Научная статья на тему 'ASTRONOMIYA FANINI O’QITISHDA ASTROSTEM.UZ WEB SAYTIDAN FOYDALANISH'

ASTRONOMIYA FANINI O’QITISHDA ASTROSTEM.UZ WEB SAYTIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
astronomiya / astrostem.uz / axborot texnologiya / o’qitish / fan / WordPress / Joomla / аmаliy / innоvаtsiоn / dаstrulаr / tushunchа / imkоniyаt

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sayfullayeva Gulhayo

Web saytlar maxsus serverlarda va 24/7 internet tarmog’iga ulangan holda o’rnatiladi.Har bir qo’yilgan sayt uchun domen olinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASTRONOMIYA FANINI O’QITISHDA ASTROSTEM.UZ WEB SAYTIDAN FOYDALANISH»

ASTRONOMIYA FANINI O'QITISHDA ASTROSTEM.UZ WEB SAYTIDAN

FOYDALANISH Sayfullayeva Gulhayo

Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10992816

Annotatsiya. Web saytlar maxsus serverlarda va 24/7 internet tarmog'iga ulangan holda o'rnatiladi.Har bir qo'yilgan sayt uchun domen olinadi

Kalit so'zlar: astronomiya, astrostem.uz, axborot texnologiya,o'qitish, fan, WordPress, Joomla, аmаliy, innоvаtsiоn, düstm^, tushunchа,imkоniyаt

Veb saytni barchasini 2 qismga bo'lishimiz mumkin.

1- Statik saytlar.

2-Dinamik saytlar.

Statik saytlarida asosan reklama bo'ladi. .Dinamik saytlarda ma'lum bir vazifalarni bajarish mumkin. Statik saytlarning afzalliklari ham, kamchiliklari ham bor. Statik saytlarning afzalliklari quyidagilarni o'z ichiga oladi :

1-statik saytlar serverda minimal yukni hosil qiladi va shuning uchun xosting resurslari talab qilinmaydi.

2- statik saytlar tezda yuklanadi.

3-statik saytlarning rivojlanishi arzonroq.

4-statik saytlarni yangi xostingga o'tkazish juda oson.

Kamchiligi statik saytdagi biron bir ma'lumotni o'zgartirish kerak bo'lsa. Faqtgina sayt kodi orqali almashtiriladi. Dinamik saytlar ma'lumbir vazifalarni amalga oshirishimiz mumkin. Masalan onlayn do'kondan xarid qilish, ro'yhatdan o'tish singari. Dinamik saytlar saytdagi insonlarga harakatlariga munosabat bildiradi. Dinamik saytlarning ishlashi uchun qo'shimcha dasturiy ta'minot kerak, statik saytlar esa faqat brauzerda ko'rsatishi kerak. Bu dinamik saytlarni ishlab chiqish va ularga xizmat ko'rsatishni statik saytlarga qaraganda qimmatroq qiladi. Dinamik saytlar bir qator kamchiliklarga ham ega. Statik saytlar bilan taqqoslaganda, dinamik saytlarda ko'proq texnalogiyalar bo'lib. Serverga katta yuk beradi . Shuning uchun ular xosting va server resurslariga ko'proq talabchan.

Veb saytni 3-xil usul bilan yaratishimiz mumkin.

1 - Konstruktorlar orqali.

2 - CMS' lar orali.

3 - Butunlay noldan.

Konstruktorlar - bu HTML va dasturlash bo'yicha bilimga ega bo'lmagan holda o'zingizning veb-saytingizni tez va osonlikcha yaratishga imkon beruvchi ixtisoslashgan xizmat.

Mashxur konstruktorlar.uCoz, uKit, Wix, Ucraft Webasyst, SITE123, Nethouse CMS (ing - Content Management System ) tarkibni boshqarish tizimi deb tarjima qilinadi.

CMS sizga saytlarni yaratish va yangi tarkibni nashr etishning oson va moslashuvchan usulini taqdim etadi. Boshqa tomondan, CMSni hech qanday texnik bilimsiz o'rganish va undan foydalanish qiyinroq. Biroq, bugungi kunda eng yaxshi CMS zamonaviy veb-saytlarni yaratishda sizga yordam beradigan ko'plab vositalarni taqdim etadi. Eng ko'p ishlatilinadigan CMS' lar.

WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag'ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma'lumotlar kiritib boriladigan

o'rta hajmdagi sayt) uchun mo'ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham ishlatishayapti.

Joomla! Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo'ljallangan. Ommaviyligi bo'yicha WordPressdan keyingi o'rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti www.joomla.org orqali yuklab olishingiz mumkin.

Bugungi kunda ta'lim jarayonlarida axborot texnilogiyalaridan foydalanish ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq etib sifatli ta'limni rivojlantirish dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Ta'lim tizimida texnologiyadan o'quv jaryonida vosita sifatida foydalanishda talabaga etkazadigan bilim izchilligiga, talabaning bilim darajasiga, mashg'ulotlar davomida olgan kompetentsiyasiga alohida e'tibor berishni, milliy qadriyatlarni saqlagan holda integrativ yondashuv asosida masahg'ulotni tashkil talab etadi. Ta'lim tizimida Oliy ta'lim muassasalarida o'quv materialini taqdim etishning zamonaviy va istiqbolli shakllaridan biri elektron ta'lim tizimlaridan bugungi kunda keng foydalanib kelinmoqda. Zamonaviy ta'lim tizimida talabalarning hisoblash tafakkurini elektron ta'lim tizimlari asosida rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari ishlab chiqish talabalarga yetarli bilim va ko'nikmalarni berishda muhim omil ekanligi, shuningdek talabani kasbiy faoliyatga tayyorlashda elektron ta'lim tizimlaridan foydalanish orqali ularda hisoblash tafakkurini rivojlantirish muammosi dolzarbligini belgilaydi.

Elektron ta'lim tizimlari deganda biz axborot texnologiyalardan foydalangan holda o'quv vazifalari majmuasini hal qilishni tushunamiz. Shu bilan birga elektron ta'lim tizimlari masofadan o'qitish bilan bir qatorda elektron ta'limning kichik turi ham deyish mumkin. Elektron ta'lim tizimlaritalabalar tomonidan maxsus tashkil etilgan o'quv materiallarini o'zlashtirishni ta'minlaydi, ularga kirish noutbuk, mobil texnologiyalar va qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Elektron ta'lim tizimlariga asoslangan ta'lim metodlari ta'lim jarayoni o'qituvchi hamda talabalarning birgalikdagi faoliyati sifatida ta'lim mazmunining asosini tashkil etgan bilim, faoliyat metodlari jamlanmasi hamda tajribani, shu bilan birga shaxsning ijtimoiylashuvi va individualligini takomillashtirishni o'z oldiga asosiy maqsadi qilib oladi. Ta'lim berishning maqsadi hamda vazifalari, shu bilan birga talabalarning bilimlarni egallashi o'quv jarayonining mavjud imkoniyatlaridan foydalangan ravishda ilmiy izlanuvchilar — o'qitish metodill tushunchasini aniqlashtirishning har xil variantlarini taklif qildilar.

Ta'riflarni umumlashtirish ta'lim metodining quyidagi tarkibini ajratib ko'rsatish imkonini beradi:

- metodni qo'llashning maqsadi;

- foydalanish shartlari;

- o'qituvchi faoliyati;

- talabalar faolligi;

- natijani nazorat qilish usuli va unga erishish mezoni.

Bu didaktik vazifalarni tegishli o'qitish usullari yordamida hal etish mumkin. Bu esa batafsilroq bayon qilinadi. Dogmatik metod aniq fanlarni o'qitishda ushbu metoddan keng foydalaniladi. Qoidalar va formulalar auditoriyaga berilganda, o'qituvchi talabalarga nima qilish kerakligini, metoddan qanday foydalanish lozimligini, qanday harakat qilish va qanday xulosa chiqarish kerakligini aytadi. O'qitishning dogmatik metodi - o'qituvchining materialni og'zaki, ko'rgazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni ma'lum bir o'quv materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.

Afzalliklari:

- bu metod vaqtni, energiyani va ko'plab asossiz yoki foydasiz fikrlashning oldini oladi;

- bu talabalarni yordamchi vositalarsiz (kalkulyator, elektron hisoblash vositalari) hisoblash tafakkurini oshirishga xizmat qiladi;

- xotirani mustahkamlaydi; - muammolarni hal qilishda mahorat, samaradorlik va tezlikni oshiradi mobililikni hosil qiladi.

Kamchiliklari: o'rganilayotgan- mavzu o'quvchilar uchun zerikarli va qiziqarsiz bo'lib qolishi mumkin, chunki mexanik usul qiziqishni oshirmasligi mumkin;

- mexanik yodlangan ma'lumotlarning ko'pchiligi tez orada unutilishi ehtimoli mavjud;

- talabalar boshqalarning g'oyalarini takrorlaydilar va qabul qiladilar va bu bilan boshqalarning g'oyalariga qaram bo'lib qolishi mumkin. Uni qanday yaxshilash yoki takomillashtirish mumkin. O'qituvchi tomonidan taqdim etilgan mavzu talabalarda moslashtirilgan bo'lishi va talabalar tomonidan qat'iy qabul qilinib, taqlid qilinishi kerak. Qo'llasa bo'ladigan fanlar: aniq fanlar (informatika, matematika, kimyo, fizika va boshqalar)

ASTROSTEM.UZ

ELEKTRON О ~ QITISH TIZIMI

ASTROSTEM.UZ

А^Т&цогп i y ad on- ¿je kt го n 0c¡7?T9¿L¿izirn¡

ASTROSTEM.UZ

MASHG'ULOTLAR

> NÀZORATLAR

> MUSTAQIL TA'LIM •

V REQ/AUT

XIZIIVI ADMINISTRATOPI

.Sayfullayeva Gulhayo-IxHyor ql21 -

+998 91 438-04 09

K-H gulhayoixtiycu43izl0<409(çprnaihr

SS Email f Facebook

G* Google Plus O Skype

Ushbu «AstroSTEM» ta'lim tizimi pedagoglka oliy o'quv yurtlarining 60110700 — "Fizika va astronomiya, qo'shimcha matematika" ta'lim yo'nalishi talabalar! uchun mo'ljallangan.

tizlm fan dasturida keltirilgan barcha mavzularnl qamrab olgan va ketma-ketlikda batafsil yoritilgan. Mavzularning yorit ilishida fanlararo bog'liqlik inobatga olingan bo'lib, nazariy jihatdan mavzularnl bayon etilishida ijodiy yondashilgan. Har bir mavzudan so'ng tayanch Iboralar, nazorat savollari, shuningdek, glossariy, talabalar mustaqil o'qishlari uchun astronomik ma'lumotlar, testlar, jadvallar keltirilgan bo'lib, ular nafaqat fanni muvaffaqiyatli o'zlashtlrishda, balki talabalarning ilmiy dunyoqarashlni kengaytirishda ham xizmat qiladi.

Tlzimdan nafaqat pedagoglka oliy o'quv yurtlarining "Fizika va astronomiya, qo'shimcha matematika" ta'lim yo'nalishi talabalari, balki "Matematlka-informatika", "Tabiiy fanlar" fakultetlari talabalari uchun ham foydalidir.

1- rasm. AstroStem.uz elektron o'qitis

i tizimining ishchi oynasi

Qo'llanilishi: Talabalar tomonidan foydalanishi mumkin bo'lgan barcha didaktik vositalar (darslik, o'quv qo'llanma, metodik ko'rsatma, daftar, noutbuk, planshet,tablet, mobil telefon, elektron hisoblash vositalari) yig'ib olinadi. Bularni hisobga olib, tadiqoqtimiz davomida AstroStem.uz elektron ta'lim tizimi yaratildi (1-rasmga qarang). Mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalari talabalarining fizika va astronomiyadan nazariy bilimlarini shakllantirish, fizik- astronomik hodisa, jarayon, qonun va qonuniyatlarning mohiyatini chuqur

fikr yuritish orqali anglab yetish, talabalar faolligini oshirish va fizik- astronomik qiziqishlarini amalga oshirish hamda hisoblash ishlarini bajarishda masalalar yechishning o'rni alohida ahamiyatga ega. Mavzularning asosiy tushunchalarini shakllantirish metodini elektron o'qitish tizimidan foydalanib, qisqa vaqtda samarali amalga oshirish, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash bo'yicha namoyish tajribalari va virtual laboratoriya ishlarini o'tkazishda ulardan foydalanishning izchil metodlari ishlab chiqilgan. Shuni ta'kidlash kerakki bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishda elektron ta'lim tizimidan foydalanish orqali ulardagi axborot texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir vaqtda ta'limdagi didaktik tamoyillarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi

REFERENCES

1. Азиза Бозорова, Нилуфар Намозова Медиатаълим асосида астрономия дарсларини ташкил этишга инновацион ёндашиш методи// journal of innovations in scientific and educational research volume6 issue-6 (30- june)

2. Нилуфар Намозова Астрономия фанини укитишда кулланиладиган дастурий-педагогик воситалар ва уларнинг имкониятлари // eurasian journal of technology and innovation Innovative Academy Research Support Center

3. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

4. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

5. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

6. Н Намозова мактаб астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимдан фойдаланиш //TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2023

7. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

8. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo ways to effectively organize speech culture of the astronomy teacher// FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 2023

9. Q Surayyo, X Sevinch, S Gulhayo Astronomiyada ishlatiladigan amaliy innovatsion dasturlar haqida asosiy tushunchalar va ularning imkoniyatlari //Journal of Universal Science Research, 2023

10. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiya fanini o 'qitishda STEM ta'lim tizimining roli va ahamiyati// Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

11. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiyada STEM dasturidan foydalanpib yulduzlar osmonining surilma xaritasi mavzusini o 'qitish // Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

12. Malikova Muhabbat, Sayfullaeva G. I MODERN FORMS OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM// SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 1 JANUARY 2024 UIF-2022: 8.2| ISSN: 2181-33371 SCIENTISTS

13. Rashidova Nilufar, Sayfullayeva G. I Achieving Transparency in Education// Open Herald: Periodical of Methodical Research Volume 1, Issue 7, November, 2023 ISSN (E): 2810-6385 Website: https://academi aone .org/index.php/6

14. Malikova Muhabbat, Bozorova Aziza, Sayfullayeva G. I. Relevance of Independent

Educational Activities of Students in the Credit-Modular Education System// Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(8), 40-42. Retrieved from https://academiaone.Org/index.php/4/article/view/297

15. G.I.Sayfullayeva, H.R.Shodiyev Kredit modul tizimida fanlarni integratsion yondashuv asosida o'qitishning afzalliklari// Academic Research in Educational Sciences Multidisciplinary Scientific Journal September, Volume 3 | Issue 9 | 2022

16. Shodiyev Hamza Rozikulovich, Sayfullayeva Gulhayo Masofaviy ta'limda yer mavzusini integratsion yondashuv asosida topish metodikasi//Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES) VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675

17. O'. K. Sunnatova, G. I. Saifullayeva Research in students in physics and astronomy classes and the development of competencies of the XXI century. Ways of organizing project activities of students in physics education Uzbek Scholar Journal Volume-24, January, 2024 www.uzbekscholar.com 101-108

18. Sayfullayeva Gulhayo Ikhtiyor kizi, Bozorova Aziza Murodilla kizi The practical importance of an integrative approach to teaching astronomy from a small school age uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 130-133

19. Saifullayeva Gulhayo volunteer daughter Interactive Applications From Astronomy And Ways To Manage Them Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 123-129

20. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

21. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani axborot ta'lim muhitlaridan foydalanib o'qitishning pedagogik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

22. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulova Madina Hamza qizi "quyosh tizimidagi sayyoralar" elektron majmua yaratish texnologiyasi// yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in academy.uz/index.php/yo

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.