INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ECTS KREDIT- MODUL: KADRLAR TAYYORLASHNING TAKOMILLASHGAN
TIZIMIDIR Madaminov Furqatjon Shuhratjon o'g'li
NAMDU Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7217320
Annotatsiya. Ushbu maqolada Oliy ta'lim tizimida yuqori saviyada o'qitishni ta'minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta'lim dasturlari asosida tayyorlashda ECTS kredit-modul tizimining afzalligi, talabalarning o'quv yuklamasi va ular jamg'arib boradigan kreditlar to'g'risida ma'lumot beriladi.
Kalit so'zlar: ECTSkredit -modul tizimi, shaxs, fan, milliy dastur, ta'lim, tajriba, o'quv yuklama, akademik soat, texnologiya, mustaqil izlanish.
КРЕДИТНЫЙ МОДУЛЬ ЕСTS: УСОВЕРШЕНСТВОВАННАЯ СИСТЕМА
ПОДГАТОВКИ КАДРОВ
Аннотатция. В данной статье будет представлена информация о преимуществах кредитно- модульной системы ECTS в обспечении высокого уровня подготовки в системе высшего образования и подготовке квалифицированных кадров по современным образовательным программам, учебной нагрузке студентов и накопляемых ими кредитах.
Ключевые слова: Система кредитный модуля ECTS, личность, предмет, национальная программа, образование, опыт, учебная нагрузка, академический час, технология, самостоятельное исследование
ECTS CREDIT MODULE: PERSONNEL TRAINING SYSTEM
Abstract. in this article,the advantages of ECTS credit- module system in ensuring high level of edugation in higher edugation system and training of qualifiyedpersonnel on the basis of modern educational burden of students and accumulative credits are given.
Keywords: ECTS credit module system, personalitiy, science, national program, education, experience, study load, academic, hours, technology, independent research.
KIRISH
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti bu - zamonaviy iqtisodiyot, fan-texnika va madaniyat, zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimida faoliyat olib borishga erishishdir. Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M rahnamoligida 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-s qarorga muvofiq yangi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ishlab chiqildi. Ushbu dastur uzluksiz ta'lim tizimining tuzulmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohatlarni amalga oshirishni ko'zda tutadi. Dastur Kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.[1] Yangi dastur eskisidan n imasi bilan farq qiladi degan savol tug'iladi?. Avvalgi o'quv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat bo'lib, o'qitish metodikasi yodlatishga yo'naltirilgan edi. Yangi Milliy o'quv dasturi mazmuni 50% nazariya 50% amaliyotdan iborat bo'ladi va o'quvchining mustaqil faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi. Fanlar soni va o'quv yuklamalari optimallashtirilib, o'quvchilar qiziqishiga ko'ra
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
fanlarni tanlab o'qish imkonini beruvchi variativ o'quv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi. Milliy o'quv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda o'qitiladi. Ya'ni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yo'naltirilgan tarzda kiritiladi[2] Yangi kadrlar tayyorlashning milliy modeli talablaridan kelib chiqib Oliy ta'lim tizimiga ham zamonaviy ta'lim shakllaridan biri bo'lgan ECTS kredit - modul tizimi joriy etildi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Kredit - modul tizimining imkoniyatlari va afzalliklarini bayon qilishdan avval uning asosiy tushunchalariga to'xtalib o'tish lozim:
- o'qitishning kredit- modul tizimi modulli o'qitish texnologiyalari va ECTS (inglizcha.Europen Transfer and Accumulation System- kursdan- kursga o'tish va ball to'plashning Evropa tizimi) sinov kreditlari birligida amalga oshiriladigan o'quv jarayonini tashkil etish modeli;
- ECTS (Evropen Credit Transfer System) - Evropaning 45 davlati tamonidan ishlab chiqilgan, tekshirilgan va takomillashtirilgan kreditlarni taqsimlashni Evropa tizimi;
- "kredit" tushunchasi o'zida kasbiy tayyorgarlik mazminida o'quv fanlari ulushini hisobga olish imkonini beruvchi miqdoriy tavsifini o'zida ifoda etadi. Kredit u yoki bu kursni yoki yahlitlikda ma'lum bir ta'lim dasturini o'zlashtirish uchun zarur o'quv yuklamasi va unga ajratilgan vaqtni aniqlash uchun zarur.
Sinov krediti - talabaning o'quv yuklamasini o'lchash birligi. U talabaning individual rejasida ko'zda tutilgan va tasdiqlangan barcha turdagi o'quv ishlarini hisobga oladi. Oliy ta'limga nisbatan qo'llanilganda "modul" deganda o'quv fanlari bo'yicha ta'lim dasturlarini mustaqil, mantiqiy tugallangan qismi nazarda tutiladi. Modul fannig ma'lum tugallangan qismi yoki yaxlitlikda fanning o'zi; Modul tuzilmasida majburiy tayanch component va variativ qism mavjud bo'ladi.[3]
TADQIQOT NATIJASI
Kredit- modul ta'lim jarayonini asosiy ishtrokchilari bo'lgan talabalar va o'qituvchilarni hamkorlikda faoliyat olib borish va mustaqil izlanishga yo'naltirilgan ta'lim shaklidir. Kredit-modul tizimining asosiy jihatlaridan biri talabalarning o'qish yuklamasi ular jamg'arib boradigan kreditlar birligi bilan o'lchanishidadir. Professor - o'qituvchilarning o'quv yuklamalarini kreditlarda o'lchash bu boradagi amaldagi tizimni ancha soddalashuviga ham xizmat qilishi mumkin. Bu amaliyot AQSH tajribasida o'z isbotini topgan, [4]
ECTS kredit-modul ta'limning belgilangan vazifalaridan biri yuqori saviyada o'qitishni ta'minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta'lim dasturlari asosida tayyorlashdan iborat.
Modul-kredit - har bir o'quv fani (moduli) ning talabalar tamonidan ma'lum miqdordagi kredit birliklari asosida o'zlashtirishini ta'minlovchi tizimdir. Kredit birliklarining soni talabalar tomonidan sarflanadigan mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. Talabaning mehnat sarfi- auditoriya mashg'ulotlari, mustaqil ishlar va o'quv rejasida ko'zda tutilgan boshqa faoliyatlarni o'z ichiga oladi [5]
ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 tani tashkil etadi. Bir o'quv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak, talaba o'qishi davomida har semestr 30 kredit to'plab borishi zarur. Bakalavr dasturi odatda 4 yil ekanligini hisobga olsak, talaba ushbu darajani qo'lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
kredit to'plashi kerak bo'ladi. Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak bo'lgan ma'lum miqdordagi o'qish yuklamasini va talaba buning natijasida muayyan o'qish natijalariga erishganligini bildiradi. Ya'ni, ECTS kredit-modul tizimi tarkibi ikki zaruriy elementdan iborat: a) o'qish yuklamalari va b) o'qish natijalari. Talaba shu elementlarni bajargandagina o'sha fan bo'yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo'lga kiritishi mumkin [6]
Kredit-modul tizimida o'qish yuklamasi
ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o'rtacha 25-30 akademik soatlik o'qish yuklamasiga teng. Ya'ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni qo'lga kiritishi uchun ma'lum miqdordagi o'qish yuklamasini ("learning workloads") bajarishi zarur. O'qish yuklamasi bu talaba muayyan o'qish natijalariga erishishga qaratilgan barcha tizimli o'qish mashqlari va harakatlarini bajarish uchun kerak bo'ladigan vaqtdir.Bu degani yuqorida 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o'qish yuklamasi bu talaba fanni o'rganish uchun sarflashi ko'zda tutilayotgan jami o'qish harakatlar jamlanmasidir. Unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni o'rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qo'yingki talaba ushbu fanni o'zlashtirish uchun barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi. 1 kredit o'qish yuklamasi 25-30 soat oralig'ida aynan necha soat bo'lishini odatda har bir OTM o'zining ichki qoidalarida belgilaydi va bu qoidalar OTM veb sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi. Agar fan 6 kreditli fan bo'lsa, talaba ushbu fan bo'yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo'lga kiritish uchun semestr davomida I50-180 soatlik o'qish yuklamasini bajarishi kerak bo'ladi (25*6=150; 30*6=I80). SHunday ekan kreditmodul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab turib, o'qishlari hali boshlanmasdanoq har bir fanni o'qish va o'rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligi haqida tushunchaga ega bo'lishlari mumkin. [7] Bu ham ta'limda shaffoflikning bir ko'rinishidir. Amaldagi oliy ta'lim tizimida esa talabalar odatda bunday ma'lumotga ega bo'lmaydi.
MUHOKAMA
ECTS kredit-modul tizimida talaba fanlar va modullar bo'yicha kreditlarni qo'lga kiritishi uchun o'qish yuklamalarini bajarishning o'zi kifoya qilmaydi. U tegishli miqdordagi o'qish yuklamalarini bajargandan so'ng ular asosida muayyan o'qish natijalarini ham ko'rsata olishi zarur. O'qish natijalari bu talaba 11 o'quv yuklamalarini bajarish natijasida o'rganishi, tushunishi va qila olishi kutilayotgan bilim va ko'nikma jamlanmasidir.[8] ECTS kredit-modul tizimida talabaning bilim olish vaqti tushunchasi dars vaqti tushunchasi bilan cheklanib qolmasdan, talaba o'qish uchun sarflagan umumiy vaqt bilan o'lchanadi. Unda yana bilimning manbai faqat o'qituvchi yoki auditoriya emasligiga ishora qilinadi. Qisqacha aytganda, kreditmodul tizimida o'qish vaqti tushunchasiga o'qituvchi nuqtai nazaridan emas balki talaba nuqtai nazaridan yondashiladi. Talaba o'qish yuklamasining bu tarzda taqsimlanishi ta'lim olish jarayonida mas'uliyatni ma'lum darajada o'z elkasiga olishi, fan bo'yicha darsda va darsdan tashqarida muntazam ravishda o'qib borishi kerakligini bildiradi. Eslatib o'tamiz, 1 soat auditoriya vaqti uchun talaba 1.5 soat uyda va kutubxonada o'qishi zarur. Lekin bu jarayon ko'p jihatdan o'qituvchining mas'uliyatiga ham bog'liq. Chunki talabalarni o'z vaqtlaridan samarali foydalanish uchun ularga darsdan tashqarida o'qish uchun qiziqarli materiallar berib borish o'qituvchining vazifasidir[9]. ECTS kredit texnologiyasiga o'tishning yana afzallik tamonlaridan biri talabalarga horijda o'qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart- sharoit yaratish, muayyan davlatdagi mavjud ta'lim olish muddatining horijiy davlatlarda tan olinishini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ta'minlash, Evropa oliy o'quv yurtlari o'quv rejalarini o'rganish va shu asosda o'quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qobiliyatini to'la rivojlantirish va o'qitishning yuqori natijalariga erishishga qaratilgandir[10]. XULOSA
Eng muhim tomoni o'quv mashg'ulotlari shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o'qib- o'rganishiga asoslanadi. Talaba o'quv dasturida o'zi o'rganishi va egalashi zarur bo'lgan bilim ko'nikma malakalrni oldindan anglagan xolda o'quv faoliyatiga kirishadi. Talaba nimani? nima uchun? qayerda? va qanday? o'rganishini o'zi tanlagan holda o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etadi. Hozirgi kunning eng dolrzarb masalasi bu jamiyat rivojlanishi uchun salohiyat mustaqil fikrlovchi zamonaviy fan texnika yutuqlaridan foydalanadigan kadrlarni tayorlashdir. Buning uchun OTM ham bu mezonlarga mos kadrlarni tayyorlash uchun OTM o'qituvchilari izlanuvchan nazariyani amalyot bilan bog'lay oladigan yosh kadrlarni tarbiyalay olishlari kerak.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 2020 yil 23 sentyabr O'RQ-637 sonli 1- bandi
2. Sattarov Sh. Yangi model eskisidan nimasi bilan farq qiladi- AOKA Press-xolida o'tgan brifing 2020 yil 13 noyabr
3. Xodjayev B. Kredit- modul tizimi imkoniyatlari va afzalliklari -maqola.
4. O'rinov V. Akimov A .O'zbekistonda kredit-modul tizimi. 2020-yil 12-iyul kuni "El-yurt Umidi" jamg'armasi va Respublika Oliy Ta'lim Kengashi bilan hamkorlikda qilgan videotaqdimot. https://www. youtube. com/watch?v= 2Ps84uPFxbA
5. Oliy ta'lim muassasalarining o'quv jarayonida ilg'or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi amaliyot va istiqbollar mavzusidagi ilmiy- amaliy konferensiya materiallari. -Toshkent, 2018- yil. - Bet. 228.
6. O'rinov V. Umarov A. https://kun.uz/news/2020/07/22/oliy-talimda-kredit-modul-kelayotgan-oquv-yilida talabalarni nima kutmoqda.
7. O'rinov V. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalarida ECTS kredit- modul tizimi asosiy tushuncha va qoidalar. - Kanada, 2020-yil. - B 9.
8. .8. Jabborova A. Kredit- modul tizimida o'quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish-Prezentatsiya. http:// www. Crasmusplus. Uz.
9. 9.O'rinov V. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalarida ECTS kredit- modul tizimi asosiy tushuncha va qoidalar. - Kanada.2020-yil.- B.13.
10. Mustafaqulov Sh. Sultonov M. Kredit- modul tizimiga o'tish nima uchun kerak ? Maqsad, mohiyat va afzalliklari 2020-yil. https: // xc.uz.