Научная статья на тему 'ASQAR MAHKAM – IMON SHOIRI'

ASQAR MAHKAM – IMON SHOIRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
55
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Asqar Mahkam / „Tabriz daftari“ / „Vahdat kuyi“ / mehrob / valiy / imon / hilol / oy tushuncha va so’zlari / germenevtik tahlil / filologik va ilmiy tahlil / Askar Makhkam / “Tabriz Daftari” / “Vahdat Kuyi” / concepts and words of mihrab / vali / faith / crescent / moon / hermeneutic analysis / philological and scientific analysis

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Bazarova, Xolida Ergashevna

Maqolada o’zbek zamonaviy she’riatining taniqli vakili Asqar Mahkam ijodiga mansub „Tabriz daftari“, „Vahdat kuyi“ tarkibiga kiritilgan she’rlar mumtoz adabiyotga xos bo’lgan xususiyatlar an’anaviyligiga ko’ra tahlil qilindi. Tahlil markaziga she’rlarda qo’llangan hilol, oy, mehrob, valiy so’zlarining ma’no taraqqiyoti, shuningdek, „imon“ tushunchasining imom Buxoriy, Yassaviy, Navoiy ijodida ishlatilishi, bu tushunchaning Asqar Mahkam she’rlarida qo’llashdagi ahamiyati, an’anaviyligi, salaflarning falsafiy tamoyillariga hamohangligi haqida fikr yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASKAR MAHKAM THE POET OF FAITH

In the article, the poems ";Tabriz Daftari" and ";Vahdat Kuyi" belonging to the work of Askar Mahkam, a well-known representative of modern Uzbek poetry, were analyzed according to the traditional characteristics of classical literature. The center of analysis is the development of the meaning of the words hilal, moon, mihrab, vali, used in the poems, as well as the use of the concept of "faith" in the works of Imam Bukhari, Yassavi, Navoi, the importance of this concept in the use of Askar Mahkam's poems. thought about its traditionality, harmony with the philosophical principles of the predecessors.

Текст научной работы на тему «ASQAR MAHKAM – IMON SHOIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ASQAR MAHKAM - IMON SHOIRI

Bazarova Xolida Ergashevna

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, Navoiy davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi e-mail: bozorova70@outlook. com

ANNOTATSIYA

Maqolada o 'zbek zamonaviy she'riatining taniqli vakili Asqar Mahkam ijodiga mansub „Tabriz daftari", „Vahdat kuyi" tarkibiga kiritilgan she'rlar mumtoz adabiyotga xos bo'lgan xususiyatlar an'anaviyligiga ko'ra tahlil qilindi. Tahlil markaziga she'rlarda qo'llangan hilol, oy, mehrob, valiy so'zlarining ma'no taraqqiyoti, shuningdek, ,,imon " tushunchasining imom Buxoriy, Yassaviy, Navoiy ijodida ishlatilishi, bu tushunchaning Asqar Mahkam she'rlarida qo'llashdagi ahamiyati, an 'anaviyligi, salaflarning falsafiy tamoyillariga hamohangligi haqida fikr yuritildi.

Kalit so'zlar: Asqar Mahkam, „Tabriz daftari", „Vahdat kuyi"; mehrob, valiy, imon, hilol, oy tushuncha va so 'zlari; germenevtik tahlil, filologik va ilmiy tahlil

АННОТАЦИЯ

В статье проанализированы стихотворения «Тебриз дафтари» и «Вахдат куйи», принадлежащие творчеству Аскара Махкама, известного представителя современной узбекской поэзии, с точки зрения традиционных особенностей классической литературы. Центром анализа является развитие значения слов хилал, луна, михраб, вали, используемых в стихотворениях, а также использование понятия «вера» в произведениях имама Бухари, Яссави, Навои, Значение этой концепции в использовании стихов Аскара Махкама задумалось о ее традиционности, гармонии с философскими принципами предшественников.

Ключевые слова: Аскар Махкам, " Тебриз дафтари ", "Песня единства "; понятия и слова михраб, вали, вера, полумесяц, луна; герменевтический анализ, филологический и научный анализ

ABSTRACT

In the article, the poems "Tabriz Daftari" and "Vahdat Kuyi" belonging to the work of Askar Mahkam, a well-known representative of modern Uzbek poetry, were analyzed according to the traditional characteristics of classical literature. The

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

center of analysis is the development of the meaning of the words hilal, moon, mihrab, vali, used in the poems, as well as the use of the concept of "faith" in the works of Imam Bukhari, Yassavi, Navoi, the importance of this concept in the use of Askar Mahkam's poems. thought about its traditionality, harmony with the philosophical principles of the predecessors.

Key words: Askar Makhkam, "Tabriz Daftari", "Vahdat Kuyi"; concepts and words of mihrab, vali, faith, crescent, moon; hermeneutic analysis, philological and scientific analysis

Asqar Mahkam - zamonaviy o'zbek she'riyatining sarbast, oq she'r, barmoq va aruz vaznlarida erkin ijod qilgan shoirlardan. Uning ijodida mumtoz adabiyotga xos an'analarining ifodalanishi nuqtayi nazaridan olib borilayotgan mazkur tahlilga mumtoz nazmda yaratgan g'azal, ruboiy va masnaviylardan iborat "Tabriz daftari", „Vahdat kuyi" to'plamlariga kiritilgan 60ga yaqin ruboiy, o'ndan ortiq g'azal namunalari olindi. Mazkur she'rlar germenevtik (germenevtika murakkab va chalkash ma'noli matnlarni tushunish san'ati hamda uni ilmiy talqin qilish tamoyillaridir), formalistik metod (formalistik metodda badiiy asarning butun morfologiyasi, tarkibiy qismlari g'oyat sinchiklab o'rganiladi, matn puxta o'qib chiqiladi, lekin ilmiy tadqiq etishda shaklga bevosita daxldor bo'lmagan mavzu, mundarija, g'oya kabi jihatlarga e'tibor qaratilmaydi), madaniy-tarixiy yondashuv (madaniy-tarixiy yondashuv san'at asarlariga muayyan jamiyat va millat hayotining turli tarixiy davrlarida turlicha namoyon bo'ladigan milliy „ruh"ning ifodasi sifatida yondashish kerakligii tamoyiliga asoslanadi) [Qozoqboy Yo'ldosh, Muhayyo Yo'ldosh, 2016-yil ; 229-,232,-234-betlar], shuningdek, ilmiy va filologik nuqtayi nazaridan tahlili qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shoirning zamonaviy she'rlarida islomiy atama va so'zlar o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llanadi. Asqar Mahkam payg'ambar, hijob, namoz, imon, muslim, muslima, hilol, oy, mehrob, valiy kabi islomiy atamalardan o'rni bilan o'z va ko'chma ma'noni hosil qila olgan.

Qancha buyuk mehrob yiqildi,

Ne valiylar yitdilar abas...

Qubbalarda hilollar sindi,

Ey oy, seni sindirib bo'lmas [ Asqar Mahkam, 2021-yil; 254-bet], -deb yozadi shoir bir she'rida. Mehrob so'zi zamirida buzib tashlangan, xarobaga aylantirilgan masjid-u xonaqohlar, valiylar so'zi zamirida Attor, Kubro, Buxoriy singari sohibi

KIRISH

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

donishmandlar, hilollar va oy so'zi zamirida azaliy e'tiqod -islom nazarda tutilganini sezish qiyinmas. O'ziga xos tanosib tasvir vositasi yordamida shoirning xalqimiz o'tmishiga bir nazari ifodasi bu! So'nggi misra - "Ey oy, seni sindirib bo'lmas" jumlasi minglab qalblarda aks -sado beruvchi shoir qalbidan otilib chiqqan e'tiroz -hukm, aslida. Shoir mahorati shundaki, "mehrob-valiy-hilol-oy" so'zlari bilan tanosub badiiy tasvir vositasi, "Ey oy" undalmasi bilan nido, "Oy" so'zida nozik o'xshatish-istiora tasvir vositasini qo'llash bilan birga jamiyatga bo'lgan o'z munosabatini munosib tarzda juda oddiy, sodda, ammo qat'iy satrlarda ifodalay olganidadir. Taniqli olim H.S. Karomatov o'zining "O'zbek adabiyotida Qur'on mavzulari"[Karomatov H.S. shifr: Dis 1038/T. 1993-yil] dissertatsiya ishida shunday yozadi: "She'riyatda eng muhimi- yangi she'riy mavzu topish emas, chunki bunga arab ham, o'zga yurtlik ham qodir. Ushbu mavzuning qay tariqa ifodalangani muhimdir. So'zning naqadar kuchli, sof, go'zal va mutaassirligi muhimdir" Asqar Mahkam san'atkorligining bosh tamoyili ham o'ta o'tkir ifoda va mushhohadalarni juda oddiy va ta'sirchan so'zlar bilan qo'llay olishidadir. Bizni ham aynan ijodkorning mumtoz adabiyotga xos an'ana va sifatlardan o'z ijodida qay darajada foydalangani, qo'llashdagi mahorati qiziqtiradi. Bu jihatda shoir falsafiy olamining teranligi, so'z qo'llashdagi ustaligi, qadim navolar, ma'naviyatimizning buyuk daholari-donishmand sarchashmalari ijodidan bahramandligi ahamiyatli.

Asqar Mahkamning she'riyatida mumtoz she'riyatga xos an'analarning ifodalanishi, avvalo, uning mumtoz janrlarda yaratgan she'rlarida, aruz vazniga murojaatida, qolaversa, ko'hna nazmning asosiy tasvir obyekti - Ollohga bo'lgan ishq, Yaratganning tajallisiga erishish, buning uchun poklanish, poklanishda o 'zlikni saqlash, nafsni yenggish, haromdan hazar kabi sifatlarga ega bo'lib, komillikka erishish g'oyasi, shuningdek, zamonaviy she'r janrlarida ham mumtoz she'riyatga xos so'z, tushuncha va atamalar, obrazlarni tasvirlash, barkamollik tamoyilini yuksaltirish, bunga putur yetkazuvchi unsurlarni ko'rsatish, uni qoralash singari motivlar ustuvor. Ana shu sifatlar mujassam shoir o'z she'rlarida maqsadga muvofiq ravishda islomga xos bir qator so'z va istilohlarni qo'llaydi.

"Imon" tushunchasi shoir ijodining ustuni sifatida bo'y ko'rsatib turadi. Zero, bu so'z musulmon olamining asosi hamdir. Muqaddas manba bo'lmish Imom al-Buxoriyning "Al- jomi' as-sahih" kitobining birinchi bobi "Iymon kitobi"da shunday qayd bor: "Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar: "Islom 5 dalil asosiga qurilgan. (Islomdan murod iymon demakdir). Iymon so'zda ham, amalda ham bo'lmog' i kerak" [ Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy , 1991; 6-bet] . Mazkur kitobning 43 bobida iymon tushunchasi va shartlari izohlanadi, usiz kishi

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

shariatning barcha shartlarini bajarganida ham musulmon sanalmasligi (!) qayd etiladi.

Tasavvuf ta'limotining buyuk vakili Ahmad Yassaviy: Imonimga changal urib qildi g'amnok, Piri mug'on hozir bo'l deb sochdi taryok. Shayton lain mendan qochib, ketdi bebok,

Bihamdilloh, nuri imon etdim mano [ Ahmad Yassaviy, 1990; 44], -satrlarida insonda mukammal bo'lganida shaytoni la'in hamlasidan ozod bo'lishini ta'kidlaydi. Islomiy madaniyatning bosh tamoyili imonga asoslangani sabab barcha davr she'riyatida bu tushuncha asosiy atama sifatida talqin qilinadi. Xususan, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy "Xamsa" asarining birinchi kitobi "Hayrat ul-abror"da:

Kimki jahon sahnida inson erur,

Bilki nishoni anga iymon erur [ Alisher Navoiy, 2020; 105], - misralarini bitadi. Navoiy hazratlari imon bobida juda qattiq o'gitlar beradi, imon va imonsizlik masalasini:

Sen dog'i inson muni qilsang gumon,

Bilki hamon sensen-u hayvon hamon[ Alisher Navoiy, 2020;115], -deya dashnom beradi. Ko'rinadiki, buyuk donishmand ham insonlikning bosh shartini imon mavjudligida ekanini ta'kidlaydi. Va bu muqaddas e'tiqod asoslariga hamohang dastur edi.

Asqar Mahkam nazmida ham imonga munosabat qabariq satrlarda ko'rinib turadi. Shoirning bu mavzuda bir qancha ruboiy va zamonaviy nazmda yaratgan she'rlari mavjud. U ushbu buyuk dasturga asoslanib, iymon islomiy tushunchasiga yuksak baho beradi, uni nurga qiyoslaydi, nurni ko'ra olmaganga ko'rdir, deya ochiqdan ochiq tanbeh beradi, iymondan begonalarni esa insonlik sha'niga nomunosib deb biladi:

Imonni nur derlar, nurdir, nurdir u, Bu nurni ko'rmagan ko'rdir, ko'rdir u... Bu nurni ko'rmagan odammi, ajab,

Ehtimol, yo'qdir u, yo'qdir, yo'qdir u. [Asqar Mahkam, 2021-yil] Darhaqiqat, shoir imon masalasiga chuqur to'xtaladi. Imon orqaligina kishining basirat ko'zi ochilishidan umidlanadi. Ana shu ruhiyat shoirning juda ko'plab she'rlariga ham go'yo nur berib turadi: Dedim-Iymon nedir? -Ul Oliy Nurdir. Dedim-Kimlar ko'rmas

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

-Kimki so'qirdir.[ Asqar Mahkam, 2021-yil ;110]

Insonning boshiga hayoti davomida juda ko'plab savdolar tushadi: gohida shodlik, gohida g'am chekib yashaydi u. Zalolat, xiyonat, xudbinlik, yovuzlik hukmron jamiyatda omon yashashning birgina davosi bor:

Iymoni salomat,

Shundan ko'ngli to'q.[ Asqar Mahkam, 2021;157]

Yoki boshqa bir she'rida shoir shunday yozadi:

Iymonning kiftida turar osmonlar,

Iymonsiz kimsaning qoshiga kelmang.

Bunday qavmning qo'liga , ey musulmonlar,

Qur'on ham bermangiz, qilich ham bermang [ Asqar Mahkam, 2021; 78-bet].

She'rlar ta'sirchanligini oshirgan jihat bir tomondan ijodkorning hayot haqidagi falsafiy qarashlarining teranligi, dadilligi, mumtoz adabiyot sarchashmalari, muqaddas manbalardan to'la bahramandligi, shuningdek, sohir qalb sohibining o'zi "she'riga o'xshamagan shoir shoir emas" tarzida ta'kidiga, avvalo, o'zi ham munosibligi, ya'ni she'rlarining ham o'ziga o'xshashligi bilan birga, satrlarda o'ta mohirona qo'llangan takrir (nurdir, ko'rdir, yo'qdir yoki "Bu nurni ko'rmagan"), tanosub (imon-nur-odam), ta'did (nurdir-ko'rdir-yo'qdir); ikkinchi ruboiyda tanosub (1. Iymon-kimsa- qavm- musulmon; 2. Iymon-osmon-musulmon-Qur'on- qilich), tazod (imonsiz kimsa-musulmon), talmih (Qur'on), nido (ey musulmonlar undalmasi) kabi badiiy tasvir vositalarining o'rni-da beqiyos.

Asqar Mahkam - orif, rostgo'y, toza imon shoiri. Asqar Mahkam Hofiz Sheroziy, Umar Xayyom, Mansur Xalloj, Shams Tabriziy, Rumiy, Jomiy, Navoiy, Bobur va Mashrab kabi buyuk daholardan quvvat oldi, ular qoldirgan buyuk merosdan bahramand bo'ldi. Asqar Mahkam o'z piri komillari-salaflaridan so'zni meros oldi. U shu merosga sodiq qoldi, chin vorislik rutbasini-da sadoqat bilan uddaladi. Alal -oqibat, Asqar Mahkam nomi bilan o'zbek she'riyatiga toza imon kirib keldi. Shoir shaxsiyati uning barcha she'rlarida o'z "men"ligini ko'rsatib turibdi. Ijodkor qalamiga mansub har bir satr, har bir so'zda uning nafasini, qarashini, orifning imonini, san'atkorning mahoratini, ustozning o'tkir va sinchkov nigohini tuyasan kishi. Asqar Mahkamning ruboiy, masnaviy, g'azallari garchi yaratilgan davr nuqtayi nazaridan farq qilsa-da, shakl va mazmuni, ma'no va mohiyatiga ko'ra mumtoz nazmga hamohang. Tasvirning originalligi, uslubning ravonligi, she'rlarning poetik xususiyati, ifodaning aniq va ravonligi Tabriziy, Rumiy, Xayyom, Navoiy, Bobur, Mashrab ohanglariga jo'r.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1. Asqar Mahkam. (2021). Vahdat kuyi. She'rlar, g'azallar, ruboiylar, adabiy o'ylar.- Toshkent:. Nurafshon business, 254-bet

2. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy . (1991). Al-jomi' as-sahih (1-jild). Arabchadan Zokirjon Ismol tarjimasi Qomuslar. Bosh tahririyati. T.

3. Ahmad Yassaviy. ( 1990). Hikmatlar. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent:. 44-bet

4. Alisher Navoiy . (2020). Hayrat ul-abror. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 105-bet

5. Asqar Mahkam. (2004). Tabriz daftari. "Al-Hudo" xalqaro nash./"Minhoj" , T.:33-bet

6. Najmiddin Komilov, (1996). Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. T.:-"Yozuvchi" nashriyoti.

7. Manzar Abulxayr, (2018). Navoiy asarlarining izohli lug'ati. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. T:. -yil, 195-bet

8. H.S. Karomatov, (1993). "O'zbek adabiyotida Qur'on mavzulari" [Karomatov H.S. shifr: Dis 1038/T. 1993-yil] dissertatsiya

9. Qozoqboy Yo'ldosh, Muhayyo Yo'ldosh.( 2016-yil). Badiiy tahlil asoslari. Toshkent. 229-,232-,233-betlar

10. Xayyom Umar. Ruboiylar. (1981). www.ziyouz.com kutubxonasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.