Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA O’TKAZISH METODIKASI'

TA’LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA O’TKAZISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qurbonboyeva Gulmira Hurram Qizi

Ta’lim muassasalarida astronomik kuzatuvlarni tashkil etishning maqsadi: o'quvchilarga nazariy jihatdan bayon etilgan astronomik hodisa va jarayonlar bilan amalda tanishtirish va holatlarni tabiiy ravishda tushuntirishdan iborat. Tabiiy kuzatuvlarsiz astronomik jarayonlarni nazariy jihatdan tushuntirish, astronomik ta’limni faqatgina formal holatda olib borish bilan bog‘liq bo'lib qoladi. Astronomik kuzatuvlardan o'quvchilar osmon yoritqichlariga qarab orientir olish hamda astronomik o‘lchashlar olish ko'nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Astronomik kuzatishlar o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, xulosalar chiqarish qobiliyatlarini rivojlantiradi, tarbiyalaydi va bilimlami mustahkamlash va amaliy ko'nikmalami shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA O’TKAZISH METODIKASI»

TA'LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIK KUZATUVLARNING AHAMIYATI VA

O'TKAZISH METODIKASI Qurbonboyeva Gulmira Hurram qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10992712

Ta'lim muassasalarida astronomik kuzatuvlarni tashkil etishning maqsadi: o'quvchilarga nazariy jihatdan bayon etilgan astronomik hodisa va jarayonlar bilan amalda tanishtirish va holatlarni tabiiy ravishda tushuntirishdan iborat. Tabiiy kuzatuvlarsiz astronomik jarayonlarni nazariy jihatdan tushuntirish, astronomik ta'limni faqatgina formal holatda olib borish bilan bog'liq bo'lib qoladi. Astronomik kuzatuvlardan o'quvchilar osmon yoritqichlariga qarab orientir olish hamda astronomik o'ichashlar olish ko'nikmalariga ega bo'lishlari kerak. Astronomik kuzatishlar o'quvchilarda kuzatuvchanlik, xulosalar chiqarish qobiliyatlarini rivojlantiradi, tarbiyalaydi va bilimlami mustahkamlash va amaliy ko'nikmalami shakllantiradi.

Astronomik kuzatuvlar amaliy ishlar deb ham nomlanadi.

Amaliy kuzatuv ishlarini ikki guruhga bo'lish mumkin:

1) kirish kuzatuvlari - unda o'quvchilarga astronomik hodisalar haqida umumlashtirilgan, asosiy tushunchalar beriladi. Bu kabi tushunchalar o 'quvchilarga nazariy jihatdan olgan bilimlari haqida xulosalar chiqarish va umumiy tushunchalar hosil qilishga yordam beradi.

2) ko'rgazmaviy (illyustrativ) kuzatishlar - kuzatilayotgan obyekt haqida qo'shimcha va to 'laroq ma'lumotlar olish imkonini beradi. Kirish kuzatuvlari odatda, biror bo'limni o'tishdan avval o'tkaziladi. Ko'rgazmaviy kuzatuvlar esa odatda, bo'lim yakunlanganidan keyin, olingan bilimlami mustahkamlash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish maqsadida tashkil etiladi.

Kuzatuvlar vaqtida bir obyektning o 'zi ham kirish ham illyustrativ kuzatuvlarni tashkil etishda o'rganilishi mumkin.

Kirish kuzatuvlarida quyidagi mazmundagi masalalarni ko'rish va tahlil qilish tavsiya

etiladi:

1) yulduzlar osmoni bilan umumiy holda tanishtirish - yulduz turkumlari hamda yulduzlaming sutkaviy harakatini o'rganish;

2) Quyoshning ko'rinma harakati;

3) sayyoralarning ko'rinma harakati;

4) Oyning ko'rinma harakati va oy fazalari

5) Yupiter yo'ldoshlari va ularning harakati;

6) Quyoshning aylanishi va dog'larining siljishi;

7) yulduzlar rangi va spektiri .

8) qo'shaloq yulduzlar;

9) o'zgaravchi yulduzlar vorqinligining o'zgarishi;

10) yulduz to'dalari va tumanliklar;

11) Somon yo'li.

Ushbu kuzatuvlarning barchasini ham bir kunda o 'tkazib bo'lmaydi. Kuzatishlarning bir qismini kunduzgi kuzatuv, qolganlarini esa mustaqil ravishda kuzatish uchun vazifa qilib berish ham mumkin bo'ladi.

Maktabda astranomiya o'qitilishini samarali bo'lishi, bu predmet materiallarini o'zlashtirilishida o'quvchilar bilimini puxtaligiga erishish, ko'p jixatdan kuzatishlarga bog'liq. Astranomik kuzatishlar yordamida osmon jismlarining haqiqiy va ko'rinma harakatlari, amaliy

astranomiyani tashkil qilgan asosiy hodisalar, jumladan joyning geografik kengligi yoki uzunligini topish va vaqtni o'lchash masalalari oson tushuntiriladi. Nazariy bilimlar,sistemali olib boriladigan kuzatishlarga tayansa, o'quvchilarning bu fan yuzasidan qo'lga kiritgan yutuqlari chuqurlashsa borib, uzoq davrda esga qoladi.

Astronomik kuzatishlar uchun maktab dasturida 4 soat vaqt ajratilgan bo'lib, shundan 3 soati kechqurungi, 1 soati esa kunduzgi Quyoshni kuzatishga bag'ishlanadi. Astronomik kuzatishlarni planlashtirishda, kuzatish lozim bo'lgan ob'ektlarning hammasini ma'lum bir vaqtda osmonda kechasi kurishning iloji bo'lmasligini unutmaslik kerak. Ma'lum bir joyda astronomik kuzatishlar uchun sharoitni e'tiborga olib, kuzatishlar plani o'quv yiliga muljallangan "Maktab astronomik kalendari" dan foydalangan xolda tuzilmog'i lozim.

Maktabda astronomik kuzatishlarni, odatda ikki - uch oylik tanaffus bilan o'tkazish yilning turli fasllarida yulduzlar osmonining turlicha bo'lishini o'quvchilarga tanishtirish bilan birga osmonning bunday o'zgarishi, Yer Quyosh atrofida aylanishining isbotlaridan biri bo'lgan Quyoshning ekliptika aylanasi bo'ylab ko'rinma harakatlanishi sababli ekanligini ularga tushuntirishni osonlashtiradi.

Osmon sferasining asosiy nuqtalari, chiziq va aylanalarini hamda asosiy yulduz turkumlarini o'rganishga bag'ishlangan birinchi darsning bir qismi maxsus asboblarisiz

o'tqazilib, qolgan kuzatishlar, maktab refraktor teleskopi yoki Maksutovning maktablar uchun muljallangan reflektor teleskopi yordamida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Agar maktab Astronomiya kabinetlari har ikkala tur teleskopga ham ega bo'lmasa, u xolda astrnomik kuzatishlarni durbinda olib borish,maktabda astronomik kuzatishlarga quyilgan talablarni ma'lum darajada qondira olish imkonini beradi. Kechki astronomik kuzatishlarni A.A.Mixaylovning "Yulduzlar atlasi"dan va A.D.Marlenskiyning "O'quv yulduzlari atlasidan" foydalangan xolda olib borish, istalgan yulduz turkumini osmonda topishni va ular orqali kuzatish uchun muljallangan ob'ekt (planeta, astronomik o'zgaruvchi yulduz yoki tumanlik)vaziyatini aniqlashni osnlashtiradi.

Metodik adabiyot kechqurungi kuzatishlarni quyidagicha planlashtirishni tavsiya qiladi.

Birinchi (kechki) kuzatish darsi:

1. Osmon sferasining asosiy nuqtasi, chiziq va aylanalari bilan o'quvchilarni tanishtirish, qutb yulduzi va gorizontning tomonlarini aniqlash. Osmonning surilma kartasidan foydalangan holda yorug' yulduzlarga ega bo'lgan yulduz turkumlarini topish;

2.Yulduzlarning sutkalik ko'rinma xarakatlarini kuzatish, kulhminasiyalarini aniqlash;

3. Qutb yulduzini topish, joyning geografik kengligini aniqlash;

4. Asosiy yulduz turkumlarining konturlari (chegaralari) va ularni gorizontga nisbatan joylashishlarini kuzatish payti uchun aniqlash;

5. 2-3 yulduz ravshanligini baxolash;

6. Somon Yulini va kuzatish paytida osmonda kurinishi mumkin bo'lgan planetalarni kuzatish.

Ikkinchi kechki kuzatish darsi:

1. Surilma kartadan foydalanib, osmonda orientasiya qilishni o'rganish. YUlduzlarning vaziyatlariga nisbatan Oyning o'rnini aniqlash va uni teleskopda kuzatish.

2. Asosiy yulduz turkumlarining konturlarini o'rganish (1- kechki kuzatish qo'shimcha).

3. YUlduzlar rangi va ravshanligini baxolash.

4. Planetalar o'rinlarini aniqlash va teleskoplarda kuzatish.

Uchinchi (kunduzgi) kuzatish darsi:

Bu dars Quyoshni kuzatishga bag'ishlangan bo'lib, bunday kuzatish programmasini qo'yidagicha planlashtirish mumkin:

1. Quyosh diskini chetga tomon qorayishini kuzatish;

2. Fotosfera mashallarini kuzatish;

3. Dog'larni kuzatish.

To'rtinchi (kechki) kuzatish darsi:

l.Surilma kartadan foydalanib, yulduzlarga qarab orientasiyalanishini va asosiy yulduz turkumlarini konturlarini o'rganish (1 va 2- kechki kuzatishlarga qo'shimcha);

2. Planetalarning yulduzlarga nisbatan vaziyatlarini aniqlash xamda Oy va Planetalarni teleskopda kuzatish yo'li bilan ulardagi ayrim detallarning konturlarini chizmada aks ettirish;

3. Teleskop yordamida ayrim qo'shaloq yulduzlarni, ravshan yulduzlar tudalarini va tumanliklarni kuzatish.

- birinchi kechki kuzatishni maktab astronomiya darsligining I. "Kirish" qismi o'tib bo'lingach,

- ikkinchi kechki kuzatishni "III.Quyosh sistemasi jismlarining Astronamik tabiati" qismidan so'ng,

- uchinchi kunduzgi kuzatishni esa "IV.Quyosh va yulduzlar" qismidan "Quyosh" mavzusini o'tib bo'lingach,

- to'rtinchi kechki kuzatishni "V. Koinotning tuzilishi" temasidan so'ng uyushtirish nazariy bilimlarni mustaxkamlashda etarlicha katta samara beradi.

REFERENCES

1. Азиза Бозорова, Нилуфар Намозова Медиатаълим асосида астрономия дарсларини ташкил этишга инновацион ёндашиш методи// journal of innovations in scientific and educational research volume6 issue-6 (30- june)

2. Нилуфар Намозова Астрономия фанини укитишда кулланиладиган дастурий-педагогик воситалар ва уларнинг имкониятлари // eurasian journal of technology and innovation Innovative Academy Research Support Center

3. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

4. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

5. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

6. Н Намозова мактаб астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимдан фойдаланиш //TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2023

7. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

8. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo ways to effectively organize speech culture of the astronomy teacher// FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 2023

9. Q Surayyo, X Sevinch, S Gulhayo Astronomiyada ishlatiladigan amaliy innovatsion dasturlar haqida asosiy tushunchalar va ularning imkoniyatlari //Journal of Universal Science Research, 2023

10. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiya fanini o 'qitishda STEM ta'lim tizimining

roli va ahamiyati// Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

11. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiyada STEM dasturidan foydalanpib yulduzlar osmonining surilma xaritasi mavzusini o 'qitish // Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

12. Malikova Muhabbat, Sayfullaeva G. I MODERN FORMS OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM// SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 1 JANUARY 2024 UIF-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337| SCIENTISTS

13. Rashidova Nilufar, Sayfullayeva G. I Achieving Transparency in Education// Open Herald: Periodical of Methodical Research Volume 1, Issue 7, November, 2023 ISSN (E): 2810-6385 Website: https://academi aone .org/index.php/6

14. Malikova Muhabbat, Bozorova Aziza, Sayfullayeva G. I. Relevance of Independent Educational Activities of Students in the Credit-Modular Education System// Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(8), 40-42. Retrieved from https://academiaone.org/index.php/4/article/view/297

15. G.I.Sayfullayeva, H.R.Shodiyev Kredit modul tizimida fanlarni integratsion yondashuv asosida o'qitishning afzalliklari// Academic Research in Educational Sciences Multidisciplinary Scientific Journal September, Volume 3 | Issue 9 | 2022

16. Shodiyev Hamza Rozikulovich, Sayfullayeva Gulhayo Masofaviy ta'limda yer mavzusini integratsion yondashuv asosida topish metodikasi//Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES) VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675

17. O'. K. Sunnatova, G. I. Saifullayeva Research in students in physics and astronomy classes and the development of competencies of the XXI century. Ways of organizing project activities of students in physics education Uzbek Scholar Journal Volume-24, January, 2024 www.uzbekscholar.com 101-108

18. Sayfullayeva Gulhayo Ikhtiyor kizi, Bozorova Aziza Murodilla kizi The practical importance of an integrative approach to teaching astronomy from a small school age uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 130-133

19. Saifullayeva Gulhayo volunteer daughter Interactive Applications From Astronomy And Ways To Manage Them Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 123-129

20. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

21. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani axborot ta'lim muhitlaridan foydalanib o'qitishning pedagogik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.