Научная статья на тему 'SFERIK VA AMALIY ASTRONOMIYA BO‘LIMIDAN MASALALARNI YECHISHDA OSMONNING SURILMA XARITASIDAN FOYDALANISH'

SFERIK VA AMALIY ASTRONOMIYA BO‘LIMIDAN MASALALARNI YECHISHDA OSMONNING SURILMA XARITASIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
100
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Surilma xarita / yulduz / qutb yulduzi / xarita / osmon sferasi / osmon ekvatori / zenit / nadir / ekliptika. / moving map / star / polar star / map / celestial sphere / celestial equator / zenith / nadir / ecliptic.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Nurmamatov

Аgar yulduz turkumlari bilan tanishib olgan bo‘lsangiz, shunday haqli savol tug‘iladi: yulduzlar osmonining ko‘rinishini yilning istalgan kuni va soati uchun tezda aniqlash mumkin emasmi? Mumkin ekan, lekin buning uchun yulduzlar osmonining surilma xaritasidan foydalanishni o‘rganishingiz kerak, ushbu maqolada biz yulduzlar osmonining surilma xaritasidan foydalanish bo‘yicha to‘htalib o‘tdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF THE MOVING CHART OF THE STARRY SKY IN SOLVING PROBLEMS OF SPHERICAL AND APPLIED ASTRONOMY

If you are familiar with the constellations, then a logical question arises: is it possible to quickly determine the type of starry sky for any day and hour of the year? You can, but for this you need to learn how to use the sky displacement map, in this article we looked at how to use the sky displacement map.

Текст научной работы на тему «SFERIK VA AMALIY ASTRONOMIYA BO‘LIMIDAN MASALALARNI YECHISHDA OSMONNING SURILMA XARITASIDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SFERIK VA AMALIY ASTRONOMIYA BO'LIMIDAN MASALALARNI YECHISHDA OSMONNING SURILMA XARITASIDAN FOYDALANISH Sheroz Eraliyevich Nurmamatov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7444960 Annotatsiya. Agar yulduz turkumlari bilan tanishib olgan bo 'lsangiz, shunday haqli savol tug 'iladi: yulduzlar osmonining ko 'rinishini yilning istalgan kuni va soati uchun tezda aniqlash mumkin emasmi? Mumkin ekan, lekin buning uchun yulduzlar osmonining surilma xaritasidan foydalanishni o 'rganishingiz kerak, ushbu maqolada biz yulduzlar osmonining surilma xaritasidan foydalanish bo 'yicha to 'htalib o 'tdik.

Kalit so 'zlar: Surilma xarita, yulduz, qutb yulduzi, xarita, osmon sferasi, osmon ekvatori, zenit, nadir, ekliptika.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПОДВИЖНАЯ КАРТА ЗВЕЗДНОГО НЕБА ПРИ РЕШЕНИИ ЗАДАЧ СФЕРИЧЕСКОЙ И ПРИКЛАДНОЙ АСТРОНОМИИ Аннотация. Если вы ознакомились с созвездиями, то возникает закономерный вопрос: нельзя ли быстро определить вид звездного неба для любого дня и часа года? Можно, но для этого нужно научиться пользоваться картой смещения звездного неба, в этой статье мы рассмотрели, как пользоваться картой смещения звездного неба.

Ключевые слова: подвижная карта, звезда, полярная звезда, карта, небесная сфера, небесный экватор, зенит, надир, эклиптика.

THE USE OF THE MOVING CHART OF THE STARRY SKY IN SOLVING

PROBLEMS OF SPHERICAL AND APPLIED ASTRONOMY Abstract. If you are familiar with the constellations, then a logical question arises: is it possible to quickly determine the type of starry sky for any day and hour of the year? You can, but for this you need to learn how to use the sky displacement map, in this article we looked at how to use the sky displacement map.

Keywords: moving map, star, polar star, map, celestial sphere, celestial equator, zenith, nadir, ecliptic.

\Yulduzlar xaritasida O'zbekiston (shuningdek, hamdo'stlik mamlakatlari) da kuzatish mumkin bo'lgan yorug' yulduz turkumlari va osmonning ekvatorial koordinatalar setkasi tasvirlangan (1- va 2- rasmlar). Xarita markazida olamning shimoliy qutbi va u bilan yonma -yon Qutb Yulduzi (Kichik Ayiqning a-si) joylashgan. Kontsentrik aylanalar osmon parallelarini ifodalaydi. Osmon parallellari bo'ylab darajalangan raqamlar ularning og'ishini, ya'ni 0° bilan belgilangan osmon ekvatoridan burchak masofasini bildiradi.

Osmon ekvatori ichida osmonning shimoliy yarim shari va uning +30° va +60° sonlari bilan raqamlangan ikkita paralleli joylashgan. Osmon ekvatoridan tashqarida osmonning janubiy yarim shari, ya'ni og'ishlari -30° va -45° bo'lgan sohalari ko'rsatilgan.

Olamning shimoliy qutbidan chiquvchi radial chiziqlar og'ish aylanalarini ifodalaydi, ular -45° osmon parallellari bilan kesishgan nuqtalarda soatlar (h) orqali belgilangan. Og'ish aylanalarining raqamlanish ketma-ketligiga alohida e'tibor qaratish kerak: u soat mili aylanishi yo'nalishida, qarama-qarshi tomonga emas, ortib boradi, bundan to'g'ri chiqish hisobi olinadi. Bu shunday tushuntiriladi, haritaga boqgan kuzatuvchi, osmonning janubiy sohasiga emas, balki shimoliy qutb sohasiga qaraydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Osmon ekvatori bilan ikki nuqtada ekliptikani ifodalaovchi ekstsentrik oval kesishadi, osmon sferasining bu katta aylanasi orqali Quyoshning zodiak yulduz turkumlari bo'ylab yillik ko'rinma harakati sodir bo'ladi. Bu ikki nuqtadan biri, ya'ni Y belgilisi, bahorgi tengkunlik nuqtasi deb ataladi, undan osmon ekvatori bo'ylab to'g'ri chiqish hisoblanadi. Bu nuqtadan diamétral qarama-qarshi tomonda kuzgi tengkunlik nuqtasi yotadi. Yozgi quyosh turishi nuqtasi osmonning shimoliy yarim sferasida ekliptikaning 6 soatlik og'ish aylanasi bilan kesishgan joyda, qishki quyosh turishi nuqtasi esa osmonning janubiy yarim sharida, ekliptikaning 18 soatlik og'ish aylanasi kesishgan joyda joydashgan.

Quyoshning ko'rinma yillik harakatini ekliptikada to'g'ri chiqish ortib borish tomonga ko'rsatish kerak. Xarita kesimi limbi (cheti) da yil oylarining nomlari sanalar bilan va ularning chegarasida kalendar kunlari berilgan. Xaritaga qoplama aylana ilova qilingan, aylana chetiga, sutka soatlarini ifodalovchi soatlar limbasi tushirilgan. Bir soatlik oraliq, har biri 10 minutdan, olti qismga bo'lingan, bu vaqt momentlarini 5 minutlik aniqlik bilan baholash imkonini beradi.

Qoplama aylanaga, yulduzlar osmonini kuzatish joyining geografik kenglamasini bildiruvchi graduslarda ifodalangan bir nechta ovallar tushirilgan. Xarita va ilovani qalin qog'oz yoki yupqa kartonga yelimlash kerak, aylanadagi gradusli sonlar bilan belgilangan ovaldan birini, ya'ni siz yashayotgan shahar yoki qishloq kenglamasiga yaqinini kesib oling. «Janub nuqtasi» va «shimol nuqtasi» deb belgilangan nuqtalar orqali ip o'tkazib qo'ying, bu osmon meridianini bildiradi. Aylana xaritaga shunday qo'yilishi kerakki, bunda uning raqamlangan limbi xarita sanasi limbi bilan hamma vaqt kontsentrik joylashsin, tortilgan ip esa, olamning shimoliy qutbini ifodalovchi, xarita markazidan o'tsin.

Agar aylanani xaritaga qoplab, uni burish asnosida, berilgan sanani kerakli soatga to'g'rilaymiz, shunda qirqib olingan aylana ichida gorizon ustidagi kuzatish mumkin bo'lgan yulduz turkumlari paydo bo'ladi. Aylananing yopiq tomonidagi yulduz turkumlari ko'rinmaydi, chunki ular gorizont ostida joylashgan bo'ladi, qanday yulduz turkumlari ekanligini kesim cheti bo'ylab qoplamani ozroq ko'tarib qarash orqali bilib olishingiz mumkin. Xaritada zenit sohasi taxminan kesim markazida joylashgan, lekin aynan xarita markazida emas. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, zenit aylana kesimi markaziga yaqin joyda, ya'ni kuzatish joyining geografik kenglamasiga teng og'ishga ega osmon paralleli bilan, meridianni ifodalovchi ip kesishgan nuqtada bo'ladi. Zenitdan «janub nuqtasi», «g'arb nuqtasi», «shimol nuqtasi», «sharq nuqtasi» deb so'zlar bilan belgilangan gorizontning asosiy nuqtalariga tomon yo'nalishda, berilgan vaqt momenti uchun osmon gumbazida joylashgan yulduz turkumlarini ko'rsatish mumkin.

Xarita yilning turli kunlarida yulduzlarning chiqish, botish va yuqori kulbminatsiyalari (ya'ni gorizontdan eng baland joylashgan nuqtasi) haqidagi savollarga taxminiy javob berish imkonini beradi. Buning uchun xaritadagi aylanani shunday burish kerakki, bizni qiziqtirayotgan yulduzlar mos ravishda gorizontning sharqiy (chiqish) yoki g'arbiy (botish) tomonlarida, yoxud olamning shimoliy qutbi va janubiy nuqtasi (yuqori kulbminatsiya) orasidagi osmon meridianini tasvirlovchi ipda joylashsin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Southern Horizon

Xarita shu taxlit o'rnatilsa, berilgan sanalar yonida turgan soat limbalari bo'limlari bizni qiziqtirayotgan hodisalarning vaqt momentlarini ko'rsatadi (va aksincha, sutkaning ma'lum bir vaqt momenti uchun sanani bilish mumkin). Shuni nazarda tutish kerakki, yoritgichlarning chiqishi albatta sharq nuqtasi yaqinida ro'y bermaydi, ularning og'ishlariga bog'liq holda gorizontning shimol va janub nuqtalari orasidagi butun sharqiy qismda bo'lishi mumkin: yoritgichning og'ishi qancha katta musbat sonli bo'lsa, u shuncha shimol nuqtasiga yaqinroq joydan chiqadi, agar yoritgichning og'ishi manfiy bo'lsa, uning chiqish nuqtasi janub nuqtasiga tomon siljib boradi. Shunga o'xshash manzara yoritgichlarning botish holatlarida ham kuzatiladi, ularning og'ishlarga bog'liq ravishda, gorizontning janub va shimol nuqtalari orasida joylashgan g'arbiy qismining turli nuqtalarida botadi. Faqat osmon ekvatoriga yaqin joylashgan yoritgichlargina mos ravishda sharq va g'arb nuqtalari yaqinida chiqadi va botadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xaritaning yanada ko'rgazmaliroq bo'lishi uchun Quyoshning yilning turli kunlaridagi chiqish va botish daqiqalarini eslash kifoya. Mart va sentyabrda, ya'ni tengkunlik kunlari atrofida, qachonki Quyosh osmon ekvatoridan uncha uzoqqa ketmagan bo'lsa (ya'ni Quyoshning og'ishi 0° ga yaqin), u sharq va g'arb nuqtalari yaqinidan chiqadi va botadi. Yilning yozgi vaqtlarida Quyosh osmonning shimoliy yarim sharida osmon ekvatoridan uzoqda (Quyoshning og'ishi musbat) joylashadi va shuning uchun u shimoliy-sharqdan chiqadi, shimoliy-g'arbga botadi. Qishda esa Quyosh janubiy-sharqdan chiqadi va janubiy-g'arbga botadi, chunki yilning bu mavsumida u osmonning janubiy yarim sharida, osmon ekvatoridan uzoqda joylashgan, og'ishi esa manfiy. Shuning uchun, yulduzlar osmonining surilma xaritasidan birorta yoritgichning chiqish yoki botish momentlarini aniqlashda hech qachon uni aynan sharq va g'arb nuqtalaridan izlash shart emas. Aksincha, aylana qoplama xaritaga to'g'ri o'rnatilgan bo'lsa, yoritgichlarning chiqish va botish nuqtalari holatini gorizont bo'ylab topish mumkin. Yoritgichlarning gorizontdan eng past holati, ya'ni yoritgich osmon meridianini olamning shimoliy qutbi va shimol nuqtasi o'rtasida yoki ostida kesib o'tishi quyoi kulbminatsiya deb ataladi. Yulduzlarning quyi kulbminatsiyasi ularning yuqori kulminatsiyasidan 12 soat (aniqrog'i 11h 58m) o'tgandan keyin sodir bo'ladi. Shuning uchun har qanday yulduzning quyi kulbminatsiyasi uning yuqori kulbminatsiyasi momentidan oson aniqlanadi. Xaritada ishlash ko'nikmasi hosil bo'lgandan so'ng sayyoralar, Oy va Quyoshning ko'rinish shartlari, chiqish va botish daqiqalari bilan bog'liq masalalarni ham hal qilishingiz mumkin, buning uchun yoritgichlarning holatini xaritaga tushirish kerak. Yilning ma'lum bir kunidagi Quyoshning ekliptikadagi holatini topish uchun, chizg'ich yordamida olamning shimoliy qutbidan xaritadagi sanalar limbasi tomon chiziq tortib, ekliptika bilan kesishgan nuqtani belgilash yetarli. Quyoshning holati yil kunlariga bog'liq, aniqroq aytganda, aksincha, kalendar sanalari Quyoshning ekliptikadagi holatiga bog'liq. Oy va sayyoralarning xaritadagi o'rni yilning ma'lum bir kuni uchun astronomik kalendardan olingan ularning ekvatorial koordinatalari orqali belgilanadi. Shuningdek, Oy va sayyoralar zodiak yulduz turkumlari bo'ylab ekliptika yaqinida siljishini bilgan holda, faqat ularning to'g'ri chiqishidan foydalansa ham bo'ladi. Shuning uchun xarita xatoligi kichik bo'lgan hollarda bu yoritgichlarning og'ishini hisobga olmasdan, ularni ekliptikada joylashgan, deb hisoblash mumkin. Amma endi, Quyosh holatini aniqlashdagi kabi, sanalar limbasidan foydalanib bo'lmaydi, chunki Oy va sayyoralarning xarakatlari yilning ma'lum bir kalendar kunlari bilan bog'langan emas. Shu sababli, sanalar limbasi o'rniga xaritaning koordinatalar setkasidan foydalanish kerak va yilning ma'lum bir kuni uchun bu yoritgichlarning to'g'ri chiqishiga teng bo'lgan ekliptikadagi o'rnini topish zarur.

REFERENCES

1. Muxamedov, G. I., Nurmamatov, S. E., & Sapayev, I. U. O. (2021). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida astronomiyadan masalalar yechish usullari. Academic research in educational sciences, 2(1), 664-667.

2. Nurmamatov, S. (2020). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida astronomiya fanidan" Osmon sferasi, uning asosiy nuqtalari, aylanalari va chiziqlari" mavzusiga doir masala yechish metodikasi. Fizika, matematika va informatika, 1(1), 37-44.

3. Eraliyevich, N. S. Conceptual Fundamentals of Modern Technology of Teaching Astronomy in General Secondary Schools. JournalNX, 637-638.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Qo'ziboyevich, A. Z., & Eraliyevich, N. S. (2021). GALAKTIKAMIZNING TARKIBIY QISMLARINI JOYLASHUVI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 7(02), 89-94.

5. Нурмаматов, Ш. Э. (2022). ОБРАБОТКА ДАННЫХ ПЗС И АРИФМЕТИКА КОРРЕКЦИИ ПО АСТРОНОМИЧЕСКИМ НАБЛЮДЕНИЯМ. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 112-113.

6. Eraliyevich, N. S. (2022). ASTRONOMIYA KURSI LABORATORIYA MASHG 'ULOTLARIDA QIDIRUV VA TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI. Science and innovation, 1(1), 110-117.

7. Nurmamatov, S. (2020). Astronomiya kursining astrofizika bo'limiga doir masalalar yechish metodikasi.". O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi respublika.

8. TURSUNOV, I., & TILLABOYEV, A. ASTRONOMIYA KURSINI О 'QITISHDA ZAMONAVIY ELEKTRON TA'LIM RESURSLARINING AHAMIYATI. ЭКОНОМИКА, 294-299.

9. Choriyevich, M. S., & Choriyevna, M. Y. (2022). ASTRONOMIYADAN TO'GARAK MASHG'ULOTLARIDA YUPITER SAYYORASINI KUZATISH. Ta'lim fidoyilari, 17(4), 16-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.