Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA O‘TKAZISH METODIKASI'

TA’LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA O‘TKAZISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
259
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
astronomiya / astronomik kuzatuvlar / dars jarayoni / mashg‘ulot / didaktika / pedagogika.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Hamidova Sarvinoz Ochil Qizi, O‘Rinova Oysha Dilmurod Qizi

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida astronomik kuzatuvlarning ahamiyati va o‘tkazish metodikasi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA O‘TKAZISH METODIKASI»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

TA'LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA O'TKAZISH METODIKASI

Hamidova Sarvinoz Ochil qizi, O'rinova Oysha Dilmurod qizi

Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabalari

Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), prof.v.b. D.I.Kamalova https://doi.org/10.5281/zenodo.7586209

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim muassasalarida astronomik kuzatuvlarning ahamiyati va o'tkazish metodikasi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: astronomiya, astronomik kuzatuvlar, dars jarayoni, mashg'ulot, didaktika, pedagogika.

SIGNIFICANCE OF ASTRONOMICAL OBSERVATIONS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS AND METHODOLOGY OF CONDUCT

Hamidova Sarvinoz Ochil kizi, Urinova Oysha Dilmurod kizi

Students of the department of the "Physics and astronomy" Navoi state pedagogical institute Research advisor: DSc, prof. D.I. Kamalova

Annotation. This article describes the importance of astronomical observations in educational institutions and the method of conducting them.

Keywords: astronomy, astronomical observations, teaching process, training, didactics, pedagogy.

Ta'lim muassasalarida o'quv kuzatishlarni tashkil etishning asosiy maqsadi -o'quvchi (talaba) larga nazariy tomondan yoritilib berilgan astronomik hodisalar va jarayonlarni amaliy, ya'ni demonstratsion tanishtirish va jarayonlami tabiiy ravishda tushuntirishdan iborat. Amaliy kuzatuvlarsiz olib borilgan dars jarayonlari faqatgina astronomik hodisalarni nazariy jihatdan tushuntirish, astronomik ta'lim jarayonini shunchaki olib borish bilan bog'liq bo'ladi, xolos.

Astronomik kuzatishlar paytida o'quvchi-talabalar osmon sferasidagi yoritgichlariga qarab yo'nalish olish hamda astronomik o'lchashlar olib borishning ko'nikma va malakasiga ega bo'lishlari shart. Hosil qilingan ko'nikmalar asosida o'quvchi (talaba) lar astronomiya kursining amaliy astronomiya qismini yorug' yulduzlarning joyini, yulduz turkumlarining joylashuvini, gorizont tomonlarini aniqlashni hamda ularning amaliy tushuntirib berishlari kerak. Shu bilan birga

astronomík kuzatishlar, o'quvchi (talaba) larda kuzatishlar olib borish ko'nikmasini, kuzatishlar natijasida individual xulosalar chiqarish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi, malakalari ortadi.

Astronomik kuzatishlar - bu astronomiyada olib borilgan amaliy ishlar sifatida ham qabul qilinadi. Amaliy ishlar pirovardida o'quvchi (talaba) larda astronomik bilimlarini yanada mustahkamlashda ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.

Astronomik kuzatish ishlarini ikki qismga bo'lib o'tkazish mumkin:

1) kirish kuzatishlari - bunda o'quvchi (talaba) larga Koinotda sodir bo'ladigan asosiy astronomik hodisalar bo'yicha kengaytirilgan ma'lumotlar beriladi. Bunday ma'lumotlar asosida o'quvchi (talaba) lar nazariy tomondan olgan bilimlari bo'yicha yakuniy xulosalar qilishadi va umumnazariy ma'lumotlarning oshish va rivojlanishida ko'mak beradi.

2) ko'rgazmali (illyustrativ) astronomik kuzatishlar - bunda kuzatilayotgan samoviy obyekt to'g'risida yangi va to'liq ma'lumotlar olish imkoniyati paydo bo'ladi. Astronomiyada kirish kuzatishlari m'lum bir bo'limni o'tishdan oldin o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Ko'rgazmali kuzatishlar esa odatda, ma'lum bir bo'lim tugallanganidan keyin olib borilsa, nazariy tomondan olingan bilimlarni yanada mustahkamlash, ularni umumlashtirish, shu bilan birga xulosalar chiqarish uchun asos bo'ladi va dars mashg'uloti o'zining maqsadiga erishgan bo'ladi. Maqsadiga erishgan har qanday dars mashg'uloti o'zining ijobiy natijasini berishiga hech qanday shubha bo'lmaydi.

Astronomik kuzatishlar paytida aynan bitta samoviy obyektning o'zi kirish kuzatishlarini va ko'rgazmali kuzatishlarni olib borish davrida o'rganilishi mumkin.

Astronomiya fanidan ayniqsa, sferik astronomiya bo'limini o'quvchi (talaba) lar samarali o'zlashtirishlarida astronomik kuzatishlarni olib borish muhim o'rinni egallaydi.

Astronomik kuzatishlarning kirish kuzatishlarida quyida keltirilgan amaliy mazmunda qo'yilgan masalalami ko'rish hamda mustaqil ravishda tahlil qilib borish tavsiya etiladi: 1) osmon sferasi bilan frontal ravishda tanishtirish - osmon sferasi guruhlari, ya'ni yulduz turkumlari va yoritgich (yulduz) larning sutkaviy siljishi (paralaksi) ni o'rganish; 2) kunduziy yulduz (Quyosh) ning ko'rinma harakatini o'rganish; 3) Yoritgichlarning ko'rinma harakatini o'rganish; 4) Hilol (Qamar, Oy) ning ko'rinma harakatini o'rganish; 5) Yupiter sayyorasining 4 ta yo'ldoshlari (Galiley yo'ldoshlari) va ulaming harakati o'rganish; 6) kunduziy yulduz (Quyosh) gardishinmg aylanishini hamda fotosferada kuzatiladigan dog'laming siljishi kuzatish; 7) yoritgichlarning rangini kuzatish va uning spektrlarini o'rganish; 8) fizik qo'shaloq bo'lgan yulduzlarni kuzatish; 9) fizik o'zgaruvchan bo'lgan yulduzlarning yorqinliklari o'zgarishini kuzatish; 10) Galaktikalar (yulduz to'dalari) va tumanliklarni kuzatish; 11) Bizning galaktika (Somon yo'li) ni va undagi

yoritgichlarni kuzatish. Albatta, yuqorida keltirilgan kuzatishlarning hammasini aynan bir kunda olib imkoniyati bo'lmaydi.

Astronomik kuzatishlarning yana bir afzalligi shundaki, bunday kuzatishlar asosida olingan ma'lumotlarni mulohoza qilish barobarida, o'quvchilarda samoviy jismlarning haqiqiy harakatlarini aniqlab olishlari muqarrarligiga yana bir marta ishonch hosil qilishadi, o'quvchilar Koinotning haqiqiy tuzilishi va uning rivojlanishini bilib olishiga katta ishtiyoq paydo bo'ladi. Binobarin, bizning Yer sayyoramiz ellipsoid (shar shakliga yaqin) shaklida ekanligi, Yer o'zining aylanish o'qi atrofida harakatlanishi bilan birga Quyosh atrofidagi harakatlanishi (265,2424 sutkalik davr bilan) o'tkazilgan astronomik kuzatishlar asosida tushuntiriladi.

Astronomik kuzatishlar uchun maktab dasturida 4 soat vaqt ajratilgan bo'lib, shundan 3 soati kechqurungi, 1 soati esa kunduzgi Quyoshni kuzatishga bag'ishlanadi. Astronomik kuzatishlarni rejalashtirishda, kuzatish lozim bo'lgan ob'ektlarning hammasini ma'lum bir vaqtda osmonda kechasi ko'rishning iloji bo'lmasligini unutmaslik kerak. Ma'lum bir joyda astronomik kuzatishlar uchun sharoitni e'tiborga olib, kuzatishlar rejasi o'quv yili uchun mo'ljallangan "Maktab astronomik kalendari" (Школьный астрономический календарь) dan hamda Астрономический календарь, переменная часть (yilnoma) dan foydalangan holda tuzilishi kerak bo'ladi.

Astronomik kuzatishlarni, odatda 60^90 kunlik oraliqdagi tanaffus bilan olib borish orqali o'quvchilarga yulduzlar osmonining yilning turli fasllarida turlicha bo'lishi tushuntiriladi, bunday o'zgarishlar bizning Yer sayyoramiz Quyosh atrofidagi harakatining dalillaridan biri bo'lgan Quyosh o'zining ekliptika deb atalmish katta aylanasi bo'ylab ko'rinma harakatlanishi sababli ekanligi ularga tushuntirishni yanada osonlashtiradi.

Astronomiya fani boshlang'ich darsining bir qismini, ya'ni osmon sferasining asosiy nuqtalari, chiziq va aylanalarini tushuntirishda, shuningdek asosiy yulduz turkumlarini o'rganishda astronomik asboblar juda zarur bo'lmaydi, qolgan astronomik kuzatishlar, maktablar uchun mo'ljallangan refraktor teleskopi yoki Maksutovning meniskli reflektor teleskopi yordamida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Agar maktab Astronomiya kabinetlari har ikkala tur teleskopga ham ega bo'lmasa, u holda astrnomik kuzatishlarni durbinda olib borish, maktabda astronomik kuzatishlarga qo'yilgan talablarni ma'lum darajada qondira olish imkonini beradi. Kechki astronomik kuzatishlarni A.A. Mixaylovning "Звёздный атлас" idan va A.D.Marlenskiyning "O'quv yulduzlari atlasi" dan foydalangan holda olib borish, xohlagan yulduz turkumlarini osmon sferasida topishni va ular orqali astronomik kuzatish uchun mo'ljallangan samoviy jism (sayyora, fizik o'zgaruvchan yulduz yoki tumanliklar) holatini aniqlashimizni osonlashtiradi.

Metodik adabiyotlarda kechqurungi kuzatishlarni quyidagicha rejalashtirishni tavsiya qiladi:

Birinchi (kechki) kuzatish darsi:

1. O'quvchilarni osmon sferasining asosiy nuqtasi, chiziq va aylanalari bilan tanishtirish, Kichik ayiq yulduz turkumi a sini (Qutb yulduzi) topish va gorizontning tomonlarini aniqlash. Osmonning surilma xaritasidan foydalangan holda yorug' yulduzlarga ega bo'lgan yulduz turkumlarini topish;

2. Yulduzlarning sutkalik ko'rinma harakatlarini kuzatish, kulminatsiyalarini aniqlash;

3. Qutb yulduzini topish, j oyning geografik kengligini aniqlash;

4. Asosiy yulduz turkumlarining konturlari (chegaralari) va ularni gorizontga nisbatan joylashishlarini kuzatish payti uchun aniqlash;

5. 2^3 yulduz ravshanligini baholash;

6. Somon Yo'lini hamda undagi yulduzlarni va kuzatish paytida osmonda ko'rinishi mumkin bo'lgan sayyoralarni kuzatish.

Ikkinchi kechki kuzatish darsi:

1. Surilma xaritadan foydalanib, osmonda oriyentasiya (yo'naltirish) qilishni o'rganish. Yulduzlarning vaziyatlariga nisbatan Oyning o'rnini aniqlash va uni teleskopda kuzatish;

2. Asosiy yulduz turkumlarining kontur (chegara) larini o'rganish (1-kechki kuzatish qo'shimcha);

3. Yoritgichlarning rangi va yorqinligini vizual baholash;

4. Teleskoplarda Quyosh tizimi sayyoralarini kuzatish osmon sferasidagi o'rinlarini aniqlash. Teleskop yordamida Yupiterning 4 ta tabiiy yo'ldoshlarini kuzatish (Galiley yo'ldoshlari).

Uchinchi (kunduzgi) kuzatish darsi:

Bu dars Quyoshni kuzatishga bag'ishlangan bo'lib, bunday kuzatish dasturini quyidagicha rejalashtirish mumkin:

1. Quyosh diskini chetga tomon qorayishini kuzatish;

2. Fotosfera mashallarini kuzatish;

3. Dog'larni kuzatish

To'rtinchi (kechki) kuzatish darsi:

1. Surilma xaritadan foydalanib, yulduzlarga qarab oriyentasiyalanishini va asosiy yulduz turkumlarini konturlarini o'rganish (1- va 2-kechki kuzatishlarga qo'shimcha);

2. Sayyoralarning yulduzlarga nisbatan vaziyatlarini aniqlash hamda Oy va sayyoralarni teleskopda kuzatish yo'li bilan ulardagi ayrim detallarning konturlarini chizmada aks ettirish;

3. Teleskop yordamida ayrim qo'shaloq yulduzlarni, ravshan yulduzlar to'dalarini va tumanliklarni kuzatish.

Kechki astronomik kuzatishlarning birinchi qismini umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun mo'ljallangan Astronomiya darsligining "Kirish" qismini yakunlagandan so'ng, "Osmon sferasining asosiy elementlari" va "Quyosh tizimi sayyoralarining astronomik tabiati" mavzulari o'tilgandan so'ng ikkinchi astronomik kuzatishlarni, oxirgi uchinchi kunduzgi astronomik kuzatishni esa "Quyosh va yulduzlar" qismidan "Quyosh" mavzusini o'tib bo'lingach va nihoyat, to'rtinchi kechki kuzatishni "Koinotning tuzilishi" mavzusidan so'ng uyushtirish, nazariy bilimlarni mustahkamlashda yetarlicha katta samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kamolov I., Omonboyeva M., Mansurova Sh. Exploring the scientifik legacy of great scientists in mathematics and astronomy. "Academia science" ilmiy-tadqiqotlar markazi. UzAcademia ilmiy-uslubiy jurnali. Toshkent. 361-364 b. 2020.

2. Kamalova Dilnavoz, Ravshanova Saodat. Problems of teaching astronomy at school. «Analytical journal of education and development». Volume 01. Issue 01. July 15. 2021. pp. 36-40.

3. Kamalova Dilnavoz, Omonboyeva Meruyert, Abdisalomova Sanobar. Uzluksiz ta'lim tizimida astronomiya ta'lim standartining tutgan o'rni. "Science and innovation" International scientific journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. 1982-1985 бет.

4. Kamalova Dilnavoz, Omonboeva Meruert, Kamolov Ikhtiyor. Methodology of application of innovative educational technologies to the process of physics and astronomy education. "International Journal of Early Childhood Special Education". (INT-JECSE). DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.267 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022. pp. 2144-2146.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.