Научная статья на тему 'ASTRONOMIYA FANINI “OSMON SFERASI, UNING ASOSIY NUQTA, CHIZIQ VA AYLANALARI” MAVZUSINI STEM TEXNOLOGIYASINI QO’LLAB O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

ASTRONOMIYA FANINI “OSMON SFERASI, UNING ASOSIY NUQTA, CHIZIQ VA AYLANALARI” MAVZUSINI STEM TEXNOLOGIYASINI QO’LLAB O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Osmon sferasi / zenit / nadir / matematik gorizont / olam qutblari / olam o’qi / osmon ekvatori / sutkalik parallellar / og’ish aylanalari / tush chizig’i / STEM / integratsiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sunnatova O’Giloy Kamardin Qizi

Ushbu maqolada Astronomiya o’qitish metodikasining va STEM texnologiyasining o’ziga xos jihatlari, STEM texnologiyasining bugungi kundagi ahamiyati hamda STEM yondashuvi bilan an’anaviy yondashuv orasidagi bog’liqlik keltirib o’tilgan. Bundan tashqari, “Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari” mavzusini STEM texnologiyasi yordamida o’qitishni takomillashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASTRONOMIYA FANINI “OSMON SFERASI, UNING ASOSIY NUQTA, CHIZIQ VA AYLANALARI” MAVZUSINI STEM TEXNOLOGIYASINI QO’LLAB O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

ASTRONOMIYA FANINI "OSMON SFERASI, UNING ASOSIY NUQTA, CHIZIQ VA AYLANALARI" MAVZUSINI STEM TEXNOLOGIYASINI QO'LLAB O'QITISHNI

TAKOMILLASHTIRISH Sunnatova O'giloy Kamardin qizi

Navoiy davlat pedagogika institute mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10992701

Annotatsiya. Ushbu maqolada Astronomiya o'qitish metodikasining va STEM texnologiyasining o'ziga xos jihatlari, STEM texnologiyasining bugungi kundagi ahamiyati hamda STEM yondashuvi bilan an'anaviy yondashuv orasidagi bog'liqlik keltirib o'tilgan. Bundan tashqari, "Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari" mavzusini STEM texnologiyasi yordamida o'qitishni takomillashtirilgan.

Kalit so'zlar: Osmon sferasi, zenit, nadir, matematik gorizont, olam qutblari, olam o'qi, osmon ekvatori, sutkalik parallellar, og'ish aylanalari, tush chizig'i, STEM, integratsiya.

Аннотация. В этой статье упоминаются конкретные аспекты методологии преподавания астрономии и технологии STEM, важность технологии STEM сегодня, а также связь между подходом STEM и традиционным подходом. Кроме того, с использованием технологии STEM усовершенствовано преподавание темы «Небесная сфера, ее основные точки, линии и окружности».

Ключевые слова: Небесная сфера, зенит, надир, математический горизонт, полюса Вселенной, ось Вселенной, небесный экватор, суточные параллели, круги склонения, линия сна, STEM, интеграция.

Abstract. In this article, the specific aspects of astronomy teaching methodology and STEM technology, the importance of STEM technology today, and the connection between the STEM approach and the traditional approach are mentioned. In addition, the teaching of the topic "Celestial sphere, its main points, lines and circles" has been improved using STEM technology.

Keywords: Celestial sphere, zenith, nadir, mathematical horizon, poles of the universe, axis of the universe, celestial equator, diurnal parallels, declination circles, dream line, STEM, integration.

Hozirgi kun taraqqiyoti, barcha fanlarga nisbatan yangicha yondashish zarurligini, talabalarning eksperimental kompetentligini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Chunki hozirgi kundagi talabalarning ruhiy rivojlanish darajasi XX asrning 80-90-yillariga nisbatan fan va texnologiyalarni iqtisodiy rivojlanishni, ijtimoiy o'sishni axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining o'rganganlik darajasini inobatga olgan holda, keskin o'zgarganligini psixologiya, pedagogika fanlardan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari ham ko'rsatmoqda. [1.].

Bo'lajak fizika va astronomiya o'qituvchilarini tayyorlashda, ularning kompetentligini shakllantirishda ilg'or xorijiy davlatlarda erishilgan yutuqlardan o'quv jarayonida foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish, yuqori samaradorlikka erishish yo'llaridan biri hisoblanadi. Shu sababli zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'z ichiga qamrab olgan laboratoriya mashg'ulotlari tarkibini o'zgartirish, unga zamon ruhini singdirish, ayni paytda zarurat tug'dirmoqda.

Talabalarning tabiiy fanlarga xususan astronomiya faniga bo'lgan qiziqishini oshirish va ularning koinot haqidagi tasavvurlarini STEM faoliyati bilan bog'lashga undash uchun ularni mustaqil izlanishga undash va kashfiyot quvonchini kashf qilish maqsadga muvofiqdir. Ushbu muammoni hal qilish usullaridan biri talabalarning institut laboratoriyalarida amaliy eksperimental faoliyatidir. Shu tariqa talabalar osmon jismlari va ularning harakati to'g'risida tasavvurlar, yangi texnologiyalar bilan tanishibgina qolmay, tajriba, tadqiqot va loyihalarni ham amalga oshiradilar.

Maqolada tabiiy fanlar bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, talabalarning amaliy qobiliyatlari va ularning eksperimental kompetentligini rivojlantirish maqsadida uchun "Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari" mavzusini STEM texnologiyasidan foydalanishni ma'qul deb topdik. Chunki, STEM ning o'ziga xos xususiyati komponentlarni alohida emas, balki bir-biriga bog'liq holda o'rganishdir, bu esa yanada integratsiyalashgan yondashuvga yordam beradi, shuningdek, muammolarni parcha-parcha emas, balki global darajada ko'rib chiqish va hal qilishga yordam beradi. [2]

STEM ta'limni individuallashtirish, turli yo'nalishlar va fanlarning kombinatsiyasi, ta'lim sohasidan qat'iy nazar, ijodiy, tanqidiy va loyihaviy fikrlashdir.

Biz Osmon sferasining modelini yasashdan avval, u haqida ma'lumotga ega bo'lamiz. Osmon yoritgichlarining ko'rinma vaziyatlarini va harakatlarini o'rganish uchun, kuzatish paytida ularning o'rinlarini aniqlash zarur bo'ladi. Buning uchun yoritgichlarning osmondagi vaziyatlarini ma'lum yo'nalishlarga nisbatan o'rganish yetarli bo'lib, ko'p hollarda, ulargacha bo'lgan masofalarni aniqlashga ehtiyoj sezilmaydi. Yoritgichlarning ko'rinma vaziyatlari va harakatlarini o'rganishdan oldin ayrim tushunchalar hamda osmonning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari bilan tanishishga to'g'ri keladi.

Osmon sferasi deb, radiusi ixtiyoriy qilib olingan va markazi kuzatuvchining kozida yotgan shunday sferaga aytiladiki, bu sferada ma'lum vaqtda yulduzlar, osmonda qanday ko'rinsa, shundayligicha proyeksiyalangan boladi. Ta'rifdan ko'rinishicha, osmon sferasi markazidagi nuqtada joylashgan kuzatuvchi, uning sirtida joylashgan yulduzlarni osmonda qanday ko'rinsa, shundayligicha ko'radi. Osmon sferasida yoritgichlarning o'zaro joylashishlarini aniqlashda, ularning ko'rinma va haqiqiy harakatlarini o'rganishda osmonning quyidagi asosiy nuqta, chiziq va aylanalariga tayaniladi.

Osmon sferasining markazida turgan kuzatuvchidan o'tkazilgan vertikal chiziqning osmon sferasi bilan kesishgan ikki nuqtadan biri (kuzatuvchining bosh tomoni yo'nalishidagisi) zenit (Z), unga deametrial qarama-qarshi yotgan ikkichisi esa nadir (Z') deb yuritiladi. Sferaning bu nuqtalarini tutashtiruvchi to'g'ri chiziq vertikal chiziq deb ataladi.

Osmon sferasining, uning markazidan vertikal chiziqqa perpendikulyar qilib o'tkazilgan tekislik bilan kesishishidan hosil bo'lgan katta aylanassi - matematik gorizont deb yuritiladi. Sferaning vertikal o'qi orqali o'tuvchi tekisliklar bilan kesishishidan hosil bo'lgan katta aylanalari esa vertikal aylanalar deb ataladi. Yuqorida eslatilgan nuqta va chiziqlar kuzatuvchining Yer sirtidagi o'z o'rnini o'zgartirishiga bog'liq ravishda o'zgarib turadi.

Osmon sferasining, Yer sharining asosiy chiziq va nuqtalari bilan bog'liq bo'lgan shunday nuqta va chiziqlari mavjutki ular yurning istalgan joyidan kuzatilganda ham o'z holatlarini o'zgartirmaydi. Olam qutblari, olam o'qi, osmon ekvatori ana shunday nuqta, chiziq va aylanalardan hisoblanadi.

Yer o'qi davomlarining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari olam qutblari deyiladi. Yer shimoliy qutbi davomining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtasi olamning shimoliy qutbi P, janubiy qutbi davomining sfera bilan kesishgan nuqtasi esa olamning janubiy qutbi P' deyiladi. Olam qutblarini tutashtiruvchi o'qni olam o qi deb yuritiladi. Osmon sferasini markazidan o'tib, uni olam o'qiga tik tekislik bilan kesishishidan hosil bo'lgan katta aylana osmon ekvatori deyiladi. Osmon ekvatori Yer ekvatori bilan tik tekislikda yotadi. Osmon ekvatori tekisligiga parallel tekisliklar bilan sferani kesishishidan hosil bo'lgan aylanalar sutkalikparallellar deyiladi. Olam o'qi orqali o'tuvchi tekisliklar bilan osmon sferasini kesishishidan hosil bo'lgan katta aylanalar esa og ish aylanalari deb ataladi.

Olam qutblari zenit va nadir nuqtalaridan o tuvchi katta aylana osmon meridiani deyiladi. Uning matematik gorizont bilan kesishgan nuqtalari gorizontning Shimol (N, olamning shimoliy qutbiga yaqinij va Janub (S, olamning janubiy qutbiga yaqinij nuqtalari deb ataladi.

Osmon ekvatorining matematik gorizont bilan kesishgan nuqtalari Sharq (E) va G"arb (W) nuqtalari deyiladi. Shimol va janub nuqtalarini tutashtiruvchi to'g'ri chiziq kesmasi tush chizig^i deb yuritiladi.[3]

Osmon sferasining yuqorida keltirilgan nuqta va chiziqlari o'rganilgach, ular asosida osmonning turli koordinatalar sistemalarini o'rganish ortiqcha qiyinchilik tug'dirmaydi. Osmon sferasining nuqta, chiziqlari va aylanalarini STEM texnologiyasi asosida yasaymiz. Bunda bizga kerak kerak bo'ladigan jihozlar: 3 ta list, qaychi, kley, skotch,chizg'ich, qalam hamda sirkul. Birinchi bo'lib ishni 3 ta listni har birini sirkul yordamida diametri 15 smlik aylana chizib olishdan boshlaymiz.(l-rasm) Listdagi aylanalarni qaychi yordamida kesiladi, 3 ta aylanani ichini 90° qilib perpendikulyar chizib olinadi, 2 ta aylanani markazigacha bo'lgan bitta chizig'idan kesib olib va kesilgan joydan 30° pastdan uchidan 3 sm kesilib, qolgan uchinchi aylanani perpendikulyar chizilgan chiziq bo'yicha uchiga yetmasdan kesib chiqilgandan so'ng uchta aylanalarni bir-biriga birlashtirib osmon sferasi yasaladi. (2-rasm) [4]

Astronomiya mashg'ulotlarida talabalarning Osmon sferasining nuqta, chiziqlari va aylanalari tasavvur etishida STEM texnologiyasi orqali yondashish juda samarali bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Akhmedov A A // Development of experimental competence of future Physics teachers // Electronic journal of actual problems of modern science, education and training. february, 2021. III. -P.26-30.

2. Sunnatova O'g'iloy Kamardin qizi. "Quyosh va Oy tutilishi mavzusini imkoniyati cheklangan o'quvchilarga o'qitishda STEAM ta'lim tizimidan foydalanishni takomillashtirish". Astronomiya fanini o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi: muammo va yechimlar. Konferensiya to'plami. 2021-yil. (223)

3. Safarova , Sayfullayeva G.I. STEM ta'lim tizimidan foydalanib Oy va Oyning ko'rinma fazalari mavzusini o'qitish. Astronomiya fanini o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi: muammo va yechimlar. Konferensiya to'plami. 2021-yil. (238)

4. Sunnatova O'.K. Making model of the celery using STEM teaching technology in laboratory exercises in astronomy.

5. Азиза Бозорова, Нилуфар Намозова Медиатаълим асосида астрономия дарсларини ташкил этишга инновацион ёндашиш методи// journal of innovations in scientific and educational research volume6 issue-6 (30- june)

6. Нилуфар Намозова Астрономия фанини укитишда кулланиладиган дастурий-педагогик воситалар ва уларнинг имкониятлари // eurasian journal of technology and innovation Innovative Academy Research Support Center

7. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

8. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

9. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

10. Н Намозова мактаб астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимдан фойдаланиш //TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2023

11. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

12. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo ways to effectively organize speech culture of the astronomy teacher// FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 2023

13. Q Surayyo, X Sevinch, S Gulhayo Astronomiyada ishlatiladigan amaliy innovatsion dasturlar haqida asosiy tushunchalar va ularning imkoniyatlari //Journal of Universal Science Research, 2023

14. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiya fanini o 'qitishda STEM ta'lim tizimining roli va ahamiyati// Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

15. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiyada STEM dasturidan foydalanpib yulduzlar osmonining surilma xaritasi mavzusini o 'qitish // Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

16. Malikova Muhabbat, Sayfullaeva G. I MODERN FORMS OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM// SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 1 JANUARY 2024 UIF-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337| SCIENTISTS

17. Rashidova Nilufar, Sayfullayeva G. I Achieving Transparency in Education// Open Herald:

Periodical of Methodical Research Volume 1, Issue 7, November, 2023 ISSN (E): 2810-6385 Website: https://academi aone .org/index.php/6

18. Malikova Muhabbat, Bozorova Aziza, Sayfullayeva G. I. Relevance of Independent Educational Activities of Students in the Credit-Modular Education System// Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(8), 40-42. Retrieved from https://academiaone.org/index.php/4/article/view/297

19. G.I.Sayfullayeva, H.R.Shodiyev Kredit modul tizimida fanlarni integratsion yondashuv asosida o'qitishning afzalliklari// Academic Research in Educational Sciences Multidisciplinary Scientific Journal September, Volume 3 | Issue 9 | 2022

20. Shodiyev Hamza Rozikulovich, Sayfullayeva Gulhayo Masofaviy ta'limda yer mavzusini integratsion yondashuv asosida topish metodikasi//Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES) VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675

21. O'. K. Sunnatova, G. I. Saifullayeva Research in students in physics and astronomy classes and the development of competencies of the XXI century. Ways of organizing project activities of students in physics education Uzbek Scholar Journal Volume-24, January, 2024 www.uzbekscholar.com 101-108

22. Sayfullayeva Gulhayo Ikhtiyor kizi, Bozorova Aziza Murodilla kizi The practical importance of an integrative approach to teaching astronomy from a small school age uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 130-133

23. Saifullayeva Gulhayo volunteer daughter Interactive Applications From Astronomy And Ways To Manage Them Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 123-129

24. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

25. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani axborot ta'lim muhitlaridan foydalanib o'qitishning pedagogik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.