Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANINI O`QITISHDA INNOVATSION FAOLIYAT VA TEXNOLOGIYASI'

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANINI O`QITISHDA INNOVATSION FAOLIYAT VA TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Astronomiya / innovatsion faoliyat / innovatsion texnologiya / ilmiylik / tizimlilik prinsiplari / ijtimoiy-madaniy / intellektual va axloqiy qarashlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Barakayeva Sarvinoz Tolqunovna, Olimova Feruza, Ramazonov Ozodbek

Ushbu maqolada astronomiya fanidan umumiy o`rta ta`lim maktablarida innovatsion faoliyatni tashkil etish va uni innovatsion texnologiyalar asosida takomilllashritish, shu fanga nisbatan o`quvchilarda o`qitish prinsiplari asosida ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANINI O`QITISHDA INNOVATSION FAOLIYAT VA TEXNOLOGIYASI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANINI O QITISHDA INNOVATSION FAOLIYAT VA TEXNOLOGIYASI 1Barakayeva Sarvinoz To'lqunovna, 2Olimova Feruza, 3Ramazonov Ozodbek

1NavDPI Fizika va astronomiya kafedrasi doktoranti 2,3Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11001941 Annotatsiya. Ushbu maqolada astronomiya fanidan umumiy o 'rta ta lim maktablarida innovatsion faoliyatni tashkil etish va uni innovatsion texnologiyalar asosida takomilllashritish, shu fanga nisbatan o'quvchilarda o'qitish prinsiplari asosida ta'lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat.

Kalit so^zlar: Astronomiya, innovatsion faoliyat, innovatsion texnologiya, ilmiylik, tizimlilikprinsiplari, ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy qarashlar

Аннотация. В данной статье целью является организация инновационной деятельности в общеобразовательных школах по астрономии и ее совершенствование на основе инновационных технологий, обучение учащихся этому предмету на основе принципов образования, их воспитание и развитие.

Ключевые слова: Астрономия, инновационная деятельность, инновационные технологии, наука, системные принципы, социокультурные, интеллектуально-нравственные взгляды.

Abstract. The purpose of this article is to organize innovative activities in general education schools in astronomy and its improvement based on innovative technologies, teaching students this subject based on the principles of education, their upbringing and development.

Keywords: Astronomy, innovative activity, innovative technologies, science, system principles, sociocultural, intellectual and moral views.

Bugungi kunda astronomiya fanini rivojlantirish, iqtidorli yoshlar orasidan ushbu sohaning malakali kadrlarini tayyorlash, o'sib kelayotgan yosh avlodni astronomiyani o'rganish bo'yicha xalqimizning tarixiy an'analariga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya ilm-faniga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yurtimizda astronomiya faniga bo'lgan e'tibor tobora kuchaymoqda. Maktablarda astronomiya fanini o'qitilishini, o'quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash, tasavvurlarini oshirishda astronomiyadan masala yechishga katta ahamiyat berish kerak. O'quv mashg'ulotlarida umumiy holda mantiqiy xulosalar, matematik amallar va astronomiyadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan kuzatuvlar yordamida yechiladigan kichik muammo, odatda, astronomik masala deb yuritiladi.

Uzluksiz ta'lim tizimida astronomiya o'qitishning maqsadi o'quvchi va talabalarga ta'lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga astronomiyaning metodik masalalalaridan bo'lib, o'quv kursining mazmunini, tarkibini va dasturini, uni o'qitishga taalluqli darslik, o'quv qo'llanmalar va vositalarni aniqlash, ulardan o'qitish jarayonida samarali foydalanish usullarini topish hisoblanadi. Astronomiya mashg'ulotlarida o'quv materialini o'rganish bilan bog'liq holda kelib chiqadigan har bir jumboq o'quvchilar uchun masala bo'ladi. Metodik va o'quv adabiyotlarida esa ma'lum maqsad tanlab olinganda astronomik hodisalarni o'rganish, tushunchalarning shakllanishi, o'quvchilarning astronomik tafakkurini rivojlantirish va ularga olgan bilimlarini qo'llay olish uquvini berishni maqsad qilib olgan mashqlar masala deb yuritiladi. O'quvchilarga astronomik hodisalarning mohiyatini turli yo'llar bilan tanishtiriladi: hikoya qilib beriladi, labaratoriya ishlari bajariladi, ekskursiyalar o'tkaziladi va kuzatuvlar olib boriladi. Bunda o'quvchilarning faolligi, bilimlarining chuqurligi va mustahkamligi "muammoli

vaziyaf'ga bog'liq ravishda yuzaga keladi. Barcha umumiy o'rta ta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda astronomiya kursini o'qitishda quyidagi prinsplarga e'tibor qaratish kerak:

Hozirgi zamon astronomiya kursi bir-biri bilan bog'langan bir necha, ya'ni umumiy astronomiya, kosmonavtika asoslari, astrofizika kabi asosiy bo'limlardan tashkil topgan. Innovatsiya muayyan tizimning ichki tuzilishini о'zgartirishga qaratilgan faoliyat. Innovatsion ta'lim jarayonida qо'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Astronomiya kursini o'qitishda innovatsion texnologigalarning roli juda katta. Ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanib innovatsion texnologiyalar metodlari yordamida astronomiya kursini o'qitish talabalarni ilmiy ishlar qilishlari uchun zamin yaratadi deb hisoblaymiz. Astronomiya kursini o'qitishda ilmiy-tadqiqot yutuqlarining natijalaridan va ularni talabalarga yetkazishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish katta samara beradi. Shuning uchun ham astronomiya kursiga oid adabiyotlarni ilmiytadqiqot yutuqlari bilan boyitish zarur. O'quvchilar bunda astronomiya kursining nazariy qonuniyatlari bilan tanishibgina qolmasdan, amaliy tadbiqlarini ham ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlashiga xizmat qiladi.

Umumiy o'rta ta'lim maktabda innovatsion faoliyatning sub'ekti o'qituvchi, uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o'qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi. O'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirsh bir qator shart sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda innovatsion va axborot texnologiyalardan foydalanishda o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini tayangan holda keng qamrovli mavzuni tushuntirishda har biridan alohida foydalanadi.

Astronomy education

A

Nazariy qism

Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chi/iq va aylanalari

Astronomik innovatsion faoliyat — maktablarda koproq kuzatish metodik orqali ozida o'qitish prinsiplarni jamlaydi va ular asosida o'quvchilarni shu fanga nisbatan qiziqish ortadi. Astronomik bilim, texnologiya va uskunalarni o'qitishga qaratilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, kuzatuv va innovatsion faoliyat majmui hisoblanadi. Yangi yoki qo'shimcha innovatsion va axborot texnologiyalar asosida yangi xususiyatlarga ega bilim va konikmalarni innovatsion faoliyatning natijasi hisoblanadi. Shuningdek, innovatsion faoliyatni innovatsiyalarni yaratish, o'zlashtirish, tarqatish va ulardan foydalanish faoliyati sifatida ham belgilash mumkin.

REFERENCES

1. Kamolov I.R., Kamalova D.I. , Sayfulllayeva G.I., Barakayeva S.T., Hamroyeva S.N. O.Avezmuradov "Astronomiya o'qitish metodikasi" darslik Xorazm -2023.

2. Kamolov, S.T.Barakayeva Intellektrual mulk agentligi "Quyosh sistemasi va uning sayyoralari" DGU 05797 elektron o'quv qollanma dasturiga patent, Toshkent-2018 yil

3. Barakayeva S. INTEGRATIVE APPROACH IN ASTRONOMY TEACHING AND ITS PRACTICAL ESSENCE //Fan va innovatsiyalar. - 2024. - T. 3. - №. B1. - S. 390-392.

4. Olimova, Feruza, and Barakayeva Sarvinoz Tolqunovna. "THE ESSENCE OF TEACHING THE SCIENCE OF ASTRONOMY ON THE BASIS OF AN INTEGRATIVE APPROACH." Uzbek Scholar Journal 25 (2024): 150-154.

5. Barakayeva Sarvinoz Tolqunovna,. "THE ROLE OF ASTRONOMICAL COMPONENTS IN THE INTERDISCIPLINARY TEACHING OF THE" SUN AND SOLAR SYSTEM" SECTION FROM ASTRONOMY." Uzbek Scholar Journal 24 (2024): 109-113.

6. Barakayeva Sarvinoz "Birinchi Renessans: Abu Rayhon Beruniy va tabiiy fanlar evolyutsiyasi" nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 25-may, 2023-yil. Navoiy shahri

7. BARAKAYEVA S. ASTRONOMIYADAN "SATURN" SAYYORASI MAVZUSINI TURDOSH FANLARARO O 'QITISH METODIKASI //News of UzMU journal. - 2024. -Т. 1. - №. 1.2. - С. 71-75.

8. U.R.Bekpulatov. "Physical style of thinking-methodological basis for the formation of a scientific world view". Theoretical&Applied Science. 09(89). 183-188.

9. Х,амроева Севара Насриддиновна, Камолов Ихтиёр Рамазонович. "Педагогика олий таълим муассасаларида булажак физика фани укитувчиларининг мантилий фикрлаш кобилиятини stem таълим дастури асосида ривожлантириб укитишни такомиллаштириш". Science and innovation International scientific journal. volume 1. issue 6. UIF-2022. 2181-3337.

10. У.Д.Шеркулов, А.М.Музафаров, Т.И.Солиев. Determination of mixing factors of daughter

radionuclides in the uranium decay chain. Neuroquantology. September. 2022. Volume 20. Issue 11. London.

11. Ж.М.Абдуллаев, Л.И.Очилов. "Изъятие пресной воды из подземных вод при помощи гелиоустановки водоносного опреснителя". Молодой учёный научный журнал. 2015/5. 274-276.

12. Tursunboy Izzatillo ugli Soliyev, Amrullo Mustafoyevich Muzafarov, Bahriddin Faxriddinovich Izbosarov. Experimental determination of the radioactive equilibrium coefficient between radionuclides of the uranium decay chain. International Scientific Journal Theoretical&Applied Science. 801-804.

13. С.С.Канатбаев, И.Р.Камалов, Д.И.Камолова, Г.И.Сайфуллаева. "Universum: технические науки". Россия. Декабрь, 2016. №12(33). 38-40 стр.

14. Хушвак;тов Бекмурод Нормуродович. "Innovative Fundamentals of Non-Traditional Teaching (on The Example of The Optics Department)" Journal of Ethics and Diversity in International Communication". e-ISSN: 2792-4017. www.openaccessjournals.eu. Volume.1 Issue.3.

15. Э. А. Кудратов Э. А. Аллаберганова, Г. М., Кутбеддинов, А. К., Каримов, А. М., Интерактивные методы обучения студентов естественных специальностей на основании радиационных факторов экосистемы. Педагогика и современность ISSN: 2304-9065

16. B. I Xojiyev, N.A. Ulugberdiyeva, AA Xo'jayev, AA Amonov Studying the transition processes in physics lessons Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10 (5), 873-876, 2022

17. Sayfullaeva Gulkhayo Ikhtiyor Kizi, Shodiev Khamza Ruziculovich, Xaitova Shakhnoza G'olibjon Kizi // CONDITIONS FOR THE FORMATION OF TEACHING INNOVATION ACTIVITIES// Journal of Pharmaceutical Negative Results Volume 14. Issue 2. 2023. 242024233 pp

18. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani аxbоrоt tа'lim muhitlаridаn fоydаlаnib о'qitishning pеdаgоgik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

19. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

20. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

21. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

22. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

23. А.А.Ахмедов, Э.А.Кудратов, Д.М.Холов. Инновационные Технологии В Науке И Образовании" сборник статей победителей международной научно-практической конференции. 2016. Издательство: Наука и Просвещение. Пенза.

24. Б.Ф.Избосаров, А.А.Ахмедов, И.Р.Камалов. Инновационные подходы к проведению лабораторных работ по физике". Новые технологии в образовании. 106-109.

25. Kamolov Ikhtiyor Ramazonovich Features of using mathematical knowledge and laws of physics in teaching astronomy Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024

www.uzbekscholar.com 152-157

26. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

27. Сайфуллаева Гулхаё Ихтиёровна, Негматов Сайибжан Садыкович , Абед Нодира Сайибжановна, Камолов Ихтиёр Рамазонович, Баракаева Сарвиноз Тулкуновна, Камалова Дилнавоз Ихтиёровна МЕТОДИКА ПОЛУЧЕНИЯ КОМПОЗИЦИОННЫХ ОБРАЗЦОВ НА ОСНОВЕ ТЕРМОРЕАКТИВНЫХ ФУРАНО-ЭПОКСИДНЫХ ПОЛИМЕРОВ И ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫХ НАПОЛНИТЕЛЕЙ// Универсум технические науки январь, 2021 1(82)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.