Научная статья на тему 'ASALARILAR OILASI ICHIDA TANLASH VA SARALASH ISHLARINI OLIB BORISH'

ASALARILAR OILASI ICHIDA TANLASH VA SARALASH ISHLARINI OLIB BORISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zot / tanlash / saralash / genotip / chatishtirish / duragay / aborigen / qurtcha / modda / o’tkir hidli / kammahsul / serpusht / nasil / iqlim / urug’langan / bakteralogik / ulg’aygan.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jamolov Rapiqjon Qo‘Shmatovich, Raximov Hikmatillo, Rahmonov Rasuljon, Sharofiddinova Gulirano

Ushbu maqolada asalarichilikda zotli ona asalari tayyorlash yoki toza zotni ko‘paytirish ommaviy genotipik tanlash, ya’ni oddiy va murakkab zotlararo sanoat chatishtirish asosida olib boriladi. Ommaviy tanlash yirik asalarichilik xo‘jalilarida asalarilar oilasining foydali xo‘jalik va zot sifatlarini yaxshilashda eng qulay va sinalgan usulligi rto‘g ‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARILAR OILASI ICHIDA TANLASH VA SARALASH ISHLARINI OLIB BORISH»

ASALARILAR OILASI ICHIDA TANLASH VA SARALASH ISHLARINI OLIB

BORISH

Jamolov Rapiqjon Qo'shmatovich, 2Raximov Hikmatillo, Rahmonov Rasuljon,

Sharofiddinova Gulirano

1Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi

2Farg'ona davlat universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11205534

Annotatsiya. Ushbu maqolada asalarichilikda zotli ona asalari tayyorlash yoki toza zotni ko 'paytirish ommaviy genotipik tanlash, ya 'ni oddiy va murakkab zotlararo sanoat chatishtirish asosida olib boriladi. Ommaviy tanlash yirik asalarichilik xo'jalilarida asalarilar oilasining foydali xo jalik va zot sifatlarini yaxshilashda eng qulay va sinalgan usulligi rto'g 'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: zot, tanlash, saralash, genotip, chatishtirish, duragay, aborigen, qurtcha, modda, o'tkir hidli, kammahsul, serpusht, nasil, iqlim, urug'langan, bakteralogik, ulg'aygan.

Abstract. In this article, breeding queen bees in beekeeping or purebred breeding is carried out on the basis of mass genotypic selection, that is, simple and complex interbreeding. Mass selection provides information on the most convenient and proven methods for improving the bee family's profitability and breeding qualities in large beekeeping farms.

Keywords: breed, selection, selection, genotype, crossbreeding, hybrid, aboriginal, worm, substance, pungent, low-yielding, fertile, offspring, climate, fertilized, bacteriological, adult.

Аннотация. В данной статье разведение пчелиных маток в пчеловодстве или чистопородном разведении осуществляется на основе массового генотипического отбора, то есть простого и сложного скрещивания. Массовый отбор дает информацию о наиболее удобных и проверенных методах повышения рентабельности пчелиной семьи и племенных качеств в крупных пчеловодческих хозяйствах.

Ключевые слова: порода, селекция, селекция, генотип, скрещивание, гибрид, аборигенный, червь, субстанция, острый, малопродуктивный, плодовитый, потомство, климат, оплодотворенный, бактериологический, взрослый.

Kirish: Asalarichilikda zotli ona asalari tayyorlash yoki toza zotni ko 'paytirish ommaviy genotipik tanlash, ya'ni oddiy va murakkab zotlararo sanoat chatishtirish asosida olib boriladi. Ommaviy tanlash yirik asalarichilik xo'jalilarida asalarilar oilasining foydali xo'jalik va zot sifatlarini yaxshilashda eng qulay va sinalga n usuldir.

Bundan maqsad rejali ravishda kammahsul asalari oilalarini chiqitga chiqarib sermahsul oilalarni jadal ko'paytirishdan iborat. Asalarichilikda asalari oilalarini tanlashning asosiy mazmuni shuki asal va asalarichilik mahsulotlarini ko'paytirishdir, bunday sermahsul asalari oilalarni ko'paytirish o'z navbatida asalarichilikda naslchilik ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Bunda asalarilarning O'zbekiston hududlaridagi iqlim sharoitiga mos, mahsuldor, qishlovga, kasalliklarga chidamli, ona asalarining serpushtligi, asalari oilasining qay darajada rivojlanganligi, roylarga (ko'chga) chiqish moyilligi, uning mum mahsuldorligi va asalarichilikning rentabilligi kabi foydali xo'jalik belgilari ham xisobga olinishi lozim.

Tadqiqot metodologiyasi: Asalarilarning mahsuldorligi odatda olingan yalpi asal miqdori bilan baholanadi. Qishda bitta asalari oilasiga, yoki uning bir rom oralig'iga sarf qilingan oziqa miqdori, qishlov davri va qishlov vaqtida oilada nobud bo 'lgan asalarilar

soni (gramm yoki romlar oralig'i hisobida) arixonaning qishlovdan o'tish darajasini belgilaydi.

Asalari oilasining sog'lomligi, ob-havo iqlim sharoitiga, mahsuldorlik ko'rsatkichlariga, kasalliklarga chidamliligi, tuxumdan chiqqan lichinka va ishchi asalarilarni doimiy ko'rib chiq ish va veterinariya bakteriologik laboratoriyalarda analiz qilish yo'li bilan aniqlanadi, buna nasldor oilalar mutloq sog 'lom bo'lishi kerak.

Asalari oilasining kuchini uyadagi asalarilar miqdoriga (bitta romda 200-250 asalari bo'ladi) va ona arilarning romdagi nasl bo'yicha serpushtligiga (ochiq va yopiq naslni birga olganda) qarab bahorda, asosiy asal yig'ish vaqtining boshlanishida va kuzgi taftish o'tkazish vaqtida aniqlanadi.

Asalarining ko'chga chiqish, ya'ni oilalarga ajralibuchib ketish xususiyatiga baho berish quyidagi oddiy shkala bo'yicha aniqlanadi: asalarilar yangi oilaga ajralish (roylanish) holati bo'lmadi; oilaga ajralish xolati bo'ldi, lekin ajralmadi; yangi oilaga ajraldi.

Asalarining mum yig'ishdagi mahsuldorlik ko'rsatkichi mumdan sun'iy qurilgan inlar soni bilan belgilanadi. Mavsum oxiriga ya'ni qishlovga kirish vaqtida asalari oilalarini yuqorida aytilgan belgilar bo'yicha baholab o'z navbatida uch gruhga ajrat iladi.

Tadqiqot natijalari: Birinchi guruhga; nasldor asal yig'ishda mahsuldorligi bo'yicha asalarichilik xo'jaliklarining o'rta ko'rsatgichidan yuqori 1,5-2 marta natija bergan, qishlovdan yaxshi chiqqan, kasallanmagan, serpusht ona arisi bo'lgan 10-15 % eng yaxshi asalari oilalari kiradi. Bundan tashqari, birinchi gruhga kiradigan asalari asl zotli, hamma mavjud belgilari bilan shu zot talablariga javob berishi kerak. Masalan, agar o'rta rus zoti bo'lsa, uning tanasi sariq rang bo'lmasligi, asal pechatlashi oq (quruq) bo'lishi kerak va boshqalar.

Ikkinchi guuruhga; oilaning eng katta mahsuldorligi xo'jaliklarning o'rtacha ko'rsatgichlariga teng yoki yuqori bo'lgan asalari oilalari kiradi.

Uchinchi guruhga; (asalari oilasi qishlovdan faqat 10-15 % asalari qolgan) eng yomon belgilarga ega bo'lgan va kam mahsul oilalar kiradi. Bu guruhga mansub oilani shu mavsumning o'zida yoki kelasi mavsumda yaroqsizga chiqariladi . Kelasi mavsumda nasldor oilalar sifatida birinchi guruh oillaridan foydalaniladi. Ikkinchi guruhga mansub oilalardagi ona arilarni birinchi guruhda etishtirilgan ona ari bilan almashtiriladi. Birinchi guruhdagi qari ona arilarni almashtirish va yangidan tashkil qilinadigan shoxobchalarga ona ari o'tkazish uchun shu guruhning eng yaxshi oilalarida tarbiyalangan ona arilar tanlanadi.

Birinchi guruhdan ajratib olingan trutenlar (erkak arilar) oilasida ko'plab trutenlar etishtirish uchun nihoyatda qulay sharoit yaratilishi kerak: masalan, 1 -2 ota ari mum inlarga qo'yiladi, uyalar yaxshilab isitiladi, doimiy ravishda rag'batlantiruvchi oziq beriladi. Shuningdek, asalarichilik xo'jaligining boshqa oilalarida trutenlar etishib chiqmasligi uchun butun chora-tadbirlarni ko'rish zarur.

Xulosa: Asalari naslini yaxshilash ishlari mavaffaqiyatli o'tishi uchun ayni paytda (orasi 12-15 km bo'lgan) qo'shni asalarichilik xo'jaligida ham tumanlashtirilgan zot ustida ish olib borilishi kerak. Aks holda ona arilarning ko'pchiligi mahsuldorligi past bo'lgan qo'shni xo'jalikdagi erkak arilar bilan juftlashishlari mumkin.

Yosh ona arini urchitish uchun begona erkak asalari oilasidan olish maqsadga muvofiqdir. 3-4 yildan keyin bir zotga tegishli asalarilarni ko'paytiradigan va bir-biridan 25-30 km uzoqlikda joylashgan ikkita qo'shni xo'jalikdagi nasldor asalari oilalarini

almashtirish yaxshi samara beradi, ya'ni bir oilaning ona va erkak arilarini juftlashishlariga yo'l qo'yilmaydi.

Bo'g'indan bo'g'inga o'tkaziladigan ommaviy tanlash asalari oilalarining zot belgilarining yangi oilalarga turg'unlik bilan o'tishini ta'minlaydi. Natijada keyingi bo'g'inda ham yuqori mahsuldorlik va boshqa foydali xo'jalik belgilari saqlanib qoladi.

REFERENCES

1. Asalarichilikda tajriba ishlari. V.Bravarskiy. Sh. Suyarqulov. Ya. Brindza. V. Otchenashko. Toshkent- "Print. Media" bosmaxonasi. 2021 yil.

2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney i kachestvo trutney. "Pchelovodstvo", 2015, №4, str. 44-46 b.

3. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., Xolmatova, M. A. (2022). Asalarilar oilasining yashash tarzi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 666-671b

4. R.Jamolov., O.To'rayev, D.Xatamova. "Asalarichilik asoslari", Farg'ona "Classik", 2022.

5. R.K.Jamolov, "Ona asalarining eksterer va interver ko 'rsatkichlari", Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific. 2023 yil

6. R Jamolov, H Raximov, A Tojaliyev. Asalarining harakatlanuvchi a'zolari.Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 1 (7), 282-287 b

7. R.Jamolov. O'zbekistonda asalari zotlarini tanlash va parvarishlanayotgan asalarilar irqlari tarkibi. (Science and innovation 2 (Special Issue 8), 630-634 b)

8. R.Q. Jamolov, G.H. Sharofiddinova. "Honeycomb, structure and reproduction of inches in the frame". Obrazovanie nauka i innovatsionnbie idei v mire 18 (1), 57-61b

9. Jamolov R.Q, Raximov H, Tojaliyev A. Asalarilarning g'umbak oldi va_g'umbaklik

davri. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. 2023/10/30.

10. R Jamolov, R Azizov, Z. Oktamova Peaceful replacement of queen bees by honey bee colonies and factors affecting queen quality Science and innovation 1, 229-233 b.

11. R Jamolov, I Ergashyeva, D Rustamova. Asalarining nasl yetishtirishi. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 1 (9), 255-262.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.