Научная статья на тему 'BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA OLAMNING FIZIK MANZARASI BO‘YICHA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH'

BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA OLAMNING FIZIK MANZARASI BO‘YICHA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

768
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atom va yadro fizikasi / pedagogika / metodika / fundamental ta‘sirlashuvlar / gravitatsiya / kuchsiz ta‘sirlashuv / elektromagnetizm / kuchli ta‘sirlashuv / Olamning fizik manzarasi / kalibrovka bozonlari / atomic and nuclear physics / pedagogy / methodology / fundamental interactions / gravitation / weak interaction / electromagnetism / strong interaction / physical picture of the Universe / calibration bosons.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eliboy Norboyevich Xudayberdiyev

Ushbu maqolada pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida atom va yadro fizikasi asoslarini o‗rganishda umumiy fizika kursining boshqa bo‗limlarida olingan bilimlarni umumlashtirish, zamonaviy fizika tomonidan e‘tirof etilgan fundamental fizik ta‘sirlashuvlarni qiyosiy tahlil etish orqali bo‗lajak fizika o‗qituvchilarida Olamning fizik manzarasi haqida tasavvurlar hosil qilish va shu orqali ularning kasbiy kompetentligini shakllantirish muammolari tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article we will summarize the knowledge gained in other sections of the general physics course in the study of the basics of atomic and nuclear physics in pedagogical higher educational institutions, by comparative analysis of the fundamental physical interactions recognized by modern physics, we will analyze the problems of future physics teachers to form an idea of the physical picture of the Universe.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA OLAMNING FIZIK MANZARASI BO‘YICHA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

BO'LAJAK FIZIKA O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA OLAMNING FIZIK MANZARASI BO'YICHA TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH

Eliboy Norboyevich Xudayberdiyev

Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada pedagogika oliy ta'lim muassasalarida atom va yadro fizikasi asoslarini o'rganishda umumiy fizika kursining boshqa bo'limlarida olingan bilimlarni umumlashtirish, zamonaviy fizika tomonidan e'tirof etilgan fundamental fizik ta'sirlashuvlarni qiyosiy tahlil etish orqali bo'lajak fizika o'qituvchilarida Olamning fizik manzarasi haqida tasavvurlar hosil qilish va shu orqali ularning kasbiy kompetentligini shakllantirish muammolari tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: atom va yadro fizikasi, pedagogika, metodika, fundamental ta'sirlashuvlar, gravitatsiya, kuchsiz ta'sirlashuv, elektromagnetizm, kuchli ta'sirlashuv, Olamning fizik manzarasi, kalibrovka bozonlari.

FORMATION OF IMAGINATIONS ON THE UNIQUE LANDSCAPE OF THE UNIVERSE IN THE PREPARATION OF FUTURE TEACHERS OF

PHYSICS

ABSTRACT

In this article we will summarize the knowledge gained in other sections of the general physics course in the study of the basics of atomic and nuclear physics in pedagogical higher educational institutions, by comparative analysis of the fundamental physical interactions recognized by modern physics, we will analyze the problems of future physics teachers to form an idea of the physical picture of the Universe.

Keywords: atomic and nuclear physics, pedagogy, methodology, fundamental interactions, gravitation, weak interaction, electromagnetism, strong interaction, physical picture of the Universe, calibration bosons.

KIRISH

Har qanday kishilik jamiyatning rivojlanish darajasi shu jamiyat a'zolari dunyoqarashi va iqtisodiyotining qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Bu talab o'z

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

navbatida boshqa talablar bilan birgalikda iqtisodiyot sohalarining har bir yo'nalishidagi mutaxassislarning kompetentligiga ko'p jihatdan bog'liq. Ma'lumki hozirgi kunda oliy ta'lim tizimida bitiruvchilarni butun dunyoda raqobatbardosh kadr sifatida tan olinadigan tizimga - Boloniya tizimiga kirishning asosiy maqsadlaridan biri tayyorlanayotgan mutaxasisning professional jihatiga asosiy e'tibor qarashtishdir. Agar har bir soha uchun tayyorlanayotgan mutaxassisning dastlabki bilimlari va dunyoqarashi maktabda, hattoki maktabgacha ta'lim muassasasida shakllanishini hisobga olsak yuqorida keltirilgan rejalarni amalga oshirishda bo'lajak o'qituvchi-pedagoglarni tayyorlovchi pedagogika oliy ta'lim muassasalari zimmasiga katta mas'uliyat yuklanganligini yaqqol ko'ramiz. Bu mas'uliyat pedagogika oliy ta'lim muassasasida ta'lim beradigan hamda ular tayyorlayotgan bo'lajak mutaxassislar ham dunyo bo'yicha raqobatbardosh kadrlar bo'lishi va o'z kasbiga doir fanlarni mukammal o'zlashtirgan bo'lishini talab qiladi. Shu bilan birga ular: birinchidan, olgan bilimlarini ish faoliyatida - ta'lim jarayonida qo'llashning ilg'or pedagogik texnologiyalarini o'zlashtirgan bo'lishi; ikkinchidan, har bir o'rganilayotgan qonuniyatning ilmiy jihatiga e'tibor qaratgan holda ilmiy va ilmiy - pedagogik tahlil etishi lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'lumki, Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi bo'limini o'rganish umumiy fizikani o'zlashtirishda o'ziga xos yakunlovchi va umumlashtiruvchi bosqich hisoblanadi. Buning sababi bu bo'limda umumiy fizika kursining barcha dastlabki bosqichlarida talabalar olgan bilimlar mikrodunyo qonuniyatlarini o'rganishga asos bo'lib xizmat qiladi. Mikroolam hodisalari makroolam hodisalaridan tubdan farq qilsada oddiylikdan murakkablikka o'tish orqali talabalarda boshlang'ich bilimlar asosida mikroolam haqidagi kvantmexanik tasavvurlar shakllanadi. Aynan Atom, yadro va elementar zarralar fizikasining umumlashtiruvchi funksiyasi "Olamdagi barcha fizikaviy jarayonlarni tushuntiruvchi yagona nazariyani - Olamning yagona fizik manzarasini shakllantirish mumkinmi?"- degan murakkab muammoni yuzaga chiqaradi. Umuman olganda, bu muammo ancha oddiyroq shaklda uzoq qadimda ham o'rtaga tashlangan va ko'plab mutafakkirlar uning yechimini turlicha talqin etganlar. Tarixiy ma'lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, uzoq davrlar davomida Olam paydo bo'lishi va rivojlanishi bo'yicha ta'limotlar ichida diniy ta'limotlar asosiy ta'limot bo'lib keldi. Fizika fanining taraqqiyot tarixiga nazar solsak, Olamning tuzilishi bo'yicha diniy ta'limotlardan tubdan farq qiluvchi ilmiy fizikaviy manzarasi shakllanish jarayonini shartli ravishda uch

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

bosqichga ajratish mumkin [1]. Bu bosqichlar: 1. Aristotel; 2. Nyuton; 3. Eynshteynlar tomonidan amalga oshirilgan inqilobiy bosqichlar sifatida qaraladi. Bu bosqichlarning inqilobiy deyilishiga sabab ularning Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlarni tubdan o'zgartirganligidir.

Olam tuzilishi haqidagi Aristotel falsafasining asosini - "Inson va uni o'rab turgan dunyo azaldan mavjud bo'lgan va abadiy mavjud bo'lib qoladi"- degan g'oya tashkil etadi. Aristotel sharqda birinchi muallim nomi bilan tanilgan bo'lib, uning ta'limotining buyuk xizmati tabiatshunoslik fanlarini din, metafizika (falsafa) va matematikadan alohida holda o'rganishni joriy etganligidir. Aristotel ta'limotida tabiatni o'rganishda ilmiylik, mantiq va isbotlanganlik turadi. Sharqning buyuk mutaffakirlari Beruniy, Ibn Sino, Farobiy, Xorazmiylarning ilmiy asarlarini Aristotel ta'limotining rivojlantirilishi asosida birinchi sharq renessansiga tamal toshini qo'ygan ilmiy asarlar deyish mumkin. Tabiat hodisalari va ularning qonuniyatlari bo'yicha tadqiqotlarning keyingi bosqichida Ptolomey, Kopernik, Galiley, Kepler kabi olimlarning hissasi katta bo'lsada, asosiy ikkinchi inqilobiy kashfiyot Isaak Nyuton tomonidan amalga oshirildi. Nyuton birinchi bo'lib massaga ega bo'lgan barcha jismlar o'zaro gravitatsion ta'sirlashuv orqali tortishishini va uning qonuniyatlarini aniqladi. Nyutongacha bo'lgan davrda Kepler va boshqalar bir tomondan sayyoralar orasida magnit ta'sirlashuvlar mavjud deb hisoblasalar, ikkinchi tomondan fanning vazifasi ilohiy garmoniya qonuniyatlarini o'rganishdan iborat va bu jarayonlarga aralashib bo'lmaydi deb hisoblar edilar. Tortishuv kuchining asl sababi ma'lum bo'lmasada XIX asrda mexanika, termodinamika, materiyaning kinetik nazariyasini o'z ichiga oluvchi dunyoning mexanik manzarasi hukmron edi.

XIX asrning oxiriga kelib elektronning kashf etilishi, Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasining yaratilishi Olamning elektromagnit maydon manzarasini -elektr va magnit maydonlarini umumlashtiruvchi nazariyani shakllantirdi [2].

XX asrning boshlarida Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasining yaratilishi bilan Olamning yagona fizik manzarasini nisbiylik nazariyasi, Maksvell nazariyasi va mexanikani o'z ichiga oluvchi elektromagnit maydon nazariyasi tushuntira oladi degan fikrlar paydo bo'ldi. Lekin tez orada bu fikr ham asossiz bo'lib chiqdi [3]. Chunki elektromagnit maydonlarning uzluksizligiga asoslangan bu nazariya kvantmexanik va kvantoptik hodisalarni tushuntira olmadi.

NATIJALAR

Maxsus nisbiylik nazariyasining gravitatsiyaga qo'llanilishi gravitatsiyani egrilangan fazoning geometriyasi bilan tushuntirishga, ya'ni tezlanish tushunchasini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

fazoning egrilanishi sifatida qarashga olib keladi. Olamning yagona fizik manzarasini yaratish uchun ko'plab olimlar gravitatsiya va elektromagnetizmni bir xil tenglamaga keltirishga urindilar. Bu borada Eynshteynning 1925-yildan to umrining oxirigacha olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Bu tadqiqotlar kutilgan natijalarni bermasada, aynan shu tadqiqotlar sababli zamonaviy kosmologiya-koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi haqidagi fan asoslari shakllandi. 1922-yilda A.Fridman Eynshteyn gravitatsion tenglamasini yechish orqali nostatsionar, ya'ni kengayuvchi koinot modelini taklif etdi va bu g'oya 1927-yilda E.Xabblning "Qizilga siljish" effektini kashf etishi bilan isbotlandi. Eynshteyning maqsadini amalga oshirishga polshalik fizik T.Kalutsa yaqin keldi. U xuddi fazo va vaqt geometriyasi gravitatsiyani tushuntirganidek elektromagnetizmni maydon nazariyasining geometrik talqiniga kiritishga urindi. Bu holda to'rt o'lchamli fazo va vaqtga beshinchi o'lcham sifatida elektromagnetizm o'ziga xos gravitatsiya holatida kiritiladi.

XX asrning birinchi yarmiga kelib tabiatda kuchsiz va kuchli ta'sirlashuvlar mavjudligining aniqlanishi Olamning yagona fizik manzarasi haqidagi tasavvurlarni tubdan o'zgartirdi. Hozirgi kunda tabiatda ma'lum bo'lgan to'rtta fundmental ta'sirlashuvning asosiy xarakteristikalari va ularning qiyosiy tahlil natijalari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

№ \ Fundamental ta'sirlar Asosiy parametrlar Gravitasion ta' sir Elektromagnit ta' sir Kuchsiz ta'sir Kuchli ta'sir

1 Ta'sir doimiysi aG = 10~38 aE-10~2 aw = 10~10 as = 1

2 Ta'sir radiusi OT ot 10~18m 10~14m

3 Ta'sir potensiali U = —GMm/r U = —ke2/r ? r U = —D exp(--) r0 /r

4 Ta'sir kuchi F = —GMm/r2 F = —ke2/r2 F = 1' D exV{~^r) F= r0 r2

5 Ta'sir davomiyligi Oniy (?) 10~10sek 10~21sek 10~24sek

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

б Kalibrovka Graviton(?) Foton Oraliq(Z°, W±) Glyuonlar

bozon bozonlar

7 Ta'siï ob'yekti Massaga ega Elektr zaryadi Barion, kvarklar

jismlar leptonlar

Jadvalda keltirilganidek, ta'sñ kuchi potensial ene^iyadan birinchi tartibli hosila sifatida qaralganligidan F = -— =c masofa kvadratiga teskari mutonosiblik

ôr r

qonuniyatiga bo'ysunishini ko'гamiz. Kuchsiz ta'siгlashuv kuchi ifodasida Fermi doimiysi yoki to'rt fermionli kuchsiz ta'siñashuv doimiysi Gp = 10-49J ■ m3 ga teng bo'lib, GIhc masofaning kvadrati o'lchamiga ega. Agar h = c = 1 deb qaralsa Gp = 10-51M2 ifodaga ega bo'lamiz, bu yerda M-protonning massasi. Formuladagi n-neytroning yo'qolish yoki antineytronning tug'ilish operatori; ë —elektronning tug'ilish (pozitronning yo'qolish) operatori, v —neytrinoning yo'qolish(antineytrinoning tug'ilish) operatorini ifodalaydi. pn —kuchsiz nuklon, ëv —kuchsiz lepton toklari deb yuritiladi. Keltirilgan jadvalda kuchli ta'siгlashuv

1Q—23 r ,

ifodasidagi doimiylik D « Vm, ro~1,5 ■ 1Q—15m. Jadval va rasmlardan

ko'rinadiki yadroviy tortishuv kuchlari masofa ortishi bilan elektromagnit ta'siгlashuvga qaraganda juda tez kamayadi. Masalan r = ro masofada bu

ta'siгlashuvlar nisbati Uyadro = Dexp(i0-3)= 10 400ga teng ya'ni yadroviy ta'siñashuv

U el .mag e

juda kichik. Bundan tashqari kuchsiz ta'siгlashuvning kuchli ta'siriashuvga nisbatan taqriban 1000 marta sekinroq kechishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Ta'siriashuvlaming yana biг xaгakteгistikasi sifatida zan-alaming muhitdagi eгkin yugiгish masofasi qaraladi. Masalan kuchli ta'siг zairachasi bo'lgan adronlarni bir necha santimetr qalinlikdagi temir qatlamida ushlab qolish mumkin, lekin neytrino bir necha milliard kilometr qalinlikdagi temir qatlamida birorta atom bilan to'qnashmasdan o'tib ketishi mumkin. Kuchsiz ta'siriashuvlaming radiusi baгcha ta'siгlashuvlar ichida eng kichigi hisoblanadi. Shunga qaramasdan agar og'ir zarralarning saqlanish qonuni amal qilmaganda edi 0,001sek ichida koinotdagi barcha moddalar elektron va neytrinolarga parchalanib ketar edi. Kuchsiz ta'siгlashuv gravitatsion ta'siгdan tashqaгi baгcha ta'siгlaгga nisbatan kichik bo'lsada, tabiatda muhim rol o'ynaydi, quyoshdagi termayadro reaksiyalarining tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. E^e^ kuchsiz ta'siriashuvni "Agaг saqlanish qonunlaгi asosidagi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 9 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

taqiqlar bo'lmasa butun borliqni elementar zarrachalarga parchalashga olib keluvchi epidemiyaga o'xshaydi" deb ta'riflagan edi [4].

Jadvalda keltirilgan gravitatsion o'zaro ta'siñashuv bizning hayot faoliyatimizda tabiiy holda namoyon bo'lib turadi. Bu ta'siñashuv fundamental ta'siria! orasida eng kuchsizi bo'lsada butun koinotga hukmronlik qiladi. Buning sababi uning univerealligida, ya'ni koinotdagi massaga ega bo'lgan barcha mikro- va makrozarralar uning manbai hisoblanadi. Shu o'rinda tinchlikdagi massasi nolga teng bo'lgan fotonning massiv jismlar, masalan Quyosh yaqinidan o'tishida trayektoriyasining egrilanishi harakatdagi fotonning massaga ega ekanligining (ftv = me2 ), korpuskulyar-to'lqin dualizmining namoyon bo'lishini ta'lim jarayonida eslatib o'tish zarur [2].

Tabiatdagi fundamental ta'siñashuvla!, ularning maydon manbai, kalibrovka bozonlari haqidagi ma'lumotla! 1-rasmdagi sxemada keltirilgan.

Fundamental ta'sirlar

gravitatsion ta'sir

elektromagnit ta'sir

kuchsiz ta'sir

maydon

manbasi-

barion,lepton

kuchli ta'sir

kalibrovka bozonlari-glyuon

l-rasm. Asosiy fundamental ta^iriashuvla!

Elektromagnit ta'siriashuvla! gгavitatsiya kabi uzoqdan ta'siг hisoblanib, ixtiyoriy massali, zaryadlangan jismlar orasida kuzatiladi. Kuchli o'zaro ta'siriashuvlaT nuklonlami yadroda biг-biriga bog'lab turuvchi kuch bo'lib, qisqa ta'siï гadiusiga ega. l-jadvalda keltiгilgan ma'lumotlaг asosida barcha ta'siñashuv kuchlarining masofa kvadratiga teskari mutanosiblik (F~1/r2) qonuniyatiga e'tiboг qarataylik. Quyidagi гasmda elektromagnit va kuchli ta'siriashuvla! uchun ta'siг kuchi va potensialining masofaga bog'lanish grafiklari qiyoslangan [5].

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

2-rasm. Elektromagnit va kuchli ta'sirlashuvlar uchun ta'sir kuchi va potensialining

masofaga bog'lanish grafiklari.

MUHOKAMA

Fundamental ta'sirlashuv qonuniyatlardagi umumiyliklar va bu ta'sirlashuvlarda ishtirok etuvchi zarralar ayni bir jismda mavjudligi barcha ta'sirlashuvlarni tushuntira oladigan yagona fizik nazariyani - Olamning yagona fizik manzarasini yaratish masalasini fanning oxirgi yutiqlarini hisobga olgan holda hal etishni taqozo etadi. Kelajakda fizik olamning yagona nazariyasini yaratish - barcha fundamental ta'sirlashuvlarni yagona fundamental ta'sirlashuvga keltirish hozirgi zamon fizikasining oliy maqsadi hisoblanadi. Fundamental ta'sirlashuvlarni yagona nazariyaga birlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning shartli bosqichlari 3-rasmda keltirilgan.

3-rasm. Fundamental ta'sirlashuvlar va ularni yagona nazariyaga birlashtirish

Olamning yagona fizik manzarasini yaratishdagi ilk qadam, yuqorida aytib o'tilganidek, Maksvellning elektr va magnit maydonlarini yagona elektromagnit maydon nazariyasida birlashtirishidir. Yagona nazariya yaratilishidagi keyingi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

bosqich 1960-1970-yillarda Sh.Gleshou, S.Veynberg, A.Salamlar tomonidan elektromagnit va kuchsiz ta'sirlashuvlarni birlashtiruvchi nazariya- elektrokuchsiz ta'sirlashuv nazariyasining yaratilishi bo'ldi. Ushbu nazariya bo'yicha elektrokuchsiz ta'sirlashuv oraliq (Z0,W±) kalibrovka bozonlari orqali amalga oshishi kerak. Bu bozonlarning eksperimentda kashf qilinishi nazariyaning to'g'ri ekanligining isboti bo'ldi. Elektrokuchsiz ta'sirlashuvning kashf etilishi kuchli, kuchsiz va elektromagnit ta'sirlarni o'z ichiga oluvchi yagona nazariya "Buyuk birlashuv nazariyasi (BBN)" (GUT-Grand unification theory) yaratilishiga asos bo'ldi. Bu nazariya dastlab Standart model deb nomlandi va tabiatda bu umumlashgan ta'sirning kalibrovka bozonlari- Higgs bozonlari mavjud bo'lishi kerakligi bashorat qilindi. 2013-yilda Katta adron kollayderi(LHC-Large Hadron Collayder) da umumiy energiyasi 7-8 TeV bo'lgan qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanuvchi protonlar dastasi bilan o'tkazilgan eksperimentlarda elektrokuchsiz nazariyada bashorat qilingan Higgs bozonlari kashf etildi [6]. Bu kashfiyot XXI asrning eng buyuk ilmiy kashfiyoti sifatida tan olindi. Buning natijasida Standart model- Standart nazariyaga aylandi, hamda Nyuton va Eynshteynning klassik gravitatsiya nazariyasi bilan birgalikda juda katta diapazonda: 10_18m li mikrodunyo va 1030m li koinot masshtabidagi hodisalarni tushuntira oldi. Bu nazariya yaratilishi natijasida cheksiz kichik va cheksiz katta masshtablardagi fizika bizning tabiat haqidagi bilimlarimizning qarama-qarshi qutblari bo'lmay qoldi. Bundan tashqari standart nazariya Plank uzunligi (~10_26m) o'lchamidagi jarayonlarida ham ishlashi kerak. Ayni shunday holatlarda barcha fundamental ta'sirlashuvlarni o'z ichiga olgan yagona fizik nazariya yaratish imkoni tug'ilishi kerak. Chunki aynan shu masshtablarda gravitatsion kvant effektlari kuzatilishi kerak. Hozircha bunday nazariyaning yaratilishiga umumiy nisbiylik nazariyasi - gravitatsiya nazariyasining kvantlanmasligi to'sqinlik qilmoqda. Haqiqatdan ham umumiy nisbiylik nazariyasi-kvant nazariyasi emas. Bu jihatdan olib qaraganda u Maksvellning klassik elektrodinamikasiga o'xshaydi. Shunday bo'lsa xuddi elektromagnit maydon singari gravitatsion maydon ham kvant qonunlariga bo'ysunishi lozim deb qarash mumkin. Aks holda elektron, foton va boshqa zarrachalar uchun noaniqlik prinsipi bajarilmaydi. Kvant nazariyasining gravitatsiyaga qo'llanilishi gravitatsion to'lqinlar kvantlari- gravitonlar oqimidan iborat deb qarashga olib keladi. Gravitonning tinchlikdagi massasi nolga teng bo'lib, spini 2ft ga teng bo'lishi kerak. Koinotdagi ko'pchilik biz kuzata oladigan jarayonlarda, laboratoriya sharoitida, kvant effektlar kuchsiz va Eynshteynning nokvant nazariyasidan foydalanish mumkin. Lekin kvant effektlari fazo va vaqt egrilanishi kuchli bo'lgan tortishuv maydonida, singulyarlikka

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

yaqin nuqtalarda sezilarli bo'lishi kerak. Bu holatlar fazoning egrilik radiusi Evklid geometriyasidan keskin farq qilishiga mos keladi. Egrilik radiusi qancha kichik bo'lsa egrilik shuncha katta bo'ladi. Egrilik radiusining kritik(chegaraviy) qiymati rpl =

JGh/C* Plank uzunligi bilan aniqlanadi va rp l = 1 0 26m ga teng. Bunday sharoitlarda umumiy nisbiylik nazariyasini qo'llab bo'lmaydi.

Singulyar holatlar gravitatsion kollaps holatida kuzatilishi mumkin. O'tmishda gravitatsion kollaps Koinotning kengayish boshlanishida kuzatilgan bo'lishi kerak. Lekin tortishuv maydonining izchil kvant nazariyasi haligacha mavjud emas.

Singulyarlik kabi ekstremal holatlarga mos keluvchi energiyalarda ( £ = ^h с2 / G « 1 0 1 9J) barcha turdagi fizikaviy ta'sirlashuvlar o'zlarini yagona ta'sirlashuv singari tutadilar.

Kvant effektlari tortishuv maydonida qora tuynuklar hosil bo'lishiga olib kelishi ham aniqlangan. Massasi Quyosh massasiga yaqin yulduzlardan hosil bo'lgan qora tuynuklarda kvant effektlari ham namoyon bo'ladi. Lekin kengayotgan Koinotning boshlang'ich bosqichlarida hosil bo'lgan deb qaralayotgan kichik massali (m < 1 0 1 2 kg) qora tuynukalr uchun kvant effektlari muhim rol o'ynashi mumkin. Singulyarlik va kollaps hodisalarida gravitatsion kvant effektlarining kuzatilishi bu holatlar uchun Olamning yagona fizik nazariyasini - supergravitatsiya nazariyasini yaratish imkoniyatini beradi [8].

XULOSA

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak fizika o'qituvchilarining kasbiy va ilmiy saloyatini shakllantirishda umumlashtiruvchi mavzulardagi mashg'ulotlar muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan umumiy fizika kursining Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi bo'limining umumlashtiruvchi mashg'uloti sifatida "Olamning yagona fizik manzarasi" mavzusida ilmiy tahliliy seminar mashg'uloti yoki konferansiya mashg'uloti kabi bahs munozarali, auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu mavzuni kurs ishi, mustaqil ish, bakalavr bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiya ishi sifatida o'rganish ham mumkin. Tabiatdagi fundamental ta'sirlashuvlarning asosiy xarakteristikalarini umumlashtirib qiyosiy tahlil etish o'tilgan mashg'ulotlarni takrorlash, umumiy fizika bo'limlariga yuqoridagi nuqtai nazardan tahliliy nazar tashlash, bo'lajak fizika o'qituvchilari salohiyatini, umumiy kompetentligini rivojlantirish orqali ta'lim samaradorligini yuqori darajaga ko'tarishga xizmat qiladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239

REFERENCES

1. Лавриненко, В.Н, Ратников, В.П. (2006). Концепции современного естествознания, М.:

2. Худайбердиев, Э.Н, Самандаров, ЛД (2021). Методологические проблемы преподавания теории корпускулярно - волнового дуализма для студентов -физиков, Научный вестник СамГУ 3(126)

3. Дубнищева, Т.Я (2006). Концепции современного естествознания, М.

4. Ферми, Э (1972). Научне труды. Т-2., М.: Наука.

5. Hudoyberdiev, E.N, Bisenova, B.T., & Kholov, D.M (2018). Comparative analysis of fundamental interactions in teaching physics Материалы IX Международной научно-практической конференции «Транспорт Евразии XXI века: Современные цифровые технологии на рынке транспортных и логистических услуг», 20-21 декабря.

6. Красников, Н.В., Матвеев, В.А (2018). Открытие бозона Хиггса и поиск новой физики на Большом адронном коллайдере при энергиях 7 и 8 ТэВ.-M.: Красанд, 288 с.

7. Физический энциклопедический словарь. [в 5 т.] / Гл. ред. А. М. Прохоров. -М.: Большая российская энциклопедия, 1994. — Т. 4:- С. 552-556. -704 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.