Научная статья на тему 'TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI'

TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

106
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mustaqil ta‟lim / axborot texnologiyalari / filliped classroom / blended learning / masofaviy ta‟lim / matematik dasturiy paketlar / Maple / Mathtype / Mathcad / plagiat tekshiruvi / kredit-modul tizimi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. A. Rustamova, M. F. Xasanova

Ushbu maqolada oliy ta‟lim muasassalari talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etishda axborot texnologiyalarining ahamiyati haqida fikrlar yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

gL

TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

Sh. A. Rustamova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi [email protected]

M. F. Xasanova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2-bosqich talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy ta'lim muasassalari talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etishda axborot texnologiyalarining ahamiyati haqida fikrlar yuritildi.

Kalit so'zlar: Mustaqil ta'lim, axborot texnologiyalari, filliped classroom, blended learning, masofaviy ta'lim, matematik dasturiy paketlar, Maple, Mathtype, Mathcad, plagiat tekshiruvi, kredit-modul tizimi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.2020-yildagi PQ-4851-sonli "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish , ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT - industriya bilan integratsiya qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarorida oliy ta'lim tizimida axborot texnologiyalar sohasini rivojlantirish, fanlarni o'qitishda ta'lim jarayonini integratsiyalash kabi bir qancha masalalar ko'rib chiqilgan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 3-bob 2-qismida ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, "blended learning", "flipped classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilishga keng e'tibor qaratilgan.

Shularni inobatga olgan holda biz ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mustaqil ishlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari ahamiyati to'g'risida mulohaza yurittik.

Hozirgi kunda yurtimizda talimning interaktiv va interfaol shakliga katta e'tibor qaratilmoqda . Talabalarning mustaqil ishlarini bajarishlarida axborot texnologiyalarining o'rni kattadir . Har bir talaba axborot texnologiyalari orqali o'zining mavzulari haqida

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

305

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishadi va bu o'z o'rnida juda katta ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari talabalarga kompyuterda juda ko'p ma'lumot va resurslarga tezkor kirish imkonini beradi. Shu jumladan, talabalar axborot texnologiya ta'lim resurslaridan kunning ixtiyoriy vaqtida, o'zlariga qulay joyda mustaqil ish ustida izlanishlarini notebook yoki mobil qurilmalari yordamida turli mavzularda video darslar ko'rishi, tadqiqot o'tkazishi va universitet kutubxonasida mavjud bo'lmagan darsliklarini internet sahifalaridan izlab topishiga imkon yaratadi . Axborot texnologiyalaridan foydalanish talabalarning vaqtlarini tejash va mustaqil ishlariga bo'lgan ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi . Ammo axborot texnologiyalarining rivojlanishi, elektron resurslarning ko'payib borishi turli shakldagi va ko'rinishdagi axborotlarga kirish tufayli ayrim talabalar axborot resurslaridan noto'g'ri foydalanishi kuzatilmoqda yani mualliflik huquqiga rioya qilmagan holda talabalar mustaqil ishlarini yozayotganda ko'chirmachilik qilayotganlari kuzatilmoqda . Buning oldini olish maqsadida plagiat tekshiruvi dasturlari tufayli ochiq manbalardagi matnlarni tahlil qilish va ularni tekshirilayotgan matn bilan taqqoslash o'qituvchilar uchun oson yechimga aylandi.Shu sababdan she'rlar, adabiyot asarlari, kurs ishi, maqola, tezislar va boshqa shu kabi adabiyotlardan foydalanishda mualiflik huquqini buzmagan holda atribut va belgilardan foydalanib iqtiboslarni kiritish lozim. Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish joriy etilganidan so'ng talabalarning mustaqil ishlashi taminlandi, talabalar bilimini reyting asosida baholash kiritildi bu esa talabalarning mustaqil ta'lim olishlarida samarali usul bo'ldi . Talabalarning ilk ilmiy-tadqiqot ishi mustaqil ish bo'lganligi sabab dastlab mustaqil ish mavzusi tanlab olinadi, so'ngra mavzuga taalluqli asar, ilmiy ish va shu kabi adabiyotlar bilan tanishib o'sha mavzuni yoritib berish bilan birga, ilmiy xulosalar tahlil qilinib, shuningdek, munozarali masalalar haqida fikr bildirib, ayrim masalalar tanqid qilinishi mumkin. Dars mashg'ulotlarida barcha ma'lumotlarni talabalarga bayon qilish qiyin bo'lganligi sabab talabalar mustaqil ravishda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o'z ustilarida shug'ullanishlari orqali mavzuni yanada chuqur o'rganishlari mumkin.

Mustaqil ishini baholash mezonlarida foydalanilgan adabiyotlarga to'g'ri havola qo'yish, ifoda to'g'riligi va dizayni, adabiyotlar bilan ishlash mahorati kabi qismlariga etibor qaratiladi. "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to'g'risida"gi nizomning III bob 17-bandiga ko'ra "Talabalarning o'quv fani bo'yicha mustaqil ishi,

joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda ushbu qaror bo'yicha talabalar baholanadi". .So'nggi yillarda barcha sohalarda axborot texnologiyalarining roli jadal ravishda oshib bormoqda .Shu jumladan matematika va informatika sohasida ham amaliy dasturlar paketlardan masalan Maple, Matlab, Mathcad, Mathtype dasturiy paketidan foydalanib masalalar yechish mustaqil ishni yozishda ancha qo'l keladi. Masalan geometrik shakllarni, fazoviy shakllarni talabalar ko'z oldilariga keltirishlari qiyin bo'lgan ma'lumotlarni tushunarli bo'lishini ta'minlashda axborot texnologiyalarining o'rni beqiyos. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda axborot texnologiyalarining ahamiyati qandayligini aniqlash maqsadida 2023-2024-o'quv yillarida Chirchiq davlat pedagogika universitetining Matematika va informatika fakulteti talabalari orasida tadqiqot olib borildi bunga ko'ra talabalarga 2 ta mavzuda mustaqil ishlar berildi. Ulardan bittasini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yozish, ikkinchi mavzuni esa ma'ruzalardan, kutubxonadagi kitoblardan foydalanilgan yozish topshirildi. Talabalarning deyarli 87% axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yozishni afzal deb topishdi. Bunga sabab axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mustaqil ishini yozish ancha samaraliroqligi, mavzuga aloqador ma'lumotlarni topish muammo bo'lmaganligi va 2-mavzuni yozishdagidan qisqaroq vaqtda yozganliklarini ta'kidlashdi .

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish va o'quv jarayonlarida qo'llash sabablaridan biri bu talabalar faqat tayyor bilimlarni egallabgina qolmasdan o'zlari axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mavzularni mustahkamlab olishlari mumkin bo'ladi va o'qituvchi esa talabalarni yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi .

REFERENCES

1. https: //mitc.uz/uz/pages/Documents/623

2. Is'hoqova Z., Mustaqil ish qanday yoziladi Toshkent " Yangi nashr " 2014

3. https: //baxtiyor.uz/mustaqil-ish-topshirish-mai buriymi/

4. https://kompy.info/1-mavzu-kredit-modul-tizimi-haqida-tushuncha.html

5. https://chto-takoe.net/chto-takoe-plagiatV

6. Rustamova, Sh. A. (2022). INTERFAOL METODLAR ORQALI TALABALAR FAOLLIGINI OSHIRISH. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1(11), 41-46.

7. Rustamova, S. A. (2022). MATEMATIKANI O'QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI.

Uzbek Scholar Journal, 10, 169-173.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.