Научная статья на тему 'ASALARI OILALARINI PAYVANDLANGAN ICHINKALARNI QABUL QILGANLIGINI TEKSHIRISH'

ASALARI OILALARINI PAYVANDLANGAN ICHINKALARNI QABUL QILGANLIGINI TEKSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
64
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kuchsiz / tekshirib chiqish / qum qog‘oz / lichinkalar / diametri / kosacha / payvandlovchi / ona asalari / urug‘lantirish / taxtachaga / tarbiyalovchi / payvandlash / tinch onadonlar / yetishtirish / chiqqan ona asalari / alyumin qolipg / pishib yetilish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — B.K. Boboyev, O.K. Usmonov, R.Q.Jamolov

Ushbu maqolada ona asalari yetishtirishning xar qanday usullaridan hox u lichinkadan yoki tuxum bilan o‘tkazilishidan kat’iy nazar tarbiyalovchi asalari oilasiga berilgan lichinkalarning 2-3 kundan so‘ng qabul qilganligini tekshirib chiqish lozim. Tarbiyalovchi asalari oilasi to‘g‘ri tashkil etilib unga ochiq nasl bo‘lmagan bo‘lsa, u holda tarbiyaga berilgan lichinkalarni ko‘p qismini qabul qiladilar. Buni oddiygina payvandlovchi romlarni ko‘tarib, undan kosachalar ichidagi sut miqdoridan bilib olsa bo‘lishi.va boshqa yo‘riqnomalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARI OILALARINI PAYVANDLANGAN ICHINKALARNI QABUL QILGANLIGINI TEKSHIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ASALARI OILALARINI PAYVANDLANGAN ICHINKALARNI QABUL

QILGANLIGINI TEKSHIRISH 1B.K. Boboyev , 2O.K. Usmonov, 3R.Q.Jamolov

1Farg'ona davlat universiteti dosenti, q.x.f.n.

2Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchi, q.x.f.n. 3Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8000811

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona asalari yetishtirishning xar qanday usullaridan hox u lichinkadan yoki tuxum bilan o'tkazilishidan kat'iy nazar tarbiyalovchi asalari oilasiga berilgan lichinkalarning 2-3 kundan so'ng qabul qilganligini tekshirib chiqish lozim. Tarbiyalovchi asalari oilasi to'g'ri tashkil etilib unga ochiq nasl bo'lmagan bo'lsa, u holda tarbiyaga berilgan lichinkalarni ko'p qismini qabul qiladilar. Buni oddiygina payvandlovchi romlarni ko'tarib, undan kosachalar ichidagi sut miqdoridan bilib olsa bo'lishi.va boshqa yo'riqnomalar yoritilgan.

Keywords: kuchsiz, tekshirib chiqish, qum qog'oz, lichinkalar, diametri, kosacha, payvandlovchi, ona asalari, urug'lantirish, taxtachaga, tarbiyalovchi, payvandlash, tinch onadonlar, yetishtirish, chiqqan ona asalari, alyumin qolipg, pishib yetilish.

Kirish: Ona asalari yetishtirishning har qanday usullaridan hox u lichinkadan yoki tuxum bilan o'tkazilishidan qat'iy nazar tarbiyalovchi asalari oilasiga berilgan lichinkalarning 2-3 kundan so'ng qabul qilganligini tekshirib chiqish lozim. Tarbiyalovchi asalari oilasi to'g'ri tashkil etilib unga ochiq nasl bo'lmagan bo'lsa, u holda tarbiyaga berilgan lichinkalarni ko'p qismini qabul qiladilar. Buni oddiygina payvandlovchi romlarni ko'tarib, undan kosachalar ichidagi sut miqdoridan bulib olisa bo'ladi. Tarbiyalovchi oilalarda tinch onadonlar paydo bo'lgan bo'lsa, bunday holda ular tarbiya uchun lichinkalarni kam qabul qiladi, bunday paytda oiladagi barcha tinch onadonlarni buzib tashlash tavsiya etiladi.

Ona asalari yetishtirishda tarbiyalovchi oilalar 90 % lichinkalarini qabul qilsa yuqori, 7075 % qabul qilsa qoniqarli, 50 % dan kam bo'lsa yomon hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi: Oiladagi yetilgan onadonlarni saralashda-bu tarbiyalovchi oilalardan yetilgan onadonlarni barvaqt olish tavsiya etiladi. Ona asalari 14-15 kunda yetilib chiqadi, aks holda onadonlardan birinchi chiqqan ona asalari boshqa onadonlarni kemiradi va undagi ona asalarini o'ldiradi. Buni etibordan qochirmasdan yetilgan onadonlarni tarbiyalovchi oilalardan o'z vaqtida olish kerak.

Odatda ona asalari lichinkalardan chiqarilgan bo'lsa, onadonlar ichida 9 kunda va tuxumdan chiqarilganlarida esa 11 kunda, ya'ni yetilib chiqquniga qadar 2-3 kun oldin pishib yetiladi. Shuni e'tiborga olish kerakki, noqulay ob-havo, tarbiyalovchi oilaning kuchsizligi va uning uyasidagi haroratning yetarli bo'lmasligi, ona asalarini yetilishiga salbiy ta'sir etadi. Shu bilan birga hali yetilmagan onadonlarni tarbiyalovchi oilalardan olmaslik lozim, chunki boshqa joydagi haroratning tezda o'zgarib ketishi onadon ichidagi ona asalari sifatlarini shakllanishiga salbiy ta'sir etishi mumkin.

Pishib yetilgan onadonlarni saralash vaqtida nukleuslar tayyor bo'lmagan bo'lsa, u holda onadonlarni Titov qafaschasiga joylashtirilib, yetilib chiqqunga qadar shu tarbiyalovchi oilalarda qoldirish tavsiya qilinadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Onadonlarni 9-10 kunlikda saralash mumkin. Uning hajmiga qarab bilish oson, chunki hajmi katta onadonlarda katta hajmli ona asalarilar yetishib chiqadi. 1,6 sm balandlikka ega bo'lgan onadonlardan kichik hajmli ona asalarilar yetishib, uning og'irligi180 mg dan past, onadon balandligi 2 sm atrofida bo'lsa, bulardan 180-200 mg va onadon balandligi 2,2 sm dan kup bo'lsa, yirik hajmli, vazni 200 mg dan ortiq ona asalarilar yetishib chiqadi. Xo'jalikda foydalanish uchun esa ko'pincha 200 mg dan ortiq vaznga ega bo'lgan ona asalarilar ko'proq kerak bo'ladi. Shuning uchun bo'yi 2 sm dan past bo'lgan onadonlarni yaroqsizga chiqarish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shuningdek, ona asalari yetishtirishga ixtisoslashgan yirik asalarichilik xo'jaliklarida tarbiyalovchi oilada lichinkalarning qabul qilganidan so'ng undagi sut miqdorini oz-ko'pligiga qarab biladilar. Sut miqdori kam bo'lsa, bunday onadonlar yaroqsizga chiqarib, yo'q qilinadi. Titov kafaschasida onadon bilan birga 5-6 ta ishchi enaga asalarilar va qafaschani ozuqa oxirchasiga asal yoki kandi ozuqasi solib qo'yilsa yanada yaxshiroq bo'ladi. Agarda har bir yetilgan asalarilardan asalari shaxobchalarini shakllantirishda, ona asalarilarni almashtirishda, paket asalarilar tashkil etishda, nukleuslarga bo'lishda hamda ona asalarini urug'lantirib, sotishda foydalanish mumkin.

Ona asalari yetishtirishda ixtisoslashgan yirik asalarichilik xo'jaliklarida ko'p miqdorda ona asalari yetishtirilgan vaqtda onadonlarni maxsus pitomnik - ramkalarda yoki ona asalarisi bo'lmagan oilalarga, inkubatorga qo'yiladigan qafaschalarda saqlash mumkin. SHuni ham unutmaslik lozimki, bunday inkubator qafaschalarda ona asalarini ko'p muddatda saqlamaslik lozim, chunki ona asalarining onadonlardan chiqqanidan so'ng, ularning jinsiy a'zolarini rivojlanishiga, tuxum naychalarini hosil bo'lishiga qafaschadagi noqulay sharoit salbiy ta'sir etadi.

Ona asalarilarni urug'lantirish texnologiyasi.

Asalarichilikda ko'p miqdorda urug'langan ona asalari yetishtirish juda murakkab, ona asalarilarni erkak asalari bilan juftlashishi, ochiq havoda issiq kunlarda bo'lishidadur. Bu yerda ona asalarining nafakat uning xususiyatlari va irsiy belgilarini avloddan-avlodga o'tishi bo'lib qolmay, balki u qaysi erkak asalari bilan uchrashishi va undan qanaka irsiy belgilarni qabul qilishiga bog'liqdir.

Sanoat texnologiyasi asosida ona asalari yetishtiradigan xo'jaliklarda, ular xaqiqiy naslchilik ishlari bilan shug'ullanganlarida, aniq zotli erkak asalarilar bilan ona asalarini chatishtirishni tashkil etish muxim ahamiyatga ega.

Tajribalarning ko'rsatishicha, ona asalari yetilgan onadondan chiqqanidan so'ng, 5-7 kunlarida xaqiqiy voyaga yetib, erkak asalari bilan juftlashishga qodir bo'ladi. Erkak asalari bilan juftlashgandan so'ng 3-4 kun o'tgach, u urug'langan tuxum qo'yishga kirishadi va ona asalarini urug'langanligi bilinadi.

Asalari oilasida ona asalarini almashtirishda yetilgan onadonlardan yoki urug'langan ona asalarilardan foydalanmaslik lozim, chunki ona asalari to yetilib voyaga yetguncha va u urug'lanib tuxum qo'yguncha 10-14 kun vaqt o'tadi, bu davrda oilada hech qanday o'sish bo'lmaydi, ya'ni bir kunda mingta lichinka usadigan bo'lsa, bu ikki xafta ichida 1,5 kg asalari o'smay qoladi. Shuning uchun ham Respublikamizdagi ilg'or asalarichilari hech vaqt ham urug'lanmagan ona asalarilarni asosiy oilaga o'rnatmaydilar. Bunday asalarizorlarda ona asalarini urug'lantirish uchun, har doim kichik hajmli nukleuslardan foydalanganlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Asalarizorda urug'langan ona asalarilar olishning optimal davri jismoniy to'laqonli erkak asalarilarning amaldagi miqdoriga bog'liq. Respublikamiz sharoitida bu jarayon asosan aprelning ikkinchi - uchinchi o'n kunliklariga to'g'ri keladi. Odatda ona asalari o'z hayotida bir marotaba 7-10 tagacha erkin asalarilar bilan juftlashadi va to'plangan urug'uning urug'doniga yig'iladi. Shuning uchun ham asalarizordagi erkak asalarilarning kuchli va yetarliligi ona asalarilarning sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Keyingi yillarda asalarichilikda yosh ona asalarilarni erkak asalarilar bilan juftlashtirish uchun hatto ishlab chiqarishda qo'llanilmaydigan sun'iy urug'lantirishgacha va shu kabi turli xil usullardan foydalanilmoqda. Lekin, eng tejamli va unumligi - bu kichik oilalardan nukleus va mikronukleuslardan foydalanishdir.

Nukleuslar. Ona asalarini uruglantirishda asalarizorda kichik xajmli nukleuslardan foydalanadilar, bu nukleuslarda ona asalari voyaga yetadi, jinsiy tomondan yetiladi, erkak asalari bilan ko'shilib urug'lanib qaytadi va tuxum ko'yishga kirishadi. Nukleuslar o'zining konstruktsiyasi,_uya xajmi, undagi ramkalar va asalari soni bilan hamda ona asalari yetishtiriladigan joylari soniga qarab har xil bo'ladi. Odatda nukleuslar uchun ko'pincha asalari qutisi va romlaridan foydalanadilar, lekin ona asalari yetishtirishga ixtisoslashgan asalarichilik xo'jaliklarida esa maxsus kichik hajmli mikro-nukleusli qutilari va kichik hajmli romlardan ko'proq foydalanadilar.

Tadqiqot natijalari: A). Oddiy romli nukleuslar o'zining ehtiyoji uchun ona asalari yetishtirishda tovar asal ishlab chiqaruvchi yo'nalishida bo'lgan asalarichilik xo'jaliklarida keng tarqalgan. Buning uchun asalarizorda ona asalarini urug'lantirish uchun, asosan srandart ramkali nukleuslardan foydalanilali. Bunday usulda 20 romli yotiq arixonani maxsus fanerli tusiqlar bilan 8-10 bulimga ajratadilar. Har bir bo'lim 2 ta ramkaga mo'ljallagan bo'lib, har bir nukleus bo'limlarining old yoki orqa tomondan ikkita uchish teshigiga ega. Ona asalarilar o'z uyalariga qaytib kelishi, adashmasligi va yo'qolmasligi uchun uchish teshikchalari turli balandliklarda va har xil ranglarda bo'yaladi.

Yotiq arixonalarda nukleuslar taxlash uchun uya ichidagi devorining ichki tomoniga arra bilan o'yiqcha (tirqoq) ochiladi va maxsus fanerli tusiqlar bilan mahkamlanadi, fanerning pastki tomonidan, har ikkalla tomonidan asalarilar o'tmasligi uchun ingichka taxta bo'lakchalari bilan mixlab qo'yiladi. Bunday nukleuslarning asosiy faoliyati tugaganidan so'ng, bu uyalardan asal yig'imi davrida ham 1-2 ta oila qoldirib bemalol foydalanish mumkin.

Standart romlarda nukleuslar tashkil etishning yana bir samarali jixati shundaki, urug'langan ona asalarilarni boshqa oilaga o'tkazilayotgan davrda, ularni o'z ramkalari va asalarilari bilan birga yangi oilaga o'tkaziladi. Nukleus qutilarida esa yana yangi kichik oilalar tashkil etiladi.

Nukleuslarni shakllantirish kuyidagicha amalga oshiriladi. Kunning ikiknchi yarmida har bir bo'limga yetilgan yopiq naslli ramka asalarisi bilan birga olib qo'yiladi va shu bo'limga oilaning o'zidan qo'shimcha 1-2 ta ochiq naslli romlardan yosh, ucholmaydigan asalarilar qoqib beriladi. Nukleuslarni to'liq shakllantirish maqsadida ularga ozuqali ramka beriladi va isitiladi.

Nukleuslar to'liq shakllanib bo'lgach, asalarizorda doimiy turadigan ona asalarilarini qochiradigan joyga ko'chiriladi. Nukleuslar uchun joy tanlashda maydonning ochiqligi va ona asalarilarning uchish paytida mo'ljal oladigan belgilarining ko'pligi hisobga olinishi kerak. Shundan so'ng nukleuslarning pastki uchish teshikchalari ochib qo'yiladi, qarri asalarilarga o'z uyalariga qaytishga imkoniyat yaratiladi. Nukleusda qolgan yosh asalarilarga esa ertasi kuni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ertalab, yetilgan oandonlar uya o'rtasiga joylashtiriladi. Onadonlarni ramkalar orasida biroz qiyalab qo'yish kerakki, bunda ona asalari chiqqan-chiqmaganligini kuzatish imkonini beradi. Shundan so'ng, 2-3 kun o'tgach nukleusdagi onadonlar tekshirib chiqiladi, ona asalari chiqmagan, yoxud g'ajib tashlangan onadonlar bo'lsa, o'rniga boshqa yangisi yoki tayyor urug'lanmagan ona asalari beriladi.

Qulay ob-havo sharoitida 8-10 kunlik ona asalari erkak asalarilar bilan qovshilishga uchib chiqadi, 12-14 kunda esa tuxum qo'yishga kirishadi. Agar qulay ob-havo sharoitida ona asalari 20 kun davomida ham tuxumga kirmasa uni almashtirish kerak. Tajribalarning ko'rsatishiga qaraganda, urug'lanmagan ona asalari 15 kundan ziyod izolyatsiyada (ajratmada) tursa o'zining urug'lanish qobiliyatini yo'qotadi, xatto bu davrda ular erkak asalarini o'ziga jalb etuvchi, jinsiy a'zolaridan feramon hid ajralib chiqmaydigan bo'lib qoladi. Shuning uchun xam asalarizorda nukleuslarni tashkil etishni rejalashtirilayotgan davrda, ularning sonini har doim ham 30 - 40 % ko'proq bo'lishini nazarda tutishi lozim.

B). Kichik romli mikro nukleuslar kupincha sanoat asosida rivojlangan asalarichilik xujaliklarida ommaviy ravishda ona asalari yetishtirish maksadida keng foydalanadilar. Bunday mikro nukleuslarni afzallik tomoni shundaki, ularda kam asalari va ozuqa sarflanadi, ularga qarov o'tkazishga va ona asalarilarni saralab olishga kam vaqt sarflanadi hamda nukleus unmdorligi katta bo'ladi.

Kichik xajmli ramkalarda nukleuslar tashkil etishni, mikronukleuslar deb ham aytiladi, chunki ularning ramkalarini hajmi juda kichik, ya'ni standart ramkalarining 1/6 yoki H qismiga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham mikronukleuslarning ko'rinishi va tuzilishlari turlicha bo'ladi.

Mikronukleuslar bir o'rinli va ko'p o'rinli bo'lishi mumkin. Ko'p o'rinli mikronukleuslar oilalar o'z vaqtida bir-birlarini o'zaro isitib tursada, ona asalarilari uchib chiqib, erkak asalari bilan qovushishdan qaytayotganda o'z mo'ljalini yo'qotib, begona uyalarga kirib, yo'qolish holatlari bo'ladi. Mikronukleus uyalari qanchalik katta bo'lsa, ularga shuncha to'laqonli ona asalarilar olish imkoniyati shunchalik ko'proq bo'ladi.

Mikronukleuslarning har bir bo Ona asalari yetishtiriladigan xo Ona asalari yetishtiriladigan xo'jaliklarda sifatli urug'langan ona asalarilarni olish uchun ko'pincha to'rt o'rinli mikronukleuslardan foydalaniladi.

Xulosa: Bu usulni qo'llashdagi yo'l qo'yiladigan kamchiliklar shundan iboratki, urug'langan ona asalarilarni tor joyda uzoq muddat ushlab turishga to'g'ri keladi. Shuningdek, bunday mikronukleuslarda ishchi asalarilarni adashib boshqa uyalarga kirishi va ular tomonidan boshqa oilalarga tez-tez xujumlar hamda o'g'riliklar sodir bo'lishidir.

Yevropada ana shunday mikronukleuslar 100 ta ona asalarilarni urug'lantirishga qo'yilganda, 70 % urug'lantirilgan ona asalarilar olingan. Nukleuslardan har 15 kunda urug'langan ona asalarilar olib turilgan va qolgan barcha ishlar, ona asalarini nukleuslarga tarqatish, nukleuslarni yosh asalarilar bilan kuchaytirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan. Nukleuslarni oziqlantirish, nasl beradigan ona asalarilarni saralash kabi ishlar asalarichilar tomonidan zveno usulida bir vaqtda amalga oshiriladi.

AQSH va Italiyada bir ona asalari joyidan mavsumda 10 ta urug'langan ona asalari olinadi. Ruminiya va Rossiyada o'rtacha 5 ta va O'zbekistonda esa bu kursatgich 2,5-3 tani tashkil etadi.

Barcha turdagi nukleuslarni keyinchalik kuchaytirib kuz faslida ozuka zaxirasini 4-5 kg ga yetkazib, ularni muvaffaqiyatli qishlatish mumkin. Farg'ona viloyatida Sh.Suyarqulovning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

(2003) ko'p yillik tajribalarida nukleuslarning qishlovi har tomonlama o'rganib chiqilgan. Nukleuslardagi kuchsiz oilachalar ham bir-birini o'zaro isitib turishi natijasida 4-5 kg ozuqa asal bilan qishlovdan sog'lom chiqqanligi kuzatilgan. Bunday nukleuslarda qishki asalarilar batamom yoshlari bilan almashgunga qadar, mart oyining oxirlarigacha davom etgan. Xatto bunday nukleuslar bahor oylarida yaxshi rivojlanib, may oylarining o'rtalarida 6-7 ta romga ega har xil yoshdagi nasllar bo'lganligi kuzatilgan.

REFERENCES

1. Isamuhamedov A.I. Niqadamboev X.K. Asalarichilikni rivojlantirish asoslari. Toshkent. "Sharq" nashriyoti, 2013 yil.

2. Kraxotin N.F. O'zbekistonda asalarichilik. Toshkent. "Ish". 1991 yil.

3. R. Jamolov, O. To'rayev, D. Xatamova. "Asalchilik asoslari", O'quv qo'llanma. 2022. Farg'ona. "Klassik" nashriyoti. (55-57-betlar)

4. Qaxaramonov B., Isamuhamedov A., Ballasov U., Ergashev S., To'raev O.S. Shaxsiy yordamchi, fermer va fermer xo'jaligi asalarichilik. Toshkent, 2009 yil.

5. Nujdin A.S. men ikkinchi. Uchebnik pchelovo, Moskva. "Kolossus", 1984 yil.

6. O'zbekiston sharoitida malika asalarilarni sun'iy urug'lantirish texnologiyasi R.Q.Jamolov, O.S. To'rayev. "Fan ziyosi" nashriyoti uslubiy qo'llanma. 2021 (28-33-betlar)

7. Jamolov, R., Tolipova, X., Oxunova, D. (2022). O'zbekiston iqlim sharoitida asalarilarning vorroatoz kana kasalligi va unga qarshi kurash usullari. Fan va innovatsiyalar, 1(D7), p. 5055.

8. Qushmatovich, J. R., Safarovich, T. O., Rustamovna, J. D., Pardaevich, A. T. (2022). Farg'ona vodiysidagi malika asalarilarni sun'iy urug'lantirishning uning ovulyatsiyasiga ta'siri. Academicia Globe: Interscience Research, 3(6), 1-5 p.

9. Qo'shmatovich J. R. G. Qayumova. O'zbekistonda turli turdagi uy xo'jaliklarida asalari oilalarini boqish texnologiyasi //Galaxy International Disciplinary Research Journal. - 2022. - T. 10. - yo'q. 3. - S. 295-301 b.

10. Jamolov, R., Azizov, R., O'ktamova, Z. (2022). Malika asalarilarning asal koloniyalari bilan tinch yo'l bilan almashtirilishi va malika sifatiga ta'sir qiluvchi omillar. Fan va innovatsiyalar, 1(D7), p. 229-233.

11. Jamolov Rapikjon Qushmatovich. G. Qayumova. "O'zbekistonda asalarilarni changlatishning o'rni va mahsuldorlikni oshirishdagi ahamiyati". Ta'lim jurnali 12.2 (2022): p. 176-179.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.