SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
YURIDIK TEXNIKUMLARDA HUQUQSHUNOS MUTAXASSISLIGI BO'YICHA KADRLARNITAYYORLASHDA KREDIT-MODUL TIZIMINI QO'LLASHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o'g'li
Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi Ilmiy rahbar: Isroilov Asilbek Fozilovich
Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i
Mazkur maqola Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida ta 'lim tizimini tashkil etish, kredit-modul tizimini qo 'llash, yurispuridensiya mutaxassisligi bo 'yicha kadrlarni tayyorlashning o'ziga xos jihatlari, kredit-modul tiziminingyaratilish tarixi va kredit-modul tizimining mohiyatini aniqlashga qaratilgan.
Kalit so'zlar: Kredit-modul, tanlov fan, ECTS, akademik mobillik, GPA, reyting, ta 'lim dastur katalogi, sillabus, shaxsiy ta 'lim katalogi.
В данной статье ставится задача определить организацию системы обучения в юридических техникумах Министерства юстиции, применение кредитно-модульной системы, особенности подготовки кадров в области юриспруденции, историю создание кредитно-модульной системы и сущность кредитно-модульной системы.
Ключевые слова: Кредитный модуль, элективный предмет, ECTS, академическая мобильность, средний балл успеваемости, рейтинг, каталог образовательных программ, силлабус, каталог персонального образования.
This article aims to determine the organization of the educational system in the legal technical schools of the Ministry of Justice, the application of the credit-module system, the specific aspects of the training of personnel in the field of jurisprudence, the history of the creation of the credit-module system and the essence of the credit-module system.
Key words: Credit module, elective subject, ECTS, academic mobility, GPA, rating, educational program catalog, syllabus, personal education catalog.
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 359-sonli Qarori qabul qilingan.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Ushbu qaror va nizom asosida Yuridik texnikumlarda ta'lim tizimi tashkil etilib kelinmoqda. Quyida ushbu qaror va nizom bilan batafsil tanishib chiqamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kreditmodul tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yuridik texnikumlarda kredit-modul tizimini (Kredit to'plash va ko'chirishning Yevropa tizimini) joriy etish belgilangan.
Ushbu tizimga ko'ra o'quv rejasi majburiy va tanlov fanlari asosida ishlab chiqiladi hamda ta'lim oluvchiga o'zining ta'lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyati yaratiladi. Ta'lim oluvchi tomonidan muayyan modul (fan) bo'yicha o'zlashtirilgan o'quv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida o'quv yili (semestr) boshida o'quvchilarning shaxsiy ta'lim trayektoriyasi shakllantiriladi, o'quvchilar fan (modul) va o'qituvchilarni tanlash bo'yicha ro'yxatdan o'tkaziladi hamda akademik guruhlar shakllantiriladi. Har o'quv yilida o'quv rejasiga muvofiq dars jadvali shakllantiriladi va o'quv jarayoni amalga oshiriladi hamda doimiy ravishda ta'lim natijalari bo'yicha talabaning kreditlari hisoblanadi.
Shuningdek, yuridik texnikumlarda ta'lim sifati, pedagogik faoliyat darajasi, o'quv-metodik ishlar, o'quvchilar va bitiruvchilar bilimini tavsiflovchi ma'lumotlar bazasini tizimli shakllantirish hamda ularni reyting indikatorlariga muvofiq baholash asosida yuridik texnikumlarning har yili yangilab boriladigan reytingi joriy qilingan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta'limning kredit-modul tizimida o'quv jarayonini tashkil etish tartibi to'g'risidagi Nizomga ko'ra:
Yuridik texnikumlarda o'quv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit to'plash va ko'chirishning Yevropa modeli (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS)ga muvofiq tashkil qilinadi.
O'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid ma'lumotlar, shu jumladan, ta'lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni ta'minlash, ta'lim to'g'risidagi ma'lumotnoma, kreditlarni tan olish va ko'chirib o'tkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida o'quvchining bilim darajasini aniqlash bo'yicha ko'rsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari TDYU tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Yuridik texnikumlarning o'quv yili uchun ta'lim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan iborat ta'lim elementlaridan tashkil topgan bo'lib, TDYU kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ta'lim dasturi auditoriya mashg'ulotlari, ilmiy loyihalar, mustaqil ta'lim, amaliyot va boshqa ta'lim elementlaridan iborat bo'lishi mumkin.
Ta'lim dasturida kreditlarning miqdori o'quv yuklamasi asosida ko'rsatiladi. Ta'lim dasturi katalogi va o'qitish sharoitlari to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar yuridik texnikumning rasmiy veb-saytiga qulay yuklanadigan shaklda o'quv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi va e'lon qilib boriladi.Yuridik texnikumlarda o'quv jarayoni o'quv (auditoriya mashg'ulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi) va nazorat (modullar bo'yicha bilimlar o'zlashtirilishini va ularning natijalarini baholash) tadbirlaridan tashkil topadi.
O'quv jarayoni o'quvchilar, pedagog xodimlar va ma'muriyat o'rtasida ochiq muloqot shaklida o'quvchiga yo'naltirilgan yondashuv asosida rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda o'quvchilarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar ta'lim dasturining yaratilishi va o'zlashtirilishining konstruktiv muhokamasiga jalb etilishi mumkin. Bunday muhokamalarda o'quvchilar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin.
O'quv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:
1. Ta'lim dasturi katalogi va o'quv rejasini ishlab chiqish;
2. Modullarning o'quv dasturini (sillabusni) ishlab chiqish;
3. O'quv rejasi va tanlov fanlari ro'yxatiga mos ravishda o'quvchilarning shaxsiyta'lim trayektoriyasini shakllantirish;
4. O'quv jarayoni jadvalini tuzish;
5. Akademik guruhlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlari jadvalini tuzish.
O'quv rejasiga o'quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda o'zlashtiriladigan
qo'shimcha kreditlar ajratiladigan ta'lim elementlari kiritiladi. O'quvchining jamoat ishlaridagi, ilmiy to'garaklar, yuridik klinikalar faoliyatidagi ishtiroki hamda xorijiy mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan qisqa muddatli kurslardagi ishtiroki rag'batlantirilib, kreditlar ajratiladi.
O'quvchi o'quv yuklamasidan tashqari o'z ixtiyoriga ko'ra ro'yxati taqdim etiladigan qo'shimcha fanlarni (modullarni) yoki boshqa fakultet va ta'lim yo'nalishi o'quv rejasining tanlov fanlarida mavjud fanlar ro'yxatidan qo'shimcha fanni tanlab to'lov-kontrakt asosida o'qishiga ruxsat etiladi. Bunda qo'shimcha o'zlashtirilgan fanlar o'quvchi o'quv yuklamasiga (kreditlar hajmiga) qo'shiladi hamda diplom ilovasida qayd etiladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan akademik davr shakli nazariy ta'lim davri semestr, trimestr va boshqa shakllarda o'rnatilishi mumkin, shuningdek, o'quv jarayonini tizimli tashkil etish uchun dars mashg'ulotlarini boshlash vaqti va smenasi belgilanadi.
Akademik davr davomida o'quvchi tomonidan to'planishi lozim bo'lgan kreditlar miqdori o'quv rejasida ko'rsatilgan majburiy va tanlov modullarini o'z ichiga oladi.
Majburiy va tanlov modullari tarkibi hamda ularni o'rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilanadi. O'quvchilar shaxsiy ta'lim trayektoriyasida belgilangan tanlov modullari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin. O'quvchilarning shaxsiy ta'lim trayektoriyasini shakllantirish tartibi TDYU tomonidan belgilanadi.
Yuridik texnikumlarda o'quvchi bir semestrda 30 kredit, bir o'quv yilida 60 kredit to'plashi kerak. Semestr davomida o'quvchi tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan kreditlar hajmi o'quv rejasida ko'rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o'z ichiga oladi. O'quvchi o'zining shaxsiy ta'lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o'zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida o'quv rejasidagi majburiy fanlar bo'lishi shart.
Yuridik texnikumlarning bitiruvchilari TDYUda ikkinchi kursdan o'qishini davom ettirish huquqiga ega ekanligini inobatga olib, TDYUning birinchi kursidagi kreditlarini (60 kredit) yuridik texnikumlarda to'playdi. TDYUning birinchi kursidagi to'planishi lozim bo'lgan kreditlarning yuridik texnikumning qaysi kursi davomida (birinchi yoki ikkinchi kurs yoxud ikkala kursda) to'planishi TDYU tomonidan belgilanadi. Yuridik texnikumlarda o'quv yuklamasi hajmi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Fanlarni tanlash imkoniyati
O'qishning dastlabki yillarida soha bo'yicha umumiy bilimga ega bo'lgandan so'ng talabalarda ayrim yo'nalish va fanlar bo'yicha chuqurroq bilimga ega bo'lish va kelajakda shu yo'nalishda ishlashga ishtiyoq paydo bo'lishi tabiiy. Talabalar yildan-yilga mutaxassis sifatida shakllanib borar ekan, ular uchun o'qish dasturidagi ayrim fanlarning ahamiyati ortib, ayrim fanlarning ahamiyati kamayib boradi. Hozirda universitetlar, texnikumlar qat'iy belgilab qo'yilgan o'quv dasturlari asosida ish yuritadi. Ya'ni, talabalar o'qishga kirgandan boshlab to bitirgunga qadar dasturda belgilangan barcha fanlarni o'rganishga majbur. Bu qay darajada to'g'ri? Ta'lim muassasasida ta'lim olayotgan talabalar qat'iy belgilangan standart o'quv dasturi asosida ta'lim olishi shartmi? Dasturdagi barcha fanlar har bir talabaning qiziqishlari, kelajak rejalariga to'g'ri kelmasa-chi?
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Aslida, har bir talaba o'z qiziqishlari, imkoniyatlari, kelajakda qaysi kasbni egallashi va bu uchun kerakli fanlarni universitet ma'muriyatidan ko'ra yaxshiroq biladi. Talabani majburlab xonada olib o'tirish mumkin, lekin uning fikr va e'tiborini xonada ushlab o'tirib bo'lmaydi. Kredit-modul tizimiga o'tishning muhim jihatlaridan yana biri bu - o'quv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelishidir. Unga ko'ra, talabalar o'qishning dastlabki yillarida sohaga oid asosiy, umumkasbiy fanlarni o'zlashtirib, soha bo'yicha umumiy bilimni egallab olganlaridan so'ng, sohaga oid maxsus fanlarni o'z qiziqishlaridan kelib chiqib o'zlari tanlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bunda ta'lim muassasasi talabalarga o'quv yili davomida taklif qilinayotgan tanlov fanlarning ro'yxatini va ular haqida batafsil ma'lumot taqdim etadi. Talabalar esa ushbu ro'yxat va ma'lumotlar asosida o'zlari qiziqqan fanlarni tanlaydilar. Bu jarayon har bir talaba o'zining o'qish dasturini ma'lum ma'noda o'zi shakllantirishiga imkon yaratadi. Ya'ni, guruhda 50 nafar talaba bo'lsa, ularning har biri o'z qiziqishlariga ko'ra o'z o'qish dasturlariga ega bo'lishadi. Tanlov fanlari soni kursdan-kursga ko'payib borishi zarur bo'ladi. Chunki talaba kursdan-kursga o'tgani sari mutaxassis sifatida shakllanib boradi va unda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati ham shakllanib boradi. Ta'lim muassasalari esa asta-sekinlik bilan talabalarga o'z fakultetlaridan tashqarida, ya'ni boshqa fakultetlardan ham tanlov fanlari olishga imkoniyat yaratishlari zarur. Fanlarni tanlash amaliyoti nafaqat talabalar uchun o'zlari xohlagan yo'nalish bo'yicha chuqurroq bilim olishlariga imkoniyat yaratadi, balki o'quv dasturidagi fanlar tarkibi tabiiy ravishda saralanib borishiga ham xizmat qiladi. Chunki talabalar qiziqish va ehtiyojlariga javob bermaydigan fanlar dasturini tark etib borishadi, o'rganayotgan fanlari ro'yxatini davr talablari va qiziqishlariga moslashtirishadi. Bunda o'qituvchi uning fani o'ziga yetarli miqdorda talabalarni jalb qila olishi uchun doimiy ravishda o'z ustida ishlashi, fanning talabalar uchun ahamiyatini saqlab qolish uchun darslar sifatini doimiy ravishda yaxshilab borishi zarur bo'ladi. Aks holda ushbu fan o'quv dasturidan chiqib ketishi va o'qituvchi o'z ishini yo'qotib qo'yishi mumkin bo'ladi. Bu jarayon darslar sifati yaxshilanishiga ham xizmat qiladi. Fanlarni tanlash amaliyoti rivojlangan davlatlarda o'zining foydasini isbotlagan amaliyotdir. Ulardagi fan taraqqiyoti, rivojlangan iqtisodiyot, mutaxassislarning salohiyati xususan ta'limdagi aynan shu jihat bilan ham bog'liq. Kredit-modul tizimi tarixi, uning paydo bo'lishi fanlarni tanlash amaliyoti bilan chambarchas bog'liq. Ya'ni, kredit- modul tizimining yuzaga kelishiga tanlov fanlari amaliyoti sabab bo'lgan. Shunday ekan, agar ta'lim muassasasi o'zida kredit-modul tizimini joriy etsa-yu, o'quv dasturlariga fanlarni tanlash imkoniyatini olib kirmasa, ushbu ta'lim muassasasi tom ma'noda kredit-modul tizimida faoliyat yurityapti, deb bo'lmaydi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023
O'quvchilar o'zlashtirishini baholash tizimi
Yuridik texnikumlarda ta'til vaqtida, qoida tariqasida, yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. Yozgi semestr modullarni o'zlashtirish (akademik qarzlarni topshirish), o'quv dasturidagi farqlarni yo'qotish maqsadida pullik asosda tashkil qilinadi.
Yozgi semestrning davomiyligi o'quv jarayonining grafigi asosida yo'nalishlar, mutaxassisliklar va kurslar kesimida belgilanadi. Bunda, o'quvchilar bilimini baholash amalda belgilangan tartib asosida tashkil etiladi va yozgi semestrga jalb qilingan pedagog xodimlarga soatbay asosida ish haqi to'lanadi.
O'quvchilar o'zlashtirishi natijalari transkriptda aks ettiriladi.
Kreditlarni ko'chirish yuridik texnikumda baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa ta'lim muassasasida tuzilgan shunga o'xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
O'quvchilar akademik mobilligi va kreditlarni tan olish
Akademik mobillikni ta'minlash va o'quvchining kreditlarini boshqa yuridik texnikum tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
1. ta'lim dasturi (fanlar) katalogi;
2. ta'lim to'g'risidagi kelishuv, ma'lumotnoma va sertifikat.
Mazkur hujjatlar ta'lim olish natijalarini aks ettiradi va yuridik texnikumga kreditlarni tan olish va ko'chirib o'tkazish uchun asos hisoblanadi.
O'quvchi tomonidan yuridik texnikum ta'lim dasturi bo'yicha to'plangan kreditlar miqdori boshqa yuridik texnikumda (TDYUda) belgilangan ta'lim olish natijalariga muvofiq o'zlashtiriladigan kreditlar miqdoriga teng hisoblanadi.
O'quvchi jo'natuvchi ta'lim muassasasi tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi ta'lim muassasasiga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi. Jo'natuvchi ta'lim muassasasi tomonidan o'quvchiga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi.
O'quvchining akademik mobillik davrida o'zlashtirilishi belgilangan ta'lim elementlarini jo'natuvchi ta'lim muassasasining roziligisiz va u bilan kelishmasdan o'zgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor ta'lim muassasalarining o'quv dasturlarida belgilangan ta'lim olish natijalari yuridik texnikumlarning o'quv dasturi bo'yicha ta'lim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni to'ldirishi lozim.
Qabul qiluvchi ta'lim muassasasida o'quvchi tomonidan o'zlashtiriladigan ta'lim elementlari jo'natuvchi ta'lim muassasasining o'quv dasturiga integratsiya qilinganligi, shuningdek, akademik mobillik davrida o'quvchining bilim darajasini aniqlovchi ko'rsatkichlarning jo'natuvchi va qabul qiluvchi ta'lim muassasalarining
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
baholash tizimlariga konvertatsiya qilinganligi akademik mobillik to'g'risidagi shartnomada aniq ko'rsatilgan bo'lishi lozim.
Qabul qiluvchi ta'lim muassasasida o'zlashtiriladigan kreditlar miqdori yuridik texnikum (TDYU)da yoki xorijda o'qish davriga (6 oy yoki 1-2 yil) mutanosib bo'lishi kerak. Jo'natuvchi ta'lim muassasasi tomonidan o'quvchi akademik mobillik davrida o'zlashtirgan (to'liq yoki qisman) kreditlar tan olinadi. O'quvchi jo'natuvchi ta'lim muassasasiga qaytib kelgach, akademik mobillik davrida to'plangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan xolda amaldagi tartib- qoidalar asosida uni keyingi kursga o'tkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi.
O'quvchilarni o'qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga o'tkazish
Yuridik texnikum o'quvchilarini o'qishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O'quvchi chetlashtirilguniga qadar o'zlashtirgan kreditlar miqdori yuridik texnikum tomonidan to'liq hajmda hisobga olinadi.Chetlashtirilgan o'quvchiga belgilangan shakldagi ta'lim to'g'risidagi ma'lumotnoma beriladi. O'quvchilar qonunchilik hujjatlari asosida o'qishini qayta tiklash va ko'chirish huquqiga ega.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 30 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan o'quvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo'yicha tegishli kreditlarni o'zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo'yicha qoniqarsiz baho olgan o'quvchi akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor o'quvchilar ta'til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o'zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to'lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to'lovni amalga oshirgandan so'ng o'zlashtirilmagan fanlarni o'z hisobidan qayta o'qish huquqiga ega bo'ladi.
TDYU kengashi qarori bilan auditoriya soatini sababsiz qoldirish foizi qisqartirilishi va akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
O'quvchini kursdan kursga o'tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yuridik texnikumlar o'quvchilarini kursdan kursga o'tkazishda GPA ko'rsatkichi TDYU tomonidan belgilanadi. GPA ko'rsatkichini to'play olmagan o'quvchi qayta o'qish uchun tegishli kursda qoldiriladi.
Semestr va o'quv yili yakuni natijalari bo'yicha akademik qarzdorligi bor ta'lim oluvchilar o'qishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi.
Kursda qolgan o'quvchilar faqat qarzdor bo'lgan modullarni o'zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag'larini to'laydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
o'qish soni chegaralanmaydi. O'quvchi ikkinchi kursni tugatgandan so'ng ikkala bosqichlari uchun belgilangan eng kam kreditlar miqdorini to'plab, shartnoma to'lovidan qarzi bo'lmasa "bitiruvchi" maqomiga ega bo'ladi. Bunda bitiruvchi maqomiga ega o'quvchi modullarni mustaqil o'zlashtirgan holda muntazam ravishda o'tkaziladigan imtihon sessiyalarida imtihon topshirish yoki yakuniy davlat attestatsiyasidan shartnoma-to'lov asosida o'tish uchun murojaat qilishi mumkin.
O'quvchi o'quv rejasida nazarda tutilgan kreditlarni to'plasa, shu jumladan yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tsa o'rta maxsus professional ma'lumot darajasiga ega bo'ladi.
Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab TDYUga o'qishga yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilingan talabalarning TDYUning birinchi kursi uchun yuridik texnikumlarda to'plangan kreditlari TDYU kengashi qarori bilan ko'chiriladi. Yuridik texnikumlarda ta'lim olishning to'lov qiymati qonunchilik hujjatlariga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi.
O'quv yili uchun to'lov-kontrakt 60 kredit miqdorida hisoblanadi. O'zlashtirishlari shart bo'lgan (majburiy va tanlov modullar doirasida) kreditlardan tashqari o'quvchilarga o'z ixtiyorlari bilan qo'shimcha modulni qo'shimcha to'lov asosida o'zlashtirishiga ruxsat etiladi.
Fanlar bo'yicha qayta ta'lim olish uchun to'lov qiymati Adliya vazirligi tomonidan butun o'quv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta ta'lim olish uchun to'lov mexanizmi Adliya vazirligi tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati o'quv yili davomidagi ta'lim olish uchun to'lanadigan bazaviy to'lov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi.
Ta'lim dasturida belgilangan natijalarga erishish hamda kredit-modul tizimi to'g'ri va haqqoniy qo'llanilayotganligini aniqlash va baholash maqsadida o'quv jarayonining monitoringi o'tkaziladi. Monitoring yuridik texnikumlar va TDYU tomonidan so'rovnoma, fokus-guruhlar, intervyu olish yoki erishilgan natijalarni tahlil qilish va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. "Kredit-modul tizimiga o'tish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik" "Xalq so'zi online" gazetasi 05.08.2020-yil
2. Hasanova M, Jumanova M "Kredit-modul tizimi va uning amaliyotga joriy etilish tamoyillari" Kiberlineyka. (25-may 2022-yil)
3. O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.06.2021-yildagi 359-sonli Qarori.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
4. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.
5. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta'limning kredit-modul tizimida o'quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to'g'risida Nizom (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug'i, 02.03.2022-yilda ro'yxatdan o'tgan, ro'yxat raqami: 3351)