Научная статья на тему 'TA’LIMNI BOSHQARUV JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH'

TA’LIMNI BOSHQARUV JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

9
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kredit-modul / ECTS / Yevropa / raqamlashtirish / AQSH / hemis axborot tizimi / kredit to‗plash / akademik mobillik / Adliya vazirligi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bobomurod Faxriddin O‘G‘Li Abdishukurov, Nurmuxammad Dilmurod O‘G‘Li Muxammadsoliyev

Mazkur maqolada maktabgacha ta‗lim, umumiy o‗rta ta‗lim va oliy ta‗limni boshqaruv jarayoni raqamlashtirish, shuningdek kredit-modul tizimi tarixi va elektron baholash tizimini joriy qilish haqida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMNI BOSHQARUV JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

TA'LIMNI BOSHQARUV JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH

Bobomurod Faxriddin o'g'li Abdishukurov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

Nurmuxammad Dilmurod o'g'li Muxammadsoliyev

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim va oliy ta'limni boshqaruv jarayoni raqamlashtirish, shuningdek kredit-modul tizimi tarixi va elektron baholash tizimini joriy qilish haqida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Kredit-modul, ECTS, Yevropa, raqamlashtirish, AQSH, hemis axborot tizimi, kredit to'plash, akademik mobillik, Adliya vazirligi

Mamlakatimizda so'ngi yillarda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va ta'lim sifatini baholash hamda raqamli ta'limni rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorning nizomida: Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga Kredit to'plash va ko'chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accunulation System— ECTS) asosida ta'limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalari, oliy harbiy ta'lim muassasalari, O'zbekiston Respublikasi hududida o'z faoliyatini yuritayotgan, nodavlat va xorijiy oliy ta'lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi [1]. O'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid ma'lumotlar, jumladan, ta'lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillik ta'minlash, kreditlarni tan olish va ko'chirib o'tkazishga, taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlash bo'yicha ko'rsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari O'zbekiston Respublikasining Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Respublika oliy ta'lim kengashi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi deyilgan.

Ta'limni boshqaruv jarayoni raqamlashtirish kredit modul tizimi bilan bevosita bog'liq. Kredit modul tarixiga nazar

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

tashaydigan bo'lsak: AQSH kredit-modul tizimi eng birinchilardan joriy etilgan kredit-modul tizimi sifatida dunyo davlatlari va shu bilan birga Yevropa davlatlari oliy ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimi shakllanishiga o'z hissasini qo'shgan. Boshqacha aytganda Hozirda Yevropa oliy ta'lim muassasalarida keng qo'llanilib kelinayotgan va O'zbekiston Respublikasi mahalliy OTMlarida joriy etilgan ECTS kredit-modul tizimi o'zagida ham AQSH akademik kredit tizimi tamoyillari yotadi. Kredit-modul tizimi ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida AQSHda joriy etilgan. O'sha paytda mamlakat oliy ta'lim muassasalari qat'iy belgilab qo'yilgan o'quv dasturlari asosida faoliyat yuritgan. O'quv dasturlari, asosan, o'sha davr diniy falsafasi bilan bog'liq fanlardan tashkil topgan. Deyarli barcha universitetlarda lotin tili alohida fan sifatida o'qitilgan. Aslida bu paytga kelib lotin tili allaqachon o'lik tilga aylanib bo'lgan edi. Ya'ni, amaliyotda bu tilda deyarli ehtiyoj bo'lmagan. Universitet o'quv dasturlarida bu kabi amaliyotda ahamiyatini yo'qotgan fanlar ko'lami anchani tashkil qilgan. Natijada universitetlar mutaxasislar tayyorlaydigan dargoh emas balki o'sha davrda aholining o'ziga to'q qatlami shunchaki obro' va to'kinlik belgisi sifatida ta'lim oladigan muassasaga aylanib qolgan, Buning oqibatida oddiy fuqarolar orasida universitetlarga qiziqish kamaygan. 1869-yilga kelib Garvard Universitetiga o'sha davrning ilg'or fikrlovchilardan bo'lgan Charles Elliot prezident etib saylandi. Ko'p o'tmay u universitetda qat'iy belgilab qo'yilgan o'quv dasturlarini bekor qiladi. Endilikda Garvard Universitetida talabalar o'quv dasturida taklif qilinadigan fanlar orasida o'zlari xohlagan, qiziqqan fanlarni tanlab, o'rganish imkoniyatiga ega bo'lganlar [2]. Ya'ni, har bir talaba endilikda o'zining universitetidagi o'qish dasturini ma'lum ma'oda o'zi shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangiliklar kirib kelmoqda. Bugun oliy ta'lim muassasalariga —HEMIS axborot tizimi kirib keldi. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2020-2021 o'quv yilidan boshlab ba'zi oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit to'plash va ko'chirishning Yevropa tizimi asosida kredit-modul tizimini joriy etish boshlandi. 2021-2022 o'quv yilidan boshlab esa bu tizimni to'liq joriy etishga o'tildi.Bu tizimni HEMIS axborot

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

935

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

tizimi bilan qo'shib olib borish ham talabadan ham professor-o'qituvchidan juda ham ma'suliyat talab qiladi. Yaqinda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining HEMIS_University axborot tizimi orqali reyting baholash tizimi, Kredit baholash tizimi va — 5 baholik baholash tizimi bo jicha uslubiy ko'rsatmalar tarqatildi. Tizim operatorlari jarayonni sodda va hammaga tushunarli qilib axborot tayyorlagan. Talabaning bilimini nazorat qilish va baholash mezonidan qaysi birini tanlash oliy ta'lim muassasalari Ilmiy Kengashlari ixtiyoriga qoldirilgan. Baho va ballarni konvertatsiya qilish, ya'ni kredit-modulga o'tkazish vazirlikning 2018-yil 9-avgust, 19-2018-sonli buyrug'i bilan qabul qilingan, Adliya vazirligidan 2018-yil 26-sentyabrda 3069-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan Nizom asosida amalga oshiriladi deb tavsiya beriladi. Bugun oliy ta'limda talabalar bilimini baholash va ularning bilimiga qo'yilayotgan ball yoki baholar paradoksli holatda. Ba'zi katta avlod vakillari hamon — 5 baholi tizimni ma'qul ko'rishi hech kimga sir emas. Yangi avlod esa bilimni 100 balli tizim bilan baholashni yaxshi biladi. Oliy ta'limda ta'lim sifatini yaxshilashning bosh mezoni talabaning bilimiga qo'yilayotgan ball yoki bahoning to'g'ri qo'yilishiga bog'liqdir. Bu jarayon juda ham murakkabdir. Chunki, unga ta'sir qiladigan ob'ektiv va sub'ektiv omillar juda ko'p. Bu professor-o'qituvchining dunyoqarashi, ko'nikma, malaka va komponentligi bilan bog'liq jarayondir. Professor-o'qituvchi uchun talabaning bilimini to'g'ri baholash eng qiyin ishdir. Tasavvur qilib ko'ring-a bilimi —3 ga teng talabani — 5 bilan baholadingiz [3].Uni kim biladi va kim nazorat qiladi? Buni vijdondan boshqa hech narsa nazorat qila olmaydi. Shuning uchun ham bilimi —3 ga teng talabaga — 5 qo'ygan va bilimi — 5 ga teng talabaga —3 qo'ygan professor-o'qituvchi kasbiga emas, millatiga xiyonat qilgan hisoblanadi.

Ta'limni boqaruv jarayonini raqamlashtirish oliy ta'lim muassasalarini ijobiy tarafga o'zgartirib bormoqda. Xususan Hemis axborot tizimidagi qulayliklar: elektron baholash qilish, davomat qilish, fan resurslarini joylash va shu kabilar. Bu ishlar nafaqat ta'lim tizimni rivojlanish samaradorligini oshiryapti. Hemisda davomat qilish funksiyasiga ko'ra bitta talaba fan uchun belgilangan soatni 100% deb olsak, shundan 25% dars qoldirsa, oraliq va yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi va shu fandan akademik qarzdor hisoblanadi. Ayrim oliy ta'lim muassasalarida davomat qilish jarayoni ID karta orqali amalga oshiriladi, bunda talaba dars mashg'ulotlariga kelganida o'sha moslamaga skaner qiladi, talabani davomati qilinadi. Fan o'qituvchisi davomat qilishiga zarurat ham qolmaydi. Ya'ni professor o'qituvchi ortiqcha narsalarga vaqt sarflamay, faqat fan bo'yicha kerakli ma'lumotlarni talabalarga yetkazadi.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

936

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

m

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi 824-son qarori

2. Jessica Shedd (2003), "The History of the Student Credit Hour". New Directions for Higher Education. (Summer) (122): 5-12

3. Qurbonov Fazliddin Botirovich. TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISHDA HEMIS AXBOROT TIZIMIDAN FOYDALANISH. PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI.

6 -TOM 6-SON/2023-YIL /15 -IYUN. B 190-195

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.