Научная статья на тему 'Усовершенствование компетентности информационных и коммуникационных технологий будущих офицеров в высших военных учреждениях'

Усовершенствование компетентности информационных и коммуникационных технологий будущих офицеров в высших военных учреждениях Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
22
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Высшее военно-учебное заведение / Будущий офицер / Информационно коммуникационные технологии / Компетентность / Развитие / Совершенствование. / Higher military educational institution / Future officer / Information and communication technologies / Competence / Development / Improvement.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Зохид Алимардонов, Санжар Исаков

В данной статье речь идет об условиях и возможностях совершенствования компетентности информационно коммуникационных технологий будущих офицеров высших военно-учебных заведениях.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improving the competence of information and communication technologies of future officers in higher military institutions

This article deals with the conditions and opportunities for improving the competence of information and communication technologies of future officers in higher military educational institutions.

Текст научной работы на тему «Усовершенствование компетентности информационных и коммуникационных технологий будущих офицеров в высших военных учреждениях»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the competence of information and communication technologies of future officers in higher military institutions

Zohid ALIMARDONOV 1 Sanjar ISAKOV 2

Military Technical Institute of the National Guard

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021 Received in revised form 15 January 2021 Accepted 20 January 2021 Available online 01 February 2021

Keywords:

Higher military educational institution Future officer Information and communication technologies Competence Development Improvement.

This article deals with the conditions and opportunities for improving the competence of information and communication technologies of future officers in higher military educational institutions.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Oliy harbiy ta'lim muassasalarida bo'lajak ofitserlarning axborot kommunikatsion texnologiyalar kompetentliligini takomillashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar: Oliy harbiy ta'lim muassasasi Bo'lajak ofitser Axborot kommunikatsion texnologiyalar Kompetentlik Rivojlantirish Takomillashtirish Дарс модели

Ushbu maqolada oliy harbiy ta'lim muassasalarida bo'lajak ofitserlarning axborot-kommunikatsion texnologiyalar kompetentliligini takomillashtirishning shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan unumli foydalanish to'g'risida so'z yuritilgan.

1 (PhD) in Pedagogical Sciences, Associate Professor, National Guard Military Technical Institute, Deputy Head of the Department of Psychology and Pedagogy, Doctor of Philosophy

2 Senior Lecturer, National Guard of the Republic of Uzbekistan, Military Technical Institute "Weapons and Shooting,

IScience

tUrotqU ti*>e срлсе

Усовершенствование компетентности информационных и коммуникационных технологий будущих офицеров в высших военных учреждениях

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова:

Высшее военно-учебное

заведение

Будущий офицер

Информационно -

коммуникационные

технологии

Компетентность

Развитие

Совершенствование

В данной статье речь идет об условиях и возможностях совершенствования компетентности информационно -коммуникационных технологий будущих офицеров высших военно-учебных заведениях.

Ta'lim islohotlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning tezkorligi, oliy harbiy ta'lim muassasalariga qo'yilayotgan yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog'liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Mamlakatimizda harbiy ta'lim sohasida erishilayotgan qator ijobiy o'zgarishlarga mos ravishda harbiy ta'lim sifat va samaradorligi rivojlanishi dinamikasini yanada jadallashtirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalanish kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.

O'zbekistonda harbiy ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdir. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz kelajakni tasavvur qilib bo'lmaydi, kundalik turmush tarzimizda amalga oshirayotgan barcha ishlarimiz ushbu soha bilan chambarchas bog'liqdir.

Axborot texnologiyalarining hozirgi rivojlanish tendensiyasini respublikamizda qabul qilingan bir qator farmon va qonunlarda ko'rishimiz mumkin, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada takomillashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish haqida"gi PF-3080-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 200-sonli Qarori ta'lim jarayoniga hozirgi zamon texnik vositalari, xususan, axborot texnologiyalarini joriy etish zaruratini yuzaga keltiradi. Ushbu keltirilgan Qonun, qaror va farmonlarda "...oliy o'quv yurtlarining ta'lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo'llashga asoslangan ilg'or ta'lim tizimlarini kiritish"[1] vazifalari belgilab qo'yilgan.

Respublika ijtimoiy hayotiga jadallik bilan axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, hulosalash ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham global axborotlashtirish davrida harbiy kadrlarning, jumladan, oliy harbiy ta'lim muassasalarida bo'lajak ofitserlarning kasbiy kompetentligiga qo'yiladigan talablar kuchaymoqda.

Oliy harbiy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bo'lajak ofitserlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentliligini takomillashtirish masalasi ham

yuqoridagi dolzarb muammolarning tarkibiy qismi sifatida yechimi kutilayotgan masalalardandir.

Ma'lumki, bo'lajak ofitserlarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo'yiluvchi talablar nuqtayi nazaridan kompetentlik kursantning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to'plamini maqsadga muvofiq qo'llash qobiliyatini anglatadi. Kompetentlilik - kursantning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo'llay olishi bilan ifodalanadi.

Ilmiy adabiyotlarda "axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentlik" atamasining ko'plab ta'riflarini uchratish mumkin. Jumladan, O.B.Zaytseva axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentlik — axborot texnologiyalari sohasidagi nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar va ma'lum bir shaxsiy sifatlar yig'indisi integratsiyasi asosidagi murakkab individual-psixologik ta'lim[2], - deb ta'rif beradi. A.A.Elizarovning fikricha, axborot kommunikatsion texnologiyalar kompetentlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim, malaka va kasbiy funksiyalarni bajarishda aniqlanadigan faoliyat tajribasining yig'indisidir[3].

D.M.Gritskov, P.V.Sisoyev, M.N.Yevstigneev kabi mualliflar guruhi pedagogning axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentligi "yangi axborot texnologiyalarini o'zlashtirish, ularni ta'lim jarayonida qo'llash imkoniyatlarini tushunish, keng tarqalayotgan axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash"[4], - deb ta'rif beradi.

M.B.Lebedeva va O.N.Shilovalarning fikricha, pedagoglarning axborot kommunikatsion texnologiyalar kompetentligi o'quv, kasbiy masalalarni axborot kommunikatsion texnologiyalar vositasida hal etish qobiliyatidir[5].

A.L.Semenov, axborot kompetentsiyasi - bu "zamonaviy savodxonlik, bu ma'lumotni mustaqil ravishda qayta ishlash, zamonaviy texnologik vositalardan foydalangan holda nostandart va kutilmagan vaziyatlarda printsipial ravishda yangi qarorlar qabul qilish qobiliyatini o'z ichiga oladi"[6].

Biz ham tadqiqotchilarning ta'riflari, tahlillarini umumlashtirib, bu tushunchaga quyidagicha ta'rif berishimiz mumkin: Bo'lajak ofitserning axborot kommunikatsion texnologiyalar kompetentligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot bilan ishlashga oid bilim, ko'nikma va malakalarni egallashdan iborat bo'lib, kasbiy masalalarni mustaqil ravishda ijodiy hal etish, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zlashtirib borishdir.

Bo'lajak ofitserlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompetentliligini shakllantirish hozirgi kunda oliy harbiy ta'lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari deganda biz nafaqat informatika fanini o'qitish jarayonida shakllangan bilim va ko'nikmalarning, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yig'indisini, shuningdek, ta'lim sohasidagi mutaxassisning shaxsiy va faoliyat xususiyatlarini asosli foydalanishga tayyorlaymiz.

Harbiy xizmatchining axborot kompetentsiyasi, avvalambor, kognitiv va amaliy, faoliyat komponentiga, zaruriy bilim va ko'nikmalarni kasbiy faoliyatga tatbiq etishga qaratilgan bo'lib, kompyuter savodxonligining ayrim elementlariga (dasturiy ta'minot yoki texnik vositalarning ayrim turlari) egalik qilish bilan chegaralanmasdan, axborot kompetensiyasining tarkibi turli xil ma'lumot manbalaridan foydalanish imkoniyatini (ob'ekt holatini shaxsiy kuzatish, kitoblar va jurnallar, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari, elektron axborot resurslari, odamlar bilan muloqot va boshqalar) o'z ichiga

oladi. Axborotlashtirish sohasidagi ushbu muhim kompetenlilik Milliy Gvardiya qo'shinlari harbiy xizmatchilari uchun muhimdir. Bo'lajak ofitser o'z faoliyati sohasida axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishga tayyorlanishi bugungi kunda harbiylar uchun yashirin usullarni qo'llashning kuchayishi fonida ayniqsa muhimdir.

Hozirgi vaqtda har qanday mutaxassisning, xususan, bo'lajak ofitserlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompetentligini shakllantirish axborot makonida dushmanning buzg'unchi niyatlariga qarshi turish qobiliyati uchun juda muhimdir.

Bo'lajak ofitserning axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentligiga qo'yilgan talablar quyidagilardan iborat:

- axborot bilan ishlashning huquqiy me'yorlarini bilish;

- materiallarni tizimlashtirish uchun jadvallardan foydalanish ko'nikmasi;

- optimal axborot manbaini tanlash malakasi;

- turli axborot tashuvchilari bilan ishlash ko'nikmasi;

- internet-kutubxonalardan foydalanish ko'nikmasi;

- multimediali ensiklopediyalardagi axborotlar bilan ishlash qobiliyati;

- Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarida bemalol ishlash malakasi;

- internet tarmog'idan axborot qidirish malakasi;

- kasbiy faoliyatga oid internet-resurslarni bilish va amaliyotda foydalanish malakasi.

Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish mavzulariga oid seminar-treninglar, mahorat darslarini tashkillashtirish ham bo'lajak ofitserlarning axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.

Ma'lumki, seminar-treninglar ta'limdagi innovatsion shakllardan bo'lib, bugungi kun amaliyotida an'anaviy ta'lim usuli bilan taqqoslanganda bo'lajak ofitserlarning nazariy va amaliy bilim, ko'nikma va malakalarini o'zaro uyg'unlikda o'zlashtirishlariga hamda guruhiy munosabatlarni shakllantirishga imkon berishi bilan e'tirof etilmoqda.

Seminar-treninglar psixologiya, pedagogika, iqtisodiy bilimlar va menejment sohasi uchun zarur bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishda xizmat qiladigan ta'lim jarayonini tashkil etish shakllaridan biridir. Ta'lim tajribalarining ko'rsatishicha, guruhiy tashkil etilayotgan o'qitish shakllari eng ommaviy va samarali tus olmoqda. Bu borada ta'lim berishning seminar-trening usuli ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim.

Treningning an'anaviy ta'limdan farqi ta'lim jarayoni ishtirokchilarining faolligi bilan belgilanadi[7]. Unda ta'lim oluvchi kundalik faoliyati uchun zarur amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishiga ko'proq urg'u beriladi. Shu bois butun jarayonni trener nazorat qiladi, ishtirokchilarda ijobiy va foydali xulq-atvorni shakllantirishga ko'maklashadi. Treningda oddiy ko'nikmalardan tortib yuqori malakalarni shakllantirishgacha bo'lgan jarayonlar ko'zda tutilgan, oddiy imkoniyatlarni ham yuqori darajali ko'nikmalargacha o'stirish mumkin.

"Ta'limda (mustaqil ishlarni tashkillashtirishda) axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish", "Internetda samarali axborot qidirish", "Elektron portfolio yaratish" kabi seminar-treninglarning tashkil etilishi, "Delhpida o'rgatuvchi o'yinlar yaratish" , "O'quv jarayoni uchun multimediali taqdimot yaratish" kabi mahorat darslari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi bo'lajak ofitserlarning axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentligining oshishiga xizmat qiladi.

Bo'lajak ofitserlarning axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentligining shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy shart-sharoitlar quyidagilardir:

- "harbiy" fanlarni o'qitishni kompetentli yondashuv asosida tashkil etish;

- fanni o'qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zlashtirishga doir motivatsiyalarni hosil qiluvchi kasbga yo'naltirilgan laboratoriya ishlari, mustaqil ishlardan foydalanish;

- axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentlikni shakllantirish maqsadida seminar-trening, mahorat darslari kabi ta'limning innovatsion shakllaridan foydalanish.

Xulosa qilishimiz mumkinki, bo'lajak ofitserlarning axborot kommunikatsion texnologiyalarga oid kompetentligi ularning kasbiy kompetentligining ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, kelajakda axborotlashgan jamiyatda, bo'lajak ofitserlarining xizmat faoliyatini kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu boisdan ham oliy harbiy ta'lim muassasalarida bo'lajak ofitserlarining axborot kommunikatsion texnologiyalar kompetentliligini takomillashtirish kasbiy faoliyatda o'zining munosib o'rnini topishi uchun zamin yaratadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Узбекистон Республикаси Вазирлар Мах,камасининг 2002 йил 6 июндаги "Компьютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш чора-тадбирлари тугрисида"ги 200-сонли Царори // УР КДТ, 2002, 11-12-сон, 91-модда. www.lex.uz

2. Зайцева О.Б. Формирование информационной компетентности будущих учителей средствами инновационных технологий: дисс. ... канд. пед. наук. - Брянск, 2002. - С. 14.

3. Елизаров А.А. Базовая ИКТ компетенция как основа интернет-образования учителя. www.relarn.ru/conf/conf2004/section3/3 11.html

4. Грицков Д.М., Сысоев П.В., Евстигнеев М.Н. Подготовка педагогических кадров к разработке авторских Интернет-ресурсов по иностранному языку. -Тамбов: ТГУ, 2008. - С. 33-35.

5. Лебедева М.Б., Шилова О.Н. Что такое ИКТ компетентность студентов педагогического университета и как ее формировать? // Информатика и образование. - Москва, 2004. - № 3. - С. 95-100.

6. Семенов А.Л. Роль информационных технологий в общем среднем образовании / А.Л.Семенов // Информатика и образование. - 2001. - № 2. - C. 2-7.

7. Смирнов С.А., Котова И.Б., Шиянов Е.Н. и др. Педагогика: педагогические теории, системы, технологии. - Москва: Академия, 2007. - С. 53.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.