Научная статья на тему 'DUNYO MAMLAKATLARİ KREDİT-MODUL TA’LİM TİZİMİ TARIXI'

DUNYO MAMLAKATLARİ KREDİT-MODUL TA’LİM TİZİMİ TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Malikova M.B

Yevropa ta’lim kredit o’tkazmasi va jamg’arish tizimi 1989-yilda tashkil etilgan. Bu Yevropa oliy ta’lim muassasalarida o’qish va kurslarni yanada oshkora va oliy ta’lim sifatini oshirishga yordam beradigan tizimdir. Tizim turli xildagi dasturlarni loyiha qilish, tavsif berish va amalga oshirish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DUNYO MAMLAKATLARİ KREDİT-MODUL TA’LİM TİZİMİ TARIXI»

DUNYO MAMLAKATLARÍ KREDÍT-MODUL TA'LÍM TÍZÍMÍ TARIXI

Malikova M.B.

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10993019

Annotatsiya. Yevropa ta'lim kredit o'tkazmasi va jamg'arish tizimi 1989-yilda tashkil etilgan. Bu Yevropa oliy ta'lim muassasalarida o'qish va kurslarni yanada oshkora va oliy ta'lim sifatini oshirishga yordam beradigan tizimdir. Tizim turli xildagi dasturlarni loyiha qilish, tavsif berish va amalga oshirish imkonini beradi.

Turli xil ta'lim olish imkoniyatlarini birlashtirib uzluksiz ta'lim olish istiqbolini taqdim etadi. Tizimning yaratadigan imkoniyatlardan biri bu talabalarning "harakatchanligini" (mobility) va egallagan malakasini va o'qish davrlari tan olish jarayoni yengillashtiradi. Ya'ni talabalar o'zi o'qiyotgan universitetdan boshqa OTMda bir semestr yoki bir o'quv yili tahsil olishi mumkin. Talaba to'plagan bali va sarflangan o'qish davri talaba o'zi o'qiyotgan universitet tomonidan tan olinadi. Bu tizim barcha turdagi ta'lim dasturlarga (yuzma-yuz olib boriladigan ta'lim, masofaviy o'qitish) yoki talabalar statusiga (kunduzgi, sirtqi) va barcha o'rganish kontekstlariga tadbiq; etiladi.

AQSH kredit-modul tizimi eng birinchilardan joriy etilgan kreditmodulb tizimi sifatida dunyo davlatlari va shu bilan birga Yevropa davlatlari oliy ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimi shakllanishiga o'z hissasini qo'shgan. Boshqacha aytganda hozirda Yevropa oliy ta'lim muassasalarida keng qo'llanib kelinayotgan va O'zbekistan Respublikasi mahalliy OTMlarida joriy etilishi rejalashtirilayotgan ECTS (European Credit Transfer System) kredit-modultizimi o'zagida ham AQSh akademik kredit tizimi tamoyillari yotadi. Shuning uchun AQSh va Kontinental Yevropa davlatlarida keng tarqalgan kredit-modul tizimi tarixi haqida biroz mulohaza yuritsak.

Kredit-modul tizimi ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida AQSh da joriy etilgan. O'sha paytda mamlakat oliy ta'lim muassasalari qat'iy belgilab qo'yilgan o'quv dasturlari asosida faoliyat yuritgan. O'quv dasturlari, asosan,O'sha davr diniy falsafasi bilan bog'liq fanlardan tashkil topgan. Deyarli barcha universitetlarda lotin tili alohida fan sifatida o'qitilgan. Aslida bu paytga kelib lotin tili allaqachon o'lik tilga aylanib bo'lgan edi. Ya'ni, amaliyotda bu tilda deyarli ehtiyoj bo'lmagan. OTM o'quv dasturlarida bu kabi amaliyotda ahamiyatini yo'qotgan fanlar ko'lami anchani tashkil qilgan.

Natijada universitetlar mutaxasislar tayyorlaydigan dargoh emas balki o'sha davrda axolining o'ziga to'q qatlami shunchaki obro' va to'kinlik belgisi sifatida ta'lim oladigan muassasaga aylanib qolgan. Buning oqibatida oddiy fuqorolar orasida universitetlarga qiziqish kamaya boshlagan.

1869 yilga kelib Garvard Universitetiga o'sha davrning eng ilg'or fikrlovchilaridan bo'lgan Charles Elliot prezident etib saylanadi. Ko'p o'tmay u universitetdagi qat'iy belgilab kuyilgan o'quv dasturlarini bekor qiladi. Endilikda, Garvard Universitetida talabalar o'quv dasturida taklif qilinadigan fanlar orasidan o'zlari xohlagan, qiziqqan fanlarni tanlab, o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ya'ni, har bir talaba endilikda o'zining universitetdagi o'qish dasturini ma'lum ma'noda o'zi shaklllantirish imkoniyatiga ega bo'lgan edi.

Bu islohot mamlakat yoshlari orasida Garvard Universitetiga bo'lgan qiziqishni jonlantirib yuboradi. Talabalar o'zlari qiziqqan fanlarni tanlayotganliklari uchun universitet o'quv dasturlaridagi fanlar ham tabiiy ravishda saralana boshlaydi. Lotin tili kabi zamon talablariga javob bermaydigan fanlar talabalarda qiziqish bo'lmaganligi sababli dasturni tark

etadi va universitet fanlari ro'yxatini iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlariga mos fanlar egallay boshlaydi. Charles Uilyam Elliot (20.03.1834-22.08.1926) 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti etib saylangan amerikalik olim. Bostondagi taniqli Elliotlar oilasining a'zosi. Elliot 1909 yilgacha xizmat qildi va universitet tarixidagi eng uzoq muddat prezident bo'ldi. O'z fanlariga talabalarni jalb qilish maksadida o'qituvchilar ham darslari sifatini yaxshilashga harakat qila boshlaydi. Aks holda ular o'qitayotgan fan o'quv dasturidan chiqarib yuborilishi mumkin edi. Darslarda talabalarning faolligi ham ancha ortadi. Chunki talabalar asosan o'zlari xohlagan, qiziqqan va tanlagan fanlarini o'rganayotgan edilar

Garvard Universiteti qat'iy o'quv dasturlardan voz kechgandan so'ng, universitet oldida bir sancha savollar tutila boshlaydi: xo'sh endilikda universitetda barcha talabalar uchun bir xil bo'lgan qat'iy belgilab qo'yilgan o'quv dasturlar yo'q. Bunday holatda talabalarning kursdan kursga o'tishi yoki bitirishi qanday mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin? Ya'ni, talabalarning o'qish dasturidagi rivojlanishini nimalar bilan o'lchash mumkin? Talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi uchun kancha bilim egallashi kerak?

Garvard Universiteti bu savollarning barchasiga juda oddiy yyechim topadi. Har bir fanga uning o'qish yuklamasidan kelib chiqib ramziy o'lchov birliklari, ya'ni kreditlar taqsimlanadi. Ya'ni, har bir fan muayyan miqdordagi kreditlarda aks etadi va talaba bir o'quv yili oxirigacha muayyan miqdordagi kreditlarni to'plashi kerakligi belgilab qo'yiladi. Endilikda, universitet talabalarni o'quv dasturlaridagi rivojlanishini, muayyan ta'lim darajasiga munosibligini u jamg'argan kreditlar soniga qarab aniqlay boshlaydi. Bu universitet uchun ham, talabalar uchun ham qulay, tushunish oson bo'lgan tizim edi. Asta-sekinlik bilan boshqa universitetlar ham Garvard Universiteti amaliyotini o'zlarida qo'llay boshlaydi. Kdysi universitetlar shu amaliyotni qo'llasa yoshlar orasida shu universitetlarga qiziqish orta boshlaydi. Kredit tizimi tamoyillarini AKLU oliy ta'lim muassasalarida yanada kengroq tarqalishining keyingi bosqichi 1900 yillar boshlarida ro'y berdi. 1906 yilda AQShdagi pulat sanoati magnati, yirik filantrop Endyu Karnegi oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Ta'limni Rivojlantirish jamgarmasi tashkil etadi. U jamg'armaga o'sha davr pulida $10 million dollar mablag' ajratadi.

Karnegining asosiy maqsadi o'sha paytlarda ancha kam haq to'langan o'qituvchilarining maoshlariga qo'shimcha pul qo'shib berish (salary top-up) orqali ularni qo'llab quvvatlash va bu kasbga yaxshi kadrlarning jalb etilishiga o'z hissasini qo'shish edi. Jamg'armaning vazifasi esa pullarni universitet o'qituvchilariga adolatli tarzda taqsimlash edi. Jamg'arma bu maqsadga erishishning eng mantiqiy usulini mavjud kredit tizimi deb topadi. Ya'ni, jamg'arma Karnegi pullarini o'qituvchilarga ular o'qitgan fan kreditlari miqdoriga qarab taqsimlashga qaror qiladi. Buning natijasida shu paytgacha kredit tizimini qabul qilmagan universitetlar ham o'z o'qituvchilariga jamg'armadan pul olish maksadida o'zlarida kredit tizimini joriy eta boshlaydi. Shunday qilib, 1930 yillarga kelib AQSH oliy ta'lim muassasalarining deyarli barchasi kredit tizimida faoliyat yurita boshlagan edi.

Filantrop (grekcha: cpiAcu) — "sevish" va grekcha: avOpwnog — "odam"; "odamsevarlik") odamlarga beminnat yordam qiluvchi shaxsdir. Filantroplar hayriya, ehson qilishadi, mexribonlik uylari, maktab, kasalxonalar qurishadi.

Amerikalik tadbirkor, yirik po'lat ishlab chiqaruvchisi, filantrop, multimillioner. Tug'ilgan joyi: 25 Noyabr 1835, Dunfermline, Fife, Shotlandiya, Birlashgan Qirollik O'ldi: 11 Avgust 1919 (83 yil), Amerika Qo'shma Shtatlari

REFERENCES

1. Азиза Бозорова, Нилуфар Намозова Медиатаълим асосида астрономия дарсларини ташкил этишга инновацион ёндашиш методи// journal of innovations in scientific and educational research volume6 issue-6 (30- june)

2. Нилуфар Намозова Астрономия фанини укитишда кулланиладиган дастурий-педагогик воситалар ва уларнинг имкониятлари // eurasian journal of technology and innovation Innovative Academy Research Support Center

3. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

4. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

5. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

6. Н Намозова мактаб астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимдан фойдаланиш //TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2023

7. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

8. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo ways to effectively organize speech culture of the astronomy teacher// FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 2023

9. Q Surayyo, X Sevinch, S Gulhayo Astronomiyada ishlatiladigan amaliy innovatsion dasturlar haqida asosiy tushunchalar va ularning imkoniyatlari //Journal of Universal Science Research, 2023

10. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiya fanini o 'qitishda STEM ta'lim tizimining roli va ahamiyati// Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

11. G. I. Sayfullayeva, A.M. Bozorova Astronomiyada STEM dasturidan foydalanpib yulduzlar osmonining surilma xaritasi mavzusini o 'qitish // Pedagog respublika ilmiy jurnali, 2022

12. Malikova Muhabbat, Sayfullaeva G. I MODERN FORMS OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM// SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 1 JANUARY 2024 UIF-2022: 8.2| ISSN: 2181-33371 SCIENTISTS

13. Rashidova Nilufar, Sayfullayeva G. I Achieving Transparency in Education// Open Herald: Periodical of Methodical Research Volume 1, Issue 7, November, 2023 ISSN (E): 2810-6385 Website: https://academi aone .org/index.php/6

14. Malikova Muhabbat, Bozorova Aziza, Sayfullayeva G. I. Relevance of Independent Educational Activities of Students in the Credit-Modular Education System// Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(8), 40-42. Retrieved from https://academiaone.org/index.php/4/article/view/297

15. G.I.Sayfullayeva, H.R.Shodiyev KREDIT MODUL TIZIMIDA FANLARNI INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA O'QITISHNING AFZALLIKLARI// Academic Research in Educational Sciences Multidisciplinary Scientific Journal September, Volume 3 | Issue 9 | 2022

16. Shodiyev Hamza Rozikulovich, Sayfullayeva Gulhayo Masofaviy ta'limda yer mavzusini integratsion yondashuv asosida topish metodikasi//Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES) VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675

17. O'. K. Sunnatova, G. I. Saifullayeva Research in students in physics and astronomy classes

and the development of competencies of the XXI century. Ways of organizing project activities of students in physics education Uzbek Scholar Journal Volume-24, January, 2024 www.uzbekscholar.com 101-108

18. Sayfullayeva Gulhayo Ikhtiyor kizi, Bozorova Aziza Murodilla kizi The practical importance of an integrative approach to teaching astronomy from a small school age uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 130-133

19. Saifullayeva Gulhayo volunteer daughter Interactive Applications From Astronomy And Ways To Manage Them Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 123-129

20. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

21. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani axborot ta'lim muhitlaridan foydalanib o'qitishning pedagogik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

22. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulova Madina Hamza qizi "quyosh tizimidagi sayyoralar" elektron majmua yaratish texnologiyasi// yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in academy.uz/index.php/yo

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.