Научная статья на тему 'RAQAMLI TRASFORMATSIYA TA’LIM SIFATINING LOKOMOTIVIDIR'

RAQAMLI TRASFORMATSIYA TA’LIM SIFATINING LOKOMOTIVIDIR Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

195
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‘lim / transformatsiya / raqamli texnologiya / education / transformation / digital technology

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Abduboqi Aliqulovich Karimov

Ushbu maqolada ta‘lim sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari va raqamli texnologiyalarning ahamiyati hamda o‘rni haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL TRANSFORMATION IS THE LOCOMOTIVE OF THE QUALITY OF EDUCATION

This article discusses the importance and role of digital technologies and transformation processes in the field of education in our republic

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRASFORMATSIYA TA’LIM SIFATINING LOKOMOTIVIDIR»

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 3 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

RAQAMLI TRASFORMATSIYA - TA'LIM SIFATINING LOKOMOTIVIDIR

Abduboqi Aliqulovich Karimov

Samarqand davlat arxitektura qurulish universiteti, kafedra mudiri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim sohasida respublikamizda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari va raqamli texnologiyalarning ahamiyati hamda o'rni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, transformatsiya, raqamli texnologiya.

DIGITAL TRANSFORMATION IS THE LOCOMOTIVE OF THE QUALITY

OF EDUCATION

ABSTRACT

This article discusses the importance and role of digital technologies and transformation processes in the field of education in our republic.

Keywords: education, transformation, digital technology.

KIRISH

Ta'lim - bu shunchaki tushuncha emas, balki barchamiz uchun, vaqtimiz va o'zaro ta'sirimiz uchun qimmatli deb hisoblangan hayot yo'li. Ta'lim yoshlarga o'z mafkurasini shakllantirish va o'zlariga yoqadigan narsa bilan shug'ullanish, ishtirok etish va demokratiya hamda hamjihatlik bilan ajralib turadigan davlatimiz kelajagini shakllantirishga yordam berishi kerak b'lgan jarayonlardir. Iqtisodiy muhitning o'zgarishi davridagi ta'limni raqamlashtirish nafaqat ta'limga, balki tegishli sohalarga ham ta'sir qilishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, raqamli iqtisodiyot ta'siri ostida o'quv muhiti tezlashtirish va qisqa vaqt ichida malakali mutaxassislarni shakllantirish tomon asta-sekin o'zgarib bormoqda [4,744].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oliy ta'limning raqamli transformatsiyasi ta'limning mavjudligi, uzluksizligi va sifatini ta'minlashda raqamli resurslardan foydalanishning yangi istiqbollarini ochib beradi. Ta'limdagi raqamli transformatsiya - bu o'quvchilarimizga ta'lim berish usulini o'zgartirishdir. Bu yangi texnologiyani sinfga kiritishdan tortib, talabalar taraqqiyotini baholash va kuzatish usullarini o'zgartirishgacha bo'lgan hamma narsani anglatishi mumkin.

March, 2023

235

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Qanday o'zgarishlar amalga oshirilmasin, ular talabalarning umumiy natijalarini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi kerak. Ta'lim sohasidagi raqamli transformatsiya talabalar va o'qituvchilar, shuningdek, jarayonga jalb qilingan boshqa odamlar uchun ta'lim tajribasini yaxshilashga yordam beradi. Bunday o'zgarishlar interaktiv va moslashtirilgan ta'lim orqali ishtirok etish va foydalanish imkoniyatini yaxshilashga qaratilgan.

Respublikamizda aholi sonining yildan yilga ortib borishi, aholining uy-joylarga va rivojlangan shaharsozlik tizimiga, bir biridan betakrok go'zal va aqlli shahar tizimiga qiziqishlari natijasida ushbu sohaning bunyodkorlari bo'lmish arxitektorlar, dizaynerlar va quruvchi muhandis mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Bugungi 21 asrning mo'jizalarini ko'rib respublikamiz aholisining ham shunday manzillarda istiqomat qilish va ularning xizmatlaridan foydalanish istaklari tug'ilmoqda. Shu bois Respublikamizda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida ham ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini qayta ko'rib chiqmoqda, ta'lim muhitini raqamli texnologiyalar bilan to'ldirmoqda. Yangi raqamli didaktika shakllantirilmoqda va ishlab chiqilmoqda, bu sizga o'rganishga integratsiyaviy-kompetent yondashuvni tezda amalga oshirish va professional kadrlarni shakllantirish malakalari va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkonini beradi.

Zamonaviy ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar oliy ta'limdagi xalqaro kommunikatsiyalar, akademik harakatchanlik vektorlari, oliy ta'lim tizimini global va milliy darajada boshqarish texnologiyalaridagi o'zgarishlarga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Xalqaro oliy ta'lim tendentsiyalari dinamikasi, o'z navbatida, nafaqat oliy ta'lim tizimini o'zgartirishga yordam beradi, balki hozirgi vaqtda va uzoq muddatli istiqbolda milliy davlatlarga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, chunki intellektual kapital shu erda yaratiladi va milliy davlatchilikning raqobatbardoshligining muhim omili hisoblanadi. Shu sababli, zamonaviy xalqaro ta'lim makonini tahlil qilish dolzarb nazariy muammo va amaliy muhim vazifaga aylanadi.

Zamonaviy ta'lim makonining asosiy tendentsiyalari globallashuv, ommaviylashtirish, tijoratlashtirish, xalqarolashtirish, integratsiya va mintaqa-viylashtirishdir. Raqamlashtirishning jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta'sirini hisobga olgan holda, jahon ta'lim bozorining tizimni shakllantirish tendentsiyasi oliy ta'limning xalqarolashuviga aylanib bormoqda, uning boshqaruv texnologiyalari talabalar, o'qituvchilarning transchegaraviy kanallari oqimini tartibga soladi.

Tarkibiy jihatdan jahon oliy ta'lim bozori xalqaro hamkorlikdagi tadqiqot loyihalari, hamkorlikdagi universitetlar, ko'pmillatli ekspert

tarmoqlari, global akademik mobillik dasturlari, mintaqaviy

March, 2023

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 3 | 2023

JSSN:2181-138^^JSi0,967^Cite-Fac^

mukammallik markazlari, xalqaro ta'lim markazlari va oliy ta'limni o'zgartirish amaliyotlari bilan ifodalanadi[5].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini samarali amalga oshirish zaruriyatini hisobga olgan holda oliy ta'lim tizimi faoliyatining eng samarali mexanizmlarini joriy etishga harakat qilinmoqda. Keyingi yillarda O'zbekistonda ta'limning asosiy muammosi uning sifatini oshirish va jamiyatni modernizatsiya-lash jarayonida uning rolini oshirishdan iborat bo'lmoqda. Demak, mamlakatda ta'lim sifatini oshirish jamiyatning samarali rivojlanishining hal qiluvchi sharti bo'lishi kerak. Ko'rinib turibdiki, oliy ta'limning innovatsion rivojlanishini o'rganish juda dolzarb ko'rinadi [3,5].

Ma'lumki arxitektura-qurilish institutini universitetga aylantirish ko'zda tutilgan edi. Shu bois Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori (PQ-416-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi. Ushbu qarorga ko'ra arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg'or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o'zaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida respublikamizda qurilish sohosiga kadrlar tayyorlovchi 2 ta yirik oliygohlarda amalga osirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish institutini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti etib qayta tashkil etish va uni muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo'nalishlariga ixtisoslashtirish hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti etib qayta tashkil etish hamda uni madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo'nalishlariga ixtisoslashtirish maqsadida ularni transformasiya qilish belgilab qo'yildi[1,2].

Universitetlarda o'quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib borilmoqda va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo'naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etililishi ko'zda tutilgan.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berildi. Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo'yicha birinchi prorektor

March, 2023

237

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

lavozimi joriy etiladi. 2023 yil 1 martga qadar bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta'lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtirildi.

Xo'sh bundan kutiladigan asosiy maqsad nimalardan iborat. Uning ijobiy va salbiy jihatlari nimalarda namayon bo'ladi.

Ijobiy tomonlari:

- Raqamli dunyoning yetakchi korxonalari turli darajadagi rivojlangan mamlakatlar barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanadilar va mablag'larining bir qismini raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va jamiyat hayotiga tatbiq etish uchun sarflaydi. XXI asrda ta'limni raqobatbardosh qilish uchun ta'lim muassasalari eng so'nggi texnologik ishlanmalar va elektron ta'lim vositalaridan foydalanishi kerak. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish barcha ta'lim faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi, raqamli texnologiyalardan foydalanish esa axborotga kirish va saqlashni osonlashtiradi[4, 747].

- Interfaol sinflar muhitda virtual darslar, 3D formatidagi jonli tarix sifatida namoyon etiladi.

- Yaxshilangan hamkorlik - interaktiv raqamli doskalarga, videokonferen-siyalarga, onlayn uchrashuvlar va ma'ruzalarga oson kirish.

- Shaxsiylashtirilgan ko'rsatmalar - cheksiz miqdordagi dars rejalari mavjud; o'qitish usullari har bir bolaga kerakli narsani va kerak bo'lganda aniq berish uchun tezda moslashtirilishi mumkin.

- Kirish va baholash imtihonlarini raqamlashtirish jarayoni uni yanada shaffof va o'qituvchilar tomonidan baholashni osonlashtiradi.

- Kirish va baholash imtihonlarini raqamlashtirish jarayoni uni yanada shaffof va o'qituvchilar tomonidan baholashni osonlashtiradi. Uy talabalari uchun imtihonlarni onlayn topshirish imkoniyatini beradi

- Hayot davomida raqamli ko'nikmalarga ega bo'lish.

- Onlayn xavfsizlik va kibergigiena.

- Gender farqini bartaraf etish. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ta'limdagi gender tafovutini bartaraf etishda katta afzalliklarni beradi, chunki bu hali ham ko'pchilikning hayotidagi nozik masala. Bu rivojlanish jarayonlarini aniqlash imkonini beradi,

Salbiy tomonlari:

- Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun

korxonalarda turli darajadagi AKT lari jihozlarining va

March, 2023

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 3 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

talabalarga kompyuter, internet aloqasi va asosiy IT ko'nikmalarining etishmovchiligi.

- Talabalarga keraksiz saytlar va tarmoqlarga kirishni cheklovchi to'siqlarning va filtrlarning mavjud emasligi.

- Bu kabi ishlarni saralash o'qituvchilardan ortiqcha vaqt sarfini talab etadi.

- Raqamli ko'nikmalarni egallash erta yoshdan boshlanishi va butun hayot davomida davom etishi kerak.

- Onlayn xavfsizlik va kibergigiena uchun raqamli transformatsiyalar natijasida yuzaga kelgan muammolarni samarali hal qilishga ko'proq e'tibor qaratish lozim. Biz yoshlarning tanqidiy fikrlash va media savodxonligini kuchaytirishimiz kerak. (Izoh 2022 yil oktyabr oyida Universitetning 1-4 kurs talabalariga qo'shimcha ravishda "Axborot texnologiyalari" kafedrasi o'qituvchilari 12 soatlik mediasavodxonlik darslarini o'tkazdi).

- Qizlar va o'g'il bolalar raqamli texnologiyalarga qiziqish va malaka darajasi bir xil bo'lsada, kam sondagi qizlar o'qishga yoki o'z martabalariga qiziqishni rivojlantirishda davom etmoqda.

- oliy ta'lim muassasalarining axborot tizimlarini raqamli ulanishni ta'minlash;

- ma'muriy tartib-taomillarni qisqartirish;

- talabalarga butun ta'lim faoliyati davomida xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish.

XULOSA

O'zbekistonda ta'lim tizimining Yevropa va boshqa tizimlardan farqi shundaki, ta'lim jarayoni nafaqat ta'limning o'zi, balki tarbiya, tashkiliy va ilmiy faoliyatni ham o'z ichiga oladi. Faoliyat turlarining xilma-xilligi ta'lim muassasasi boshqaruv va samarali qarorlar qabul qilish jarayonini murakkablashtiradi.

O'zbekiston va Yevropa mamlakatlari ta'lim tizimining barcha afzalliklari va kamchiliklari hamda jamiyat taraqqiyoti istiqbollari haqida xulosalar chiqarilib, ta'lim tizimini boshqarishning strategik rejasi aniqlashda quyidagi parametrlarga e'tibor qaratilmoqda:

• ilmiy faoliyatning axborot tizimini yaratish;

• tashkiliy faoliyatning axborot tizimini yaratish;

• ma'naviy-madaniy faoliyatning axborot tizimini yaratish;

• KPI tizimini - faoliyatning asosiy ko'rsatkichlari -professor-o'qituvchilarni rag'batlantirish tizimini yaratish(bu jarayon universitetda Hemis tizimida yo\lga qo'yilgan);

March, 2023

239

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

• barcha tizimlami ta'lim muassasasini boshqarishning yagona axborot-intellektual tizimiga birlashtirish.

Ta'lim sohasidagi raqamli transformatsiyaning asosiy afzalliklaridan ba'zilari talabalarning taraqqiyotini tezroq va aniqroq kuzatish, hamkorlikda o'rganish, kelajakka yo'naltirilgan muhokamalar yoki ma'ruzalar, vaqt va iqtisodiy samaradorlik, o'qituvchi va ota-ona o'rtasidagi aloqani yaxshilashni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2022 yildagi PQ-416-son qarori.

2. Послание Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева Олий Мажлису 30.12.2020. URL: https: //review.uz/post/poslanie-prezidenta-uzbekistana-shavkata-mirziyoyeva-oliy-majlisu (дата обращения: 25.12.2021).

3.Павлов К. В., Асадуллина Н. Р. Инновационное развитие системы высшего образования Республики Узбекистан в условиях цифровизации экономики // Корпоративное управление и инновационное развитие экономики Севера: Вестник Научно-исследовательского центра корпоративного права, управ ления и венчурного инвестирования Сыктывкарского государственного университета. 2022. Т. 2. Вып. 1. С. 81—91.

4. Abduvakhidov A.M., Mannapova E.T., Akhmetshin E.M. Digital Development of Education and Universities: Global Challenges of the Digital Economy. International Journal of Instruction January 2021 Vol.14, No.1

5. Karimov A.A. On the Foundation of Multimedia Applications, Teaching "Information Technology in Construction". International Journal on Integrated Education https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE. Volume 6, Issue 3 |

5. M Kh Eshmurodov, K M Shaimov, I Khujaev and J Khujaev. Method of lines for solving linear equations of mathematical physics with the third and first types boundary conditions/Journal of Physics: Conference Series 2131, 2021. -P.1-10.

Mar -2023

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.