ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
FIZIKANI O'QITISHDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANISH
Bu maqolada fizikani umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitishning zamonaviy usullari: axborot texnologiyalari orqali o'qitish, loyiha usuli orqali o'qitish, fanlararo bog'liqlik usuli orqali o'qitish va boshqa usullardan foydalanish taqdim etilgan.
Kalit so'zlar: fizika, muammoli vaziyat, chet tillari, loyiha, axborot texnologiyalari, geometrik optika, burchak.
This article presents modern methods of teaching physics in the general school: learning with information technology, project-based learning, interdisciplinary learning and the use of other methods.
Keywords: physics, problem situation, foreign languages, project, information technology, geometric optics, angle.
Zamonaviy pedagogikada o'quvchilarni aniq fanlarga qiziqtirish muammosi dolzarb hisoblanadi. O'quvchilar bu fanlarni o'zlashtirishda qator qiyinchiliklarga uchraydilar. Fizika va astronomiya fanlari ham o'zlashtirish qiyin fanlar sirasiga kiradi. Pedagoglar oldida fizika va astronomiya fanlarining dastlabki bo'limlarini boshlashdanoq o'quvchilarda fanga qiziqishlarini oshirib borishi kerak. O'quv jarayonida o'quvchilarning aktiv qatnashishlari asosiy ro'l o'ynaydi. Quyida o'quvchilarning darslarga qiziqishlarini oshirish uchun xizmat qiladigan texnologiyalarni ko'rib chiqamiz.
Komiljon Tolqinovich Tillaboyev
Chirchiq davlat pedagogika universiteti [email protected]
Shoxrux Usmanov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti shoxrux [email protected]
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
November, 2022
ADABIYOTLAR VA METODOLOGIYA
Usbu maqolada keltirilgan dars o'tish zamonaviy usullari o'qituvchilar tomonidan darst paytida maktab o'quvchilarida tajriba sinov tariqasida o'tib berildi. Tajriba sinov jarayonida qoniqarli natija bergan usullarni quyida keltiramiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Muammoli vaziyat orqali o'qitish.
Ta'lim berishning bu shakli o'quvchilarning mustaqil fikrlashini oshiradi. Bunda sinfga biror bir fizik hodisalarga oid muammoli savollar tashlanadi, har bir o'quvchi bu vaziyatga o'zining fikrini bildiradi va so'nggida ma'lumotlar umumlashtirilib vaziyatning yechimi aniqlanadi. Bu usul ayniqsa fizika darslarida juda qo'l keladi, chunki fizika tabiat haqida fan bo'lib muammoli vaziyatlarning turlari ko'p. Muammolarga asoslangan ta'lim elementidan foydalanish o'quvchilarning ijodiy fikrlashlari uchun sinfda sharoit yaratib beradi. Muammoni o'rganish ushbu texnologiyaning muhim qismidir. Jarayonda muammoni o'rganish o'quvchining nimalarga qodirligini ko'rsatadi, ularga motivatsiya bo'ladi. Ushbu texnologiyadagi bildirilgan fikrlarni to'g'irlash prinsipi ularning darajalarini farqlsh, o'quvchilarning qanchalik ta'lim standartlariga mos ravishda bilim olayotganlarini ko'rib borishga imkon beradi.
Chet tillari orqali o'qitish.
Yosh fizikani o'rganuvchilar masalalarni yechishda ko'p xatolarga yo'l qoyadilar. Buning sababi masala shartiga to'liq tushunmaslik va fizik kattaliklarni to'g'ri belgilay olmaslik bo'ladi. Fizik kattaliklarning ko'pgina qismi ushbu kattalikning ingliz yoki lotin tilidagi tarjimasining bosh harfi bilan belgilanadi.
Fizik kattalikning belgilanishi Kattalikning o'zbekcha ma'nosi Kattalikning ma'nosi ( chet tilida )
Tezlik Inglizchada - velocity
Q Issiqlik miqdori Inglizchada - quantity of heat
E Energiya Lotinchada - energia
t Vaqt Inglizchada - time
F Kuch Inglizchada-force
Bu texnologiyaning asosiy qismi fizika darslarida kattaliklarning ta'riflari bilan birgalikda ularning chet tilidagi tarjimasi tushuntirilib boriladi. O'quvchilar kattalik belgilashini shu so'zlarga bog'lab yod oladilar. Bu usulning foydali jihati shundaki o'quvchilar ham fizik kattaliklarni tez eslab qoladilar va chet tillaridagi bilimlarini ham
November, 2022
19
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
mustahkamlaydilar. Texnologiyani qo'llash uchun pedagoglardan yuqori bilim va chet tillarini bilish talab etiladi.
Loyiha usuli.
Bu usul ta'limning keng qamrovli usuli hisoblanadi. O'quvchilarga o'zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda o'quv jarayonini tashkil etish imkoni beriladi. O'quv rejalari o'quvchilar tomonidan rejalashtiriladi. Ekspertlar tomonidan bu reja aniq bir maqsadga yo'naltirilganligi, o'quv me'yoriy talablarga mosligi tekshiriladi. Loyihalar metodi asosida o'quvchilarning ijodiy qobilyatini shakllantirish, mustaqil qaror qabul qilish qobilyatini oshirish, axborot olamida ma'lumotlarni olish va saralash qobilyatlarini shakllantiradi. Loyiha usulida yuqori sinf o'quvchilarini ilmiy izlanishlarga jalb qilish uchun imkon beradi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish usuli.
Axborot texnologiyalari darslarning axborot mazmunini, ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi. Darslarda axbororot texnologiyalaridan foydalanish orqali videokliplar, noyob rasmlar, grafikalar, formulalar, o'rganilayotgan jarayonlarning grafik animatsiyalarini, texnik vositalarni, eksperimental qurilmalarning ishlashini namoyish etish mumkin. Ma'ruza darslarini interfaol tarzda olib borish imkonini yaratadi. Mediatexnologiyalardan foydalanib o'qitish o'quvchilarning tasavvurlarini yanada kengaytiradi. Bugungi kunda butun dunyoda mediatexnologiyalardan foydalanib o'qtilmoqda. Bunda asosan Stellarium, Star Walk, Star Map, Home Planet, Celestia kabi dasturlaridan foydalaniladi.
Stellarium Windows va Linux uchun yaratilgan astronomik dastur hisoblanadi. Stellarium dasturi- asosan yulduz turkumlari, osmon sferasi elementlari, yulduzlarning koordinatalari, yulduzlargacha masofani aniqlash, Quyoshning yillik va kunlik ko'rinma harakati kabi bir qancha mavzularini o'z ichiga oladigan 3D formatdagi dasturdir. Dasturdan foydalanib ushbu ishlarni amalga oshirish mumkin:
- 600 dan ortiq yulduzlarni kuzatish;
- osmonda joylashgan yulduz turkumlarining jozibali tasvirlarini korish;
- barcha sayyorlar va ularning yo'ldoshlaridan turib osmonni kuzatish;
- o'tmish va kelajakdagi vaqtlarni belgilash:
- tutulishlar simulyatsiyasini ko'rish;
- osmon jismlarining o'lchamlarini aniqlash va boshqalar.
Yuqoridagi dasturdan foydalanish o'quvchilarning astronomiyaga oid bilimlarini oshirish va mustahkamlash uchun qo'llaniladi.
Fanlararo bog'liqlik usuli.
Maktab ta'limida fanlararo bog'liqlikning 4 ta didaktik
funksiyalari bor:
November, 2022
- metodologik;
- ta'limiy;
- o'stiruvchi
- konstruktiv;
O'quv me'yorlarini to'liq o'rganilib chiqish natijasida fizika fanining boshqa fanlar bilan bog'liqlik darajasi ishlab chiqildi. (1-jadval )
№ Fan Fizika
1 Ona tili + -
2 Adabiyot + -
3 Tarix +
4 Chet tili + -
5 Biologiya + +
6 Kimyo + +
7 Geografiya + +
8 Informatika + +
9 Matematika + +
10 Musiqa + -
11 Jismoniy tarbiya + -
12 Texnologiya +
13 Astronomiya + +
14 Tasviriy san'at +
1-jadval
+ + bog'liqlikning yuqori darajasi
+ bog'liqning o'rta darajasi + - bog'liqlikningkichikdarajasi
1-jadvaldagi ma'lumotlarga qaraganda ko'pgina fanlar fizika bilan yetarli darajada fanlararo bog'liqlikka ega. Matematika fizikadan oldinroq shakllangan fandir. Fizika fanining rivojlanishida, fizika tadqiqotlar yo'lga qoyilishida matematik metodlar katta ro'l o'ynaydi. Matematika fizik jarayonlar, fizik qonuniyatlarni to'liq holatda aks ettiruvchi fandir. Fizika insoniyat oldiga matematik metod orqali yechiladigan vazifalarni qoyadi bu esa yangidan yangi matematik tushunchlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Matematika fizika uchun juda ko'p narsalarni beradi. Differensial va integral hisoblashlar yordamida ko'pgina qonunlarni (Nyutonning 2-qonuni, elektromagnit induksiya qonunlari ) to'liq ifoda etish uchun xizmat qiladi. Geometrik optika tushunchalari yordamida fizika va matematikaning fanlararo bog'liqligini ko'rib chiqamiz. (2-jadval)
November, 2022
21
№ Geometrik optikadagi tushuncha Matematik tushuncha Bog'liqlikning darslarda qo'llanilishi
1 Yorug'likning qaytishi. Qaytish qonunlari Nur, soya, teng burchaklar, perpendikulyar Qaytish qonunlarini o'rganishda, masalalar yechishda
2 Yassi ko'zgu O'qlar simmetriyasi Yassi ko'zguda tasvir hosil bo'lishini o'rganish
3 Yorug'likning sinishi. Sinish qonunlari Nur, soya, teng burchaklar, tog'ri burchakli uchburchakda burchak sinusi. Sinish qonunlarini o'rganish
4 Linzalarda tasvir hosil qilish Parallel to'g'ri chiziqlar hosil bo'lishi. 3 ta to'g'ri chiziqning 1 nuqtada birlashishi. Linzada tasvir hosil qilishni o'rganish. Masalalar yechish.
5 Gyugens prinsipi Uchburchakda burchaklarning bog'lanishi. Uchburchaklar o'xshashligi Qaytish qonunlarini isbotlash
6 To'la qaytish Uchburchakda burchaklarning bog'lanishi. Burchak sinusi To'la qaytishni hosil qilish. Masalalar yechish
7 Nurning sinish qonuni Uchburchakda burchaklarning bog'lanishi. Burchak sinusi, tangensi, kichik burchaklarda sinus va tengenslar nisbati. Sinish qonunlarini isbotlash. Masalalar yechish
2-jadval.
Geometrik optika masalalarining 60 % dan ortig'lari bevosita fanlararo bog'liqlik doirasida bo'ladi. Masalalarda fizika va matematikaning integratsiyalashuvini ko'rib chiqamiz.
Masala. Uzunligi 3 m bo'lgan yo'g'ochning 50 sm qismi suvdan chiqib turibdi. Quyosh gorizontdan 300 burchak ostida turgan bo'lsa suv ustidagi va suv tubidagi yog'ochning soyasi uzunligini aniqlang. Suvning sindirish ko'rsatkichi n=1.33
Berilgan: a= 3 m b= 0.5 m 9= 300 n= 1.33
Topish kerak: L1 va L2
November, 2022
22
Yechim Fan
Burchak O1OO2 =30° unda tushish burchagi a=90°-30°=60°. L1=OA L2=BR. Fizika
Uchburchak OAO3 bundan OOs=b A=9, burchak 0=90° b b tan (o = — Li =- L1 tan (p Li=0.5*V3= 0.85 (m) Matematika
sin a ■ o=n sin ß sin a sin ß =- n sin a ß = arc sin- n ß = arc s i n0.64 =40° Fizika
L2=BC+CR, BC=OA= Lx, uchburchak CAR CA=a, burchak C=90°, burchak A= ß ta nß = CR=(a-b)* tanß CR=(3-0.5)* tan 4 0°=2.5*0.83=2.1 (m) L2=BC+CR=0.85+2.1=2.95 (m) Matematika
Fizika va matematika fanlarini o'qitishda o'zaro fanlar orasidagi bog'liqlikni e'tiborga olish zarur hisoblanadi. Bu bog'liqliklar ilm-fan rivojiga katta hissa qo'shadi. Bular fizika va matematika fanlaridagi katta yangiliklarni ochishi mumkin. Matematika fizik qonunlar va fizik hodisalarni isbotlash uchun kerak bo'lsa, fizika esa matematika oldiga turli yangi muammolarni qoyadi.
XULOSA
Bu yerda keltirilgan usullar ta'lim jarayonlarida qo'llanilishi ta'lim samaradorligini oshirib boradi. Chet tillar orqali o'qitishda o'quvchilarning tilga oid kompetensiyalari,
November, 2022
23
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
loyiha usulida o'quvchilarning ilmiy kompetensiyalari, fanlararo bog'liqlik usulida boshqa fanlarga oid kompetensiyalari oshib boradi. Bu usullarning hammasi darsning sifatli bo'lishiga yordam beradi.
REFERENCES
1. Isroilov, А. А. (2021). Fizika fanidan mustaqil ta'lim olishda elektiron dasturiy taminotlarning o'rni. Academic Research in Educational Sciences, 2(4), 769-775.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni.
3. Tillaboev, K. T., & Adjibaev, I. U. Astronomiya darslarida fotometriyani o'qitishning asoslari. Fizikaning rivojida fundamental-innovatsion tadqiqotlar va uning istiqbollari, 144-146.
November, 2022