Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA XALQARO BAHOLASHDAN FOYDALANISH'

TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA XALQARO BAHOLASHDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rashidova Nilufar Normurod Qizi

PISA (ing. Programme for international student Assessment) maktab o‘quvchila¬ 197 rining bilimlarini va ularni amaliyotga qo‘llay olishlarini baholash xalqaro tizimi. Uch yilda bir marta o‘tkaziladi va unda 15 yoshli o‘spirinlar ishtirok etishadi. PISA tadqiqoti monitoring bo‘lib, turli mamlakatlar ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni aniqlash va solishtirish, ta’lim sohasidagi strategik qarorlarning mahsuldorligini baholashga imkon beradi. PISA maktablarda quyidagi uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ta’lim sifatini solishtiradi: o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA XALQARO BAHOLASHDAN FOYDALANISH»

TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISHDA XALQARO BAHOLASHDAN FOYDALANISH

Rashidova Nilufar Normurod qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10991620 PISA (ing. Programme for international student Assessment) maktab o'quvchila 197 rining bilimlarini va ularni amaliyotga qo'llay olishlarini baholash xalqaro tizimi. Uch yilda bir marta o'tkaziladi va unda 15 yoshli o'spirinlar ishtirok etishadi. PISA tadqiqoti monitoring bo'lib, turli mamlakatlar ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlarni aniqlash va solishtirish, ta'lim sohasidagi strategik qarorlarning mahsuldorligini baholashga imkon beradi. PISA maktablarda quyidagi uchta asosiy yo'nalish bo'yicha ta'lim sifatini solishtiradi:

o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik. PIRLS (Progress in international Reading Literacy Study) matnni o'qish va tushunish bo'yicha xalqaro tadqiqot. Dunyoning turli mamlakatlarida boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning matnni o'qishi, tushunishining darajasini solishtirishni hamda milliy ta'lim sistemalari orasidagi farqni aniqlash imkonini beradi. PIRLS tadqiqotlarda ikki xil o'qish baholanadi: badiiy o'qish tajribasini orttirish maqsadida o'qish; ma'lumotlarni o'zlashtirish va ulardan foydalanish maqsadida o'qish.

TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) ta'lim yutuqlarini baholash Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan dastur. Bu tadqiqot dunyoning turli mamlakatlar boshlang'ich maktablarining 4- va 8-sinf o'quvchilariga matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'limning darajasi va sifatini solishtirish, hamda milliy ta'lim sistemalaridagi farqlarni aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot har 4 yilda bir marta o'tkaziladi va o'quvchilarning 4-sinfdan 8-sinfga o'tganida matematika va tabiiy fanlar bo'yicha bilimlaridagi o'zgarishlarni monitoring qilish imkonini beradi.

Uni o'tkazishda dunyoning ko'plab professional va ilmiy-tadqiqot markazlari ishtirok etadi. Bolalar organizmi va "ijodiy fikrlash" ko'nikmalari rivojlanishining bog'liqligi. Bola psixikasi va xulq-atvori shakllanishining genetikaga yoki ijtimoiy muhitga bog'liqlik masalasi uni qanday va nimalarga o'rgatish mumkiligini aniqlashtirishdek muhim masala yechimi bilan bevosita bog'liqdir.

Zamonaviy psixologlarning aksariyati inson psixikasi va xulq-atvori asosan genetik xarakterga ega, ya'ni avlod suradi deb hisoblashadi. Shu bilan birga gen bilan o'tgan xususiyatlarni namoyon qilish va rivojlantirish uchun ta'lim va tarbiyaning o'rni beqiyos ekanligini ham inkor etishmaydi. Bola organizmining rivojlanishi deganda o'suvchi organizmning keyingi daraja (pog'ona)ga o'tishi tushuniladi. Bu o'tish nafaqat organizmning yetilishi, balki bolaning nimalarni o'rganganligiga ham bog'liqdir.

Asosiy masala bu jarayonlarning qaysi birining muhimligidadir L.S. Bigotskiyning nazariyasiga muvofiq, odamning psixikasi va xulq-atvori har ikkala jarayonlarning ham ta'sirlarining natijasidir. Ular chaqaloq tug'ilganidayoq boshlanib, bola organizmi rivojlanishiga chambarchas bog'langan bo'ladi Bolalarning rivojlanish davrlari. Hayotni davrlarga bo'lish insonning tug'ilganidan to o'limigacha bo'lgan vaqtda rivojlanishini sistemaga solishdir.

Har bir davr universal, shuningdek, insonni ob'yektiv baholash uchun zarur bo'lgan mezonlar bilan tavsiflanadi. Bu usulning mohiyati nafaqat har bir davrda rivojlanishini ta'minlovchi asosiy kuchni aniqlashtirish bo'lmasdan, 198 ta'lim-tarbiya berishning samarali usullarini aniqlash umkonini berishidir. Har bir davrni xarakterlash uchun D. B. Elkonin quyidagi to'rtta mezondan foydalangan rivojlanishning ijtimoiy holati tashqi ijtimoiy shart-sharoitlar;

yetakchi faoliyat;

inqiroz;

yangi sifat o'zgarish

Rivojlanishning "Inqiroz" davrlarida bolalar "ijodiy fikrlash" ko'nikmalarini baholashning ahamiyati Bolalar rivojlanishining davrlarga bo'linishi har bir davrda o'ziga xos senzitivlikka mos ta'lim turini tanlashga yordam berishidir.

Aynan shu nuqtai nazardan shu davrlarda bolalarda "to'la fikrlash" ko'nikmalarini shakllantirish va har bir "inqiroz" da bu ko'nikmalarni baholab borish amaliy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.

"To'la fikrlash" deb o'quvchilarning mantiqiy va nostandart fikrlash uyg'unligidagi "ijodiy fikrlashi"ga aytamiz. Bu baholash bir tomondan bolalarning "ijodiy fikrlash" qobilyatini aniqlab ularning aqliy imkoniyatlarini baholash va kelgusi mutaxassisliklarga yo'naltirish imkonini bersa, ikkinchi tomondan ta'lim tizimiga "ijodiy fikrlash" pedagogik texnologiyasini joriy qilishga imkon beradi

Shu bilan birga "Ijodiy fikrlashni shakllantirish pedagogik texnologiyasiga" muvofiq bolaning baholashga e'tibor bermasligiga erishish lozim. Bolalarning "ijodiy fikrlash" ko'nikmalarini baholashda bu ko'nikmalarning shakllanganlik va rivojlanganlik darajasi, ko'nikmalarni amalda qo'llash va rivojlantira olish imkoniyatlari aniqlanadi.

Aynan "inqiroz" davridan keyin "yangilanish" boshlanishini hisobga olib bolaning shu davr uchun intellektual imkoniyatlarini, ya'ni "ijodiy fikrlash" ko'nikmalarining shakllanganligi va rivojlanishini, yutuq va kamchiliklarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Buni aniqlashdan asosiy maqsad: har bir davrda o'quv maqsadlariga erishganlikni, yutuq va kamchiliklarni aniqlash, keyingi davrga o'tish oldidan bolaning "ijodiy fikrlash" imkoniyatlarini aniqlash; qo'llanilgan usullarning samaradorligini aniqlash, va bu usullarni takomillashtirish va yangi usullarni taklif qilish; ta'lim beruvchilarning bilim va mahoratlarini aniqlash va ularni "ijodiy fikrlashni" o'rgatishning yangi usullari bilan qurollantirish;

natijalarga asoslanib "ijodiy fikrlash pedagogik texnologiyalarini" takomillashtirish va zamon talablariga moslashtirish;

ta'lim jarayonining zamon talablaridan orqada qolgan sohalarini aniqlash va ularni ilg'or usullar bilan almashtirish. Ya'ni o'zgarib turuvchan ehtiyojga moslashuvchan, butun umri davomida o'rganadigan, izlanadigan mutaxassislarni tayyorlash ta'lim tizimini yaratish; bolalarning "to'la fikrlash" ko'nikmalari bo'yicha ko'rsatkichlari ota-onalariga, 199 kelgusida, ma'lum sohada "to'la fikrlash" ko'nikmalari yuqori bo'lgan iqtidorli mutaxassislarga ega bo'lishni istovchi iste'molchilarga taqdim etiladi. Kelgusida "to'la fikrlovchi" mutaxassislarga ehtiyojning ortishi, ta'lim muassasalarining va ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xususiylashuvi "mutaxassislar bozorini" vujudga keltiradi.

Mutaxassislar esa "to'la fikrlash" ko'nikmalariga qarab baholanadi. Bolalarning inqiroz yoshlari uzluksiz ta'lim tizimining turlari tugashi bilan mos kelishini e'tiborga olsak:

1 - inqiroz - 7 yosh - maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limning tugashi;

2 - inqiroz - 11 yosh - boshlang'ich ta'limning tugashi;

3 - inqiroz - 16 yosh - to'liqsiz o'rta ma'lumot;

4 - inqiroz - 18 yosh - o'rta ma'lumot;

5 - inqiroz - 22 yosh - OTM ni tugatish, oliy ma'lumot.

Bu davrlarda "ijodiy fikrlash" ko'nikmalarini baholash ta'lim jarayonini tashkil qilishga qiyinchilik tug'dirmaydi. Chunki ularning ba'zilarini xalqaro baholash tizimlari bilan birgalikda olib borish ham mumkin. Topshiriqlar inqiroz yoshiga va tanlangan yo'nalishiga qarab "ijodiy

fikrlash" elemnetlarini o'z ichiga oladi. Savollar har bir inqiroz yoshidagi bolaning rivojlanish darajasi va ta'lim dasturlariga mos bo'lishi maqsadga muvofiq. Ularni soha mutaxassislari real sharoitdan kelib chiqib tuzadilar. Qulaylik uchun "ijodiy fikrlash" ko'rsatkichini 10 ballik sistemada baholashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Baholashda asosiy e'tibor bolaning fantaziyasiga, tasavvurining kengligiga, ijod mahsulida yangiliklarni, ayniqsa, g'ayrioddiy fikrlarni olg'a surishiga qaratilmog'i lozim.

10 ball - bolaning mos intellekt bo'yicha yaxshi tayyorligi va talantga egaligini ko'rsatadi. Undan ijodkor mutaxassis chiqadi.

8-9 ball - bolaning o'qishni davom ettirishga tayyorligini va kelgusida ta'limning kelgusi etapida muvaffaqiyatlarga erisha olishini ko'rsatadi.

6-7 ball - bolaning bilimini qoniqarli darajada va o'z ustida qo'shimcha ishlashi lozim

bo'ladi.

4-5 ball - bolaning tasavvur qilish qobiliyati yomon. Uning intellekti yo'nalishini o'zgartirish haqida o'ylash kerak.

3 balldan kam - bolaning intellekti yo'nalishi noto'g'ri tanlangan va uning yo'nalishini aniqlash uchun qo'shimcha sinovlar o'tkazish maqsadga muvofiq.

PISA tadqiqotida quyidagi ko'nikmalar baholanadi

PISAda o'quvchilarning bilim sifati monitoring 5 ta yo'nalish bo'yicha aniqlanadi

REFERENCES

1. Азиза Бозорова, Нилуфар Намозова Медиатаълим асосида астрономия дарсларини ташкил этишга инновацион ёндашиш методи// journal of innovations in scientific and educational research volume6 issue-6 (30- june)

2. Нилуфар Намозова Астрономия фанини укитишда кулланиладиган дастурий-педагогик воситалар ва уларнинг имкониятлари // eurasian journal of technology and innovation Innovative Academy Research Support Center

3. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

4. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

5. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

6. Н Намозова мактаб астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимдан фойдаланиш //TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2023

7. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

8. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo ways to effectively organize speech culture of the astronomy teacher// FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 2023

9. Q Surayyo, X Sevinch, S Gulhayo Astronomiyada ishlatiladigan amaliy innovatsion dasturlar haqida asosiy tushunchalar va ularning imkoniyatlari //Journal of Universal Science Research, 2023

10. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiya fanini o 'qitishda STEM ta'lim tizimining roli va ahamiyati// Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

11. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiyada STEM dasturidan foydalanpib yulduzlar osmonining surilma xaritasi mavzusini o 'qitish // Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

12. Malikova Muhabbat, Sayfullaeva G. I MODERN FORMS OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM// SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 1 JANUARY 2024 UIF-2022: 8.2| ISSN: 2181-33371 SCIENTISTS

13. Rashidova Nilufar, Sayfullayeva G. I Achieving Transparency in Education// Open Herald: Periodical of Methodical Research Volume 1, Issue 7, November, 2023 ISSN (E): 2810-6385 Website: https://academi aone .org/index.php/6

14. Malikova Muhabbat, Bozorova Aziza, Sayfullayeva G. I. Relevance of Independent Educational Activities of Students in the Credit-Modular Education System// Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(8), 40-42. Retrieved from https://academiaone.org/index.php/4/article/view/297

15. G.I.Sayfullayeva, H.R.Shodiyev KREDIT MODUL TIZIMIDA FANLARNI INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA O'QITISHNING AFZALLIKLARI// Academic Research in Educational Sciences Multidisciplinary Scientific Journal September, Volume 3 | Issue 9 | 2022

16. Shodiyev Hamza Rozikulovich, Sayfullayeva Gulhayo Masofaviy ta'limda yer mavzusini integratsion yondashuv asosida topish metodikasi//Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES) VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675

17. O'. K. Sunnatova, G. I. Saifullayeva Research in students in physics and astronomy classes and the development of competencies of the XXI century. Ways of organizing project activities of students in physics education Uzbek Scholar Journal Volume-24, January, 2024 www.uzbekscholar.com 101-108

18. Sayfullayeva Gulhayo Ikhtiyor kizi, Bozorova Aziza Murodilla kizi The practical importance of an integrative approach to teaching astronomy from a small school age uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 130-133

19. Saifullayeva Gulhayo volunteer daughter Interactive Applications From Astronomy And Ways To Manage Them Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 123-129

20. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

21. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani axborot ta'lim muhitlaridan foydalanib o'qitishning pedagogik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

22. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulova Madina Hamza qizi "quyosh tizimidagi sayyoralar" elektron majmua yaratish texnologiyasi// yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in academy.uz/index.php/yo

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.