INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING AHAMIYATI
I.Tuychiyeva
Farg'ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.b.f.d.(Phd), dotsent
Sh. Jo'rayeva Far.DU 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7311808 Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida kredit-modul tizimini joriy etishning pedagogik asoslarining nazariy asoslari yoritib berilgan. Shuningdek, kredit-modul tizimining ta'lim jarayonidagi ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: oliy ta'lim tizimi, kredit, modul, o'quvyuklama, pedagogik shart-sharoitlar, ECTS.
ЗНАЧЕНИЕ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЫ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация. В данной статье описывается кредитно-модульная система в системе высшего образования. Объясняются теоретические основы педагогических основ введения. Также подробно о значении кредитно-модульной системы в образовательном процессе предоставляется информация.
Ключевые слова: система высшего образования, кредит, модуль, учебная нагрузка, педагогические условия, ECTS.
THE IMPORTANCE OF THE CREDIT-MODULE SYSTEM IN IMPROVING THE QUALITY OF HIGHER EDUCATION
Abstract. In this article, the credit-module system in the higher education system. The theoretical foundations of the pedagogical foundations of the introduction are explained. Also, in detail about the importance of the credit-module system in the educational process information is provided.
Key words: higher education system, credit, module, educational load, pedagogical conditions, ECTS.
Hozirgi yashab kelayotgan davrimizning ustuvor vazifalaridan bu - ta'limda sifatni yaxshilash va takomillashtirish hisoblanadi. Ta'limdagi islohotlar kelajakda katta samara berishini rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yaqqol isbotlab turibdi. Bugun mamlakatimizda aynan ta'lim sohasiga yangicha boshqaruv tizimlarini joriy etish, ta'lim jarayonini tashkil etish darajasini jahon tajribasi asosida rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish va kelajakda mutaxassislarning mas'uliyatini rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan. Aynan shu maqsadlarni ko'zda tutgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida oliy ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy qilina boshladi. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da oliy ta'lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o'qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
kurashish, muhandislik-texnik ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o'quv rejalarida amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ulushini oshirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Bu qabul qilingan farmondan so'ng O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi "Davlat oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" hamda "Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari asosida 2022-yil yanvar oyidan boshlab 35 ta oliy ta'lim muassasasida ushbu tizim joriy etildi.
Bizlarga ma'lumki, hayotimizda ko'p narsalarning o'lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o'lchov birligi - sekund, og'irlik - kilo, uzunlik o'lchovi - metr, elektr kuchlanish o'lchovi -amper, suyuqlik - litr. Shunda savol tug'ilishi tabiiy, ta'limning ham yoki oliy ta'limning o'lchov birligi bormi? Aytishingiz mumkin, ha oliy ta'limning o'lchov birliklari bu bakalavr, magistratura va doktorantura deb. Lekin bular ta'limning o'lchov birliklari emas, uning bosqichlari hisoblanadi. Afsuski, hozirda mamlakatimizda oliy ta'limning talabalar progressini, ularning mutaxassis sifatida shakllanishini muntazam ravishda baholab boruvchi hamma uchun tushunarli bo'lgan o'lchov birligi mavjud emas. Kredit-modul tizimi avvalambor, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning amaldagidan ko'ra ancha mukammaroq, zamonaviy biroq hamma uchun tushunarli bo'lgan o'lchov birligini olib kiradi. Unga ko'ra OTM o'quv dasturlari muayyan o'qish natijalarini ko'zlovchi turli fan va modullarga bo'linadi. Har bir fan yoki modul esa undagi o'qish yuklamasi miqdoriga qarab muayyan miqdordagi kreditlarda namoyon bo'ladi. Masalan, har bir fan o'rta hisobda 5, 6 yoki 7.5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talabalar esa har semestr va o'quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to'plab borishi va tegishli miqdordagi kreditni to'plagandan keyin unga bakalavr yoki magistratura darajasi berilishi belgilanadi.
Respublikamizda oliy ta'lim muassasalarida kredit modul tizimini joriy etish bo'yicha o'zbek olimlaridan V. O'rinov, M.S. Sobitxo'jayeva, M.U. Hasanova, M. G. Jumanova, D. Abdurahmonova, A. Avazboyev, Y. Jo'rayev, M. Daniyarov, D. Nosirov, Noraliyeva va K. Mamajonovalar tadqiqot ishlarini olib borganlar.
MDH olimlaridan T.Ye. Anatolevna, A.G. Yefremov, V.P. Chistoxvalov, L.S. Grebnev, Yu.S. Davidov, Ye.N. Gevorkyan kabi tadqiqotchilar kredit modul tizimini o'quv jarayonida qo'llash muammolarini ilmiy jihatdan yoritib berganlar.
Xorij olimlaridan K. Riko, A. Trov, B. Sellin, Julia kabi tadqiqotchilar kredit modul tizimining joriy qilinishi va uning yutuq, kamchiliklarini o'z tadqiqot ishlarida ilmiy asoslab berganlar.
O'qitishning kredit-modul tizimi o'zi nima?
"Kredit (credit)— talabaning alohida ta'lim yo'nalishi yoki dasturi bo'yicha fanlarni o'qib o'rganishi va o'zlashtirishi uchun sarflangan o'quv yuklamasining o'lchov birligidir. Kredit — talabalarning me'yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda ta'lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o'lchovidir. Talabaga kredit ma'lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o'tgandan so'ng beriladi. Har bir talaba kelajakda tanlagan yo'nalishi va mutaxassisligi bo'yicha diplomga ega bo'lishi uchun kreditlarni yig'ib borishi lozim. To'plangan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
kredit talabaga butun umr davomida o'zining malakasini oshirib borish yoki qo'shimcha oliy ma'lumot olishiga xizmat qilib boraveradi.
Modul—bu, bir nechta fan hamda kurslar o'rganiladigan o'quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma'lum bir bilim va ko'nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo'lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Xorijiy tajribaga ko'ra, kredit-modul tizimida o'quv jarayoni har semestrda 2-4tagacha moduldan iborat bo'ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o'zaro uzviy to'ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi.
ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o'rtacha 25-30 akademik soatlik o'qish yuklamasiga teng. Ya'ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni qo'lga kiritishi uchun ma'lum miqdordagi o'qish yuklamasini bajarishi zarur. O'qish yuklamasi bu talaba muayyan o'qish natijalariga erishishga qaratilgan barcha tizimli o'qish mashqlari va harakatlarini bajarish uchun kerak bo'ladigan vaqtdir. Bu degani yuqorida 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o'qish yuklamasi bu talaba fanni o'rganish uchun sarflashi ko'zda tutilayotgan jami o'qish harakatlar jamlanmasidir. Unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni o'rganish uchun kutubxonada va uyda sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qo'yingki talaba ushbu fanni o'zlashtirish uchun barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi. 1 kredit o'qish yuklamasi 25-30 soat oralig'ida aynan necha soat bo'lishini odatda har bir OTM o'zining ichki qoidalarida belgilaydi va bu qoidalar OTM veb sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi. Agar fan 6 kreditli fan bo'lsa, talaba ushbu fan bo'yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo'lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik o'qish yuklamasini bajarishi kerak bo'ladi (25*6=150; 30*6=180). Bunda OTM 1 kredit uchun 30 soatlik o'qish yuklamasi belgilagan bo'lsa, undan 12 soati (30*40%=12) auditoriya soatlari, 18 soati (30*60%=18) esa talabaning 13 mustaqil o'qish soatlariga to'g'ri keladi. Ushbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan o'qish yuklamasini aniqlaydigan bo'lsak, talaba ushbu fan bo'yicha belgilangan kreditlarni qo'lga kiritish uchun semestr davomida 72 soat ((30*6)*40%=72)) auditoriya darslarini, 108 soat ((30*6)*60%=108)) uyda va kutubxonada mustaqil o'qish yuklamasini bajarishi kerak bo'ladi. ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 kreditni tashkil etadi. Bir o'quv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak, talaba o'qishi davomida har semestr 30 kredit to'plab borishi zarur. Bakalavr dasturi odatda 4 yil ekanligini hisobga olsak, talaba ushbu darajani qo'lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to'plashi kerak bo'ladi. Shunday ekan kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o'qishlari hali boshlanmasdanoq har bir fanni o'qish va o'rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligi haqida tushunchaga ega bo'lishlari mumkin. Bu ham ta'limda shaffoflikning bir ko'rinishidir. ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan universitetlar amaliyotini tahlil qilganimizda, ularning aksariyatida auditoriya soatiga ega bo'lgan fan va modullarda auditoriya va mustaqil o'qish soatlari nisbati o'rtacha 40%ga 60% ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bu nisbat boshqacha aytganda 1 : 1.5 to'g'ri keladi. Ya'ni, talaba muayyan fan bo'yicha belgilangan har 1 soat dars uchun unga darsdan tashqarida bir yarim soat mustaqil o'qishi, tayyorlanishi kerak bo'ladi.
Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak bo'lgan ma'lum miqdordagi o'qish yuklamasini va talaba buning natijasida muayyan o'qish natijalariga erishganligini bildiradi. Bu yuklamalarni bajargandagina o'sha fan bo'yicha belgilangan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
miqdordagi kreditlarni qo'lga kiritishi mumkin. Mazkur tizimning oliy ta'limga joriy qilinishi o'qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta'minlash, korrupsiyaga barham berish, ta'lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o'qib-o'rganib, o'z ustida ishlashiga zamin yaratadi.
Bugungi kunda Evropa kredit tizimi ko'hna qit'aning deyarli barcha oliy o'quv yurtida amaliyotga joriy etilgan.
Kredit-modul tizimida "Ma'muriy boshqaruv", "O'quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat", "Moliyaviy boshqaruv va statistika" axborot tizimlarini o'z ichiga olgan HEMIS axborot tizimi ham keng ma'lumot berilmoqda. Ushbu tizim oliy ta'lim faoliyatini avtomatlashtirish hisobiga ma'muriy xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalarga elektron ta'lim xizmatlarini taqdim etadi. HEMIS axborot tizimi — bu o'qituvchilarning kaliti, shaffoflikni ta'minlaydigan yagona platforma sifatida ma'lumotlar kiritiladigan baza hisoblanadi. Seminarlarda HEMIS dasturida ishlash, kredit-modul tizimida o'quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, pedagoglar faoliyati va o'zlashtirishni baholash, tizimda me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, raqamlashtirish kabi muhim tamoyillariga ham urg'u berildi. Albatta, oliy ta'lim o'qituvchilarining HEMIS dasturida ishlash va kredit-modul tizimida o'quv jarayonini tashkil etishdagi bilim va tajribalari ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim o'rin tutadi.
Kredit-modul tizimining joriy etilishi o'qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli ta'limda pedagog tinglovchining o'zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo'naltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg'u ham talabalarning mustaqil ta'lim olishiga qaratiladi.
O'quv jarayonida mustaqil ta'lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim o'qituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu esa o'zaro hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kredit-modul o'qitish tizimiga o'tish oliy o'quv yurti professor-o'qituvchilariga bo'lgan majburiyatni ham, talabni ham oshiradi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, modulli o'qitish tizimi bilan o'qituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarini, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Pedagogik jarayonda o'qituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi.
Ta'limning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yo'qotmasdan bir universitetdan boshqasiga o'tishi mumkin. Aynan ushbu tizim o'zbekistonlik talabalarning ilg'or xorijiy universitetlarda o'qishini davom ettirishiga hamda murakkab byurokratik to'siqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratib beradi.
Ammo shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani ko'r-ko'rona, o'z qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, to'g'ridan-to'g'ri tatbiq etish, uning har bir elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayangan holda amalga oshirilmas ekan, kelajakda ma'lum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini ham unutmaslik kerak.
Ya'ni ushbu tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni voyaga etkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga to'la-to'kis mos keladi, degani ham emas. Shu sababli, o'quv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-o'qituvchi va talabaning ham bu
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
boradagi qarashlarini o'zgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga singdirishimiz, o'ziga xos madaniyatni shakllantirishimiz darkor.
Zero, mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz, raqobatda o'z o'rnimizni, mavqeyimizni yo'qotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim. Ammo oldimizda bundan yaxshiroq yo'l ham, tanlov ham yo'q. Nega deganda, barcha rivojlangan mamlakatlarning oliy ta'lim muassasalari ushbu yo'ldan yurib, yuqori natijalarni qo'lga kiritmoqda. Kredit-modul tizimi o'quv jarayonining samaradorligini oshirishi bilan bir qatorda talabalarni mustaqil izlanishga yo'naltirish orqali oliy ta'lim muassasalari maxsuloti bo'lmish bo'lg'usi kadrlarni zamon talablariga munosib mutaxassis etib tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, har qanday tizim rivojlanishi uchun yangiliklarni joriy qilishga ehtiyoj sezadi. Shunday ekan OTMlarida kredit-modul tizimini joriy qilish va uni rivojlanishi OTMlarida yetishib chiqayotgan yosh kadrlarni o'z mutaxassisliklari bo'yicha yetuk kadr bo'lishi, ishga joylashishida, professor o'qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga, OTMlarida o'quv-moddiy bazani rivojlantirishga, akademik mustaqilligini ta'minlashga, OTMlarida talaba, professor-o'qituvchilarni o'zaro almashishda (chet el OTMlari bo'ycha ham) qulayliklar tug'diradi, O'zbekiston Respublikasini Bolonya jarayonlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishida va boshqalarni amalga oshirishda katta yordam beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", farmoni 1-ilovasi, 2-bandi.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.
4. Axmedova S. R. Masofaviy ta'lim va uning horijiy tillarni o'qitishdagi o'rni //Science and Education. - 2021.
5. N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva: "Pedagogik texnalogiya" Tafakkur Bo'stoni -2012. 117-b
6. Q.Mashrapovning "O'quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkillashtirish" to'g'risidagi magistrlik dissertatsiyasi 2021-y
7. Vohid O'rinov O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida ECTS Kredit-modul tizimi: Asosiy tushunchalar va qoidalar. Toshkent-2020.
8. Makhmutovna, T. K., & Ibragimovna, T. I. (2020). Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(6), 165-171.
9. Tuychieva, I. (2015). The concept of pedagogical innovation in modern education. The Advanced Science Journal, 87-90.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
10. Туйчиева, И. И. (2019). Вопросы обеспечения активизации мыслительной деятельности детей в процессе дошкольного образования. In PSYCHO-PEDAGOGICAL PROBLEMS OF A PERSONALITY AND SOCIAL INTERACTION (pp. 22-25).
11. Ganievich, K. I. (2021, December). SCIENTIFIC BASIS FOR THE USE OF THE CREDIT-MODULAR SYSTEM IN HIGHER EDUCATION. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (pp. 91-93).
12. Уринова, Н. М., & Абдуллаева, Х. (2022). ТЬЮТОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ, УНИНГ ТАРИХИЙ ВА ЗАМОНАВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(1), 387-395.
13. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.