Научная статья на тему 'ONA ASALARINI YETISHTIRISH UCHUN ISHLATILADIGAN MUM KOSACHALARNI TAYYORLASH'

ONA ASALARINI YETISHTIRISH UCHUN ISHLATILADIGAN MUM KOSACHALARNI TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
88
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mum kosachalar / yog‘och tayoqcha / qum qog‘oz / uzunligi / diametri / kosacha / mum kosach / issiq / doka mato / taxtachaga / tarbiyalovchi / payvandlash / avtomatik / payvand / propolis / alyumin qolipg / asalari suti

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boboyev Bahromjon, R.Q.Jamolov, G.Q.Xayitboeva

Ushbu maqolada ona asalari yetishtirishda ishlatiladigan mum kosachalarini ta’yyorlashni sun’iy usulda yasalishi. Buning uchun yog‘och tayoqchadan randalab, qolip yasaladi (shablon) va uning uchi qum qog‘oz bilan tekislab tekissalanadi. Qolipning tekislangan uchi diametri 8-9 mm, uzunligi esa 100-120 mm ni tashkil qiladi. Shuning uchun mum kosachalarining diametri 8-9 mm, chuqurligi 9-10 mm bo‘lishi lozimligi va boshqa yo‘riqnomalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA ASALARINI YETISHTIRISH UCHUN ISHLATILADIGAN MUM KOSACHALARNI TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ONA ASALARINI YETISHTIRISH UCHUN ISHLATILADIGAN MUM KOSACHALARNI TAYYORLASH 1Boboyev Bahromjon, 2R.Q.Jamolov , 3G.Q.Xayitboeva

1Farg'ona davlat universiteti q.x.f.n.,dotsent 2Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi 3Farg'ona davlat universiteti Asalarichilik ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8000828

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona asalari yetishtirishda ishlatiladigan mum kosachalarini ta'yyorlashni sun'iy usulda yasalishi. Buning uchun yog'och tayoqchadan randalab, qolip yasaladi (shablon) va uning uchi qum qog'oz bilan tekislab tekissalanadi. Qolipning tekislangan uchi diametri 8-9 mm, uzunligi esa 100-120 mm ni tashkil qiladi. Shuning uchun mum kosachalarining diametri 8-9 mm, chuqurligi 9-10 mm bo 'lishi lozimligi va boshqa yo'riqnomalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: mum kosachalar, yog'och tayoqcha, qum qog'oz, uzunligi, diametri, kosacha, mum kosach, issiq, doka mato, taxtachaga, tarbiyalovchi, payvandlash, avtomatik, payvand, propolis, alyumin qolipg, asalari suti.

Kirish: Ona asalari yetishtirishda ishlatiladigan mum kosachalarini ta'yyorlash sun'iy usulda yasaladi. Buning uchun yog'och tayoqchadan randalab, qolip yasaladi (shablon) va uning uchi qum qog'oz bilan tekislab tekissalanadi. Qolipning tekislangan uchi diametri 8-9 mm, uzunligi esa 100-120 mm ni tashkil qiladi. Shuning uchun mum kosachalarining diametri 8-9 mm, chuqurligi 9-10 mm bo'lishi lozim.

Sun'iy mum kosachalari quyidagicha tayyorlanadi-Sirlangan idishda 50-100 gr toza ochiq rangli mum (propolis va boshqa qo'shimchalar bo'lmasligi lozim) eritiladi, keyin yog'och qolipni sovuq suvga tiqib olinib, 9-10 mm chuqurlikda, erib turgan mumga botirib olinadi va tezda yana sovuq suvga botirib olinadi. Bunday paytda,o'z-o'idan ma'lumki issiq holdagi mum sovuq suvga botirilganda tez qotadi. Bu usul 2-3 marotaba takrorlanadi va natijada mum kosachalari tayyor bo'ladi, tayyor bo'lgan mum kosachalarni ohistagina doka mato bilan silliqlanib uchi bilan sidirib olinadi. 100 ta mum kosachalarini tayyorlash uchun 18-20 gr mum sarflanadi. Ish jarayonini tezlashtirish maqsadida bunday qolip tayoqchalarini 5-6 tasini bitta taxtachaga bir tekistda o'rnatib, bir vaqtning o'zida 8-10 ta mum kosachalari tayyorlash mumkin.

Keyingi yillarda zamonaviy asalarichilikda bir vaqtning o'zida 16-18 ta alyumin qolipga ega bo'lgan avtomatik asbob ishlab-chiqarilgan. Bu asbob yordamida xatto mum kosachalari purjinalari yordamida, avtomatik tarzda olib tashlanadi va qo'l mexnatini ancha yengillashtiradi.

Tadqiqot metodologiyasi: Mum kosachalarini payvandlash romlariga yopishtirish.

Payvandlash romlari oddiy asalari romlaridan iborat bo'lib, uning uzunligi uya romining eniga teng bo'lib, uning yonida bir-biridan 70 mm uzoqlikda joylashtirilgan. O'z o'qi atrofidan aylanadigan to'rt burchakli, uchta gorizontal joylashgan to'sincha (ustki to'sincha romdan 25 mm uzoqlikda joylashadi) bo'ladi. Bu to'rt burchakli to'sinchalarning har birida 30-36 tagacha mum kosachalarini yopishtirish mumkin. SHunday tartibda tayyorlangan payvandlovchi romlar tarbiyalovchi oilalarga beriladi. Mum kosachalari payvandlash romining to'sinchasiga maxsus patronchalar yordamida alohida - alohida holda yopishtirib chiqiladi. Keyin bu mum kosachalarini bir tekistda to'g'irlab, yengi harakat bilan kesib chiqiladi. Kosachalarni patronchalarga yopishtirish uchun, uning ostini issiq mumga salgina botirib olinadi, bu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

kosachalarni mustaxkam yopishib qolishiga yordam beradi. Bu patronchalarni esa issiq, mum yordamida payvandlab, romining to'sinchalariga yopishtiriladi.

Keyingi yillarda 15 mm kenglikka ega bo'lgan ensiz ingichka payvandlash romlari, ona asalari yetishtirishda keng ishlatilmoqda. Bunday ingichka payvandlash romlari o'rtasidagi to'sinchalarga mum kosachalarini o'rnatish juda qulay bo'lib, asalari uyasida ham lichinkalarni tarbiyalashda asalarilarga xalaqit bermaydi. Shuningdek bunday ingichka payvandlash romlari asalari uyasidagi naslga juda yaqin turganligi uchun, havo oqimi mu'tadil, namlik o'z me'yorida bo'lganligi uchun asalarilar bu joyga ko'p to'planadi, natijada lichinkalarni tarbiyaga ko'proq qabul qiladi. Bundan tashqari bunday ingichka payvandlash romlarini uyaning eng ko'p asalarilari to'planadigan joyiga qo'yishga imkoniyatlar yaratiladi.

Lichinka o'tkazish uchun mum kosachalarini tayyorlash.

Mum kosachalariga lichinka o'tkazishdan oldin, ularni tayyorlash va sayqallash uchun birorta tarbiyalovchi asalari oilasiga qo'yish kerak. Saqlash uchun berilgan mum kosachalarini asalari oilasi yetim qilingandan so'ng, kechqurunlari 8-10 soat davrda berish yaxshi natijalar beradi. Bu davrda asalarilar tomonidan mum kosachalari sayqallanadi, shaffoflanadi va o'ziga hos hid beradi, xamda lichinka o'tkazish uchun tayyorlanadi. Bunday shaffoflangan mum kosachalariga o'tkazilgan lichinkalarni asalarilar tarbiyalashi uchun tez qabul qiladi.

Mum kosachalariga o'tkazilgan lichinkalarni dastlabki kunlarda oziqlantirish katta ahamiyatga ega. Bu ozuqalar nafaqat ozuqa vazifasini o'tamasdan, ular kosachalarga o'tkazilgan lichinkalarni mustahkam yopishtirib turish uchun ham xizmat qiladi. Bunday ozuqalar sifatiga asalari sutidan foydalanish yaxshi natija beradi, bundan tashqari toza, sifatli asaldan ham foydalanish ham mumkin.

Yetarlicha asalari suti olish uchun bir necha kun oldin tarbiyalovchi asalari oilasiga lichinkalarni berib, undagi mum kosachalariga to'plangan 5 kunlikgacha yosh lichinkalardagi sutni to'plab olish yaxshi natija beradi, chunki bunday yosh lichinka suti tarkibi barcha vitamin va garmonlarga boy bo'lib, u keksa yoshdagi lichinka sutlaridan keskin farqlanadi. Keksa yoshdagi asalari sutidan ona asalari yetishtirishda lichinkalar uchun ozuqa sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi.

Og'zi hali berkitilmagan onadonlardagi lichinka ohistalik bilan sut yigvish kurakchasi (shpatel) yordamida olib boshqa shihsa idishga solinadi. Asalari suti kichik hajmli shisha idishlarga to'plab olinadi. Olingan sutdan har bir mum kosachalariga pipetka yordami bilan tariq hajmidagi bir tomchi sut olib tomiziladi, lekin mum kosachalariga asalari sutini faqatgina lichinkalarni o'tkazishdan oldin beriladi, aks holda ancha oldin berilgan sut mum kosachalari ichiga turib qolishi ham mumkin.

Tadqiqot natijalari: Mum kosachalariga lichinka o'tkazish.

Mum kosachalariga lichinkalarni utkazishdan oldin barcha kerakli jihozlar, ya'ni bir kunlik lichinkali rom, mum kosachalari o'rnatilgan, payvandlovchi rom, maxsus shpatel-kurokcha, toza halat, issiq suv, sochiq, o'tkir pichoq kabi anjomlar tayyorlanib qo'yilishi kerak.

Ona asalari yetishtirishga ixtisoslashgan nasilchilik xo'jaliklarida maxsus laboratoriyalar qurilib, bu ishlar amalga oshiriladi. Lichinkalarni o'tkazish maxsus tayyorlangan 20-250 li haroratdagi va 70-75 % li namlikka ega bo'lgan xonada amalga oshiriladi. Tabiiy yorug'lik yetarli bo'lmaganda, kunduzgi yoritish chiroqlaridan foydalaniladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Mum kosachalariga lichinkalar ko'chirish uchun 1 sutkadan katta bo'lmagan lichinkalar tanlab olinadi. Katta yoshdagi lichinkalarni qo'llash, sifatsiz ona asalarilar yetishtirishga sabab bo'ladi, ya'ni ona asalari fiziologik jihatdan oddiy asalarilarga o'xshab qoladi.

Lichinkalarni mum kosachalariga o'tkazish uchun, alyumin simdan tayyorlangan maxsus shpatel-kurakchalaridan foydalaniladi. Shpatel-kurokcha diametri 1,5-2 mm li alyumin simdan tayyorlanadi, uning uchki qismi salgina egilgan, xuddi shaffoflangan qoshikchaga o'xshab, yassi bo'ladi. Qoshiqchaning uchi lichinkalarni olayotgan paytda uni shikastlanmasligi lozim. Shpatel-kurakchani ushlashga qulay bo'lishi uchun, uning dastak qismida yog'och dasta o'rnatish mumkin. Bundan tashqari shpatel-kurokcha sifatida plastmassa, g'oz yoki tovuq patlaridan ham foydalanish mumkin. Buning uchun, ularning uchburchaksimon ustki qismi egilgan va silliqlangan, hamda uch qismini kengligi 1,5 mm atrofida bo'lishi kerak.

Mum kosachalariga lichinkalarni o'tkazishdan oldin, kosacha ichiga pipetka cho'pi bilan bir tomchi asalari suti solinadi yoki pipetka yordamida suyultirilgan ozuqa sut, kosachalar tagiga tomiziladi. Agarda ozuqa sut biroz quyuqlashgan bo'lsa, bu holda sutni 30 % li distillangan yoki qaynatilgan suv bilan suyultirib o'tkazish ham yaxshi natijalar beradi. lekin asalari suti yangi va suyuq bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Asalari lichinkalari olinadigan romni qo'lga olib katakchalar tubini yaxshiroq ko'rish uchun uni yoruglikka yaqinlashtirish kerak. Sut ichida qalqib turgan lichinkani orqa tomondan shpatel-kurokcha bilan lichinkani shkastlamasdan, ohista olib, mum kosalariga o'tkaziladi.

Lichinkani mum kosachasiga qo'yish paytida, uning uchini bir oz kosacha tubiga bosib, lichinka ostidan kurakda sekingina tortib olinadi va ana shu davrda lichinka kosacha tubiga yaxshirok o'rnashib oladi. Lichinkalarni bir marotaba olishga harakat qilish kerak, ikkinchi bor urinishda uni shikastlab qo'yish mumkin, yaxshisi bunday lichinkalarni olmasdan navbatdagi lichinkani olishga harakat qilish lozim. Lichinkalarni o'tkazish issiq xonada 15-20 minut davomida bajarish kerak, aks holda lichinka va asalari suti qurib qolishi mumkin. barcha ishlar bajarilgandan so'ng, payvandlash romlarini asalarichining qo'chma quttisiga solinadi, qopqog'i yopiladi va tarbiyalovchi asalari oilasiga qo'yiladi hamda romning ustki qismiga lichinkalar berilgan vaqti, kun va soati yozib qo'yiladi.

Xulosa: Lichinkalarni ikki bor ko'chirish usuli, keyingi yillarda ko'pgina mamlakatlarning ixtisoslangan yirik asalarichilik xo'jaliklarida ona asalari yetishtirishda lichinkalarni ikki bor ko'chirish usuli keng tarqalgan. Bu usulning afzallik tomonlari shundan iboratki, yetishtirilgan ona asalarilarning sifati boshqa usullarga nisbatan ancha yaxshi, vazni og'ir, tuxumdonidagi tuxum naychalarining soni ancha ko'p bo'ladi.

Bundan tashkari, bu usulda ona asalari yetishtirishda mum kosachalariga ozuqa sifatida asaldan xam foydalansa bo'ladi. Mum kosachalariga lichinkalar o'tkazilgandan so'ng, 10-12 soat o'tgach, payvandlovchi rom tarbiyalovchi oiladan laboratoriyaga olib kelishadi, mum kosachalaridagi sutga qalqib turgan lichinkalar olib tashlanadi. Uning o'rniga yangi yosh lichinkalar o'tkaziladi va qaytarib yana tarbiyalovchi oilaga qo'yiladi. Shundan so'ng, payvandlovchi ramkasining yuqori yelka yog'ochiga lichinkalar berilgan vaqti va soati yozib qo'yiladi.

Bu usulda ona asalari yetishtirishda tarbiyadagi lichinkalar och qolmaydi, onalik oiladan olingan lichinkalar to'ppadan-to'g'ri tarkibi juda boy bo'lgan tayyor ozuqa kelib tushadi. Lichinkalarni ikki bor ko'chirish yo'li bilan ona asalari yetishtirilayotgan vaqtda, birinchi lichinkalarni 10-14 soatdan keyin olib tashlab yangisi o'tkazilganda eng katta hajmdagi sifatli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ona asalari olinganligi aniqlangan. Bu usulda eng yaxshi ona asalari yetishtirilsada, lekin bu ancha murakkab va respublikamizda kamdan-kam qo'llaniladi.

Mum kosachalariga asalari tuxumini o'tkazish.

Ona asalari yetishtirishda asalari tuxumini olib o'tkazish juda murakkab jarayon bo'lib hisoblanadi. Asalari tuxumlarini har qanday kurrakchalar bilan olib bo'lmaydi, tuxumni faqatgina maxsus asbob orqali olinadi. Bu asbob katakcha tubida yotgan tuxumni mumi bilan qirqib oladi, mumi bilan qirqib olingan asalari tuxumi mum kosachalariga, xuddi lichinkalarni o'tkazganidek ozuqa ichiga o'tkaziladi. Barcha mum kosachalariga tuxumlar o'tkazilib bo'lgach, payvandlovchi rom tarbiyalovchi asalari oilasiga beriladi. Shundan so'ng, ramkaning ustki qismiga tuxum berilgan vaqt va kuni yozib qo'yiladi.

Lekin asalari tuxumlarini tarbiyalash uchun berilganda tarbiyalovchi asalari oilasi ularni kam qabul qiladi. Tuxumlarni kam qilganligi bois, bunday tuxumlardan eng katta va sifatli ona asalari yetishib chiqadi.

REFERENCES

1. Isamuhamedov A.I. Niqadamboev X.K. Asalarichilikni rivojlantirish asoslari. Toshkent. "Sharq" nashriyoti, 2013 yil.

2. Kraxotin N.F. O'zbekistonda asalarichilik. Toshkent. "Ish". 1991 yil.

3. R. Jamolov, O. To'rayev, D. Xatamova. "Asalchilik asoslari", O'quv qo'llanma. 2022. Farg'ona. "Klassik" nashriyoti. (55-57-betlar)

4. Qaxaramonov B., Isamuhamedov A., Ballasov U., Ergashev S., To'raev O.S. Shaxsiy yordamchi, fermer va fermer xo'jaligi asalarichilik. Toshkent, 2009 yil.

5. Nujdin A.S. men ikkinchi. Uchebnik pchelovo, Moskva. "Kolossus", 1984 yil.

6. O'zbekiston sharoitida malika asalarilarni sun'iy urug'lantirish texnologiyasi R.Q.Jamolov, O.S. To'rayev. "Fan ziyosi" nashriyoti uslubiy qo'llanma. 2021 (28-33-betlar)

7. Jamolov, R., Tolipova, X., Oxunova, D. (2022). O'zbekiston iqlim sharoitida asalarilarning vorroatoz kana kasalligi va unga qarshi kurash usullari. Fan va innovatsiyalar, 1(D7), p. 5055.

8. Qushmatovich, J. R., Safarovich, T. O., Rustamovna, J. D., Pardaevich, A. T. (2022). Farg'ona vodiysidagi malika asalarilarni sun'iy urug'lantirishning uning ovulyatsiyasiga ta'siri. Academicia Globe: Interscience Research, 3(6), 1-5 p.

9. Qo'shmatovich J. R. G. Qayumova. O'zbekistonda turli turdagi uy xo'jaliklarida asalari oilalarini boqish texnologiyasi //Galaxy International Disciplinary Research Journal. - 2022. - T. 10. - yo'q. 3. - S. 295-301 b.

10. Jamolov, R., Azizov, R., O'ktamova, Z. (2022). Malika asalarilarning asal koloniyalari bilan tinch yo'l bilan almashtirilishi va malika sifatiga ta'sir qiluvchi omillar. Fan va innovatsiyalar, 1(D7), p. 229-233.

11. Jamolov Rapikjon Qushmatovich. G. Qayumova. "O'zbekistonda asalarilarni changlatishning o'rni va mahsuldorlikni oshirishdagi ahamiyati". Ta'lim jurnali 12.2 (2022): p. 176-179.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.