Научная статья на тему 'ASTRONOMIYA FANINI O‘RGANISHDA ASTRONOMIK MIFLARNING O‘RNI'

ASTRONOMIYA FANINI O‘RGANISHDA ASTRONOMIK MIFLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
64
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Astronomiya fani / milliy meros / integrasiya / xalq rivoyatlari / kalendarlar / burjlar.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — S.G‘. Haitova, H.F. Nasimov, A.M. Bozorova, Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor Qizi

Ushbu maqolada Astronomiya fanini o‘rganish usullarini takomillashtirishda ilmiy merosdan foydalangan holda xalq rivoyatlari va miflardan foydalanishning pedagogik asoslari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASTRONOMIYA FANINI O‘RGANISHDA ASTRONOMIK MIFLARNING O‘RNI»

ASTRONOMIYA FANINI O'RGANISHDA ASTRONOMIK MIFLARNING

O'RNI

S.G'. Haitova, H.F. Nasimov, A.M. Bozorova Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Ilmiy rahbar Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.7586369

Annotatsiya: Ushbu maqolada Astronomiya fanini o'rganish usullarini takomillashtirishda ilmiy merosdan foydalangan holda xalq rivoyatlari va miflardan foydalanishning pedagogik asoslari bayon etilgan.

Аннотация: В данной статье изложены педагогические основы использования народных сказаний и мифов с использованием научного наследия в совершенствовании методов изучения астрономической науки.

Annotation: This article outlines the pedagogical foundations for the use of folk tales and myths with the use of scientific heritage in improving the methods of studying astronomical science.

Kalit so'zlari: Astronomiya fani, milliy meros, integrasiya, xalq rivoyatlari, kalendarlar, burjlar.

Ключевые слова: астрономическая наука, национальное наследие, интеграция, народные сказания, календари, созвездия

Keywords: astronomical science, national heritage, integration, folk tales, calendars, constellations.

Ma'lumki, ta'lim maqsadlaridan biri milliy qadriyatlarning ilmiy merosidan foydalangan holda ta'lim-tarbiya integrasiyasini shakllantirish masalasidir. Bunda asosiy e'tibomi inson go'dakligidan allalar tinglab, ertaklar, afsona va rivoyatlar eshitishga moyilligi mavjudligidan foydalanib, zamonaviy bilimlarning sifatini oshirishga va takomillashtirishga qaratmoqchimiz.

Astronomik ta'limni rivojlantirishda uni zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish bilan birga tarixiy an'analami saqlagan holda milliy qadriyatlarni qamrab olgan xalq rivoyatlaridan foydalanish o'quvchilarda ilmiy, axloqiy, mehr-sadoqat, ota-onaga hurmat g'oyalari singdiriladi.

O'quv jarayonida boy ilmiy-milliy merosdan o'quvchi yoshlarni xabardor qilish ta'lim va tarbiya uyg'unligiga erishishda muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, xalq rivoyatlaridan foydalanish orqali mavzularni mustahkamlash, o'qitish sifati va samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishini shakllantirish mumkin.

Astronomiya fanining dasturida keltirilgan "Yulduzlar osmoni va uning aylanishi. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko'rinma harakati. Turli geografik kengliklarda osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishi. Quyoshning sutkalik harakatining yil davomida o'zgarishi. Kalendarlar. Quyosh kalendarlari. Oy kalendarlari. Xijriy kalendarlar. Quyosh-Oy kalendari va muchal haqida tushuncha" kabi mavzularni va Yulduz turkumlarini o'rganishda xalqimizning asrlar davomida ishlatilib kelgan va keng tarqalgan rivoyatlarining ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.

Fasllar, yillar, oy va kun nomlari, tabiat hodisalari bilan bog'liq tasavvurlar va xalq taqvimi bilan aloqador mifologik qarashlar "Kalendar miflar" deyiladi. Kalendar miflarda ajdodlarimizning fasllar almashinuvi, ob-havodagi o'zgarishlar, chorvachilik va dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlari to'g'risidagi iqtisodiy tushunchalari o'z ifodasini topgan. Taqvim bilan bog'liq afsona, rivoyat va naqllar esa xalqimizning vaqt hisobi bilan aloqador turli xil tasavvurlari haqidagi ma'lumot berish tinglovchiga taqvim to'g'risida biror xabar yetkazish vazifasini bajaradi.

Xalqimizning vaqt hisobini yuritish bilan bog'liq taqvimiy qarashlari tizimida vaqtning ma'lum bir muddatlari haqidagi mifologik afsonalar ham mavjud.

Taqvim bilan bog'liq o'zbek xalq rivoyatlarida ham voqiylik ma'lum bir tarixiy shaxs yoki hodisa bilan bog'liq hodisa hikoya qilinadi. Ana shunday rivoyatlardan birida muchal hisobining kelib chiqishi haqida ma'lumot berilgan.

"Turk hoqonlaridan biri o'zidan bir necha yil oldin bo'lib o'tgan urushni o'rganmoqchi bo'lgan, shunda urush bo'lib o'tgan yilni aniqlashda anglashilgan. Bu masala yuzasidan Hoqon qavmi bilan kengashdi va aytdi " ...biz bu tarixni (aniqlashda) qanchalik yanglishgan bo'lsak bundan keyin ham shunday yanglishadilar, shunday bo'lgach, biz endi 12 oy va osmondagi 12 burjga asoslanib 12 yilga ot nom qo'yishimiz kerak va shundan keyin yil hisobi shu yillarning aylanishiga qarab olinsin".

Yana bir rivoyatda esa bir podsho ovga chiqadi va odamlariga hayvonlarni Nil daryosi tomon haydashni buyurdi. Bu katta suv edi, 12 ta hayvon suvdan o'tdi. Shundan keyin 12 yilni 12 hayvon nomi bilan ataydigan bo'lishibdi. Eng oldin suvdan o'tgan hayvon sichqon bo'ldi. Shuning uchun yil boshi uning nomi bilan ataladi, shu so'zga yil qo'shib sichqon yili deb atadilar. Undan keyin o'tganlari quyidagi tartibda bo'ldi va ularning har bir yil uchun nom bo'lib qoldi. 1) Sichqon, 2) Sigir, 3) Bars, 4) Quyon, 5) Timsoh 6) Ilon, 7) Ot, 8) Qo'y, 9) Maymun, 10) Tovuq, 11) It, 12) To'ng'iz.

G'arb xalqlariga oid yulduz burjlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

1.

Burji

QO'Y

BUZOQ

и

EGIZAKL AR

QISQI CHBA QA

ARSLON

PARIZOD

\

Belg

isi

Y

¥

Ж

<Sä

Tasviri

8.

10

11

12

Burji

CHAYO

N

O'Q OTAR

TOG' ECHKISI

QOVG'A

BALIQ

TAROZI

ml

Belg

isi

4.

>

M

Tasviri

Vaqt hisobi bilan bog'liq bunday taqvimiy afsonalar xalq nasrining qadimiy qatlamiga mansub bo'lib, kalendar miflarning rivoji natijasida kelib chiqqan va ular an'anaviy xalq taqvimiga doir tushunchalar mohiyatini oydinlashtirib, o'quv jarayoninida ilmiy va ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalashga, ta'limni yuksaltirish, milliy mafkurani yaratish va uni ro'yobga

lO

chiqarishda faol ishtirok eta oladigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga yordam beradi.

Astronomiya fanini o'rganishda va tahlil etishda milliy merosning boy namunalaridan foydalanish asosida mustaqil bilimlar olish, kuzatish va astronomik hodisalarni fizika qonunlari asosida tushuntirish astronomiya faniga muhabbat va hurmat o'yg'otish, o'quvchilarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga olib keladi.

Adabiyotlar:

1. B.Axmedov. «Tarixdan saboqlar». T., "O'qituvchi", 1994.

1. Vapoyevna, N. U. (2022). METHODS OF DEVELOPMENT OF SPEECH COMPETENCES OF STUDENTS OF THE 8TH GRADE THROUGH TEXT TYPES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(5), 1242-1425.

2. Vapoyevna, N. U. (2022, May). THE USE OF MODERN METHODS IN THE DEVELOPMENT OF SPEECH COMPETENCES IN THE 8TH GRADE

SYUENTS. In Conference Zone (pp. 278-279).

3. Akhmadalievich, T. K. (2021). Ivan Bunin's Orientalism. CENTRAL

ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 1-10.

4. Топволдиев, К. А. (2021). ВОСТОЧНАЯ СТИЛИЗАЦИЯ.

Составители, 66.

5. Двинятина, Т. М. (2021). СТИХОТВОРЕНИЯ ИА БУНИНА ИЗ

КНИГИ «ХРАМ СОЛНЦА»(1917): КОНТЕКСТ И КОНСПЕКТ БЛИЖНЕВОСТОЧНОЙ ЛИРИКИ. In ИА БУНИН И ЕГО ВРЕМЯ: КОНТЕКСТЫ СУДЬБЫ-ИСТОРИЯ ТВОРЧЕСТВА (pp. 890-899).

6. XUSANOVA, M. R. A. (2021). THE USE OF EXPRESSIVE PHONETIC MEANS IN FARIDA AFROZS WORKS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (9), 642645.

7. Xusanova, M. R. A. (2016). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНДИВИДУАЛЬНО-СТИЛИСТИЧЕСКИХ НЕОЛОГИЗМОВ-ПРИЗНАК

СТИЛИСТИЧЕСКОГО СВОЕОБРАЗИЯ. Актуальные научные исследования в

современном мире, (5-1), 125-130.

8. Xusanova, M. R. A. (2021). THE USE OF ARCHAISM IN THE WORKS OF FARIDA AFROZ. Theoretical & Applied Science, (4), 252-254.

9. Hojaliyev, I., & Shodiyeva, A. EXTRALINGUISTIC SIGNS OF THE OFFICIAL STYLE.

10. Shodiyeva, A. (2022, November). RASMIY USLUBNING EKSTRALINGVISTIK BELGILARI. In E Conference Zone (pp. 65-68).

11. Jurayeva, E. E. (2023). ARCHITECTURE OF TASHKENT REGISTON SQUARE. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(1), 190-203.

12. Elmuradovna, J. E.. (2021). The Architecture of Karshi Castle, The Establishment, The Past and the Present. Middle European Scientific Bulletin, 18, 247-252. https://doi.org/10.47494/mesb.2021.18.878

13. Avramenko, I. A. Candidate of Philology, Associate Professor at the Department of Foreign Languag-es. Research interests: history of English literature, narratology, theory of novel. E-mail: iavramenko@ hse. ru. Новый филологический вестник, 105.

14. Uralov, A., & Jurayeva, E. (2018). ARCHITECTURE OF NAKIBBEK PUBLIC BATH OF 17th and 18th CENTURIES IN KATTAKURGAN CITY. ARCHITECTURE, 4, 21-2018.

15. Жураева, Э. Э. (2018). ИСТОРИЯ ФОРМИРОВАНИЯ И СТРОИТЕЛЬСТВО НАРОДНОЙ БАНИ-" ХАММАМ" XVII В. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-12), 80-83.

16. Elmuradovna, J. E. (2021). Bukhara Registan: Past And Present. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(1), 160-166.

17. Jurayeva Elvira Elmuradovna.Processes of Architectural Formation of Registan Square in Samarkand.

18. M.Mamadazimov. Astronomiya tarixi. T., "Meros". 2000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.