Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MARKETING XIZMATLARINI TASHKIL ETISH'

UMUMTA’LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MARKETING XIZMATLARINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
97
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MARKETING XIZMATLARINI TASHKIL ETISH»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

UMUMTA'LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MARKETING XIZMATLARINI TASHKIL

ETISH

Abduraxmonova Sayyoraxon Voxidovna

Orental universiteti Ta'lim menejmentiyo'nalishi magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumta'lim tizimida marketing faoliyati samaradorligini boshqarish, ya'ni, marketingboshqaruvi konsepsiyasini ishlab chiqish, uni qo'llash va amaliyotga tadbiq etish samaradorligini asoslash kabi muhim masalalar yoritilgan. Shuningdek, umumta'lim maktablari faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy universal parametrlarini aniqlash va baholash bo 'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: marketing boshqaruvi, ta'lim sifati, kadrlar tayyorlash, marketing faoliyati

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7713749

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi hozirgi davrda iqtisodiyot tarmoq va sohalarida faoliyat olib borayotgan barcha tur va shakldagi korxonalarning barqaror rivojlanishiga qaratilgandir. Shu jihatdan, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, moliyalashtirish, investitsiyalash, zamonaviy texnika va raqamli texnologiyalarni jalb etish barobarida ular faoliyatida marketing xizmatlari faoliyatini takomillashtirish har qanday soha, shu jumladan maktablar oldida turgan hamda o'z yechimini kutayotgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ta'lim tizimini, jumladan umumta'lim tizimini modernizatsiyalash, uni yangi bosqichga ko'tarish asosida kreativ fikrlaydigan raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida keng miqyosda olib borilayotgan islohotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar [1-4] fikrimizning dalilidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi[1]da ta'kidlanganidek, "Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo'yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi. Oliy ma'lumot olaman, o'z ustimda ishlab, ilmli bo'laman, degan, yuragida o'ti bor, jo'shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliyta'lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz".

ADABIYOTLAR SHARHI

Umumta'lim tizimi marketingini boshqarish, uni takomillashtirish masalalari bilan K.M. Almakuchukov, G. Axunova, D. Nazarova, D. Nabiev, A.O. Ochilov [5-8] kabi olimlar shug'ullanishgan va tadqiqot ishlari davomida salmoqli natijalarga erishilgan.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Masalan, G.N. Axunova ta'lim tizimidagi marketing tahlili asosida marketologlarning kuchlarini marketing xizmatlari ko'rsatish bo'yicha respublika markazida jamlash hamda uning zimmasiga zaruriy ta'lim yo'nalishlari (mutaxassisliklar) bo'yicha mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni qondirish yo'llarini joriy etish va istiqboldagi imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilash, ta'lim xizmatlari bozorining ahvolini o'rganish, kadrlarni tayyorlash va boshqa masalalarni haq to'lash asosida bajarish bo'yicha funksiyalarni yuklashning maqsadgamuvofiqligini asoslab bergan [5].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Ta'kidlash joizki, har bir umumta'lim maktabda baholash bo'yicha o'ziga xos farqlar bor. Bu quyidagi jihatlar bilan bog'liq:

> rahbariyat umumta'lim maktabi faoliyatida marketingni amalga oshirish zarurligini anglab yetganligi;

> menej mentning umumiy tarkibida marketing integratsiyasi darajasi;

> marketing bo'limining ishini tashkil qilishga qodir malakalimutaxassislarni tanlash;

> marketing siyosati vositalarini ishlab chiqish va natijada umumta'lim maktabning strategikva taktik maqsadlariga erishish uchun o'z vazifalarini sifatli bajarish;

> muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatish va yakuniy faoliyat ko'rsatkichlariga erishish hamda raqobatbardoshlikni oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni qo'llab-quvvatlash darajasi.

Fikrimizcha, marketing boshqaruvi konsepsiyasining samaradorligi faqat har biri mustaqillik va yaxlitlikka ega bo'lgan qo'shimcha tarkibiy qismlar tizimi asosidn baholanishi kerak. Ularning tarkibidan marketing faoliyati samaradorligini va marketing boshqaruvi samaradorligini ajratamiz.

1-jadval

Umumta'lim maktablari marketing faoliyati samaradorligini baholash ko'rsatkichlari

Mezonlar Ko'rsatkichlar

1. Hamkorlar bilan o'zaro aloqalar barqarorligi 1.1. Amaldagi o'zaro aloqalar yo'nalishlari soni 1.2. Har bir yo'nalishda amal qiladigan o'zaro aloqalar zanjirlari soni. 1.3. O'zaro aloqalar zanjirida amaldagi aloqalar dinamikasi darajasi: tarmoqda yangi munosabatlar o'rnatish va hamkorlarni almashtirish tezligi. 1.4. Tarmoq ichida hamkorlar o'rtasida o'zaro aloqalar smetasini tuzish optimallik darajasi. 1.5. Hamkorlarning bir-biriga moslashuv darajasi: - hamkorga ishonch darajasi; - bir-biriga nisbatan majburiyatlarni bajarish darajasi. 1.6. Hamkorlar manfaatlarini qondirish darajasi: olingan natijalarning kutilgan natijalarga muvofiqlik darajasi. 1.7. Hamkorlik natijasida hamkorlik tarmog'i yangi sifatlari paydo

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bo'lishi bilan tavsiflanadigan o'zaro aloqalar darajasi.

2. Iste'molchilarning sodiqligi 2.1. Ta'limning ochiqlik darajasi: - iste'molchi uchun o'qitish qiymatining ochiqlik darajasi; - pullik asosda o'qitishda amaldagi imtiyozlar va chegirmalar tizimining rivojlanish darajasi;

- o'qitish shakllari va turlarini, amalga oshirish shartlari va muddatini tanlash imkoniyati; - moslashuvchan va qulay dars jadvali, fan ustida mustaqil ishlash imkoniyatining mavjudligi. 2.2. Olingan ta'limning foydalilik va qimmatlilik darajasi: - olingan ta'limga mehnat bozorida talab darajasi; - olingan ta'limning mehnat bozori asosiy talablariga muvofiqlik darajasi; - olingan ta'limning davlat ta'lim standartlari talablariga muvofiqlik darajasi; - olingan ta'limning bo'lg'usi mehnat faoliyati murakkabliklari va o'ziga xosliklariga muvofiqlik darajasi.

Marketing faoliyati samaradorligi va uning natijalariga asoslangan qiyosiy dinamik qatorlar har bir ko'rsatkichning yakuniy natijaga ta'siri va samaradorligi o'zgarishining asosiy tendensiyalarini aniqlashga, shuningdek, universitetning raqobatli ustunligini ta'minlash va saqlab qolish uchun kelajakdagi maqsadlarga erishishni prognoz qilishga imkon beradi.

Biz shakllantirgan, asosiy mezonlar muvozanatlangan kompleksni o'z ichiga olgan umumta'lim maktab marketing boshqaruvini amalga oshirish samaradorligini baholash tizimi 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Maktab marketing boshqaruvi samaradorligini baholash tizimi

1. Faoliyatni boshqarish 1.1. Umumta'lim maktab oliy rahbariyatining marketingga yo'naltirilganligi 1.1.1. Oliy rahbariyatning mijozlar ehtiyojlari va talablariga yo'naltirilganligi. 1.1.2. Marketing boshqaruvining ahamiyati va uni umumta'lim maktab faoliyatida amaliy qo'llash uchun ob'ektiv ehtiyojni tushunish. 1.1.3. Marketing vositalarini qo'llash natijalari bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga tayyorlik.

1.2. Personalning marketingga yo'naltirilganligi 1.2.1. Marketing bilan bog'liq bo'lmagan bo'linmalarning marketingga munosabati 1.2.2. Xodimlar marketing tamoyillarini faol qo'llashga tayyorligi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1.2.3. Korporativ madaniyatning rivojlanganligi.

1.3. Rahbariyat va personal o'rtasidagi o'zaro aloqa 1.3.1. Boshqaruv ishlarini boshqaruv bilan bog'liq bo'lmagan ishlardan ajratish. 1.3.2. Vakolatlarni berish. 1.3.3. Qaror qabul qilish jarayoni.

1.4. Boshqaruv tizimining ochiqligi 1.4.1. Tashqi muhitga yo'naltirilganlik. 1.4.2. «Ta'lim xizmatlari takdim etish-ta'lim xizmatlari olish» zanjirida ustuvorliklarni taqsimlash.

2.Funksiyani boshqarish 2.1. Rejalashtirish 2.1.1. Strategik rejalashtirish tizimining mavjudligi. 2.1.2. Marketing tadqiqotlari o'tkazish yo'nalishlari va tezligi. 2.1.3. Marketingni rejalashtirishda kompleksli yondashuvni qo'llash. 2.1.4. Marketing axborot tizimining faoliyat ko'rsatishi.

2.2. Tashkil etish 2.2.1. Marketing bo'limining rasmiy tarkibi. 2.2.2. Xodimlar malakasi va professionalizmi. 2.2.3. Marketing bo'limida faoliyatni muvofiqlashtirish. 2.2.5. Marketing bo'limining umumta'lim maktab boshqa bo'linmalari bilan aloqalari.

2.3. Motivatsiyalash 2.3.1. Marketing bo'limi xodimlarini rag'batlantirish tizimi. 2.3.2. Maktab qadriyatlari va bo'lim xodimlari shaxsiy qadriyatlarining muvofiqligi.

2.4. Nazorat qilish 2.4.1. Marketing faoliyati samaradorlik mezonlarining aniqligi. 2.4.2. Nazoratni amalga oshirish muntazamligi.

3. Talabni boshqarish 3.1. Ta'lim xizmatini boshqarish 3.1.1. Yangi ta'lim xizmatlari ishlab chiqish. 3.1.2. Ta'lim xizmatlari assortimentini shakllantirish.

3.2. Bitiruvchilarni kelgusi o'qishi 3.2.1. Mutaxassislarga ehtiyojlarni tahlil kilish 3.2.2. Bitiruvchilarni kelgusi oqish imkoniyatlarini izlab topish tizimining mavjudligi.

3.3. Narxni boshqarish 3.3.1. Narxni shakllantirish usullari. 3.3.2. Imtiyozlar va chegirmalar tizimi.

3.4. Kommunikatsiya-larni boshqarish 3.4.1. Kommunikatsiya siyosatini shakllantirish. 3.4.2. Kommunikatsiya dasturlarining yo'nalishlari.

XULOSA VA MUNOZARA

Marketing boshqaruvini tashkil qilish samaradorligini quyidagi mezonlar yig'indisi bilan baholaymiz:

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1. Marketing bo'limining professional faoliyatni amalga oshirishi: raqobatchilarni o'rganish, iste'molchilarni tadqiq etish, ta'lim faoliyatini boshqarish, ta'lim xizmatlari va dasturlarining yangi g'oyalarini tashkil qilish, xizmatlarga narx belgilash, ta'lim xizmatlarini ilgari surish va samarali sotuvnitashkil qilish, marketing strategiyasini ishlab chiqish.

2. Marketing bo'limini umumta'lim maktab boshqaruv tizimiga integratsiya qilish: marketing bo'limining maktab tarkibli bo'linmalari bilan o'zaro aloqasi; qabul qilinadigan marketing qarorlarining oqibatlarini baholash imkoniyati. Bu olingan natijalarga tuzatish kiritilishini (qaytar aloqa) ta'minlaydi va marketing bo'limining nazoratni amalga oshirishda ishtirok etish darajasini tavsiflaydi.

3. Marketing bo'limining ichki muhiti: marketing bo'limi xodimlarining malakasi va professionalizmi, marketing xarajatlari tarkibi, marketing bo'limini moliyalashtirish usullari.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent, "Xalq so'zi" gazetasi, 2020 yil 25 yanvar. Manba: www. press-servise.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasiniyanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni. -Toshkent, 2017 yil 7 fevral. Manba: http: press-servis.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli Qarori. - Toshkent, 2017 yil 21 aprel. Manba: http: press-servis.uz.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ta'lim xizmatlari bozorini shakllantirish va marketing sohasida kadrlar tayyorlashni jadallashtirish bo'yicha tadbirlar to'g'risida"gi 48-sonli Qarori. - Toshkent. - 1998 yil 28 yanvar. Manba: www.lex.uz.

5. Axunova G. O'zbekistonda ta'lim xizmatlari marketingi muammolari: Monografiya. - Toshkent. - 2005. - 244 b.

6. Nazarova D. Ta'lim xizmatlari marketingida axborotni boshqarish // Jamiyat va boshqaruv. - 2010. - 3. - 65-67-b.

7. Ochilov A.O. Malakali kadrlar tayyorlashda marketing xizmati // Jamiyat va boshqaruv. - Toshkent, 2007. - №3. - B. 56-58.

8. Dilovar Najmiddinovich Rashidov, Sharofat Amonovna Kadirova, & Ziyoda Abduvositovna Karimova (2022). MEHNAT BOZORIDA TENG SHARTLARDA RAQOBATLASHA OLMAYDIGANLAR, AYNIQSA NOGIRONLARNI ZAXIRALANGAN ISH O'RINLARIGA ISHGA JOYLASHTIRISH MUAMMOLARI. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 2), 281-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.