Научная статья на тему 'ASALARICHILKDA SANOAT ASOSIDA CHATISHTIRISH YO‘LLARI'

ASALARICHILKDA SANOAT ASOSIDA CHATISHTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Karpat ona asalari / Karnika zoti / chatishtirish / genetik / zot / mahsuldorlik / geterozis / genetik / avlod / sxema / erkak asalari / ona asalari / mahalliy zot / sifatsiz.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Jamolov Rapiqjon Qo‘Shmatovich, Sobirova Sevaraxon

Ushbu maqolada asalari zotlarini chatishtirish uchun quyidagi sxemadan foydalanish samarali bo‘lishi uchun, mahalliy sharoitlarga moslashgan oilalarga, urug‘lanmagan Karpat yoki Karnika asalari zotining ona asalarisi yoki ularning yetilgan onadonlari olib kelinib, ona asalarini asalarizordagi hamma oilalarda yetishtirish lozim. Berilgan toza zotli ona asalari maxalliy erkak asalarilar bilan chatishtiriladi va undan chatishtirilgan asalarilarni birinchi avlodi chiqadi. Chatishtirilgan ona asalaridan chiqqan erkak asalarilar toza zotli bo‘lib, u o’z genetik kelib chiqishida urug‘ini faqat ona tomondan olishi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARICHILKDA SANOAT ASOSIDA CHATISHTIRISH YO‘LLARI»

ASALARICHILKDA SANOAT ASOSIDA CHATISHTIRISH YO'LLARI.

Jamolov Rapiqjon Qo'shmatovich, 2Sobirova Sevaraxon

1Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi

2Farg'ona davlat universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11205517

Annotatsiya. Ushbu maqolada asalari zotlarini chatishtirish uchun quyidagi sxemadan foydalanish samarali bo'lishi uchun, mahalliy sharoitlarga moslashgan oilalarga, urug 'lanmagan Karpat yoki Karnika asalari zotining ona asalarisi yoki ularningyetilgan onadonlari olib kelinib, ona asalarini asalarizordagi hamma oilalarda yetishtirish lozim. Berilgan toza zotli ona asalari maxalliy erkak asalarilar bilan chatishtiriladi va undan chatishtirilgan asalarilarni birinchi avlodi chiqadi. Chatishtirilgan ona asalaridan chiqqan erkak asalarilar toza zotli bo 'lib, u o'z genetik kelib chiqishida urug 'ini faqat ona tomondan olishi to'g 'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Karpat ona asalari, Karnika zoti, chatishtirish, genetik, zot, mahsuldorlik, geterozis, genetik, avlod, sxema, erkak asalari, ona asalari, mahalliy zot, sifatsiz.

Abstract. In this article, in order to effectively use the following scheme for breeding breeds in the climatic conditions of Uzbekistan, it is necessary to bring unfertilized Carpathian or Carnica bee queens or their mature queens to families adapted to local conditions, and breed queen bees in all families in the apiary.. A given purebred queen bee is mated with local male bees to produce the first generation of outbred bees. Male bees from cross-breeding queen bees are purebred, and it is reported that in its genetic origin, it receives its seeds only from the mother's side.

Keywords: Carpathian queen bee, Carnica breed, crossbreeding, genetic, breed, productivity, heterosis, genetic, generation, scheme, male bee, queen bee, local breed, poor quality.

Аннотация. В данной статье для эффективного использования следующей схемы разведения пород в климатических условиях Узбекистана необходимо завести неоплодотворенные карпатские или карнические пчелиные матки или их половозрелые матки в семьи, адаптированные к местным условиям, и разводить пчелиных маток. во всех семьях на пасеке. Данную чистокровную пчелиную матку спаривают с местными пчелами-самцами, чтобы произвести первое поколение беспородных пчел. Пчелиные самцы от скрещивания пчелиных маток являются чистопородными, и сообщается, что по своему генетическому происхождению они получают семена только со стороны матери.

Ключевые слова: Карпатская пчелиная матка, порода Карника, скрещивание, генетическая, порода, продуктивность, гетерозис, генетическая, генерация, схема, самец, пчелиная матка, местная порода, низкое качество.

Kirish: Asalarichilikda asalari zotlarini rag'batlantirish rejasi asosida zotlararo chatishtirishning birinchi bo'g'inidagi geterozisdan_amalda foydalanish maqsadida ularni ayrim viloyatlarda joriy qilish tavsiya etiladi.

Geterozis bu turli zot va liniyalari har xil bo'lgan asalarilarni bir-biri bilan chatishtirib, olingan gibridlar (duragaylar)ning kuchli rivojlanishi va mahsuldorlik ko'rsatkichlarining va yashovchanlik xususiyatlarining yuqori bo'lishidir. Geterozis hodisasi birinchi bo'g'in chatishtirishda dastlabki olingan formalarga nisbatan mahsuldor, serpusht va yashash qobiliyatlarining kuchli bo'lishidir. Ikkinchi bo'g'inda o'tganda bu belgilar birinchi bo'g'inda nisbatan ancha sustlashadi, uchinchi bo'g'inda esa ular dastlabki olingan zotlardan farq qilmaydi yoki undan ham past bo'ladi.

Chatishtirishning samaradorligi ma'lum darajada dastlabki olingan ona va erkak asalarilar ustida olib borilgan selektsiya ishlariga va keyinchalik duragay asalarilar rivojlanadigan sharoitga bog'liq bo'ladi.

Asalarichilikda chatishtirishning qanday usullari bo'lmasin, ikkinchi va uchinchi bo'g'in duragaylaridan nasl olmaslik kerak. Hozirgi vaqtda ba'zi bir yirik asalarichilik xo'jaliklarida birinchi bo'g'inli xo'jaliklarida birinchi bo'g'in asalari oilasi beradigan ona asalarilar etishtiriladi, lekin bu tadbir ko'pincha asalarizorning o'zida tashkil qilinishi lozim.

Asalarichilikda birinchi bo'g'in duragaylarini olish uchun asalarichilik xo'jaliklariga kerakli miqdorda chatishtirish uchun belgilangan zotning urug'lanmagan ona asalarisi yoki shu zotning urug'langan ona asalarisini olib kelib, ulardan shu xo'jalikni o'zida urug'lanmagan ona asalari etishtiriladi va shu xo'jalikdagi mahalliy zotdagi erkak asalari bilan chatishtiriladi.

Shu uslubda ish bajarilganda asalarizordagi hamma asalari oilalarida keltirilgan zot asalarisining birinchi bo'g'in duragay asalari va erkak asalarisi beradigan ona asalari paydo bo'ladi. Bunday usulda olingan birinchi bo'g'in duragaylarini o'zgaruvchan chatishtirish asosida olib borilsa, ulardan hamisha toza zotli erkak asalarilar etishib chiqadi. Chunki ular urug'lanmagan tuxumdan rivojlanadi.

Ikki yildan keyin ona asalari eskirganda boshqa asalarizordan yuqori mahsuldor sof zotli mahalliy asalarilar oilasi keltiriladi va ulardan ona asalari etishtirish uchun birinchi bo'g'in duragay urug'lanmagan ona asalarilar etishtiriladi. Bu ona asalarilar oldingi yili chatishtirilgan duragay oiladan keltirilgan zotning erkak asalarisi bilan juftlashib, birinchi bo'g'in duragay zot beradi. Bu bevosita to'g'ridan-to'g'ri chatishtirishdan emas, balki teskari chatishtirishdan olinadi. Shu tarzda yana ikki yildan keyin mahalliy zot ona asalarilar, keltirilgan zotning ona asalarilari bilan almashtiriladi va dastlabki olingan duragay oila asalari olinadi.

Tadqiqot metodologiyasi: Asalarichilikda sanoat asosida chatishtirishda dastlabki ishtirok etgan ikkalla zotlarning ko'pgina foydali qimmatli xususiyatlarini, ya'ni Kavkaz tog' kulrang asalari zotining juda tinchliksevarligi va yuqori mahsuldorligi yoki O'rta rus asalarining sovuqqa va nozematoz kasalligiga chidamliligi kabi sifatli beligilarini yangi olinadigan duragay oilalarga saqlab qolish imkonini beradi. Lekin tartibsiz chatishtirishlar o'tkazmasdan bu usulni rejaga muvofiq o'tkazish, ikkinchi va uchinchi bo'g'in duragaylarining olinishiga aslo yo'l qo'ymaslik lozim. Bu boradagi ishlar ya'ni sanoat asosida chatishtirish ishlari birinchi navbatda ixtisoslashtirilgan naslchilik xo'jaliklarida va yirik asalarichilik fermer xo'jaliklarida joriy qilinishi lozim. Asalarichilikda toza zotli asalarilarni ko'paytirishdan tashqari, asalari oilasi mahsuldorligini oshirishda asalarilarni duragaylashtirish ham katta ahamiyatga ega.

Chatishtirish va getrozisning samaradorligini oshirishda toza zotli ona va erkak asalarilarning roli muhim. Shuning uchun ham sanoat asosida asalarilarni chatishtirishda toza zotli asalarilar katta ahamiyatga ega. Asalari oilasi qanchaa toza bo'lsa, ulardan chiqarilgan ona va erkak asalarilarning birinchi avlodi ham shuncha sifatli va ko'p asal mahsuloti yig'adigan bo'ladi.

Asalarichilikda sanoat asosida chatishtirish bobida aytilgan zotlar o'zaro chatishtirilsa, bunda zotlararo duragaylash bo'lib hisoblanadi va ulardan tashkil bo'lgan birinchi bo'g'in avlodi qanchaalik mahsuldor bo'lsa, bir zot ichidagi liniyalarni o'zaro chatishtirish ham katta ahamiyatga ega va ular oila mahsuldorligini 20-25 % gacha oshiriladi.

Liniyalararo duragaylashda asosan bir zot ichidagi tashkil topgan liniyalarni sof nasl olish uchun yaqin qon - qarindosh asalarilarni inbred_usulida va bir xil zot ichida karindosh bulmagan asalarilarni juftlashtirib autobred usulida duragaylashtiradilar. Masalan, bir xil liniyalardagi ona asalarilar sun'iy ravishda, shu liniyaga mansub erkak ari asalarilari spermasi bilan

urug'lantirilganda birinchi, ikkinchi va uchinchi bo'g'inga mansub inbred duragaylar olish mumkin.

Ammo bunda yaqin qarindoshi bilan chatishganligi uchun ular kam mahsulli bo'lishi, ona asalari vazni ozayishi va xayotchanligi pasayishi mumkin, lekin ana shu inbred duragaylarning birida ona asalari bilan boshqa inbred duragaylarning erkak asalarilari etishtirilganda geterazisning samaradorligi yaqqol ko'zga tashlanadi va mahsuldorligi oshadi.

Tadqiqot natijalari: Chatishtirishda asalari zotlaridan foydalanish, ishlab-chiqarishga mo'ljallangan asalarizorlarda toza zotdan ko'ra chatishtirilgan asalarilardan foydalangan ma'qul. Agar zotlarni to'g'ri tanlagan bo'lsak, undan chatishtirilgan asalari oilasi o'zining mahsuldorligi va har xil sharoitga 20-30 % gacha bardosh berishi bilan ajralib turadi, bu geterozis paydo bo'lishi oqibatidadir. Geterozis birinchi avlodda ko'zga yaqqol tashlanadi, keyingi avlodlarga esa tez so'nib boradi.

O'zbekiston sharoitida zotlarni chatishtirish uchun quyidagi sxemadan foydalaniladi. Mahalliy sharoitlarga moslashgan oilalarga, urug'lanmagan Karpat yoki kulrang Kavkaz tog' asalari zotining ona asalarisi yoki ularning etilgan onadonlari olib kelinadi. Bu paytda asalarizorda ona asalarini hamma oilalarda etishtirish lozim. Berilgan toza zotli ona asalari maxalliy erkak asalarilar bilan chatishtiriladi va undan chatishtirilgan asalarilarni birinchi avlodi chiqadi. Chatishtirilgan ona asalaridan chiqqan erkak asalarilar toza zotli bo'ladi, chunki u o'z genetik kelib chiqishida urug'ini faqat ona tomondan oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, kelgusi yilda barcha erkak asalarilar ona asalari zotiga tegishli toza zot bo'ladi.

Keyingi yilda bahor oylarida sotib yuborilgan asalari paketlari o'rniga yoki ona asalarilar almashtirilayotgan vaqtda oilalarga mahalliy zotning yoki ona asalarining boshqa toza zotlarining urug'lanmagan ona asalarisi olib kelinadi. Ular shu asalarizordagi toza zotli erkak asalarilar bilan urchib, yana chatishtirilgan asalarilarni birinchi avlodi bo'ladi. Uchinchi yilida oilaga mahalliy zotning ona asalarisi olib kelinadi va yana chatishtirilgan asalarining birinchi avlodi olinadi.

Ishni shunday olib borish natijasida asalarizorda asalari oilalarida har doim chatishtirilgan asalarilarning birinchi avlodini ushlab turish mumkin bo'ladi.

Asalari oilasini, ona va erkak asalarilarni saralash va sifatsizlarini yo'q qilib yuborish.

Asalarichilikda ham huddi chorvachilikning boshqa sohalaridagidek kuchli asalari oilalarini tashkil etib, yangi eng yaxshi mahsuldor zotlarni ko'paytirishdan iboratdir. Lekin shu bilan birga asalarizorda eng yomon sifatsiz, kasal, kam mahsulli, kam kuch asalari oilalarini yaroqsizga chiqarib turish ham lozim.

Asalarichilikda sifatsiz ona asalari va oilalarini boshqa kuchli, soglom, zotdor asalari oilalariga qo'shib yuborish yo'li bilan almashtiradilar.

Asalarichilikda ona asalarilarni sifatsizga chiqarish va almashtirish quyidagilarga asoslanadi:

1) Asalari oilasidagi ona asalarining yoshiga qaramasdan kam mahsullarni almashtirish;

2) Asalari oilasidagi ikki yil va undan ortiq yashagan eski ona asalarilarni;

3) Asalari oilasida qishlovdan yomon chiqqan ona asalarilarni;

4) Kasallangan yoki havfli asalari oilasidagi ona asalarilarni.

Yaroqsizga chiqarilayotgan asalari oilasi va ona asalarilarning ro'yxati. Oilaning kelib-chiqishi, mahsuldorligi va qishlov natijalariga asosan o'tgan yilgi o'tkazilgan kuzgi taftish natijalariga qarab tuziladi va bu ro'yxat kelgusi yil bahor va yoz oylarida ona asalarining kammahsulligi sabab yana to'ldirilishi va o'zgartirilishi mumkin.

Asalarizorda zahirada muvaqqat asalari shaxobchalari yoki nukleuslarga urug'langan ona asalari bo'lsa ana shunda nuqsonli va kammahsulli ona asalarilarni zudlik bilan almashtirish mumkin.

Asalarichilikda asalari oilalarini ikki asosiy sharoitga ko'ra to'liq yaroqsizga chiqarish mumkin.

1) Kamkuch yoki kasallik belgilari nomoyon bo'lgan asalari oilalarini 2-3 tasini birlashtirish yo'li bilan, buning uchun 20-25 kun oldin asalari oilalaridagi ona asalarilar qafaschaga olinib, uyaning o'rtasiga romlar oralig'ida qo'yiladi. Birlashtirilgandan so'ng, eng yaxshi ona asalarini o'zaro tanlab oladi. Asalli romlar ortib qolgan taqdirda, ularning asali toza qilib asal tortgich asbobi bilan olinadi.

2) Sog'lom ammo kammahsulli asalari oilalari esa asosiy asal yig'ini boshlanishi arafasida ona asalarisi olinib boshqa o'rtacha kuchga ega bo'lgan ona asalarisi sermahsul bo'lgan asalari oilalari qo'shib yuboriladi.

Asalarida yaqin avlodi bilan juftlashishining oldini olish. Har bir asalarichi o'z asalarizorida asalari oilasini mahsuldorligi, ularning xayotchanligini oshirishni tarafdori, chunki u yaxshi niyatlar bilan asalari oilasidan ko'plab asal va mum mahsuloti olishga qiziqadi.

Asalarizorda asalarini yaqin avlodi bilan juftlashishini oldini olish har 2-3 yilda asalarizorda boshqa asalarizordan begona zotga mansub bo'lgan yuqori mahsulli asalari oilalaridan, ona asalari va asalari paketilaridan keltirib turish maqsadga muvofiqdir. Ayrim joylarda bitta xo'jalik ichida ilg'or asalarichilar o'zaro 5-6 tagacha yaxshi sifatli mahsuldor asalari oilalaridan almashtirib turadilar. Bu usul bilan asalarizorda asalari nasli ancha yaxshilanadi.

Asalari oilalarini almashtirish davrida ana shu oilalar uchun barcha ma'lumotlar olinishi, utgan yildagi ya'ni ona asalarini kelib chiqishi, oila mahsuldorligi, qishlovga, kasalliklarga chidamliligi kabi ma'lumotlarni bilib olishi zarur. Ana shu oilalardan esa yangi ona asalari etishtirib, ularni asalarizordagi erkak asalarilar bilan chatishtiradilar, natijada yangi ona asalari-qizi paydo bo'ladi, bunday oilalar o'zini mahsuldorligi, qishlovga va kasalliklarga chidamliligi bilan keskin farq qiladi.

Xulosa: Avlodiga e'tibor berib ona asalarini tanlash. Asalarichilikda ona asalarini avlodiga e'tibor berib, yakka alohida holda tanlash ishlari maxsus ixtisoslashgan asalarichilik xo'jaliklarida yoki yirik asalarichilik fermer xo'jaliklarida olib boriladi. Buning uchun huddi oilaviy tanlash singari, asalari oilalarini barcha foydali xo'jalik belgilariga asosiy ko'rsatgich bo'lib hisoblangan, uning asal mahsuldorligiga qarab tanlanadi.

Tanlab olingan ana shunday sermahsul, eng yuqori natijaga ega bo'lgan, o'zining xususiyatlari jihatdan boshqalardan o'zgan oilalarni rekordchi asalari oilalari deb yuritiladi. Bunday asalari oilalari juda naslli bo'lib, ular o'zlarining avlodlariga eng yaxshi sifat belgilarini o'tkazadi. Shuning uchun ham asalarichilikda ona asalarini avlodiga qarab yakka holda tanlashning asosiy vazifalari eng yuqori sermahsul asalari oilalarini yaratishdan iborat. Ona asalarini avlodiga qarab alohida tanlash davrida va eng yaxshi xususiyatlarga, mahsuldorligiga va foydali xo'jalik belgilariga ega bo'lgan va shu hududga tumanlashtirilgan 4-5 ta asalari oilalar tanlab olinadi. Ana shu tanlangan asalari oilalarning har qaysisidan bir xil sharoitda 40-50 ta yangi ona asalari «Qizlari» yetishtiriladi. Bu yangi ona asalarilar maxsus ihota qilingan joylarda bir xil zotga mansub erkak asalarilar bilan chatishtiriladi. Urug'langan ona asalarilarni bir necha asalarizorga joylashtirilib, ular alohida ro'yxatga olinib sinov ishlari olib boriladi.

Bunday sinovdagi asalari oilalariga bir xillik mo'tadil sharoit, ya'ni oziqlantirish, oilani saqlash va qarovlar o'tkazish kabi sharoitlar yaratib beriladi, ularning mahsuldorligi va boshqa

foydali xo'jalik belgilari sinchiklab tekshirib boriladi. Ikkinchi yilning oxiriga borib, sinalayotgan oilalarning qishlovga chidamliligi va oilaning o'rtacha mahsuldorligi kabi ma'lumotlar olinadi. Sinalayotgan barcha asalari oilalarning foydali xo'jalik belgilari bir-biriga taqqoslab ko'rilganda, shular ichidan eng yaxshisi tanlab olinadi. Tanlangan asalari oilasi nasldor oila bo'lib, ular o'zlarinig foydali xo'jalik belgilarini o'zinig avlodiga beradigan bo'ladi. Ana shunday oilalarni kelajakda ko'paytrish uchun saqlab qolinadi va foydalaniladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yana rivojlantirish chora-tadbirlari to'risida"gi PQ-3327-sonli qarori.

2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney i kachestvo trutney. "Pchelovodstvo", 2015, №4, str. 24-26.

3. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., Xolmatova, M. A. (2022). Asalarilar oilasining yashash tarzi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 666671.

4. R.Jamolov., O.To'rayev, D.Xatamova. "Asalarichilik asoslari", Farg'ona "Classik", 2022.

5. Jamolov R., Boboyev B., O'ktamjonov S. Farg'ona vodiysida ona asalari yetishtirishning asalarichilikni rivojlantirishdagi va oila mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati Science and innovation.-2022.-T. 1.-№. d7.-c. 43-49.

6. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M.,Xolmatova, M. A. (2022). Asalarichilik va uning ahamiyati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 644-649.

7. R.Q.Jamolov, O.T.Avazxonova, M.D. Mirzobiddinova, A.N. Ergasheva. Asalarizorda asal tortish texnologiyasi. Science and innovation 2 (Special Issue 6), 964-967 b.

8. R.Jamolov. O'zbekistonda asalari zotlarini tanlash va parvarishlanayotgan asalarilar irqlari tarkibi. (Science and innovation 2 (Special Issue 8), 630-634 b)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.