Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ASALARI ZOTLARINI TANLASH VA PARVARISHLANAYOTGAN ASALARILAR IRQLARI TARKIBI'

O‘ZBEKISTONDA ASALARI ZOTLARINI TANLASH VA PARVARISHLANAYOTGAN ASALARILAR IRQLARI TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
155
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
banitrofka / asalari irqqi / zotlar / mahsuldor / zot yadrosi / nasl yadrosi / populyasiya / dasht / tog‘ / cho‘l / urug‘langan / ona ari / eksteryer / anatomic / morfologik

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Jamolov R. Q.

Maqolada O‘zbekiston hududlarida ko‘p asal beradigan mahalliy asalarilar bilan birga asosan O‘rta rus, Karpat, Italiya, Karnika, Bakfast zotli asalarilar keng tarqalganligi. Sohada mahsuldor asalari oilalarini tanlab olish ishlari asosan kuz faslida bajarilishi va asalarilar zotini yaxshilash uchun banitofka ko‘rsatkichlari 1-va 2-sinf talablariga to‘liq javob beradigan yuqori mahsuldor zotli asalari oilalaridan tanlanishi, agarda bunday sinfdagi asalari oilalari bo‘lmasa. u holda nasl guruhlariga 3-sinfning yahshi oilalaridan foydalansa mumkinligi. Naslchilik ishini olib borish uchun arihonadagi mavjud bo‘lgan 20-30% umumiy asalari oilalari, mahsulot beradigan xo‘jalikdan asl zot yadroga (nasl yadrosi) arihonadagi arilarning 10-15% ti ajratilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ASALARI ZOTLARINI TANLASH VA PARVARISHLANAYOTGAN ASALARILAR IRQLARI TARKIBI»

O'ZBEKISTONDA ASALARI ZOTLARINI TANLASH VA PARVARISHLANAYOTGAN ASALARILAR IRQLARI TARKIBI

Jamolov R. Q.

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo. 8361957

Annotatsiya.Maqolada O 'zbekiston hududlarida ko'p asal beradigan mahalliy asalarilar bilan birga asosan O 'rta rus, Karpat, Italiya, Karnika, Bakfast zotli asalarilar keng tarqalganligi. Sohada mahsuldor asalari oilalarini tanlab olish ishlari asosan kuz faslida bajarilishi va asalarilar zotini yaxshilash uchun banitofka ko'rsatkichlari 1-va 2-sinf talablariga to'liq javob beradigan yuqori mahsuldor zotli asalari oilalaridan tanlanishi, agarda bunday sinfdagi asalari oilalari bo'lmasa. u holda nasl guruhlariga 3-sinfning yahshi oilalaridan foydalansa mumkinligi. Naslchilik ishini olib borish uchun arihonadagi mavjud bo'lgan 20-30% umumiy asalari oilalari, mahsulot beradigan xo'jalikdan asl zot yadroga (naslyadrosi) arihonadagi arilarning 10-15% ti ajratilishi to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: banitrofka, asalari irqqi, zotlar, mahsuldor, zot yadrosi, nasl yadrosi, populyasiya, dasht, tog', cho'l, urug'langan, ona ari, eksteryer, anatomic, morfologik.

Abstract. In the article, along with local bees that produce a lot of honey, mainly Central Russian, Carpathian, Italian, Carnica, Bakfast bees are widespread in Uzbekistan. The selection ofproductive bee families in the field is mainly carried out in the autumn season, and in order to improve the bee breed, they are selected from bee families of highly productive breeds that fully meet the requirements of the 1st and 2nd classes of beekeeping indicators, if there are no bee families of this class. then it is possible to use the good families of the 3rd class for the generation groups. In order to carry out breeding work, there is information about the separation of20-30% of the total bee families in the hive, 10-15% of the bees in the hive from the production farm to the original breeding nucleus (progeny nucleus).

Key words: banitrophka, bee race, breeds, productive, breed nucleus, offspring nucleus, population, steppe, mountain, desert, fertilized, mother bee, exterior, anatomical, morphological.

Annomau,^. Статье, наряду с местными пчелами, дающими много меда, в Узбекистане широко распространены преимущественно среднерусские, карпатские, итальянские, карнические, бакфастские пчелы. Отбор продуктивных пчелиных семей в полевых условиях проводится преимущественно в осенний сезон, а с целью улучшения породы пчел их отбирают из пчелиных семей высокопродуктивных пород, полностью отвечающих требованиям 1-го и 2-го классов пчеловодства. показателей, если пчелиных семей этого класса нет. тогда для групп поколений можно использовать хорошие семьи 3-го класса. Для проведения племенной работы имеются сведения об выделении 20-30% общего количества пчелиных семей в улье, 10-15% пчел в улье из производственного хозяйства в исходное племенное ядро (потомственное ядро).

Ключевые слова: банитрофка, род пчел, породы, продуктивный, породное ядро, приплодное ядро, популяция, степь, гора, пустыня, оплодотворенная, пчелиная мать, экстерьер, анатомический, морфологический.

Mavzuning dolzarbligi. Asalarichi likda asalari zotlarini tanlash ishlarini amalga oshirishda, asalari oilasi qanday maqsad uchun foydalanishligiga bog'liqdir. Agarda asalari

oilasini asal mahsuloti etishtirsh uchun tanlanadigan bo'lsa, u holda ko'p asal mahsuloti beradigan asalari zotlarini tanlab olish tavsiya etiladi.

Krish: Bugungi kunda O'zbekiston hududlarida ko'p asal beradigan mahalliy asalarilar bilan birga asosan O'rta rus, Karpat, Italiya, Karnika, Bakfast zotli asalarilar keng tarqalgan. Sohada yuqori mahsuldor asalari oilalarini tanlab olish ishlari asosan kuz faslida bajariladi. Asalarilar zotini yaxshilash uchun banitofka ko'rsatkichlari 1-va 2-sinf talablariga to'liq javob beradigan yuqori mahsuldor zotli asalari oilalaridan tanlanish muhimdir. Mabodo bunday sinfdagi asalari oilalari bo'lmasa. u holda nasl guruhlariga 3-sinfning yahshi oilalaridan foydalansa ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Naslchilik ishini olib borish uchun arihonadagi mavjud bo'lgan 2030% umumiy asalari oilalari, mahsulot beradigan xo'jalikdan asl zot yadroga (nasl yadrosi) arihonadagi arilarning 10-15% ti ajratiladi.

Avvalo O'zbekiston hududida parvarishlanayotga asalari irqlarini aniqlash uchun hududda asalarilarning naydo' bo'lish tarixini o'rganish kerak. Asalari oilalari O'zbekistonga XIX-asrning oxirlarida Rossiya federatsiyasidan hududidan olib kelingan va ular katta asosan O'rta russ asalarilari irqi bo'lgan. XX-asr boshlariga kelib Kavkaz hududidan ko'p miqdorda ona asalarilar olib kelina boshlagan. O'tgan asirning 70-80 yillarida respublikamizda 100 dan ortiq asalarichilik xo'jaliklarida Karpat va kulrang Kavkaz asalarilari oilalari kata miqdorda olib kelingan. Bu O'zbekistonda asalarichilik sohasini rivojlanishiga asos bo'lib hizmat qilgan.

Keyinchalik sobiq ittifoq davrida ya'ni 1970-1974-yillarda Italiya irqiga mansub ona arilari olib kelingan. Italiya asalarisi qonining aralashishi erta bahorda asalari oilalarini tez va sifatli rivojlanishi, oilalarning tez rivojlanib kata asalarilar populyasiyasini yaratishga imkon bergan. Natijada bu respublikamiz hududida paketli asalarichilikni rivojlanishga zamin yaratdi. Lekin, bu asalarilarning mahsuldorlik ko 'rsatkichi yuqori bo'lmagan. Ya'ni asalarilar butun quvvat va e'tiborini nasl etishtirshga sariflagan. Shu bilan birga asal yig'ish mavsumida ham ular ona asalarini tuxum qo'yishini chkelab qo'ymagan.

O'zbekiston hududida birinchi yillarda Italiya irqidan foydalanish davrida ularga nisbatan talab keskin ortib borgan. Vaqt o'tib, keyinchalik esa asalari paketlari haridorlaridan bu zotning asal mahsuldorligi pastligi va ko'chga chiqishga moyilligi yuqoriligi sababli, bu zotga nisbatan talab keskin pasayib borgan. Ammo shu davrda Italiya zotida mansub asalarilar hudud asalarichiligiga kata hissa qo'shib ulgurdi va hududimizdagi maxalliy asalarilarga sariqlik va ko'ch chiqish belgilari ulardan o'tganligi isbotlandi. Hozirgi kungacha asalarilarning sariq rangda bo'lish xususiyati respublikamizning ayrim hududlarda saqlanib qolgan.

XX-asrning so'ngi yillarida Ukraina hududidagi asalarichilik xo'jaliklaridan Karpat irqi ona asalarilari olib kelinib ulardan ijobiy natijalar olina boshlandi va Karpat irqini Pespublikamizda ko'paytirsh ishlari yuqori ko'rsatkichlar bera boshladi. Bunga bir necha omillar yordam berdi.

Tadqiqot o'tkazish natijalari:

1-Asalarilarning bu zotiga hududlarda yuqori talab mavjudligi va eksportga yo'lantirilgani.

2-O'zbekistonning dasht, tog' va cho'l hududlarida ham samarali ko'paytirish imkonini bergani. Shu bilan birga, asalarilarning ko'chga chiqish ko'rsatkichi sezilarli darajada pasayishi, oila o'sishining jadallashgani va boshqa xo'jalik belgilari, kasalliklarga va hududlar iqlim sharoitlariga moslashishi yaxshilandi.

3-Asosiysi maxalliy populatsiyadadgi asalari oilalariga nisbatan yuqori mahsuldorlik ko'rsatkichlari bilan farqlanadi. Asal mahsuloti yig'ishi maxalliy asalarilarga nisbatan 30-40 foizga oshishi barcha asalarichilar tomonidan yuqori baholangan.

Tajribalarning ko'rsatishi: Karpat asalarilari irqidan foydalanish asal mahsuldorligini 25-30 foizga oshirish imkonini bergan va barcha xo'jalik ko'rsat-kichlarini foydali belgilarini yaxshilanishi kuzatilgan. Keyingi yillarda Respublikamizga o'rtacha 600-800 tagacha sermahsul urug'langan ona arilar olib kelinmoqda.

Jadval-1

Asalarilarni ma'lum bir zotga mos kelishi va asalarilarni eksteryer ko'rsatkichlari.

Namu na № Hartumcha uzunligi, mm 3-chi tergit kengligi,mm Kubital indeksi, % Tarzal indeksi, % Diskoitak siljish, %

M+t Cv % M+t Cv % M+t Cv % M+t Cv % + o -

№1 6.61+ 0.02 1.2 4.78+ 0.02 2.3 38.2+ 0.92 13.1 57.8 +0.2 1 2.0 83.3 16.7

№2 6.36+ 0.16 3.7 4.71+ 0.02 2.0 48.6+ 1.30 14.8 58.6 +0.3 3 3.0 63.3 23.4 13. 3

№3 6.50+ 0.03 2.7 4.76+ 0.03 3.1 43.8+ 1.37 17.2 59.4 +0.3 8 3.5 63.3 23.4 13. 3

№4 6.49+ 0.02 2.0 4.74+ 0.03 2.9 42.3+ 1.39 18.0 58.5 +0.4 8 4.5 33.3 30.0 36. 7

№5 6.65+ 0.02 1.9 4.73+ 0.02 2.5 42.3+ 1.05 13.6 58.4 +0.4 9 4.6 40.0 26.7 33. 3

№6 6.63+ 0.03 1.9 4.86+ 0.02 2.4 42.2+ 1.04 13.5 58.0 +0.2 8 2.6 83.3 16.7

Karpa t irqi standa rti 6.46.7 4.5-5.0 45-50 53-58 musbat

O'tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Farg'ona viloyatida asalarilarni karpatlashtirish bo'yicha o'tkazilgan seleksiya ishlari co'ngi yillarda o'zining yuqori va ijobiy natijalarini bergan.

Pespublikamiz iqlim sharoitida asalari irqlarini tumanlashtirish-turli hududlarda tabiiy-iqlim sharoitida sharbat beruvchi o'simliklar sferasi sezilarli darajada bir-biridan farq qiladi. Har doim ham asalarilarning ma'lum bir irqini ko'paytirish uchun munosib deb bo'lmaydi. Shunday holatni inobatga olib asalarichilar tomonidan hududimizga turli irq asalarilarni olib kirmoqdalar.

Ayrim hududlarda 2-3 irqlarning parvarishlanishi, ko'chirilishi, ona arilarni almashtirish, paketlar olish va sotish va boshqalar asalarilarni tez chatishishiga omil bo'lmoqda. Natijada chatishuv seleksiyachilar ishlarida asalari zotlarining dastlabki naslchilik sifatlari buzilishiga olib kelmoqda.

Asalarichilik jadal rivojlangan mamlakatlarda asalarichilikni rivojlanishi uchun o'sha hududga mos bo'lmagan asalari zotlarini olib kirish va parvarishlab ko'paytirish qa'tiyan tartibga solingan. Sohada naslchilik yo'riqnomalari ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan. Bu hududlarda asalarilarning xo'jalik foydali ko'rsatkichlari tizimli ravishda yaxshilash va ularni morfologik -anatomik ko'rsatkichlarini yaxshilash va jamlash amalga oshiriladi. Natijada bu sohada naslchilik ishlarini sezilarli darajada natijaga erishishida, asalarilarni sifat ko'rsatkichlarini oshirish, naslchilik sohasida bozorda ona asalarilarni haridorgir qilish imkonini bermoqda. Ba'zi asalarichilar tomonidan buni tushunmaslik oqibatida seleksiyachilar uchun muammolar keltirib chiqaradi, natijada sohaga ham sezilarli zarar keltiradi.

So'ngi yillarda Respublikamizda tabiiy muayan iqlim sharoitiga moslashgan biq qancha qimmatli asalari turlari Karpat va Krainka zotlari ko'paytirila boshlandi. Bu zot asalarilar hududlarimizdagi asalarizorlarda o'zlarining ijobiy tomonlarini ko'rsata boshladi. Bu zotga mansub asalarilarni biologik va xo'jalik foydali ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda bu zotlardan to'g'ri foydalanishgina hududlarimizda sohani mufoqiyatli rivojlanishiga kata yordam beradi.

Hududlarimizdagi asalarizorlar, shuningdek, ona ari va paketli asalarilarni etishtirish hamda ekspot qilish bilan shug'ullanuvchi ixtisoslashtirlgan naslchilik xo'jaliklari tomonidan asalari zotlarini tumanlashtirish rejasi bajarilishi uchun turli hududlarda irqlarni tinimsiz ravishda olib kirishni to'xtatish va muayyan irqlar sonini cheklash ko'zda tutilgan edi. Lekin amaliyot shuni ko'rsatadiki viloyat ichida yoki bir xil tabiiy asal yig'ish sharoitlariga ega bo'lgan viloyatlarda mahsuldorlik, ob-havo iqlimi va kasalliklarga chidamlilikning yuqori ko'rsatkichlari bilan ajralib turuvchi bir xil irqdagi asalarilarni yetishtirish lozim. Shu bilan birga, asalarilarni sof holatda ko'paytirilishini nazorat qilish va chetdan boshqa irqlar olib kelinishini taqiqlash zarur.

Xulosa: Respubliklamiz hududlarida tumanlashtirilgan irqlarni saqlash, parvarishlash va ko'paytirish ishlari bilan ilmiy muassasalar, labaratoriyalar, naslchilik xo'jaliklari shug'ullanadi. Bunda ularni imkoniyatlari cheklangan-faqatgina asalarichilarning ongiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi holos. Hududlarda asalarichilik irqlarini tumanlashtirish rejasiga beparvolik bilan munosabatda bo'lishga naslchilik xo'jaliklari ham javobgardir. Bunda reproduktorlardan ona arilar chiqarib yuboriladi, paketlar tovarlar uchun to'lov amalga oshirilishi natijasida nazoratsiz sotiladi va asalarilar zotining tumanlashtirish rejasi buziladi. Shuning uchun naslchilik uchun tavsiya etilgan asalari irqlarini saqlash, zotni va naslni yaxshilsh va ko'paytirish uchun samarali texnologiyalarni joriy etib, qat'iy choralarni ko'rish muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yana rivojlantirish chora-tadbirlari to'risida"gi PQ-3327-sonli qarori. "Qishloq xayoti" gazetasi. 2017 yil 17 oktyabr.

2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney i kachestvo trutney. J. "Pchelovodstvo", 2015, №4, str. 24-26.

3. Gulov A.N., Borodachev A.V. Kachestvo spermi i otsenka ottsovskix semeney. J. "Pchelovodstvo", 2016, №10, sr. 25-26.

4. R.Jamolov., O.To'rayev, D.Xatamova. "Asalarichilik asoslari", Fargona "Classik", 2022.

5. Zemyankina J.A., Lyaщenko N.V., Yurina N.A. Virashivanie i soxranenie trutney dlya instrumentalnogo osemeneniya. J. "Pchelovodstvo", 201, №9, str. 6-8.

6. Jamolov R., Boboyev B., O'Ktamjonov S. Farg 'ona vodiysida ona asalari yetishtirishning asalarichilikni rivojlantirishdagi va oila mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati //Science and innovation. - 2022. - т. 1. - №. d7. - с. 43-49.

7. Qo'shimcha adabiyotlar

8. O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha xarakatlar strategiyasi to'g'risidagi" gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami, 2017 y. 6-son, 70-modda

9. O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi "Respublikada 2017-2022 yillarda asalarichilik soxasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar" PP-3327 sonli qarori

10. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Asalarichilik tarmog'ini qollab -quvatlash va qishloq xo'jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2023 yil 12 iyun №239-son qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.