amalga oshiradi. M.G.Naderining fikriga ko'ra, multimedia uskunalari va dasturiy ta'minotni o'qitish vositalari yuqori texnik potentsiali va turli didaktik xususiyatlari tufayli o'qitish jarayonini sezilarli darajada optimallashtirishi mumkin. Darslarda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish o'quvchilarning bilim sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi hamda o'quv jarayoni samaradorligini oshiradi. Elektron o'quv mahsulotlarining zamonaviy bozorida o'quvchilarga savod o'rgatishga tayyorlash mo'ljallangan pedagogik dasturiy vositalar yetarli darajada emasligi tufayli, ushbu fanni axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish bo'yicha turkum muammolar mavjud. H.B.Nikadambaevaning fikriga ko'ra, ta'lim oluvchi amaliy mashg'ulotlarni bajarish jarayonida mustaqil izlanib, erkin, ilmiy asoslangan holda tanqidiy fikrlay oladigan shaxs sifatida shakllanishi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron o'quv-metodik ta'minot imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo'naltira olishi lozim.

Bizning fikrimizcha, bolalarning kompetentligini oshirishda axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

-o'rganilayotgan o'quv-ma'lumotlarni animatsiya, audio va video shaklda taqdim etish;

- o'quvchi idrok va bilish jarayonining to'liq ishtirokchisiga aylanadigan o'quv jarayonida o'qituvchi hamda o'quvchilarning interfaol hamkorligi;

- har xil tashqi axborot manbalari bilan mustaqil ishlash imkoniyati;

-o'quvchilar tomonidan o'quv jarayonida olingan bilim va ko'nikmalarni onlayn test sinovlari tizimlari orqali doimiy monitoring qilish va baholash.

Zamonaviy kompyuter vositalari va dasturiy ta'minot bilan jihozlash, o'z navbatida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng doirasini aniqlab olish alohida ahamiyatga ega. Ushbu turkum global, mintaqaviy va mahalliy kompyuter tarmoqlarining, shu, jumladan Internet axborot tarmog'ining asosi bo'lib, resurslarga umumiy kirishni ta'minlaydigan yagona axborot makonini yaratadi. Ta'limga bunday yondashish o'quvchining o'rganilayotgan fanga qiziqishini rivojlantiradi, g'ayratini oshiradi, eng muhim ma'lumotlarni batafsil idrok etishga imkon beradi va o'rganilgan materialni amalda, kasbiy faoliyatda qo'llashni yanada soddalashtiradi.

Yuqoridagi fikrlardan shuni aytish mumkinki, savod o'rgatishga tayyorlash fanidan o'quvchilarning kompetentligini shakllantirishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini integratsiyalash asosida zamonaviy o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqish uchun o'quv

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

jarayonini tashkil etish va boshqarishning didaktik tamoyillari, shaxs faoliyatining asosiy qoidalari hamda o'quvchilarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, o'rganish uchun shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlarga asoslangan barcha kerakli imkoniyatlar mavjud bo'lishi zarur degan xulosaga kelish mumkin. O'quvchilarning kompetentligini shakllantirishga mo'ljallangan elektron ta'lim resurslardan foydalanish vaqtida tasodifiy shakllantirilishi kerak. Bundan tashqari, turli tinglovchilar tomonidan olingan vazifalar bir-biridan farq qilishi talab etiladi. Bu pedagogik o'lchovlarning ob'ektivligi va yetarliligini ta'minlash uchun ta'lim ehtiyojlariga javob beradi. Elektron ta'lim resurslardan foydalangan holda didaktik o'quv tsiklining to'liqligini (yaxlitligini) va uzluksizligini ta'minlash talabi axborot-kommunikatsiya uskunalari bilan ishlashning bitta seansi davomida didaktik tsiklning barcha bo'g'inlarini bajarish qobiliyatini ta'minlashi kerakligini anglatadi. Didaktik talablar bilan uslubiy talablar chambarchas bog'liq.

O'quv elektron nashrlari va manbalariga qo'yiladigan uslubiy talablar kompyuter texnologiyalari uchun axborot texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishga yo'naltirilgan muayyan fanning o'ziga xos xususiyatlarini, tegishli fan, uning kontseptual apparati tarkibini, qonunlarini o'rganish usullarining xususiyatlarini, zamonaviy axborotni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlarini hisobga olishni talab etadi.

SHuning uchun savod o'rgatishga tayyorlashga oid elektron ta'lim resurslari quyidagi uslubiy talablarga javob berishi kerak:

1. Haqiqiy texnik tizimlar va qurilmalarning xilma-xilligi, ular bilan ishlashning murakkabligi bilan bog'liq holda, bolalarning fikrlashining kontseptual, majoziy va samarali tarkibiy qismlarini o'zaro bog'liqligi hamda ta'siriga asoslangan bo'lishi.

2. Savod o'rgatishga tayyorlashga, ta'limga oid elektron ta'lim resurslar har biri ma'lum bir intizom ichidagi mavhumlik darajasiga mos keladigan ko'p darajali ierarxik shaklida ta'lim sohasidagi ilmiy tushunchalar tizimining aks ettirishini ta'minlashi, shuningdek, ushbu tushunchalarning ham bir darajali mantiqiy munosabatlari hisobga olinishini ta'minlashi.

3.Elektron ta'lim resurslar bolalarga algoritmik, evristik faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli bo'lgan assimilyatsiya darajasida bolalar bilimlarini abstraktlashtirishning fanlararo darajasini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida bolalarga turli xil nazorat qilinadigan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish imkoniyatini yaratishi

Yuqorida qayd etilgan uslubiy talablar asosida bolalarning savod o'rgatishga tayyorlashda kompetentlikni, axborot texnologiyalari asosida shakllantirish uchun zamonaviy elektron ta'lim resurslarini yaratish lozim hisoblanadi. Buning uchun esa yaratishning quyidagi pedagogik va psixologik talablariga amal qilish lozim.

Elektron ta'lim resurslarini taqdim etish nafaqat og'zaki mantiqiy, balki hissiy-idrok va kognitiv jarayonning vakillikdarajalariga ham mos kelishi talab etiladi. O'qitishni axborotlashtirish vositalari quyidagi kognitiv aqliy jarayonlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilishi kerak:

-idrok etishga (eshitish, sezish) asoslangan;

-diqqat (uning barqarorligi, o'zgaruvchanligi, e'tiborning taqsimlanishi );

-nazariy va amaliy fikrlash;

-xotira (lahzali, qisqa muddatli, , uzoq muddatli ma'lumotlarni taqdim etish);

-xayol.

Elektron ta'lim resurslarining mazmuni ma'lum yoshdagi kontingentning tezkor va lingvistik tarkibiga, o'quvchilarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlariga yo'naltirilishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ta'limni axborotlashtirish vositalari o'quvchilarning bilim tizimi va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

uning til uslublarini hisobga olgan holda yaratilishi lozim.O'quv materialining taqdimoti tinglovchilarning ma'lum yoshiga qarab aniq bo'lishi, ammo bu juda oddiy bo'lmasligi lozim. CHunki, e'tiborning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Elektron ta'lim resurslari o'quvchilarning tasviriy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi.

SHuningdek, ma'lumot darajasiga qarab, axborotlashtirish vositalariga bo'lgan aniq talablar o'qitishning axborotlashtirish xususiyatlariga asoslanib, belgilanadi. Xususan, ta'limni axborotlashtirish uchun yaratilgan elektron ta'lim resurslari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1. Tegishli axborotlashtirish vositalarining mazmuni va ishlash usullari umumta'lim maktablarining ta'lim standartlari talablariga mos bo'lishi.

2. Elektron ta'lim resurslarning muammoli va tadqiqot vazifalari, intellektual o'quv quyi tizimlaridan foydalanish imkoniyati.

3. Elektron ta'lim resurslarni tegishli ma'lumotlarni qidirish, to'plash, saqlash, tahlil qilish, qayta ishlash va uzatish kabi ta'lim faoliyatining avtomatlashtirilishini o'z ichiga olishi.

4. Nazorat vazifalarini bajarishda ma'lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish.

5. Murakkab ob'ektlarning ishlashini taqlid qilish va modellashtirish vositalari, turli hodisalar va jarayonlarning real, tezlashtirilgan yoki sekinlashgan vaqt shkalalarida bo'lishi.

6. Elektron ta'lim resurslarining o'quv qurollari o'quvchini kelajakdagi virtual muhitda keyingi o'quv faoliyatiga tayyorlashi.

7. O'rganilayotgan ob'ektlar yoki jarayonlarning o'zgaruvchan qiymatlarini, ularning xususiyatlari bilan o'zaro bog'liqligini namoyish etish.

Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari asosida tashkil etilgan o'quv jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga turli xil ma'lumotlarni taqdim etish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytiradi. O'qituvchi didaktik jihatdan o'quv jarayoniga axborot texnologiyalari vositalaridan to'g'ri yondashilsa, quyidagilarga erishish mumkin:

1) o'quvchilar e'tiborini va qiziqishini oshirish;

2) o'quvchilarning tasavvurini va xayolotini rivojlantirish;

3)o'quvchilar tomonidan olingan bilimlarning sifatini avtomatlashtirilgan nazorat qilish imkoniyatiga ega bo' ladi;

4) masofaviy va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasini amalga oshirish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'https://talim.uz/uzyicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni.

2. 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-sonli "Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni.

3. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi. O'quv qollanma / Sh. Fayzullayev. Samarqand 2020.

4. G'offorova T. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogic texnologiyalar. Toshkent. "Tafakkur" 2011- yil

5. Multimedia Technologies and Their Use in the System of Preschool Education Kholdarova Iroda Valijonovna Fergana State University, Philosophy of Philology PhD, Senior Lecturer Akbarova Maftunaxon Dilmurodjon qizi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

6. Formation of competence of young children in literacy training based on information technology tools Kholdarova Iroda Valijonovna Fergana State University, Philosophy of Philology PhD, Senior Lecturer Akbarova Maftunaxon Dilmurodjon qizi Fergana State University Theory and Methods of Education Master's Degree

7. Xoldarova I, M.Akbarova, Axborot texnologiyalari vositalari asosida savod o'rgatishga oid kichik yoshdagi bolalarning kompetentligini shakllantirish, Journal of advanced research and stability volume: 03 issue: 04 | apr - 2023

8. Xoldarova I, M. Akbarova Axborot texnologiyalari yordamida o'qitish pedagogik muammo sifatida, Eurasian journal of academic research.

9. Begimkulov U.Sh. Ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari // Monografiya. - Toshkent. Fan, 2007. - 160 b.

10. Abduqodirov А.А., To'raev B.Z. Informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi bo'lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini shakllantirish nazariyasi va metodikasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.