Научная статья на тему 'Kredit-modul tizimini joriy etish xususiyatlari'

Kredit-modul tizimini joriy etish xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
60
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kredit-moduil / tizim / talaba / shaffoflik / shakllanish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulhayo Ixtiyor Qizi Sayfullayeva, Nilufar Tuxtamurodovna Namozova

Kredit-modul sharoitida oliy ta’lim muassasalarida “modul” tushunchasini mazmun bilan to‘ldirishda muammolar paydo bo‘lmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Kredit-modul tizimini joriy etish xususiyatlari»

Kredit-modul tizimini joriy etish xususiyatlari

Gulhayo Ixtiyor qizi Sayfullayeva Nilufar Tuxtamurodovna Namozova Navoiy davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Kredit-modul sharoitida oliy ta'lim muassasalarida "modul" tushunchasini mazmun bilan to'ldirishda muammolar paydo bo'lmoqda.

Kalit so'zlar: kredit-moduil, tizim, talaba, shaffoflik, shakllanish

Features of introducing the credit-module system

Gulhayo Ikhtiyor kizi Sayfullayeva Nilufar Tukhtamurodovna Namozova Navoi State Pedagogical Institute

Abstract: Problems arise in filling the concept of "module" with content in higher education institutions in credit-module conditions.

Keywords: credit module, system, student, transparency, formation

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, modullarni shakllantirish uchun asosiy fanlarni aniqlashda qiyinchiliklar tug'ilmoqda. Modul tushunchasini izohlashda ikki xil yondashuvdan foydalaniladi:

1) modullar - mazmun va tematik shaklda tashkil qilinadi;

2) modullar - tashkiliy, tuzilmaviy talablar tamoyiliga ko'ra shakllantiriladi.

Birinchi yondashuvda modul deganda ta'lim dasturi doirasida muayyan o'zaro

bog'langan yaxlitlikni tashkil etadigan fanlar bloki tushunilib, u dasturning umumiy tuzilmasi ichidagi mantiqiy quyi tuzilma sifatida qaraladi. Ta'lim moduli mustaqil bo'lib, o'quv fanlari to'plamini ifoda etuvchi, yo'nalish bo'yicha o'quv rejasining birligi sifatida talqin qilinadi. Modulga berilgan ikkinchi yondashuvda uning didaktik maqsadlar o'quv materialining mantiqan yakunlangan birligi, uni o'zlashtirish uchun uslubiy qo'llanma va nazorat tizimini o'z ichiga olgan o'quv fani tarkibidagi nisbatan mustaqil tashkiliy-uslubiy majmua tushuniladi. Bunda modul fanning o'quv-uslubiy majmuini hosil qiladi. Respublikamizda "modul" atamasi ko'pincha o'quv fanining majmuasi sifatida tushunilmoqda. Ilg'or oliy ta'lim muassasalarining tajribasiga ko'ra, modul kursning bir qismi, masalan, fanning taqvimiy muddatlarga bo'lingan mantiqan yakunlangan qismi sifatida ham tushuniladi. Har bir modulni o'zlashtirish, ya'ni unda belgilangan vazifalarni bajarish fanni o'rganish natijasida qo'yiladigan

yakuniy bahoning bir qismini tashkil etadi va bu jihatdan modulli tamoyil reytingga o'xshaydi. Yevropa OTMlarida har bir kurs yakunlariga ko'ra qo'yiladigan umumiy ball, odatda, to'planma effektga ega bo'lgan bir nechta komponentlardan tarkib topgan bo'ladi.

Masalan, umumiy bahoning 30 foizi talabaning ma'ruza va seminarlardagi akademik faolligi, 30 foizi oraliq sinov (berilgan mavzu bo'yicha esse, mustaqil ta'lim, test shaklida oraliq nazorat va h.k.) natijalari, qolgan 40 foizi esa imtihon bahosiga bog'liq bo'lishi mumkin. Ko'p darslar (mashg'ulotlar)ni o'tkazib yuborgan, oraliq nazoratdan muvaffaqiyatli o'ta olmagan talaba faqatgina imtihondagi qoniqarli bahoga umid qilishi mumkin. Va aksincha, joriy vazifalarni bajarish davomida faollik ko'rsatadigan, yuqori reyting to'plagan talaba, hatto imtihonda butunlay qoniqarsiz javob bergan taqdirda ham, yuqori yakuniy baho olishi mumkin. Biroq bunday yondashuv modulning ta'lim dasturidagi boshqa fanlarga nisbatan talabaning o'zlashtirish ko'rsatkichini hisobga olmaydi. Har bir modul mustaqil hisoblanadi. Kredit-modul tizimda har bir modul ta'lim dasturining tugallangan segmenti bo'lishi kerak, talaba tomonidan ba'zi bir kompetensiyalar to'plamining egallanishi esa uni o'zlashtirish natijasi hisoblanadi. Ushbu kompetensiyalar majburiy tartibda tekshirilishi va baholanishi kerak.

Albatta, kompetensiyalar juda uzoq vaqt (kamida bir semestr va ehtimol, bir necha semestr) davomida shakllanadi. Semestr ichida nisbatan tugallangan qismlarni baholash uchun modul emas, balki "bo'lim", "kichik bo'lim", "mavzu" tushunchalari foydaliroq bo'ladi. Modul o'quv kursining alohida qismi, ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida o'zlashtirilgan bir nechta o'quv mavzularini birlashtiruvchi mavzuviy blok sifatida tushunilishi mumkin. Yevropa OTMlarida ta'lim dasturi boshqacha tuzilishga ega: bitta modul doirasida umumiy maqomidan qat'i nazar, tematik jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan fanlar birlashtiriladi. Modul tuzilishining asosiy tamoyili oddiydan murakkabga, metodologik fanlardan amaliy fanlarga ko'tarilishdir. Shuning uchun modul tarkibida "umumkasbiy" fanlar ham, "kasbiy" fanlar va hokazolar ham mavjud bo'lishi mumkin. O'quv moduli doirasida fundamental fanlar ham, amaliy fanlar ham uyg'un bir butunlikka birlashtiriladi.

Masalan, Germaniyada modul deganda ta'lim darajasini o'zlashtirish yo'nalishlaridan biri, kursning emas, balki ta'lim dasturining alohida qismi tushuniladi. Modulli tizimning muhim xususiyati uning talabalar amaliyotiga, shu jumladan, tadqiqotlarga yo'naltirilganligidir. Modul talabaga konseptual bilim va amaliy ko'nikmalarni birlashtirgan holda, bir yo'nalishdan ikkinchisiga, bir darajadan ikkinchisiga tez va samarali o'tishga imkon beradi. Shuning uchun magistratura bosqichida o'quv jarayonini modulli tashkil etish magistrantning individual dasturi (uning magistrlik dissertatsiyasi mavzusi) bilan muvofiqlashtirilgan bo'lishini taqozo qiladi. Yevropa oliy ta'lim doirasida bir nechta kurslar (fanlar) modul deb nomlanadi.

Modul muayyan fan sohasi haqida yaxlit tasavvur hosil qiladi va talaba ushbu modulni o'zlashtirib bo'lganidan so'ng namoyish qilishi kerak bo'lgan muayyan kompetensiyalar darajasini ko'rsatishga imkon beradi. Modul mavzu bilan emas, balki talabaning ta'lim natijasiga erishishi bilan belgilanadi. Bir semestrda modullar soni talaba semestr davomida qanday natijalarga erishishi kerakligiga qarab belgilanadi O'quv jarayonini tashkil etishning kredit-modul tizimi quyidagi vazifalarning ijobiy hal etilishini ta'minlashga qaratilgan:

- har bir modulning o'zlashtirilishini tekshirgan holda, o'quv materialini modullarga bo'lish;

- bilimlarni baholash shkalasidan foydalanish;

- bilimlarni baholashning ob'ektivligini oshirish;

- semestr davomida talabalarning tizimli mustaqil ishlarini rag'batlantirish;

- o'qishda sog'lom raqobatni joriy etish. ECTS (Evropa kreditlarni o'tkazish va to'plash tizimi)ga ko'ra, Yevropa OTMlarida o'quv yili o'rtacha 40 hafta davom etadi (O'zbekiston OTMlarida 30 hafta).

Talabaning bir yilda o'quv yuklamasining umumiy yuklamasi 60 kreditga tenglashtirilgan. Shundan kelib chiqib, talaba bir semestrda 30 kredit yig'ishi lozim. Respublika OTMlarida "kredit birligi" va ichki "akademik soatlar" tizimi o'rtasida bir nechta tafovutlar mavjud. Birinchidan, barcha OTMlarda o'quv rejalar bir xil emas, balki real o'quv rejalari olinadigan bo'lsa, akademik soat umumiy yuklamani emas, balki auditoriya yuklamasini o'z ichiga oladi. Ikkinchidan, har bir kredit birligi ortida vaqt sarfi emas, balki o'zlashtirilgan bilim va egallangan kompetensiyalar turadi. Kredit-modul tizimida talaba ma'lum bir davr mobaynida diplom olish uchun kredit to'plashi mumkin. Kreditlarning to'planishi talabaga butun hayoti davomida malaka oshirishga, qo'shimcha oliy ma'lumot olishga imkon beradi. Kreditlarni talaba o'qish davrida yig'ib boradi va kreditlar yo'qolmaydi. Agar talaba biror bir sabab bilan OTMdan chetlatilsa ham, to'plagan kreditlarni keyinchalik o'qishni davom ettirishda foydalanishi mumkin, shuningdek, ular qayta hisobga olinishi ham mumkin. Bunda talabaga ikkinchi oliy ma'lumot olishi ancha osonlashadi. Muayyan sharoitlarda kreditlar talabaning mutaxassislik bo'yicha ish tajribasini oliy ta'limning komponenti sifatida hisobga olishga imkon beradi. Kredit-modul tizimida kreditlarni hisoblash tajribasi ushbu yondashuvlarni takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Bu kredit tizimi o'quv yuklamasining hajmi, kursni yoki o'quv dasturini o'zlashtirish uchun sarflangan vaqt me'yorini belgilash uchun zarurdir. Talabaning o'quv jarayonidagi faoliyatida fan, uning murakkabligi, ixtisoslashuvi va boshqa yuklamalarni hisobga oladi. O'quv yuklamalarini quyidagicha taqsimlash tavsiya etiladi:

- auditoriya yuklamasi, u o'quv hajmining taxminan 50 foizini tashkil qiladi;

- talabaning mustaqil ta'limining umumiy hajmining 50 foizi bo'lishi kerak;

- kurs bo'yicha tavsiya etilgan adabiyotlarni o'qish va konspektlar tayyorlash 20

foiz;

- yozma ishlarni bajarish 20 foiz;

- sinovlarga tayyorgarlik ko'rish 10 foiz.

Amalda, kreditlarni hisoblashda bitta sinov kreditining auditoriya yuklamasining soatlar soniga nisbati oliy ta'lim muassasalarida turlicha, jumladan, 1:18 dan 1:6 gachani tashkil qiladi. Bu yuklamani kreditlarga o'tkazishga mexanik yondashuv paytida yuzaga keladigan muammolar saqlanib qolmoqda. Kafedralar faoliyatida nomutaxassislik fanlariga katta soatlarning berilishi, ixtisoslik fanlariga esa kam miqdorda kreditlar berilishi kuzatilmoqda. Bu esa talabalar tomonidan olingan bilimning kredit me'yorlari bilan o'zaro bog'lanishiga imkon bermaydi. Nomutaxassislik fanlar uchun kreditlar (soatlar) sonini kamaytirish, talabalarning referatlar, kurs ishlari va bir vaqtning o'zida katta hajmdagi qo'shimcha adabiyotlarni o'rganib chiqadigan maxsus fanlar va modullar uchun soatlar sonini ko'paytirish lozim. Shuningdek, yuklama sifatida kreditlar soni fan (o'quv moduli) mazmunining xarakteri va talabaning bo'lajak kasbiy faoliyati uchun ahamiyati darajasini belgilashi kerak. Shu bilan birga, kredit-modul tizimi o'zining afzalliklariga ega bo'lib, diplom olgandan keyingi ta'lim dasturlarini qo'shib hisoblaganda, bir o'quv dasturidan ikkinchisiga o'tish davrida talabalarning mobilligini oshirishiga xizmat qilishi lozim. Kreditlarni to'lash tizimi talabaning nafaqat o'quv yuklamasini, balki uning barcha yutuqlarini, ilmiy tadqiqotlar, anjumanlar, fan olimpiadalari va boshqa tadbirlardagi ishtirokini ham hisobga olishi lozim. Ta'lim dasturini shakllantirishning modulli tamoyilidan foydalanib, OTM komponentidagi "ahamiyatsiz fanlar"dan xalos bo'lish mumkin. Modullar ixtisoslik tamoyiliga muvofiq (odatda ular shakllantiradigan kompetensiyalarga qarab - umummilliy, vositaviy, kommunikativ va b.) birlashtirilgan bir nechta kurslarni o'z ichiga olishi mumkin. O'quv dasturining bo'linishi va qisman "yaxlitlov" muammosini hal qilgan holda, sinov birliklari qo'shilgan tarzda ham shakllantiriladi. Sinov birliklarining roli akademik yuklamani akademik soatga nisbatan kattaroq birliklarda baholash orqali ta'lim jarayonida foydalanishda kengroq maqsadni ko'zlashi lozim. Sinov birliklari:

- mazkur o'quv fani uchun turli xil mashg'ulotlar: ma'ruzalar, seminarlar, laboratoriyalar va boshqalarning nisbiy ahamiyatini hisobga olishi;

- talaba tomonidan o'rganilayotgan ma'lum bir fanning ahamiyati va uning ma'lum bir o'qish davri oxirida oladigan o'rtacha ballga nisbatan hissasini belgilashi;

- talabalarni o'qish natijalariga qarab tartiblash va ularning har birining individual reytingini aniqlash imkonini beradi. Kreditlarda ifodalangan o'quv modulining yuklamasi bevosita akademik soatlardagi ekvivalentga ega emas, balki ushbu fanning butun ta'lim dasturi doirasidagi yuklamasini ko'rsatadi. Yillik o'quv rejasining barcha fanlarning umumiy hajmi 60 kredit birligiga tenglashtiriladi,

so'ngra har bir fan uchun o'quv vaqtining yillik soatlari hajmiga qarab taqsimlanadi. Mazkur usul rossiyalik olimlar B.A.Sazonov (Ta'limni rivojlantirish federal instituti), N.I.Maksimov (N.A.Kosigin nomidagi MDTU) va Ye.V.Karavaeva (M.V.Lomonosov nomidagi MDU) tomonidan ishlab chiqilgan. Kreditlar o'quv dasturining barcha komponentlari (fanga oid modullar, amaliyot, ilmiy tadqiqot ishlari, bitiruv malakaviy ishi, dissertatsiya ishi va boshqalar)ga belgilanadi. Ular to'liq o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur bo'lgan umumiy ish hajmiga nisbatan talaba tomonidan ta'lim natijalariga erishish uchun zarur bo'lgan ish hajmini aks ettiradi. Talabaning haftalik o'quv yuklamasi maksimal miqdori 54 akademik soatdan oshmasligi va haftalik yuklama (1 kredit 36 soat bo'lganda) 1,5 kredit birligida bo'lishi belgilangan. Har bir mutaxassislik uchun kasbiy tayyorgarlikni chuqurlashtiradigan fanlarga kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilmagan umumnazariy xarakterga ega fanlarga nisbatan ko'proq kredit berilishi lozim. Tabiiyki, fan qanchalik ahamiyatli bo'lsa, u talaba uchun bajarilayotgan o'quv yuklamasi xilma-xil va yanada samarali bo'lishini ta'minlashi lozim.

1. Fanlarning umumiy yuklamasi, shu jumladan, akademik amaliyot, yakuniy attestatsiya, to'rt yillik bakalavr talabasining mustaqil ishi 240 k.b. ega.

2. Fan bo'yicha keltirilgan qiymat, ya'ni o'quv rejada nazarda tutilgan akademik soatlar hajmi sinovlar va amaliyotlar (semestr attestatsiyasi uchun 1 k.b.) hisobidan keltirib chiqariladi. Masalan, o'quv rejaga ko'ra, to'rt yillik dasturning hajmi = 7200 akademik soatni, kreditlar miqdori esa 240 ni tashkil qilishi lozim.

3. Akademik soatlarni kreditlarga ajratishda 1 kreditga beriladigan soat miqdori kamaygan holatlarda o'quv rejadagi umumiy akademik soatlar miqdoriga ham ta'sir qiladi. Ya'ni umumiy hajmi 240 kredit bo'lgan o'quv rejasida 25 soat hisobidan 1 kredit berilishi mumkin. Masalan: 7200 a.s.: 240 s.b. = 30 kredit. Agar 7200 a.s.:25 a.s.= 288 k.b. kelib chiqadi. Bunda belgilangan talabdan ko'payib ketishini inobatga olgan holda, kreditlarni o'zgarishsiz qoldirib, belgilanadigan akademik soat yuklamasiga nisbatan tatbiq etiladi. Ya'ni 240 k.b.*25 a.s.= 6000 umumiy akademik yuklama kelib chiqadi.

3. Har bir fanning o'quv rejasidagi fanlarga kredit belgilashda 5 kreditdan kam bo'lmagan o'quv yuklamasi belgilanadi. Masalan, matematika (o'quv reja bo'yicha = 600 a.s.) = 600 a.s. : 30 k.b. = 20 k.b.

4. O'quv rejasining barcha elementlari bo'yicha sinov birliklari yig'indisi 240 kredit birligiga teng bo'lishi lozim. O'quv rejasini tashkil etuvchi fanlar yoki modullar bo'yicha kreditlarni taqsimlashda ta'lim natijalariga yo'nalganlikdan kelib chiqib, umumnazariy xarakterga ega fanlarga kamroq kreditlar berilishi maqsadga muvofiq. Hozirda yuklamani soatdan kreditga o'tkazishning ishlab chiqilayotgan barcha metodikalaridan yuqorida tavsiflangan yondashuvdan ko'proq

foydalanilmoqda. Ushbu metodika yillik va semestr ECTS standartlarini buzmagan holda (mos ravishda 60 va 30 k.b.), har bir komponentning o'quv dasturining yaxlitligidagi roli (tutgan o'rni)ni hisobga olishga imkon beradi va kurs birligining talaba o'qishni bitirganidan keyin ega bo'lishi kerak bo'lgan kompetensiyalarni shakllantirishdagi rolidan kelib chiqqan holda, uning kredit salmog'ini aniqlashga imkon beradi. Ushbu yondashuv, o'z navbatida, ta'lim dasturini tuzishning modulli tamoyiliga mos keladi. Ushbu metodikalar ta'lim dasturi - o'quv fani, bitiruv malakaviy ishi, o'quv amaliyotini kredit birliklarida ifodalangan hajmi, ularning soat ekvivalentini emas, balki ta'lim dasturining umumiy ko'rsatkichiga nisbatan o'zlashtirish ko'rsatkichini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bakhreddinovna, G. M. (2020). The interactive methods and principles of foreign language teaching. International Journal on Integrated Education, 3(1), 77-79.

2. Ганиханова, М. Б. (2019). Методика обучения английскому языку студентов технического направления на основе медиатехнологий. Проблемы современной науки и образования, (1 (134)), 60-63.

3. Khalismatov, I., Zakirov, R. T., Zakirov, A. A., & Ganikhanova, M. B. (2020). Features of the operation of watering gas wells in the Shimoliy Berdakh field. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(12), 15932-15936.

4. Ganikhanova, M., Saydikramova, U., & Khamraeva, N. (2020). Features Neoteric Of Teaching Foreign Languages Making Use Of Hi-Tech Technologies For Students Of Polytechnic Higher Education Establishments In The Republic Of Uzbekistan. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(4), 32203225.

5. Ganikhanova, M. (2018). ISSUES OF LINGUISTICS. Интернаука, (7-2), 30-31.

6. Ganikhanova, S. (2018). To The Study Of History And Theory Musical Applied Genres. Eurasian music science journal, (1), 1-6.

7. Ganihanova, M. B. (2021). ORGANIZATION AND IMPLEMENTATION OF THE ORGANIZATION OF PEDAGOGICAL EXPERIMENTS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 2(12), 130-133.

8. Ганиханова, М. (2021). A model of teaching english to students of technical universities based on media technologies. Общество и инновации, 2(11/S), 210214.

9. Ганиханова, М. (2021). Methodological support of training future engineers based on media technologies. Общество и инновации, 2(11/S), 215-219.

10. Akhmedovich, M. A., & Fazliddin, A. (2020). Current State Of Wind Power Industry. The American Journal of Engineering and Technology, 2(09), 32-36.

11. Dilmurod, R., & Fazliddin, A. (2021). Prospects for the introduction of artificial intelligence technologies in higher education. ACADEMICIA: an international multidisciplinary research journal, 11(2), 929-934.

12. Мустафакулов, А. А., & Джуманов, А. (2020). Использование альтернативных источников энергии в горных районах джизакской области узбекистана. Интернаука, (41-1), 73-76.

13. Fazliddin, A., Tuymurod, S., & Nosirovich, O. O. (2020). Use Of Recovery Boilers At Gas-Turbine Installations Of Compressor Stations And Thyristor Controls. The American Journal of Applied sciences, 2(09), 46.

14. Solidjonov, D., & Arzikulov, F. (2021). WHAT IS THE MOBILE LEARNING. AND HOW CAN WE CREATE IT IN OUR STUDYING, 22(4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.