Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA ATOM VA YADRO FIZIKASI SOHASIDA TADQIQOTLAR TARIXI'

O’ZBEKISTONDA ATOM VA YADRO FIZIKASI SOHASIDA TADQIQOTLAR TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
30
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xudayberdiyev E.N, Samandarov L.Q, Mustafoyeva S.V, Esonboyeva N.R

Hozirgi kunda fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar insoniyat jamiyatining rivojlanishiga, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotda keskin o’zgarishlarga va o’sishlarga olib keldi. Bunday yutuqlar sirasiga tabiiy va aniq fanlar sohasida, shu jumladan fizika sohasida erishilgan yutuqlarni ham kiritish mumkin. Bugungi kunda fizika fani koinot tuzulishidan to elementar zarralar tuzulishi va qonuniyatlarini o’rganishgacha bo’lgan juda katta diapazonni qamrab oladi. Ko’rsatilgan masshtabning har ikki qutbida alohida holda erishilgan yutuqlar bir-birini to’ldirgan holda olamning yagona fizik manzarasini tasavvur qilishga imkoniyat yaratmoqda. Ushbu yaxlitlik esa turli fanlar o’z yo’nalishida o’rganayotgan jarayonlar va ularning qonuniyatlari orasidagi uzviy va izchil bog’lanishlar mavjudligiga ishora qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA ATOM VA YADRO FIZIKASI SOHASIDA TADQIQOTLAR TARIXI»

O'ZBEKISTONDA ATOM VA YADRO FIZIKASI SOHASIDA TADQIQOTLAR

TARIXI

1Xudayberdiyev E.N., 2Samandarov L.Q., 3Mustafoyeva S.V., 4Esonboyeva N.R.

1NavDPI "Fizika astronomiya" kafedrasi prof.v.b.

2NavDPI "Fizika astronomiya" kafedrasi o'qituvchisi 3'4NavDPI "Fizika astronomiya" yo'nalishi 4-"A"guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10993251

Hozirgi kunda fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar insoniyat jamiyatining rivojlanishiga, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotda keskin o'zgarishlarga va o'sishlarga olib keldi. Bunday yutuqlar sirasiga tabiiy va aniq fanlar sohasida, shu jumladan fizika sohasida erishilgan yutuqlarni ham kiritish mumkin. Bugungi kunda fizika fani koinot tuzulishidan to elementar zarralar tuzulishi va qonuniyatlarini o'rganishgacha bo'lgan juda katta diapazonni qamrab oladi. Ko'rsatilgan masshtabning har ikki qutbida alohida holda erishilgan yutuqlar bir-birini to'ldirgan holda olamning yagona fizik manzarasini tasavvur qilishga imkoniyat yaratmoqda. Ushbu yaxlitlik esa turli fanlar o'z yo'nalishida o'rganayotgan jarayonlar va ularning qonuniyatlari orasidagi uzviy va izchil bog'lanishlar mavjudligiga ishora qilmoqda.

Yuqorida keltirilgan mulohazalar asosida hozirgi kunda rivojlangan davlat va jamiyat qurish uchun har bir sohada o'z kasbini mukammal o'zlashtirgan yetuk mutaxassislar tayyorlash masalasini hal etish lozimligi kelib chiqadi. Turli sohalar uchun mutaxassislar tayyorlashning asosida umumiy o'rta ta'lim maktablarida olingan bilimlar turishi bizga ma'lum. Bu bosqichdagi ta'lim sifati esa unda faoliyat yuritayotgan fan o'qituvchilarining bilim darajasi, malaka va ko'nikmalariga, boshqacha aytganda ularning kasbiy kompenentligiga ko'p jihatdan bog'liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlovchi pedagogika oliy ta'lim muassasalariga katta ma'suliyat yuklanadi.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida atom va yadro fizikasini o'qitishda boshqa xorijiy olimlar bilan bir qatorda o'zbek olimlarining hayoti va ilmiy faoliyati haqida ma'lumotlar berish muhim ahamiyatga ega. Quyida atom va yadro fizikasining O'zbekistonda rivojlanish tarixi va shu sohada faoliyat yuritgan o'zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlarini tahlil qilgan holda respublikamizda ushbu sohani rivojlanish istiqbollarini o'rganamiz.

Mamlakatimizda atom va yadro fizikasini o'rganish umuman olganda qadimiy davrlarga borib taqaladi deyish mumkin. Bunga sabab, butun dunyoda bo'lgani kabi O'rta Osiyo hududlarida, qadimgi davrlarda ham ancha rivojlangan davlat va jamiyatlar bo'lganligi tarixiy ma'lumotlardan ma'lum. Bu davlatlarda turli ishlab chiqarish yo'nalishlari, san'at, qurilish, arxitekturaning rivojlanganligi ilm-fanning ham taraqqiy topganligini ko'rsatuvchi dalil hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, O'zbekistonda atomistik va yadroviy bilimlar taraqqiyotini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo'lib o'rganish mumkun:

1. Qadimgi davrlardan XI-XII asrlargacha bo'lgan davr

2. XII-XVIII asrlar

3. XIX-XXI asrlar

Atom tushilishi bo'yicha qadimgi davrlardan XI-XII asrlargacha bo'lgan davrlarda O'rta Osiyo mutafakkirlari ilmiy faoliyati natijalari va yutuqlari tamaddun tarixidagi birinchi renessansga asos bo'lganligi butun dunyoda e'tirof etilgan. Bu davrdagi olimlar sirasiga Muso Al-Xorazmiy, Nasriddin Tusiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi qomusiy olimlarni kiritish mumkin. Bu olimlarning modda tuzilishi haqidagi tasavvurlari Demokrit va Aristotel g'oyalari asosida shakllangan. O'rta Osiyolik mutafakkirlarning tabiatni falsafiy anglash yo'lidagi asosiy yutuqlaridan biri-moddalarning atomlardan tuzilganligi haqidagi tasavvurlari edi. Bu

olimlarning asosiy xizmati ularning Demokrit g'oyalarini ilmiy asosda rivojlantirganligidir. Beruniy bu boradagi tadqiqotlarida materiya, fazo va vaqt tushunchalari bo'yicha dunyodagi o'z zamondoshlaridan ancha o'zib ketdi va atomistik ta'limotni naturfilosofiyadan tabiiy ilmiy ta'limot darajasiga ko'tardi. Bu holatni Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalarida kuzatish mumkin [1]. Beruniyning atomistik ta'limotida materiyaning mavjudligi fazo va vaqt mavjudligining asosiy sharti sifatida talqin qilinadi. Bu fikrlar XX asrga kelib Eynshteynning klassik mexanika va nisbiylik nazariyasi haqidagi fikrlari bilan mos tushadi. A.Eynshetyn simpoziumlardan birida jurnalistlarning: "Nisbiylik nazariyasini biz uchun tushunarli va sodda tilda tushuntirib bera olasizmi? degan savoliga: -Nisbiylik nazariyasigacha koinotda materiya yo'qolsa bo'sh fazo qoladi deb tushunar edik, nisbiylik nazariyasiga ko'ra esa, materiya yo'qolsa fazo va vaqt ham yo'qoladi" - deb javob bergan edi. Beruniy fazo, vaqt va materiyaning yaxlit birligi haqidagi fikrlari bilan Abu Bakr Roziyning atomistik g'oyalarini ilmiy rivojlantirgan holda o'z zamondoshlari ilmiy fikrlarini ham tahlil etgan. Beruniy Aristotel naturfilosofiyasiga asoslangan Al-Farobiy va Ibn Sinolarning modda tuzilishi bo'yicha tasavvurlaridagi kamchiliklarni ham ko'rsatib bergan. Bunday ilmiy dunyoqarashlar taraqqiyoti natijasida IX-X asrlarda butun markaziy Osiyo zamonaviy akademiyalarga o'xshash ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylanadi. Shunday ilmiy markazlardan biri Urganch (Xorazm)dagi Ma'mun akademiyasi edi. Urganchdagi bu ilmiy muhit 1017-yilda Mahmud G'aznaviy Xorazmni istilo etgunicha saqlanib qoldi.

Osiyodagi yana bir akademiya Samarqandda Mirzo Muhammad Tarag'ay Ulug'bek tomonidan XV asrda tashkil etilgan. Bu akademiya qoshida observatoriya, o'sha davr uchun eng boy kutubxona hamda madrasa-oliy o'quv yurti jamlangan edi. Ulug'bek akademiyasida Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Al-Koshiy va Ali Qushchi kabi mashhur olimlar dars bergan va akademiya matematika, astronomiya hamda tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. Bu akademiyada sharq olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi ba'zi sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha kech o'tkazgan izlanishlari natijalaridan yuqori edi. Mirzo Ulug'bek va Ali Qushchilarning atomistik qarashlari Beruniyning ilmiy qarashlarini davom ettiradi. Ular ta'limotida tabiatdagi to'rt unsur (tuproq, havo, suv va olov) tuzilishida umumiylik, ya'ni aynan bir xil zarralardan tuzilish g'oyasi-atomistik g'oya yotadi.

O'rta Osiyo hududida XV-XVIII asrlar oralig'ida ilm-fan sohasidagi o'zgarishlar nisbatan susayganligi ko'rinadi. Ko'pchilik olimlar fikricha bu holatni shu davrlarda turli xonliklar orasidagi tinimsiz nizolar va urushlar tufayli hamda islom dinining noto'g'ri talqin etilishi, dunyoviy ilmlarga bo'lgan munosabatning yomonlashuvining ijodiy muhitga salbiy ta'siri, deb baholaganlar.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida butun dunyodagi ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar, texnika va energetika yo'nalishlaridagi yangiliklar ilmga bo'lgan talabni va munosabatni ham o'zgartirdi. Buning natijasida butun dunyodagi kabi O'zbekistonda ham barcha sohada, shu jumladan atom va yadro fizikasi bo'yicha tadqiqotlar ancha chuqur ilmiy yo'nalish sifatida rivojlana boshladi. Atom va yadro fizikasining XX-XXI asrlarda O'zbekistonda rivojlanishida asosan beshta katta ilmiy maktab muhim ahamiyat kasb etganligi ma'lum. Bu ilmiy maktablar jumlasiga O'zbekiston davlat universiteti (O'zDU, hozirgi Samarqand davlat universiteti(SamDU)), O'rta Osiyo davlat universiteti (O'ODU, hozirgi O'zbekiston milliy universiteti(O'zMU)), O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (O'zR.FA) ning Fizika-texnika ilmiy tekshirish instituti(FTI) va Yadro fizikasi ilmiy tadqiqot instituti(YAFI), O'zbekiston milliy universiteti qoshida tashkil etilgan Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti(AFITI) kiradi.

O'zbekistonda atom va yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar tarixi va mavjud ilmiy maktablar faoliyati haqida ma'lumotlardan foydalanish ta'lim jarayonida tarixiylik prinsipini qo'llash orqali talabalarda vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirishga xizmat qiladi [2] Bu esa o'z navbatida fandagi ma'lum kashfiyotlarni bizning vatandoshimiz, biz bilan bir yurtda, bir muhitda yashayotgan, biz bilan birga yonma-yon ishlaydigan insonlar tomonidan kashf etilishini bilish motivatsiya hamda fanni chuqurlashtirib o'rganishda muhim ahamiyatga ega

REFERENCES

1. Бируни А. Минералогия/Пер. А.М.Баленицкого. под Ред.и.м.Стеблин-Каменцкого и В.И.Никонорова. 2-е изд.-СПб, 2011. - 340 с.

2. Xudayberdiyev E.N, Esonboyeva.N.R. Kimyoviy elementlar davriy jadvalida elektron konfiguratsiyalarning strukturasini o'qitish metodikasini rivojlantirish "Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o'qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. - Navoiy, 2023. 76-81 - b.

3. Xudayberdiyev E.N. O'zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar tarixi //Uzbek Scholar Journal. - 2024. - Т. 25. - С. 247-252.

4. Khudaiberdiev E. N. SOME NOTES ON LEARNING THE FRANK-HERTZ EXPERIENCE //Uzbek scholar journal. - 2024. - Т. 24. - С. 182-186.

5. Khudayberdiyev E. N., Turabova L. X. ORGANIZATION OF EDUCATION INDEPENDENT OF ATOMIC PHYSICS ON THE BASIS OF A COMPREHENSIVE APPROACH //Uzbek Scholar Journal. - 2024. - Т. 24. - С. 231-235.

6. Samandarov L.Q. Atom fizikasidan mustaqil ta'limni onlayn shaklda tashkil etish //uzbek scholar journal. - 2024. - т. 25. - с. 126-131.

7. Khudaiberdiev E.N., Samandarov L.Q. THE IMPORTANCE OF INTERDISCIPLINARY INTEGRATION IN THE DEVELOPMENT OF EXPERIMENTAL COMPETENCE OF STUDENTS //Uzbek Scholar Journal. - 2024. - Т. 25. - С. 120-125.

8. U.R.Bekpulatov. "Physical style of thinking-methodological basis for the formation of a scientific world view". Theoretical&Applied Science. 09(89). 183-188.

9. Х,амроева Севара Насриддиновна, Камолов Ихтиёр Рамазонович. "Педагогика олий таълим муассасаларида булажак физика фани укитувчиларининг мантилий фикрлаш кобилиятини stem таълим дастури асосида ривожлантириб укитишни такомиллаштириш". Science and innovation International scientific journal. volume 1. issue 6. UIF-2022. 2181-3337.

10. У.Д.Шеркулов, А.М.Музафаров, Т.И.Солиев. Determination of mixing factors of daughter radionuclides in the uranium decay chain. Neuroquantology. September. 2022. Volume 20. Issue 11. London.

11. Ж.М.Абдуллаев, Л.И.Очилов. "Изъятие пресной воды из подземных вод при помощи гелиоустановки водоносного опреснителя". Молодой учёный научный журнал. 2015/5. 274-276.

12. Tursunboy Izzatillo ugli Soliyev, Amrullo Mustafoyevich Muzafarov, Bahriddin Faxriddinovich Izbosarov. Experimental determination of the radioactive equilibrium coefficient between radionuclides of the uranium decay chain. International Scientific Journal Theoretical&Applied Science. 801-804.

13. С.С.Канатбаев, И.Р.Камалов, Д.И.Камолова, Г.И.Сайфуллаева. "Universum: технические науки". Россия. Декабрь, 2016. №12(33). 38-40 стр.

14. Хушвак;тов Бекмурод Нормуродович. "Innovative Fundamentals of Non-Traditional Teaching (on The Example of The Optics Department)" Journal of Ethics and Diversity in International Communication". e-ISSN: 2792-4017. www.openaccessjournals.eu. Volume.1 Issue.3.

15. Э. А. Кудратов Э. А. Аллаберганова, Г. М., Кутбеддинов, А. К., Каримов, А. М., Интерактивные методы обучения студентов естественных специальностей на основании радиационных факторов экосистемы. Педагогика и современность ISSN: 2304-9065

16. B. I Xojiyev, N.A. Ulugberdiyeva, AA Xo'jayev, AA Amonov Studying the transition processes in physics lessons Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10 (5), 873-876, 2022

17. Sayfullaeva Gulkhayo Ikhtiyor Kizi, Shodiev Khamza Ruziculovich, Xaitova Shakhnoza G'olibjon Kizi // CONDITIONS FOR THE FORMATION OF TEACHING INNOVATION ACTIVITIES// Journal of Pharmaceutical Negative Results Volume 14. Issue 2. 2023. 242024233 pp

18. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani аxbоrоt tа'lim muhitlаridаn fоydаlаnib о'qitishning pеdаgоgik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

19. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

20. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

21. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

22. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

23. А.А.Ахмедов, Э.А.Кудратов, Д.М.Холов. Инновационные Технологии В Науке И Образовании" сборник статей победителей международной научно-практической конференции. 2016. Издательство: Наука и Просвещение. Пенза.

24. Б.Ф.Избосаров, А.А.Ахмедов, И.Р.Камалов. Инновационные подходы к проведению лабораторных работ по физике". Новые технологии в образовании. 106-109.

25. Kamolov Ikhtiyor Ramazonovich Features of using mathematical knowledge and laws of physics in teaching astronomy Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 152-157

26. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

27. Сайфуллаева Гулхаё Ихтиёровна, Негматов Сайибжан Садыкович , Абед Нодира Сайибжановна, Камолов Ихтиёр Рамазонович, Баракаева Сарвиноз Тулкуновна, Камалова Дилнавоз Ихтиёровна МЕТОДИКА ПОЛУЧЕНИЯ КОМПОЗИЦИОННЫХ ОБРАЗЦОВ НА ОСНОВЕ ТЕРМОРЕАКТИВНЫХ ФУРАНО-ЭПОКСИДНЫХ ПОЛИМЕРОВ И ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫХ НАПОЛНИТЕЛЕЙ// Универсум технические науки январь, 2021 1(82)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.