Научная статья на тему 'MATEMATIKA FANINI O'QITISH TEXNIKASI VA USULLARI'

MATEMATIKA FANINI O'QITISH TEXNIKASI VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1473
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Davlat ta’lim standarti / o`quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar / o`quv dasturi / taqvim mavzuiy reja / o`quv uslubiy majmua / o`qitishning texnik vositalari / darslik / o`quv qo`llanma / o`quvuslubiy qo`llanma / multimediali ilova. / State educational standard / requirements for the level of preparation of students / curriculum / calendar / thematic plan / teaching materials / teaching aids / textbooks / manuals / teaching aids Application / multimedia application.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilrabo Ibragimova

Umumiy o`rta ta’lim maktablari matematika fani o`qituvchilarining zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalari va maqbul metodlardan foydalanish kompetentsiyalarini rivojlantirishdan va matematika fanini o’qitish usullari va texnikasi haqidagi ma’lumotlardan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNIQUES AND METHODS OF TEACHING MATHEMATICS

It consists of the development of competencies of mathematics teachers of secondary schools in the use of modern innovative pedagogical technologies and optimal methods, as well as information on methods and techniques of teaching mathematics.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA FANINI O'QITISH TEXNIKASI VA USULLARI»

MATEMATIKA FANINI O'QITISH TEXNIKASI VA USULLARI

Dilrabo Ibragimova

Navoiy viloyati Navbahor tumani 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi Matematika fani

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Umumiy o'rta ta'lim maktablari matematika fani o'qituvchilarining zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalari va maqbul metodlardan foydalanish kompetentsiyalarini rivojlantirishdan va matematika fanini o'qitish usullari va texnikasi haqidagi ma'lumotlardan iborat.

Kalit so'zlar: Davlat ta'lim standard, o'quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar, o'quv dasturi, taqvim mavzuiy reja, o'quv uslubiy majmua, o'qitishning texnik vositalari, darslik, o'quv qoTlanma, o'quvuslubiy qoTlanma, multimediali ilova.

TECHNIQUES AND METHODS OF TEACHING MATHEMATICS

Dilrabo Ibragimova

Teacher of Mathematics, Secondary School № 14, Navbahor District, Navoi Region

ABSTRACT

It consists of the development of competencies of mathematics teachers of secondary schools in the use of modern innovative pedagogical technologies and optimal methods, as well as information on methods and techniques of teaching mathematics.

Keywords: State educational standard, requirements for the level of preparation of students, curriculum, calendar, thematic plan, teaching materials, teaching aids, textbooks, manuals, teaching aids Application, multimedia application.

Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar. Kompetentsiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta'lim jarayoning mohiyati - o'quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o'zlashtirgan bilim, konikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat boTadi. Bu esa oz navbatida o'quvchilarga nafaqat bilim, konikma va malakalarni berish, balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qoTlay olish layoqatlarini (kompetentsiyalarlarni) shakllantirishni kozda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentsiyalar davlat va jamiyatning ta'lim tizimi

oldiga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Kompetentsiyaviy yondashuvning

asosiy maqsadi ta'lim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga

yordam berishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, kompetentsiyaviy yondashuv ta'lim

tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim tizimi mohiyatidan kelib chiqib, ta'lim muassasasi bitiruvchisi

egallashi lozim bolgan quyidagi tayanch kompetentsiyalar (TK) ajratib kolsatildi:

TK1. Kommunikativ kompetentsiyalar;

TK2. Axborot bilan ishlash kompetentsiyalari;

TK3. O\ini-o\i rivojlantirish kompetentsiyalari;

TK4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyalari;

TK5. Milliy va umummadaniy kompetentsiyalar;

TK6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bolish hamda foydalanish kompetentsiyalari.

Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o'zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan zarur mahlumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini tahminlashni, media madaniyatga ega bolish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ozini o'zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o'z-o'zini jismoniy, mahnaviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o'qib-o'rganish, kognitivlik konikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, oz xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish konikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o'zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bolish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ehtiqodli bolish, badiiy va sanhat asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va soglom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bolish hamda foydalanish kompetentsiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modelglarni o'qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib 36 keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur tayanch kompetentsiyalari bilan bir qatorda har

bir umumta'lim fani bo'yicha ham kompetentsiyalar (FK) ham ishlab chiqilgan boTib, ularni aniqlashtirishda har bir fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqildi. Xususan, matematika fani bo'yicha umumiy (FK1) va kognitiv (FK2) kompetentsiyalar ajratib ko'rsatildi. Ma'lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o'zini-o'zi boyitib borishi, ya'ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma'lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Xatto matematik masalalarni yechish musobaqalari oTmishda inson aqlini peshlash vositasi boTgan. Shundan kelib chiqadigan boTsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o'quvchilarni o'ylashga, to'g'ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o'rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o'quvchilarni o'ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini yechish orqali o'quvchilar to'g'ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o'rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki kompetentsiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Inson miyasi "ishlash"dan to'xtar ekan, uning hayvondan farqi qolmaydi. Xullas, bir faylasuf ta'biri bilan aytganda, "Matematika - aql gimnastikasidir" Yoshlik chogTdan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to'g'ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu holatda hamma matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida boTishi shart emas. Har qanday matematik masala ham o'quvchini o'ylashga majbur qiladi. Turli abstrakt formulalar yordamida hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to'g'ri bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya'ni ma'lum dalillar asosida uning to'gTi ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan hisoblanadi. Shunday ekan, orta umumiy ta'lim tizimida matematika fanining, matematikani o'qitishning eng asosiy vazifasi oquvchilarda mantiqiy fikrlash, to'g'ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetentsiyalarini) tarkib toptirishdan iborat boTmogT lozim. Fanga oid umumiy kompetentsiyalar matematika fanidan o'quvchilar bilishi va uddalashi lozim boTgan nazariy bilim va amaliy konikmalarni, fanga oid kongitiv kompetentsiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash, o'qib-o'rganish va fan bo'yicha o'zlashtirilgan bilim va konikmalarni amaliyotda qoTlash bo'yicha talablarini umumiy holda belgilaydi. Umumta'lim fanlaridan o'quv-metodik majmualarning yangi avlodi Oquv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o'qituvchi uchun metodik qoTlanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. Darslik — davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o'quv fanining mavzulari toTiq yoritilgan, uning asoslari mukammal o'zlashtirilishiga qaratilgan, o'quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

chiqqan holda ta'lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma'lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o'quv nashri. Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta'lim standartlariga muvofiq oquvchilar tomonidan egallangan bilim va konikmalarni mustahkamlash hamda oquv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bolgan didaktik vosita. Oqituvchi uchun metodik qollanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali o'qitish metodikasi, qo'shimcha sinov topshiriqlari va o'qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko'rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg'ulotlar, qo'shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko'rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o'quv nashri. Darsliklarning multimediali ilovalari -axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o'quv faniga oid materiallarni davlat ta'lim standarti va o'quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o'quv fanini samarali o'zlashtirishga, o'quvchilarning mustaqil ta'lim olishiga komaklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug'atlarni oz ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o'tkazish va mustahkamlashga yo'naltirilgan, o'quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo'shimcha materialga ega bolgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni oz ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi.

REFERENCES

1. Oquvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida qollanma. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi. Toshkent, 2019.

2. Mejdunarodnaya programma PISA. Primerai zadaniy po chteniyu, matematike i yestestvoznaniyu. Kovaleva G.S., k.p.n.,Krasnovskiy E.A. k.p.n., Krasnokutskaya L.P.,k.f.-m.n., Krasnyanskaya K.A., k.p.n.

3. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish va olkazishning o'ziga xos xususiyatlari. Taqdimot. Ismoilov A., Milliy Markaz direktori, PISA 2021 tadqiqotlari milliy loyiha menejeri.

4. www.ziyouz.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.